www.ziyouz.com
кутубхонаси
29
Faqat bu tashvishlar tezroq tugasaydi, tezroq o‘z joylariga, yerga, Olapar qoyasiga tezroq yetib
borishsaydi. Tezroq, tezroq, tezroq... Axir suvsab, och qolishdi, nihoyatda chanqashdi, nihoyatda
ochiqishdi, borgan sayin battar chanqashyapti, borgan sayin ochlikdan sillalari quriyapti. Onasining
yoniga, qarindosh-urug‘larining yoniga, uylariga, o‘choqlari, jilg‘alari, o‘tloqlariga tezroq borish istagi
kuchaygandan-kuchayardi...
Falokatga uchraganlar kechasi bilan jon hovuchlab, havoning ochilishini kutib chiqishdi. Biroq
hech nima o‘zgarmadi, tuman joyidan siljimadi, osmonga yulduz chiqmadi, dengiz uzra zulmat
tarqamadi.
Ular kechasi bilan chanqab, suvsab chiqishdi, zaxlikdan, rutubatdan, sovuqdan junjikib turishsa
ham, bari bir tashnaliklari kuchayib borardi. Kirisk faqat men qattiq chanqadim, deb o‘ylashi mumkin
edi, lekin kattalar ham tashnalik azobini tortayotgan edilar. Ammo bola hammadan ko‘ra kattiq
chanqayotgan edi. Xammadan ko‘ra suv ichishni ko‘proq xohlaganidan xijolatga tushib battar
azoblanardi.
Oxiri Kiriskning sabr-bardoshi tugab, ozgina suv so‘ragan edi, O‘rxon oksoqol bermadi.
— Yo‘q, — dedi u qat’iy. — Hozir mumkin emas. Sabr qil.
O‘rxon bobo ularni sho‘r baliq qanchalik chanqatayotganligini bilsaydi: kechga yaqin Emrayin,
Milxun va Kirisk ochlikdan sillalari qurib, sho‘r baliqni bo‘lib yeyishgan, chol esa o‘zini tiygan edi.
Shuning uchun tashnalikdan uchalasining bag‘ri yonib ketayotgandi. Sho‘r baliq orqasidan suv
ichvorishgan bo‘lsa ham, bari bir, sal o‘tmay tashnaliklari battar kuchaydi. Chol esa sho‘r baliqni
og‘ziga ham olmadi, chidadi, suv ham ichmadi, suvni tejadi, biror tomchi og‘ziga olmadi. O‘sha kuni
O‘rxon oksoqoldan boshqalar ikki mahal suv ichishdi. Kechqurun ichganlari juda oz — cho‘michga
arang yuq bo‘lardi. Bochkachaning tagi esa tobora ko‘rinib borardi.
Odam chanqab, suv ichgisi kelib, hadeb shuni intiqib kutaversa sabr-toqati battar tugab boraveradi.
Kechasi bilan shunday azob tortib chiqishdi... Tuni bilan dahshatli tuman tarqamadi. Dengiz ham
qilt etmadi.
* * *
Ertalab ham jilla o‘zgarish bo‘lmadi. Kulrang, ko‘ng‘ir tusli tumanning bag‘ri salgina oqardi,
ko‘zga tashlanib turgan masofa salgina kengaydi, xolos. Odamlarning yuz-ko‘zlari ko‘rinib qoldi.
Qayiq atrofida bir necha chaqirimgacha simobday qilqillab turgan og‘ir, vazmin tuman kumush
rangida tuslanib ko‘rinardi. Bunday ko‘lmak singari turib qolgan suvni Kirisk umri bino bo‘lib
ko‘rmagandi.
Qilt etgan shabada, biron-bir o‘zgarish yo‘q edi.
Ammo shu kuni ertalab bola kattalarning afti angorini ko‘rib, hangu mang bo‘lib qoldi. Uchalasi
ham shu kunlar ichida cho‘pday ozib, soqollari tikanday o‘sib, ko‘zlari kirtayib, o‘lish xavfi ostida
qolishganday edi. Har qanday kiyinchiliklarga bardosh bera oladigan otasi ham juda o‘zgarib ketibdi.
Faqat soqoli qolganga o‘xshaydi. Lablari ko‘karib, qorayib ketgan. U Kiriskka gapirmasa ham achinib
boqardi. Ayniqsa, O‘rxon oqsoqol o‘zini oldirib qo‘ygandi. U yanada bukchaygan, ranglari yanada
uniqqan, kekirdagi chikqan bo‘yni yanada cho‘zilgan, ko‘zlari avvalgidan battarroq yoshlangan edi.
Faqat ma’noli boqishlaridan uning avvalgi O‘rxon oqsoqol ekanligini bilib olish mumkin edi. Uning
dono nigohida faqat o‘zigagina ayon va o‘zigagina tushunarli bo‘lgan g‘oyat muhim ma’no bor edi.
Kunni eng mushkul ishdan — bir necha kultumdan suv ulashishdan boshlashdi. Suvni O‘rxon
oqsoqolning o‘zi quydi. U bochkachani kultillatib turib, cho‘michga jildiratib, oz-ozdan quyar ekan,
qo‘llari qaltirar edi. Cho‘michni birinchi Kiriskka uzatdi. Zo‘rg‘a chidab turgan bolaning cho‘mich
chetiga tekkan tishlari takillab, suvni birpasda ichib qo‘ydi. Faqat bir zumgina tashnaligi qondi, xolos.
Tomog‘ini namlashi bilan ichidagi o‘tga suv sepilganday bo‘ldi-yu, lekin cho‘michni qaytarib berishi
bilan yana yurak-bag‘ri yonib, boshi aylana boshladi. Go‘yo ichidagi vahshiy hayvonning g‘azabini
Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa)
Do'stlaringiz bilan baham: |