www.ziyouz.com
кутубхонаси
37
— Yaxshi, atkichx, aytaman, — Emrayinning ovozi titrab chiqdi, buni bildirmaslik uchun zo‘r
bilan yo‘talib ko‘ydi. — Aytganingday bo‘ladi, hamma gaplaringni yetkazaman.
— Uni juda hurmat qilishimni aytib qo‘y. U katta ovchi, ham yaxshi odam. Men uni hammavaqt
hurmat kilganman.
Yana jimib qolishdi.
Ko‘k sichqoncha, suvingdan ber!
Keyin Emrayin nimadir dedi, Kirisk uning so‘zini aniq eshita olmadi. O‘rxon bobo unga javoban
dedi:
— Yo‘q, bari bir kutolmayman. Ko‘rmayapsanmi, madorim kolmadi. Yaxshi it o‘ligini ko‘rsatmas,
deganlar. Men anoyi odam emasman! Buni o‘zim bilaman. Tushimda doim Suv parisini ko‘rardim.
Sening bunga aqling yetmaydi... Men o‘shaning makoniga ketishni xohlayman...
Ular yana allanimalar haqida gaplashishdi. Kirisk suv ruhi — ko‘k sichqonni chaqira-chaqira uxlab
qoldi: Ko‘k sichqoncha, suvingdan ber!
Bolaning oxirgi eshitgani Emrayinning gapi bo‘ldi. U O‘rxon boboga yaqinroq surilib, bunday
dedi:
— Esingdami, atkichx, bir yili savdogarlar bug‘ular qo‘shilgan chanalar-da kelishib, boltalar va har
xil buyumlarni mo‘ynaga almashtirib ketishardi. Anovi barzangi, malla savdogar aytgandi, allaqaysi
olis bir yurtda ulug‘ odam bor ekan, dengizda piyoda yurarkan. Shunday odamlar ham bor-a, bu
dunyoda...
— Demak, o‘sha odam juda ulug‘ odam ekan, ulug‘larning ham ulug‘i ekan,— javob berdi O‘rxon
bobo. — Bizning eng ulug‘ odamimiz esa — Suv parisi...
Kirisk uxlab qolgan, ammo uyqusidayam allaqanday uzuk-yuluq gaplar shuuriga yetib borardi:
— Shoshma, ota, bir oz o‘ylab ko‘r...
— Bo‘ldi. Endi yoshimni yashab bo‘ldim... Yo‘limdan qaytarma. Madorim qolmadi, chiday
olmayman...
— Shunday qorong‘ida-ya...
— Bari bir emasmi?...
— Senga aytadigan gaplarim bor hali...
— Gap hech qachon tugamaydi. Bizlardan keyin ham tugamaydi.
— Shunday korong‘ida-ya.
— Yo‘limni to‘sma. Ilojim yo‘q, majolim quriyapti. Kuchim borida o‘zim...
— Shunday zulmatda-ya...
— Sizlar bardosh qilinglar, bochkachaning tagida oz-moz suv qolgan... Kimningdir katta, g‘adir-
budur va yapaloq kafti qaltiragancha bolaning boshini asta siypadi. Kirisk mudroq ichida bo‘lsayam bu
O‘rxon boboning qo‘li ekanligini sezdi. Bu iliq va og‘ir kaft ancha vaqtgacha uning boshida turib
qoldi, chol kafti bilan bolani balo-qazolardan himoya qilmoqchiday, bolaning boshini so‘nggi marta
eslab qolmoqchiday edi.
* * *
Kirisk tushida dengiz yuzasidan odimlab ketayotgan emish. Yer bor deb o‘ylagan tarafga
borayotganmish, o‘sha yerda miriqib suv ichaman, deb borayotganmish. Suv yuzida yiqilmay,
cho‘kmay odim otib ketayotganmish. Tevarak-atrofda g‘aroyib va g‘alati manzaralar bor edi. Qayoqqa
qaramasin, ko‘z yetguncha tip-tiniq, yaraqlagan dengiz yastanib yotardi. Dengiz va dengiz suvidan
boshqa hech vaqo yo‘q edi. Faqat dengiz va faqat suv bor edi. Bola suv yuzida xuddi yer yuzida
yurgandek yurib borardi. Quyosh nurlari tushgan hamma yerda, hamma tomonda to‘lqinlar ravon edi.
Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa)
Do'stlaringiz bilan baham: |