Microsoft Word chingiz aytmatov sohil yoqalab chopayotgan olapar lotin ziyouz com doc



Download 326,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/54
Sana02.01.2022
Hajmi326,41 Kb.
#307721
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54
Bog'liq
Chingiz Aytmatov Sohil yoqalab chopayotgan Olapar qissa

www.ziyouz.com

 

кутубхонаси



 

27

bilan birinchi marta to‘qnash kelishi edi. U hozir qaerda suzib yurishganini, bo‘ron ularni qayoqqa 



surib kelganini, yerdan qancha olislab ketishganligini, haliyam dengizda yurishibdimi yoki okeandami 

— sira tasavvur qilolmasdi. U hatto hozir qaysi vaqtligini ham bilolmasdi. Borliqni egallagan zim-ziyo 

tumanda kunduz bilan kechani ajratib bo‘lmasdi. Lekin har holda dengiz g‘alayoni ertalabga yaqin 

pasayishini hisobga olganda, hozir kunduzga o‘xshardi. Ehtimol, kun qiyomga kelgandir? 

O‘rxon oqsoqol boshini quyi solishiga sabab bor edi. U, mo‘‘jiza bilan tirik qolishganiga xursand 

bo‘lsa-da, bari bir ahvol chatoqligini his qilardi. Chunki qayiqda endi bir juft eshkak va ozrog‘i 

ichilgan bir bochkachadagi suvdan boshqa hech vaqo qolmagandi. Qayiqdagi hamma narsani tashlab 

yuborishgan. Hatto o‘tib ketayotgan savdogarlardan yuztacha mo‘ynaga ayirbosh qilib olingan 

miltiqlar ham endi yo‘q edi. Ularni oldinda nima kutayotgani ham noma’lum edi. 

To‘g‘ri, eshkakchilar hushiga kelishlari bilan endi nima qilish kerakligini birgalashib o‘ylab 

ko‘rishadi. Lekin qay tarafga suzish kerakligini kim biladi deysiz? Bu asosiy masala. Undan keyin 

tunda, agar havo ochiq bo‘lsa, yulduzlarga qarab yo‘lni aniqlashga urinib ko‘rish kerak. Lekin qancha 

vaqt suzishga to‘g‘ri kelarkin? Qirg‘oqni topguncha kuchlari, vaqtlari yetarmikin? Manzilga yetguncha 

bardosh berisharmikin? 

Tuman-chi, bu qanaqa tuman o‘zi? Dengiz ustida shu qadar qalin, shu qadar uzoq turib qolgan bu 

qanaqa tuman? Xuddi u bu yerda abadiy o‘rnashib olganga o‘xshaydi. Nahotki hammayoq shunday 

bo‘lsa?.. Nahotki butun olam shunday tuman orasida qolgan bo‘lsa? 

Shu mahal oqsoqolning tamaki chekkisi, suv ichgisi keldi. Tamaki topiladi-yu, mayli, ho‘l 

bo‘lsayam, ammo munshtugi qayoqda qoldiykin? Suv-chi? Ovqat-chi? O‘rxon bu to‘g‘rida o‘ylashdan 

ham qo‘rqardi. Hozircha chidasa bo‘ladi, hozircha hech narsani o‘ylamasa bo‘ladi... 

Dengiz suvi sokin jimirlar, hammayoq tinchib, huvillab qolgandi. Qayiq turgan joyida sal-pal 

chayqalib turardi. Suv uni hech qayoqqa surmas, o‘zi ham hech qayoqqa jilmasdi. Eshkaklar o‘z holiga 

tashlab qo‘yilgandi. Emrayin bilan Milxunning ahvoli ma’lum — ular shunchalik qattiq charchashgan 

ediki, eshkaklarni suvdan ko‘tarishgayam majollari kolmay, o‘likday dong qotishgandi. 

Qilt etgan shamol yo‘q, butun borliq g‘ira-shira qorong‘ilikka cho‘mgan, harakatdan to‘xtab 

qolgandi. Dengiz harakatsiz, tuman harakatsiz, qayiq harakatsiz edi... qayoqqa shoshishni ham, 

qayoqqa suzishni ham bilishmasdi... 

Oqsoqol g‘amga botganicha bukchayib uxlab qoldi. Uni birdan Kiriskning ovozi uyg‘otib yubordi. 

— Atkichx, atkichx! — deb yulqiladi bola uni. — Suv ichgimiz kelyapti. 

O‘rxon bobo seskanib ketdi, uchala qabiladoshi oqsoqoldan izn so‘rab turishganini sezdi, hozir eng 

mushkul ish — suvni avaylab ulashish kerakligini angladi... 

Tuman hamon qalin va harakatsiz edi. Dengiz hamon sukunat qo‘ynida edi. 

 

* * * 


 

Tunning qolgan yarmini tuman ichida asta-sekin suzish bilan o‘tkazishdi. Ne maqsadda va qayoqqa 

suzishayotganlarini o‘zlari ham bilishmasdi. 

Odamlar hushlariga kelib, qay ahvolga tushib qolganlarini anglashdi, endi bir joyda turib 

bo‘lmasdi. 

Shuning uchun ular suzishda davom etdilar. Ehtimol, yerga yaqinlashib, ehtimol, yerdan 

uzoqlashib borishayotgandir? 

Haytovur bir yerda turmay suzyapmiz, harakat qilyapmiz-ku, deb o‘ylashardi. 

Butun umid havoning ochilib ketishida, tumanning tarqalishida edi. Ana shunda nima qilish 

kerakligi oydinlashardi. 

Har holda tuman tarqab ketsa, kechasi osmonda yulduzlar ko‘rinardi. Bor-yo‘q umid faqat 

yulduzlarda bo‘lib qoldi. 

Yana bir narsadan umid bor edi — biror orolga duch kelib qolishsa yaxshi bo‘lardi-ya. O‘shanda 



Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa) 

 

 




Download 326,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish