www.ziyouz.com
кутубхонаси
41
o‘sgan o‘t-o‘lanlarning egilib turgan shoxchalaridagi yaproqlari esa suv oqimida yulqinib turardi.
Buloq suvi goh oftobda tovlanib, goh qovoq solib osilib turgan qirg‘oq ostiga sho‘ng‘ib, goh o‘t-
o‘lanlarning va tol chiviqlarining orasiga yashirinib, hech narsani pisand qilmay, dengiz tomon tinim
bilmay shoshilardi.
Bolalar bir zumda anhorgacha chopib borib, zum o‘tmay, o‘t-o‘lanlarni ikki tomonga surib tashlab,
o‘zlarini suvga tashlashardi. Qo‘llarini yuvib, hovuchlab ichishga sabrlari ham chidamay, boshlarini
engashtirib, yuzlarini bilqillayotgan, mayin qitiqlayotgan suvga chayib, kiyiklar singari suv ichishardi.
Eh, naqadar lazzatli damlar edi!
Ko‘k sichqoncha, suv bergin!
Ko‘k sichqoncha, suv bergin!
Oh, ko‘k sichqoncha, suv bergin!..
Ular suvga engashib, ariq bo‘yida yotishardi. Yelkalari bir-biriga tegib, sho‘x oqimga tutib turgan
qo‘llari, go‘yo bir odamnikiday yaqinlashib, qo‘shilib ketardi. Ular lablari bilan suvni ilib olgancha
ichishar, og‘izlarida qultillatib o‘ynab, mazza qilib, to‘yib-to‘yib ichishardi. Ular bu yerdan aslo
ketgilari kelmas, boshlarini top-toza suvdan ko‘targilari kelmasdi. Tezoqar suvda ular o‘zlarining xira
akslarini tomosha qilishar: bir-birovlarining suvdagi kulgili, g‘alati basharalariga nazar tashlab
kulishardi.
Ko‘k sichqoncha, suv bergin!
Ko‘k sichqoncha, suv bergin!
Ko‘k sichqoncha, suv bergin!
Oh, ko‘k sichqoncha, suv bergin!
Muzluk shu yotishda buloqdan boshini ko‘tarmay, qisiq ko‘zlarining qiri bilan qarar, Kirisk ham
xuddi unga shu tarzda quvlik bilan jilmayardi. Muzluk o‘zidan chetlatgan bo‘lib, uni yelkasi bilan
turtar, u ham bo‘sh kelmasdi. Shunda Muzluk og‘ziga suv to‘latib olib, uning yuziga purkardi. Kirisk
ham xuddi shunday qilardi: og‘ziga yana ham ko‘proq suv olib, bor kuchi bilan Muzlukning yuziga
puflab separdi. Tiyiqsiz sho‘xlik va yugur-yugurlar shunday boshlanib ketardi. Ular suvda quvishib,
bir-birlarini istaganlaricha shalabbo qilib, qiyqirib, xaxolashib jilg‘ani boshiga ko‘targanlaricha
uyoqdan-buyoqqa chopishardi...
Ko‘k sichqoncha, suv bergin!
Shu yurish-turishlarini eslar ekan, endi u davrlarning hech qachon qaytib kelmasligini anglab
Kirisk azoblanardi. Nafas olishi tobora qiyinlashar, tez-tez qorni sanchib og‘rirdi. U og‘riqdan tirishib,
unsiz yig‘lar ekan, hamon:
Ko‘k sichqoncha, suv bergin! — deb yolvorardi.
U shunday o‘y-xayollar bilan o‘zini chalg‘itishga harakat qilardi. Atrofda hech narsa o‘zgarmasdi.
Oppoq tuman qatlami avvalgidek qilt etmay borliqni o‘rab olgandi.
Ovchilar, har biri o‘z o‘rnida, qayiqda chalajon bo‘lib, cho‘zilib yotishardi. Ularni oldinda nima
kutayotgani avvalgidek noma’lum edi. Shunda birdan qayiq kuchli chayqaldi va Kirisk otasining
qo‘rqinchli xitobini eshitdi:
— Milxun! Milxun! Nima qilyapsan? To‘xta!
Kirisk boshini ko‘tarib, hang-mang bo‘lib qoldi. Milxun qayiqning chetidan engashib, dengiz
suvini cho‘michlab olib ichardi.
— Bas qil! — unga tashlandi Emrayin cho‘michni tortib olmoqchi bo‘lib. Lekin Milxun xezlanib,
Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa)
Do'stlaringiz bilan baham: |