www.ziyouz.com
кутубхонаси
48
bog‘lab, chirmab tashlagan qayiqdan o‘zini suvga otishga yuragi betlamaydi... Bari bir u kuchini yig‘ib
olgach, o‘zini suvga tashlashga ahd kildi...
Kun yarimlab kolgan bo‘lsa kerak, extimol, peshindan oshgandir. Tumanning ochilib borayotgan
tusiga qarab, Kirisk shunday xulosaga keldi. Demak, quyosh tikkaga kelgan bo‘lsa kerak. Biroq okean
uzra muallaq turib qolgan Buyuk tuman qatlamini hali quyosh nurlari yorib o‘tolmasdi. Tuman
siyraklashib, qurigan o‘tin tutuniga o‘xshab, ko‘kish rangga kirib bormoqda edi. Ammo bari bir
yigirma-o‘ttiz chaqirim narida, atrofida chayqalib turgan qop-qora suvdan boshqa hech vaqoni ko‘rib
bo‘lmasdi.
Suzib boradigan joyning o‘zi yo‘q edi, eshkaklarni ishga solishga ham quvvati yetmasdi. U otasi
hamda Milxunning qayiq yondoriga batartib o‘rnatib qo‘yilgan eshkaklariga ma’yus nazar soldi. Qayiq
endi tumanda o‘z holicha, noma’lum yo‘nalishda harakat qilib qalqib turardi. Hamma tomondan bolani
yolg‘izlik qurshab olgan, atrofda yurakni muzlatib yuboruvchi mudhish bir dahshat hukmron edi.
Kechga borib yana hadeb suv ichgisi kelaverdi. Uning ochlik va zaiflikdan boshi aylanardi.
Qimirlagisi ham, atrofiga o‘girilib qaragisi ham kelmasdi. Qayoqqa ham qarardi, nimani ham ko‘rardi.
Hatto bochkacha yoniga yetib olish ham malol kelardi. U tizzalari bilan sal emakladi-da, holdan toyib
to‘xtab qoldi. Kirisk hademay butunlay harakatsiz qolishiga ko‘zi yetdi. U qo‘lini yuziga yaqin olib
keldi-yu, ko‘rqib ketdi: qo‘li burundiq bolasining qurigan terisidek ozib, kichrayib ketgandi.
Bu gal u keragidan ortiqroq suv ichdi. Endi bochkachaning eng tubidagina suv qolgandi, yana bir
marta ichsa bo‘ldi, tugaydi. Suvdan bir qultum ham qolmaydi. Lekin endi bari bir emasmi. Ammo yana
suv ichgisi, qonib-qonib suv ichgisi kelardi. Ochlik azobiga ko‘nikdi-yu, qornidagi og‘riq bosilmadi,
aksincha tinchlik bermay sirqirab og‘riy boshladi.
Bola necha bor hushidan ketib, necha bor o‘ziga keldi. Qayiq o‘z holicha, u yerdan-bu yerga
ko‘chib, jonlanib kolgan oqimlarga ergashib, tumanda suza boshladi.
Bir payt u o‘zini dengizga tashlashga jiddiy qaror kildi. Ammo madori yetmadi. Tizzalab turib,
qayiqning chetiga osilib qoldi. Qo‘llarini qayiqdan nariga cho‘zdi, ammo o‘z tanasini qayiqdan
uloqtirishga qurbi yetmay, osilganicha qoldi. Keyin esa shunchalik toliqdiki, bochkada qolgan suvni
ichishga ham urinmay qo‘ya qoldi.
U qayiq ichida qapishib yotgancha suv beruvchi sichqonchasini chaqirib unsiz
yig‘lardi:
Ko‘k sichqoncha, menga suv bergin!..
Biroq ko‘k sichqondan darak yo‘q, u bo‘lsa battar suv ichgisi kelaverdi. Shunda yana ariqda
yalang‘och bo‘lib cho‘milishgan o‘sha kezlar yodiga tushdi. O‘shanda u yetti yoshlardan oshmagandi.
O‘sha yili yoz issiq keldi. O‘rmon yoqasida rosa kun qizdirardi. Bolalar o‘rmonda meva terishar,
cho‘milishardi. Onasi ham, singlisi ham cho‘milishardi. Ular boladan unchalik uyalishmasdi. Ikkovlari
yechinishdi, bug‘doymag‘iz sonlari bilan suvni to‘lqinlatib, sachratib, kaftlarini siynalariga qo‘ygancha
buloqqa seskanib-seskanib tushishdi. Ular bir-biriga suv sepishib allaqanday baqirib-chaqirishardi. U
esa ariq bo‘ylab chopib, balandlikdan o‘zini suvga tashlaganida ular, ayniqsa onasi rosa kulishgandi.
«Qara, qara, — derdi onasi singlisiga, — judayam o‘xshaydi-ya, xuddi o‘zi-ya!» Ular sho‘x-shodon
pichirlashib, xandon otib kulishib, yana allanimalar deyishardi... Adog‘i yo‘q jilg‘a suvi shitob bilan
oqardi, undan to‘yib-to‘yib ichish va istagancha cho‘milish mumkin edi...
Ko‘k sichqoncha, menga suv bergin!
U o‘zini yana o‘sha ariq bo‘yida turgandek his qildi. Go‘yo u yana saraton jaziramasida
cho‘milayotganmish. Mana, u qirg‘oq bo‘ylab yugurib keldi-da, oqimga o‘zini tashladi, ammo
oqimning salqinligini sezmadi, U suv emas, qandaydir bir noma’lum narsa, suv desang suvga
o‘xshamaydi, xuddi tumanning o‘zi. U tumanda cho‘milyapti. Bunaqa suvda eti jimirlashib ketyapti.
Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa)
Do'stlaringiz bilan baham: |