www.ziyouz.com
кутубхонаси
25
allaqayoqlarga surib ketayotgan edi. O‘rxon bobo qayiq ag‘darilib tushmasligi uchun bor kuchi bilan
rulni to‘g‘rilashga harakat qilar, ammo dengiz borgan sari quturmoqda edi.
Chamasi, tun yarmidan og‘di. Tuman ichida qay mahal bo‘lganini bilish mushkul edi. Kech
kirganini ular qorong‘ilikning yanada quyuqlashganidan taxmin kilishlari mumkin edi. Oxiri
ko‘rinmagan, tinkani quritadigan bu tengsiz va tinimsiz olishuvda ular ko‘p vaqtlarni boy bergan
edilar. Shunga qaramay, nivxlar hamon umid uzishmagandi: ehtimol, to‘satdan boshlangan suv ofati
yana to‘satdan tinib qolar, tuman to‘satdan tarqalib ketar, ana shunda qayoqqa qarab suzish kerakligini
bilib olarmiz, deb o‘ylashardi. Bir mahal ularning umidi ushalganday bo‘ldi. Dengiz po‘rtanalari sal
tinchidi, tebranishlar, chayqalishlar, suv sochqilari kamaydi. Lekin havoning avzoyi avvalgiday —
zim-ziyo zulmatda hech narsani ko‘rib bo‘lmasdi. Birinchi bo‘lib, O‘rxon bobo dengiz shovqinini
bosguday baqirib gapirdi:
— Men shu yerdaman! Kirisk ham men bilan birga! Eshityapsizlarmi?
— Eshityapmiz! Biz ham o‘z o‘rnimizdamiz! — xirillagancha javob berdi Emrayin.
— Shamolning yo‘lini kim eslab qoldi? — ovoz berdi O‘rxon bobo.
— Nima foydasi bor! — jahl bilan qichqirdi Milxun.
Chol jimib qoldi. Rostdan ham shamolning qayoqdan esayotganligini bilish foydasiz edi. Shamol
ularni qayoqqa surib ketgan, mo‘ljal kilish mumkin bo‘lgan orollar hozir ularga yaqinmi yo uzoqmi?
Buni chamalash ham qiyin edi. Ehtimol, ular Siynalardan juda-juda uzoqlashib ketishayotgandir? Balki
endi ular Siynalarni sira-sira topib olishmas? O‘rxon bobo holdan toydiruvchi zulmat va
chayqalishlardan ezilib, jimib qoldi. Buyuk O‘rxon chuqur o‘ylarga botib, jimgina o‘tirardi. Faqat bir
narsa ularga taskin berardi — yaxshiki, taqdir taqozosi bilan ular qoyali orollarga urilib pachoqlanmay,
chetlab o‘tib ketishibdi. Biroq orollarsiz va yulduzlarsiz tun va tuman ichida hech qanaqa yo‘lni
aniqlab bo‘lmasdi. O‘rxon bobo biror narsa deyishga ojiz edi. Shunga qaramay, u oradan sal o‘tgach
yana qichqirdi:
— Tlangi-la
7
esayotgan edi! Qayig‘imiz tumshug‘ini po‘rtanaga to‘g‘rilaganimizda Tlangi-la
esayotgan edi!
Hech kim javob bermadi. Hamma o‘z ishi bilan ovora edi. O‘rxon yana jimib qoldi. Kirisk
cholning oyog‘iga yopishganicha titrab-qaqshab o‘tirardi. Bir ozdan so‘ng O‘rxon eshkakchilarni
ogohlantirdi:
— Kirisk ikkalamiz qayiqqa to‘lgan suvni cho‘mich bilan sepib tashlaymiz. Sizlar mahkam
bo‘linglar!
U Kirisk tomonga engashdi, qorong‘ida paypaslab, bolaning eson-omon o‘tirganini bilgach:
— Qo‘rqma, Kirisk! Ke, qayiqdan suvni sepib tashlaymiz. Yo‘qsa, ish chatoq bo‘ladi. Bitta
cho‘michimiz bor, mana, topdim. Sen manovi kurakchani ol, har holda yaxshi bo‘ladi. Ushladingmi?
Kurakchani ol, deyapman... — dedi.
— Ha, atkichx, ushladim. Hali bu uzoqqa cho‘ziladimi? Qo‘rqib ketyapman.
— Men ham qo‘rqyapman, — deb yubordi oqsoqol kutilmaganda. — Lekin biz erkaklarmiz,
shuning uchun ham ishning og‘iri bizning yelkamizda.
— Bunaqada cho‘kib ketmaymizmi, atkichx?
— Cho‘kib ketmaymiz. Agar cho‘kib ketadigan bo‘lsak, mayli, peshonada bori shu ekan. Ke, endi,
bir qo‘ling bilan meni ushlab turgin-da, ikkinchi qo‘ling bilan suvni sepib tashlayver.
Yaxshisi, vaqtida O‘rxonning esiga tushib qolgan ekan, oz-moz nafasni rostlab olishgandan so‘ng
qayiqdagi suvni sepib tashlashdi. Suv ozayishi bilan chol qayiqdagi buyumlar orasida yotgan kichkina
bochkaga nazari tushdi va uni bolaga ko‘rsatdi. Kunduzi ham shu bochkadan suv ichishgan edilar.
— Kirisk, — dedi u qorong‘ida bolaning qo‘lidan ushlab. — Bu yerda kichkina suvli bochkamiz
bor. Topdingmi? Esingda bo‘lsin, har qanday mushkul vaqtda ham shu bochkachadan ayrilma. Undan
7
Tlangi-la — dengizda janubi-sharqdan esadigan kuchli izg‘irin shamol.
Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa)
Do'stlaringiz bilan baham: |