Microsoft Word chingiz aytmatov sohil yoqalab chopayotgan olapar lotin ziyouz com doc



Download 326,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/54
Sana02.01.2022
Hajmi326,41 Kb.
#307721
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54
Bog'liq
Chingiz Aytmatov Sohil yoqalab chopayotgan Olapar qissa

www.ziyouz.com

 

кутубхонаси



 

28

mo‘ljallab yo‘l topish mumkin edi. 



Hozircha ular maqsadsiz suzishardi, qayoqqa suzishmasin, tumanga peshvoz borishardi. 

Shunga qaramay, O‘rxon oqsoqol qayiqni bir oz sarishta qilib qo‘yish kerakligini aytdi. Oyoq 

ostida suv shaloplamasligi uchun qayiqdagi suvni oxirgi tomchisigacha tozalashdi. Chol Kiriskni 

qayiqning quyruq tomoniga, o‘zining yoniga o‘tqazdi — shunday qilsa, bola tezroq isinib, qurinib 

olardi. U suvni hammaga teng taqsimladi. Birinchi gal hammaga salkam chorak cho‘michdan suv 

berdi. Bo‘ronli kechadan so‘ng aqalli bir marta to‘yib suv ichib olish kerak edi. Ayni vaqtda O‘rxon 

bobo ogohlantirib qo‘ydi: bundan buyon faqat u aytgan paytda va qancha quysa, shuncha suv 

ichilishinigina uqtirdi. U shu so‘zlarni aytarkan, gapining isboti uchun yarmi bo‘shab qolgan 

bochkachani chayqatib qo‘ydi. 

Kutilmaganda bir narsa ularni juda xursand qilib yubordi. Suv ichish uchun bochkani 

olishayotganida uning tagida, qayiq quyrug‘ining bir burchida qolib ketgan, qoq baliq solingan to‘rvani 

ko‘rib qolishdi. Tyulen teri to‘rvani safar oldida Milxunning xotini qayiqqa solib qo‘ygan edi. Oziq-

ovqat solingan katta to‘rvani boshqa narsalar bilan dengizga uloqtirishgan, kichkina to‘rva esa Kirisk 

avaylab saqlab o‘tirgan bochka tagida yashirinib qolib ketgan ekan. To‘g‘ri, kichkinagina to‘rvaga 

sho‘rtang dengiz suvi to‘lib qolgan, o‘zi tuzlangan baliq yana beshbattar tuzlanib qolganidan og‘izga 

olib bo‘lmasdi. Shunga qaramay, har holda bu oziq edi. Mabodo ichimlik chuchuk suv yetarli 

bo‘lganida, mana shu sho‘r baliq ham asqatib qolardi. 

Lekin hozircha sho‘r baliqni hech kim yemadi, tashnalikni zo‘raytiradi, deb qo‘rqishdi... 

Hamma bir narsani — tuman tarqalishini kutardi... 

Hayhotday sukunat va sokin tuman ichida faqat eshkaklarning tirgaklari ma’yus g‘iychillagani 

eshitilardi. Buyuk tuman ichida bu g‘iychillash adashgan va horigan yo‘lovchining: «Bu yer qaer? Bu 

yer qaer? Qayoqqa yuray?»— deb faryod solayotgan tovushini eslatardi. 

Hamma bir narsani — tuman tarqalishini kutardi... 

 

* * * 



 

Ammo tuman tarqamas, tarqalishni xayoliga ham keltirmasdi. Tuman qilt etmasdi. Go‘yo 

quruqlikdan tashqari, yerga aloqasi bo‘lmagan, rutubatli havodan nafas oluvchi aql bovar qilmaydigan 

allaqanday maxluq bu yorug‘ dunyoni — Yerni ham, Osmonni ham, Dengizni ham yutib yuborganday 

edi... 

Tuman og‘ushida yana kech kirdi. Kech kirganini faqat atrofda qorong‘ilikning yanada 

quyuqlashganidan sezish mumkin edi. Osmonda birorta yulduz yo‘q, osmonning o‘zi ko‘rinmasdi. 

Maqsadsiz, shunchaki qayoqqadir suzish ma’nosiz edi. 

Osmonda yulduz ko‘rinib qolmasmikin, deya hamma orziqib kutar va umid qilardi. Soat sayin 

shuni kutishardi. Shamol turib qolishini — mana shu uch qatla la’nati tumanni biror yoqqa haydab 

yubora oladigan shamol turib qolishini kutganidan mijja qoqishmasdi. Yulduzlarni to‘sib turgan 

ko‘kimtir gumbazning ochilishini so‘rab osmon ruhiga iltijo kilishardi. Shamollar egasini — seryol, 

hurpaygan maxluqni uyg‘ona qol, deb iltijo qilishardi. 

Lekin hammasi behuda edi. Ularning iltijosiga hech kim quloq solmas, tuman ham tarqalay 

demasdi. 

Kirisk ham yulduzlarning chiqishini kutardi. Ilgari uning uchun osmonda o‘yinchoqday yaltirab 

turadigan yulduzlar hozir hammadan ham zarur edi. O‘tgan kechasidan beri ko‘rgan kulfatlari uni 

esankiratib, yuragini olib qo‘ygandi. Axir bola qalbi nozik bo‘ladi, uni bir umrga mayib va majruh 

qilib qo‘yish mumkin. Ammo qayiqda birga bo‘lgan uch erkak umumiy o‘lim xavfini, safarning xatarli 

oqibatini, quturgan dengiz ofatini yengishdi-ku! Shuning o‘zi bolaning dilida bu gal ham najot yo‘li 

topiladi, degan umid uyg‘otardi. Osmonda yulduzlar ko‘rinsa bas, boshimizga tushgan azob-

uqubatlardan qutulamiz, deb ishonardi bola. 




Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa) 

 

 




Download 326,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish