www.ziyouz.com
кутубхонаси
17
emas, — davom etdi chol. — Yo‘q, menimcha, bu — orol emas.
— Bu suvlarda bunaqa orol yo‘q edi, bunaqa orolni sira ko‘rmaganmiz, — dedi Milxun. — Kichik
siyna chap tomonda bo‘ladi, bu esa, bilmadim, nima ekan?
— O‘sha narsa tuman yoki bulutmi bo‘lmasin yana? — so‘z qotdi Emrayin. — Yoki to‘lqin
o‘rkachlarimi desam qimirlamayapti-ku?
— Shuni aytaman-da, nimaykin? Tuman yo bulut bo‘lishi mumkin, yana kim bilsin? Juda uzoqda.
Lekin orol emas, — xulosa qildi O‘rxon. — Mabodo tuman bo‘lsa yaxshilikka olib bormaydi.
— Hechqisi yo‘q, faqat shamol o‘zgarmasa bo‘lgani, — eshkakka zo‘r berarkan dilidagini aytdi
Emrayin. — Bir joyda turibdi, qimirlamasdan. Lekin u tomonda bizning qiladigan ishimiz yo‘q, nima
bo‘lsa bo‘laversin...
Kirisk, avvaliga, topgan narsasining nimaligi aniqlanmaganidan xafa bo‘ldi, ammo ko‘p o‘tmay bu
voqeani esidan chiqardi.
Ovchilar esa yanglishmagan edilar. Tez orada chap tomonda suv yuziga chiqib turgan Qichik siyna
orolchasi ko‘rinib qoldi. Endi bunga shubha yo‘q edi. Orolcha chindan ham siynaga — yelinga
o‘xshab suv yuziga turtib chiqkan, past-balandliklardan iborat quruqlik ekan.
Orolni ko‘rib hamma sevinib ketdi, ayniqsa Kiriskning og‘zi qulog‘ida edi. Xuddi shu payt eng
qiziq voqea yuz berdi.
— Mana yetdik, — deb bolaning telpagini siypaladi O‘rxon. — Olapar o‘zi uyda qolsayam bizni
shu yergacha boshlab keldi. Agar u izimizdan ergashganida cho‘kib ketardi, to‘g‘rimi?
— Bo‘lmasam-chi! — tasdiqladi Kirisk cholning gapidagi hazil ohangini payqab.
— Olapar shuning uchun ham kerakki, u qirg‘oqda qolib, uyimizni qo‘riqlaydi. Shu bilan birga biz
doim uni eslab, yo‘ldan adashmay, ov joyiga yetib keldik. Qani, ayt-chi: Olapar bizga yana zarur
bo‘ladimi, yo‘qmi?
— Yo‘q, endi kerakmas! — tag‘in ishonch bilan javob berdi Kirisk. — Endi qayoqqa suzish
kerakligini o‘zimiz bilamiz.
— Sal o‘ylab ko‘rsang bo‘lardi! — koyiganday dedi O‘rxon. — Axir shunday ziyrak bola
o‘ylamay gapiradimi?
Dengizdagi olis orolga yetib olishganida Olaparning endi nima hojati borligiga Kiriskning sira aqli
yetmasdi.
— Olaparimizning endi nima keragi bor?
— Nima keragi bor deysanmi? Uyga qanday qaytasan? Qayoqqa suzasan, qaysi tomonga? Kani,
o‘ylab ko‘r-chi? Tushundingmi endi? Orolning qaysi tomoniga keldik, orol Olaparning qaysi tomonida
turibdi — shuni bilsang, qayoqqa yo‘l olish va yana qaytib kelish mumkinligini bilasan.
Kirisk indamay rozi bo‘ldi-yu, biroq izzat-nafsi yo‘l qo‘ymadi shekilli, qizishib, cholni so‘roqqa
tuta boshladi:
— Agar qorong‘i bo‘lsa-chi, a? Agar kechasi dengiz o‘rtasida qolsak, hech narsani ko‘rib
bo‘lmasa-chi, a? Unda nima qilamiz?! A? Ana unda Olapar qay tomonda qolganini qayoqdan bilamiz,
a?
— Nima qipti, o‘shanda ham bilsa bo‘ladi, — xotirjamgina javob berdi O‘rxon. — Buni
osmondagi yulduzlardan bilsa bo‘ladi, yulduzlar odamlarni yanglishtirmaydi, hamisha to‘g‘ri yo‘l
ko‘rsatishadi. Faqat o‘zing qaysi yulduz kaerda joylashganini bilsang bo‘ldi. Vaqti kelib buniyam bilib
olasan. Sen Luvr o‘rdagi yulduzlar to‘pini bilasanmi?
— Bilardim shekilli, — ikkilanib javob berdi Kirisk, otasiga qarar ekan. Emrayin o‘g‘lining
qiynalib qolganini sezdi.
— Sal-pal biladi, bir paytlar ko‘rsatgandim. Lekin hali yetarli emas. Hali tuzukroq o‘rganishi
kerak...
Shu asnoda suzib ular orolga yaqinlashib qolishdi. Qirg‘oqdagi ba’zi xarsanglar va qoyalar ko‘zga
chalingach, ular qaysi tomonda tyulenlar makoni bor ekan, deya orolning atrofini aylanib o‘ta
Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa)
Do'stlaringiz bilan baham: |