Microsoft Word chingiz aytmatov sohil yoqalab chopayotgan olapar lotin ziyouz com doc



Download 326,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/54
Sana02.01.2022
Hajmi326,41 Kb.
#307721
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54
Bog'liq
Chingiz Aytmatov Sohil yoqalab chopayotgan Olapar qissa

www.ziyouz.com

 

кутубхонаси



 

7

E-he, hali oldinda qanchalab eshkak eshishga to‘g‘ri keladi. Xo‘sh, bugun qosh qorayguncha, Uchinchi 



siynaga yetib borish mumkin. Ertaga erta tongdan to qosh qorayguncha suzib yana orqaga qaytamiz. 

Goh unisiga, goh bunisiga dam berish uchun navbat almashib, eshkak eshaman. Ammo-lekin eshkaklar 

bilan butun dengizni chayqaltirib chiqish hazilakam ish emas. O‘lja bilan qaytsak, bayram qilamiz. 

Eshityapsanmi, so‘zlarimga tushunyapsanmi, inim? Sen bizni Uch siyna orollariga olib borasan, 

katta ov o‘sha yerda bo‘ladi. Hozir shu yoqqa qarab boryapmiz. O‘sha yerdagi sohilda, qumloqlarda 

nerpani ko‘ramiz. Hademay ular bolalashadi, orollarda to‘da-to‘da nerpa yig‘iladi. 

So‘zlarimga tushunyapsanmi, inim? Tushunasan, albatta. Sen bilan gaplasha boshlaganimda hali 

dengizni ko‘rmaganding, ona qornida yotganday, o‘rmondagi buyuk terakning kornida yotgan eding. 

Men seni daraxtning qornidan chiqardim, mana endi dengizda birga suzib yuribmiz. 

Dunyodan ko‘z yumib ketganimda ham meni unutmagin, qadrdonim. Dengizlarda charx urib 

suzayotganingda meni ham esla...» 

O‘rxon bobo qirg‘oqdagi belgi — Olapar qoyasidan dengiz tomonga qayiqni to‘g‘ri yo‘naltirar 

ekan, ko‘nglidan shu o‘ylar o‘tdi. Dengiz safariga chiqqanlarning hammasi Olapar qoyasining ajoyib 

xosiyati borligi to‘g‘risida gapirishadi. Havo ochiq kunlari qayiqlar dengiz qirg‘og‘idan qancha 

uzoqlashsa, Olapar ham shunchalik kattayib, go‘yo ortda qolib ketishni istamay ularning ketidan 

kelayotganday bo‘ladi. Qancha uzoqdan qarasang ham Olapar sira ko‘zdan yo‘qolmaydi. Qayiq 

uzoqlashgandan so‘ng ham ancha vaqtgacha ko‘rinib turadigan Olapar, suvning qaysidir muyulishida 

birdan ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Demak, Olapar uyga qaytib ketdi, qirg‘oq juda uzoq-uzoqlarda qolib 

ketdi desa bo‘ladi... 

Ana shu vaqtda Olapar qaysi tomonda qolganligini, shamol qayoqdan esayotganligini, quyosh 

qoyaning qaysi tomonida ekanligini eslab qolish, eslab qolganda ham yaxshilab eslab qolish zarur

havo ochiq bo‘lsa, bulutlarga e’tibor berish va shundan so‘nggina dengiz safarini davom ettirish, 

orollargacha suzib borish kerak. Poyonsiz dengizda yo‘ldan adashmaslik uchun xayolan Olaparning 

qaerdaligini mo‘ljallab suzish kerak. 

Ovchilar taxminan bir kunlik masofadagi orollarga yo‘l olishdi. Kimsasiz, huvillagan, kichik tosh 

orolchalar qirg‘oqsiz, hadsiz-hududsiz dengiz o‘rtasida uch qoramtir siynaday suvdan turtib chiqib 

turishardi. Shuning uchun orolchalarni Katta siyna, O‘rta siyna, Kichik siyna deb atashardi. Ulardan 

o‘tgandan so‘ng, agar yana olislab suzib ketishaversa, okeanga — ummon yo‘liga chiqib qolishar, bu 

ummonning had-hududini ham, nomini ham bilmas edilar. Mana shu mangu, buyuk, kimsasiz

noma’lum, sirli ummon olam yaralganidayoq o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgandi. O‘sha qadimgi Luvr o‘rdak 

in qurish uchun kaftday yer topolmay faryod chekib, charx urib, giryonu sargardon bo‘lib yurgan 

vaqtlarda ham ummon bor edi. Ana shu orollarda, dengiz va ummon sarhadida mana shu bahor kunlari 

nerpalar bozori qiziydi. Ana shularni deb shu yoqqa otlanishgan, ana shularni deb shu yoqqa 

kelishayotgan edilar... 

Bola dengizni ko‘rib, hayratlarga g‘arq bo‘ldi, dengiz Olapar yonbag‘irlarida o‘ynab yurganida 

tasavvur qilganiday emas ekan. Qayiqda ko‘rfaz bo‘ylab suzib yurganlarida ham dengiz boshqacha 

ko‘rinardi. Bola ko‘rfazdan chiqishlari bilan qarshisidagi manzarani ko‘rib lol qoldi: dengiz birdan 

yoyilib, ko‘z ilg‘agan va ilg‘amagan samolargacha butun borliqni egallab, olamning yakkayu yagona, 

poyonsiz bir butun mohiyatiga aylanganida hayratdan hangu mang bo‘lib qoldi. 

Ochiq dengiz Kiriskni esankiratib ko‘ydi. Bunaqa manzarani xayoliga ham keltirmagandi u. 

Atrofda qo‘rg‘oshin tusdagi vahimali chayqalib turgan suvdan boshqa narsa yo‘q, zumda paydo bo‘lib, 

zumda yo‘qoladigan tszkor to‘lqinlar, qora-ko‘kish tortgan dahshatli tubsizligu osmonu falakda 

yengilgina suzib yurgan oppoq bulutlargina hukmron edi olamga. Olam boshdan-oyoq dengizdan 

iborat edi, cheksiz dengizdan boshqa na qish, na yoz, na tepalik, na sayhonlik — hech narsa yo‘q edi. 

Olamni u chekkasidan-bu chekkasigacha suv qoplab olgandi. 

Qayiq esa avvalgiday to‘lqinlarga sho‘ng‘ib hamon suzib borardi. Haqiqiy, katta ovni kutib 

qayiqda ketayotgan bola o‘z quvonchi va o‘y-xayollari bilan band edi. Ammo u suv va suv yuzida 



Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa) 

 

 




Download 326,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish