www.ziyouz.com
кутубхонаси
52
* * *
... Dengiz to‘lqinlari zulmat qo‘ynida guvillab, o‘kirib, shiddat bilan qoyalarga kelib urilib,
parchalanib ketardi. Dengiz hamlalarini qaytaraverib, tosh-metin bo‘lib ketgan qirg‘oq xo‘rsinib, uf
tortardi.
Olam olam bo‘lib yaralgandan buyon, kun tundan tug‘ilgan, tun kundan tug‘ilgan zamonlardan
buyon ahvol shu — ikki qudratli kuch o‘rtasidagi olishuv davom etadi: bundan buyon ham, kunu tun,
tunu kun, toki yer bilan suv bor ekan, ular abadulabad shunday kurashaveradi...
Kunu tun, tunu kun...
* * *
... Shunday kechalardan yana biri o‘tdi...
Dengiz uzra O‘rxon shamoli shovqin solar, dengizda aki-Milxun to‘lqinlari suzib yurar va yorishib
kelayotgan osmoni falakning bir chetida Emrayinning nurli yulduzi charaqlab turardi.
... Yana yangi bir kun boshlanmoqda edi...
Poytug‘ qishlog‘i.
1976 yilning dekabri -
1977 yilning yanvari.