Microsoft Word chingiz aytmatov sohil yoqalab chopayotgan olapar lotin ziyouz com doc



Download 326,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/54
Sana02.01.2022
Hajmi326,41 Kb.
#307721
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54
Bog'liq
Chingiz Aytmatov Sohil yoqalab chopayotgan Olapar qissa

www.ziyouz.com

 

кутубхонаси



 

40

qilganingdan rosa xaxolab kulasan, osmon esa goh u, goh bu chekkasi bilan to‘ntariladi, bulutlar 



aylanib, ko‘z o‘ngingdan lip-lip o‘tadi, daraxtlar aylanib ag‘anaydi, hamma narsa oyog‘i osmondan 

bo‘lib ketadi, ko‘kdagi quyoshning esa kulaverib ichagi uziladi. Bolalarning shovqini, qiyqiriqlarini 

aytmaysizmi! Pastga qarab shitob bilan yumalab tushaverasan, tushaverasan, shunda ortingdan yugurib 

kelayotgan bolalarning goh cho‘ziq yuzlari, goh bukilgan oyoqlari ko‘z oldingdan lip-lip o‘taveradi, 

nihoyat, to‘xtab kolasan. Eh! Shunda quloqlaring shang‘illab ketadi. Shundan so‘ng eng qiziq, eng 

nozik joyi keladi. Bir, ikki, uch deyilganda o‘rningdan sakrab turib olib, boshing gir-gir aylanishiga 

qaramay, yiqilib tushmasliging kerak. Odatda birinchi marta hammayam yiqiladi. Ana kulgiyu mana 

kulgi! Hamma kuladi, o‘zing ham kulasan. Oyoqda mahkam turmoqchi bo‘lasanu oyog‘ing ostidagi 

yer ag‘darilib ketayotgandek bo‘ladi. Kirisk esa yiqilmasdi. Oyoqda mustahkam turib olardi. Shunga 

intilardi. Axir, Muzluk doim shu yerda bo‘lardi-da! Uning oldida bo‘sh-bayov bolaga o‘xshab 

yiqilishni o‘ziga ep ko‘rmasdi. 

Ayniqsa, Muzluk bilan-tepalikdan kimo‘zarga dumalashganida rosa huzur qilishardi, rosa 

kulishardi. Qizlar ham tepadan dumalayverardi. Faqat ular qo‘rqoq bo‘lishadi, kokillari doim biror 

narsaga ilashib qoladi. Ammo bu hisob emas. Bunaqa quvnoq o‘yinda albatta biror joying lat yeyishi 

turgan gap. 

Muzluk bilan ular pastga dumalaganlarida, Kirisk bildirmay tirsaklarini ataylab keng yozardi-da, 

undan o‘zib ketmaslik uchun to‘xtab qolardi. Ular atrofdagilarning qichqirishlari va xaxolab 

kulishlarini eshitib, bir vaqtning o‘zida pastga dumalab tushishar va «uch», deb sanalgunicha baravar 

sakrab oyoqqa turib olishardi. Shunda Muzlukka oyoqda mahkam turib olishga yordam berish, qizni 

suyab qolish nechog‘liq zavqli ekanligini hech kim fahmlamasdi. Ular bir-birlariga madad berib, 

beixtiyor quchoqlashib olishardi. Muzluk xursandligidan rosa kular, uning kulgidan cho‘chchaygan 

lablari bolaning ham kulgusini qistatardi; Kirisk ushlab qolsin deb Muzluk hamisha shunday qilar, 

o‘zini go‘yo yiqilib ketayotgandek qilib ko‘rsatar, Kirisk bo‘lsa uni ushlab qolib, quchoqlab, oyoqda 

mahkam turib olishiga ko‘maklashardi. Ana shunda ular allaqanday sirli masrurlik va hurkak bir 

muhabbat onlarini boshdan kechirayotganliklarini hech kim bilmasdi. Qizchaning yupqa ko‘ylakchasi 

ostida yuragi dukurlab urar, ularning badanlari dam-badam bir-birlariga tegib ketar va Kirisk kizning 

endigina tugilib kelayotgan va taranglashgan siynalariga qo‘li tegib ketganini, shunda qizcha titrab

tezgina uning pinjiga kirib olganini, boshi aylanib ketganidan xumor ko‘zlari sirli bir chaqnaganini 

sezib qolardi. Butun olam — yer va osmondagi jamiki narsalar — ular bilan birga qo‘shilib aylanar, 

tinimsiz kulgiyu baxtiyorliklariga, cheksiz quvonchga to‘lar edi. Bu naqadar ajoyib saodat ekanligini 

hech kim xayoliga keltirmasdi! 

Faqat bir gal buni o‘zidan bir oz kattaroq, yomon ko‘rib yuradigan qabiladoshi sezib qoldi va u 

ahmoq boshi aylanganidan go‘yo o‘zini oyoqda tutib tura olmayotganday yopirilib kelib Muzlukka 

yopishmoqchi bo‘ldi. Muzluk chap bergancha undan o‘zini olib ochar, u bo‘lsa boshi aylanib o‘zini 

yiqilayotgan qilib ko‘rsatib, qizning izidan yana yetib olar va uning ustiga o‘zini tashlamoqchi 

bo‘lardi. Kirisk u bilan mushtlashib qoldi. U bola gavdaliroq bo‘lganidan bir necha bor Kiriskni urib 

yiqitdi. Lekin xar holda kurash durang bilan tugadi — Kirisk bo‘sh kelmadi va qiz bolaning himoya 

qilishiga ham ruxsat bermadi. Lekin bu voqea boshqa takrorlanmadi... 

Ular o‘ynab-o‘ynab, terga botib, qizib-yonib, ariqdan suv ichgani yugurib ketishardi. Naqadar 

masrur lahzalar edi! 

 

Ko‘k sichqoncha, suv bergin! 

Oh, ko‘k sichqoncha, suv bergin! 

 

Anhor sal nariroqdan o‘tardi. U o‘rmondan oqib kelib, bolalar o‘ynaydigan joydan chiqardi. Buloq 



suvi toshdan-toshga urilib oqib, moviy o‘rmon salqinini o‘zi bilan birga olib kelardi. Qalin o‘sgan o‘t-

o‘lanlar sho‘x jilg‘a sohillarini ko‘pchitib, bir-biriga yaqinlashtirib qo‘yganday, eng yaqin va g‘ovlab 




Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa) 

 

 




Download 326,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish