www.ziyouz.com
кутубхонаси
9
— Yaxshisi, ke, ish qilaylik. Yonimga o‘t. Dengizga hadeb qarayverma. Qaraganing bilan
oxirigacha ko‘rolmaysan bari bir.
Kirisk qayiq tumshug‘idan turdi. Oyoq ostidagi narsalarni — bug‘u terisiga o‘ralgan ikkita
vinchester, nayza, arqon o‘rami, suvli bochka, oziq-ovqat solingan to‘rva va yana qandaydir tugun va
kiyim-kechaklarni bosib, qayiqning quyrug‘iga o‘tdi. Qayiq chetini ushlab eshkaklarning dastasi
ustidan hatlagancha o‘tar ekan, ovchilarning bo‘yniyu yelkalaridan chikkan ter va tamaki hidini tuydi.
Uyda otasining kiyimidan shunday o‘tkir hid kelar, otasi ovga ketgan paytlarda esa oyisi uning eski
charm kamzulini suyib hidlar, yuziga bosar edi.
Otasi o‘g‘lini bosh irg‘ab, yelkasi bilan biqiniga salgina turtib erkalatgan bo‘ldi, ammo eshkakni
qo‘lidan qo‘ymadi. Ammo Kirisk otasining beixtiyor erkalatishiga erib ketmadi, qayrilib ham
qaramadi. Ha-da, dengizda hamma birday. «Kemaga tushganning joni bir», deb bekorga aytmaganlar.
Dengizda ota, bola degan gap bo‘lmaydi. Dengizda faqat darg‘aning gapi — gap. Uning buyrug‘isiz
qayiqda biror cho‘pni u yerdan-bu yerga olib bo‘lmaydi...
— O‘tir, mana buyoqqa, — dedi O‘rxon bobo unga joy ko‘rsatib, uzun, sertomir qo‘llarini
bolaning yelkasiga qo‘yar ekan. — Ozgina cho‘chiding-a? Avvaliga xotirjam o‘tirding, keyin esa...
Kirisk xijolat tortganday bo‘ldi: demak, O‘rxon bobo uning qay ahvolda o‘tirganini sezganga
o‘xshaydi. Biroq shunga qaramay u e’tiroz bildirdi:
— Yo‘g‘ay, atkichx
4
, sirayam cho‘chiganim yo‘q! Nimadan cho‘chirdim!
— Har holda dengiz safariga birinchi chiqishing...
— Nima bo‘pti, birinchi chiqsam? — Bo‘sh kelmadi Kirisk. — Men hech narsadan ko‘rqmayman.
— Bo‘pti, bo‘pti. Men esam, birinchi bor dengiz safariga chiqqanimda, bunga juda ko‘p yillar
bo‘ldi, rostini aytsam, qo‘rqib ketganman. Bir vaqt qarasam qirg‘oq allaqachon ko‘rinmay kolibdi,
Olapar it ham allaqayoqqa qochib ketibdi. Qayoqqa qarasam to‘lqin... O‘shanda darrov uyga qaytib
ketgim keldi. Ana, Umrayin bilan Milxundan ham so‘rab ko‘r-chi, birinchi marta dengizga
chiqqanlarida qanday bo‘lgan ekan?
Ular javob berish o‘rniga tushunganday bosh irg‘ab kulib qo‘yishdi-yu, yana eshkakka zo‘r
berishdi.
— Men bo‘lsam qo‘rqmadim, — deb gapida turib oldi Kirisk.
— Demak, botir ekansan, — tinchitdi uni O‘rxon bobo. — Qani endi aytgin-chi, Olapar qaysi
tomonda qoldi?
Kirisk kutilmaganda bir zum o‘ylab turdi-da, so‘ng qo‘li bilan ko‘rsatdi:
— Hov anov yoqda!
— Rostdanmi? Negadir qo‘ling sal qaltirayotipti-ya?
Qo‘lining titrog‘ini bosishga uringan bola sal o‘ngroq tomonni ko‘rsatib:
— Anov yoqda! — dedi.
— Mana endi to‘g‘ri aytding! — dedi O‘rxon bobo. — Agar qayig‘imizning tumshug‘i manavi
tomonga burilib turgan bo‘lsa, Olapar shunda qaysi tomonda koladi?
— Anov yoqda!
— Agar shamol qayiqni buyoqqa burib yuborsa-chi?
— Anov yoqda!
— Agar chap tomonga qarab suzsak-chi?
— Unda mana u tarafda bo‘ladi.
— Yaxshi, endi aytgin-chi, qanday aniqlayapsan, axir to‘rt tarafimiz faqat suvdan iborat bo‘lsa? —
o‘smoqchilab so‘radi O‘rxon bobo. — Shuni aytib bera olasanmi?
— Meni boshqa ko‘zim ham bor, — javob berdi Kirisk.
— Qanaqa ko‘z u?
4
Atkichx — nivxcha «bobo» degani.
Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa)
Do'stlaringiz bilan baham: |