Ushbu xalq harakati millionlab yurtdoshlarimiz hayoti va qismatida uchmas
fojia bo‘lib qoldi. Ba’zi aniqlangan rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, u milliondan
ziyod mahalliy millat kishilarining aziz umrlariga zomin bo‘ldi. Minglab oilalarni
o‘z ona-zaminini tark etib, begona yurtlarga bosh olib ketishlariga sabab bo‘ldi.
Biroq bu xalq harakati bejiz ketmadi. U yurtdoshlarimizga katta ibratli saboqlar
berdi, ularning kurash tajribasining boyishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Zero,
ona-O‘zbekistonimizning istiqlolga erishishida, bugungi baxtiyor avlod
kishilarining mustaqillik oliy ne`matidan bahra olishida, jasur va matonatli ota-bobolarimizning xizmatlari cheksizdir. Ularning yorqin, porloq xotirasi hozirgi
minnatdor avlod kishilarining yodida, shuurida hamisha saqlanadi, iftixor tuyg‘usi
bilan eslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |