Microsoft Word chingiz aytmatov sohil yoqalab chopayotgan olapar lotin ziyouz com doc



Download 326,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/54
Sana02.01.2022
Hajmi326,41 Kb.
#307721
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
Chingiz Aytmatov Sohil yoqalab chopayotgan Olapar qissa

www.ziyouz.com

 

кутубхонаси



 

49

Onasi bo‘lsa kulmaydi, aksincha, yig‘layapti, «Qara, kara, u judayam o‘xshaydi unga», — deydi u 



kimgadir va yana yig‘laydi, o‘ksinib yig‘laydi. Uning sho‘rta’m ko‘z yoshlari bolaning yuziga oqib 

tushayotir... 

 

* * * 


 

Tunda Kirisk to‘lqinlarning chayqalishi va shovqinidan uyg‘onib ketdi. Bola zaif chinqirib 

yubordi, u osmonga qarab, yulduzlarni ko‘rdi! Shuncha kundan buyon birinchi marta yulduzlarni 

ko‘rishi. Ular zim-ziyo osmonda, balandda, dengiz ustidan suzib o‘tayotgan bulutlar orasida porlab 

turardi. Hatto bir necha bor bulutlar orasidan shitob bilan suzib o‘tgan oyni ham ko‘rdi. 

Bola o‘zini yo‘qotib qo‘ydi: yulduzlar, oy, shamol, to‘lqinlar — hayot, jonlanish boshlandi. 

Garchand tuman pardasi hali shundoq turgan bo‘lsa-da, qayiq shunday qalin tuman orasidan o‘tganda 

hammayoq yana g‘ira-shira zulmatga cho‘ksa-da, bu hol uzoq davom etmadi. Buyuk tuman qo‘zg‘alib, 

junbushga kelib, shamol va to‘lqinlardan chekinib, olamga tarqab, yoyilib borardi. 

Bola ko‘zlarida yosh bilan yulduzlarga boqardi. Eshkaklarni qo‘lga olishga madori yetmasdi, 

yulduzlarga qarab yo‘l topishni, qay tomonga qarab suzishni ham bilmasdi, qaerdaligini va kelajakda 

uni nima kutayotganini ham bilmasdi. Lekin u bari bir yugurik to‘lqinlarning shovqinini 

eshitayotganidan, shamol turib, qayiq to‘lqinlar uzra suzib borayotganidan xursand edi. 

U sevinch va qayg‘udan, olam yorishganidan, dengiz jonlanib qolganidan yig‘lar, ichishga suvi va 

biron-bir yemishi bo‘lganda edi, ehtimol u yana hayotni sevib qolgan bo‘lardi. Ammo u, endi o‘rnidan 

turolmasligini, kuni bitganini, hademay tashnalikdan o‘lib ketishini sezib turardi... 

Qayiq bo‘lsa to‘lqinlar yuzalab tobora ildamroq suzib borardi. Qayiq rulsiz va eshkaklarsiz, oqim 

bo‘ylab suzib borardi. Dengiz uzra ufq arang ko‘rinar, tun qorong‘iligi asta-sekin chekinib, tuman 

to‘dalari borgan sari kamayib borardi. Shuningdek, yo‘l-yo‘lakay u yer-bu yerda to‘planib qolgan 

tuman to‘dalari ham siyraklasha boshladi. Endi avvalgiday sukunat hukm surmayotgan bo‘lsa-da, 

qorong‘ilik bolani zeriktira boshlagan edi. Endi tuman ichida qandaydir xayoliy mavjudotlar sassiz 

uchib yurganday tuyuldi unga. Ular paydo bo‘lib, yana shamolda izsiz yo‘qolar, tumanni chok-

chokidan so‘kib, har tomonga tarqatib borardi. 

Bulutlar orasida oy paydo bo‘lishi bilanoq dengiz yuzasi bir zum jimirlab, yarqirab ketar, so‘ng 

yana so‘nib, yana jonlanardi. Bola ohista nur sochayotgan yulduzlarga boqib, o‘ylay boshladi: 

«Ularning qay biri qo‘riqchi yulduz ekan? Qay biri atkichx O‘rxonning, qaysi biri aki-Milxunning, 

qaysi biri otam — Emrayinning yulduzi ekan? Sizlar mutlaqo ko‘rinmadingiz. Siz, yulduzlar ham

bizlarni tumanda ko‘rolmasdingiz. Endi yakka o‘zim qoldim, qayoqqa suzib borayotganimni ham 

bilmayman. Ammo endi men qo‘rqmayman, negaki osmonda hammalaringizni ko‘rib turibman. Faqat 

kimning yulduzi qaerdaligini bilmayman. Biroq bunday bo‘lishiga sizlar aybdor emassizlar. Axir, siz 

bizni dengizda ko‘rmagansiz. Buyuk tuman bizni yashirib turgan edi. Endi yolg‘iz o‘zimman. Ular 

bo‘lsa suzib ketib qolishdi. Uchovlari ham ketib kolishdi. Ular sizni judayam yaxshi ko‘rishardi. Sizni 

judayam kutishdi, qirg‘oqqa yo‘l topib borish uchun sizlarni ko‘rishga judayam mushtoq bo‘ldilar. 

Yulduzlar hech qachon aldamaydi deb atkichx O‘rxon aytardi, u menga yulduzlarga karab yo‘l topishni 

o‘rgatmoqchi edi... Biroq bunday bo‘lishiga sizlar aybdor emassizlar. Mening ham kunim bitay deb 

qoldi, suvim ham qolmadi, tinka-madorim qurib, qayoqqa suzib borayotganimni ham bilmayman... 

Mening ozgina, judayam ozgina suvim qoldi, men uni hozir ichaman, endi chidolmayman, quvvatim 

qolmadi. Bugun qoq baliq solinadigan xaltamning bir bo‘lagini chaynab ko‘rdim. U tyulen terisidan 

tikilgan. Boshqa chidayolmayman, ko‘nglim aynib, ichim ag‘dar-to‘ntar bo‘lib ketyapti... Men hozir 

oxirgi suvni ichaman. Mabodo boshqa ko‘rishish nasib bo‘lmasa, yulduzlar, sizlarga bir gap aytay — 

atkichx O‘rxon, aki-Milxun, otam Emrayin sizlarni juda yaxshi ko‘rishardi. Mabodo ertalabgacha 

omon kolsam, keyin vidolashaman...» 

Tez orada qayiq yana kalin tuman qatlami orasiga tushib qoldi. Yana hamma narsa ko‘zdan g‘oyib 



Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa) 

 

 




Download 326,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish