Microsoft Word chingiz aytmatov sohil yoqalab chopayotgan olapar lotin ziyouz com doc



Download 326,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/54
Sana02.01.2022
Hajmi326,41 Kb.
#307721
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54
Bog'liq
Chingiz Aytmatov Sohil yoqalab chopayotgan Olapar qissa

www.ziyouz.com

 

кутубхонаси



 

43

o‘zini qo‘yarga joy topmay, — Milxun, eh, qadrdonim Milxunim! — shivirlardi u hiqillab. 



Kun tugab bormoqda edi. Ularga shunday tuyuldi. Agar qaerdadir quyosh bo‘lsa, agar u osmon 

uzra, dengizlar, tumanlar uzra suzib yurgan bo‘lsa, demak, hozir u o‘z yotog‘iga xotirjam bosh 

qo‘yayotgan bo‘lsa kerak. G‘ira-shira qorong‘ilik asta-sekin zulmatga aylanib borayotgan qalin tuman 

ichida esa dengizda bedarak yo‘qolgan yolg‘iz bir qayiq aylanib yurar, unda endi faqat ikki kishi — 

otayu bola qolgan edilar. 

Bundan oldin, kech tushmasdan sal avval, Emrayin nihoyat suv ichish payti bo‘ldi, degan qarorga 

kelgandi. Kirisk buni zoriqib kutayotganligi, o‘zini tiyib, lom-mim demay, tashnalik va ochlikka 

nechog‘liq bardosh berayotganligi sezilib turar edi. Milxunning halokatidan keyin suv ham eslaridan 

chiqqan edi. Lekin asta-sekin tashnalik yana kuchini ko‘rsata boshladi, endi hozirgi tashnalikka boyagi 

unutilgan tashnalik ham qo‘shilib ayovsiz azob berardi. 

Emrayin biror tomchini ham behuda to‘kib yubormaslik uchun juda ehtiyotlik bilan aynigan suvni 

avval Kiriskka sirqitib kuydi. Bola cho‘michga yopishib, telbalardek bir zumda o‘z ulushini yutib 

bo‘ldi. Keyin Emrayin o‘zi uchun suv quyarkan, endi suv bochkachaning tubidagina qolganligini 

ko‘rdi. Otasining qo‘lidagi bochkachaning egilishiga qarab. Kirisk ham buni fahmladi. Emrayin 

shunday bo‘lishi lozimligini avvaldan bilgan bo‘lsa ham hayron qolib, rangi quv o‘chdi. Endi Emrayin 

o‘z ulushini ichishga shoshilmadi. U qo‘qqisdan miyasiga urgan fikrdan larzaga qelib, cho‘michni 

ushlagancha o‘ylanib qoldi. Chanqoqni bosish bu fikr oldida hech gap bo‘lmay qoldi. 

— Ma, ushlab tur, — bunday qilishga hojat bo‘lmasa-da, u cho‘michni o‘g‘liga uzatdi. Bola uchun 

suvli cho‘michni qo‘lda ushlab, uni ichishga botinolmaslik — ayni qiynoqning o‘zi edi. Emrayin 

qo‘llarini bo‘shatib, tiqinini mahkam o‘rnashtirdi-da, deyarli bo‘sh bochkachani o‘z joyiga qo‘yib 

qo‘ydi. 

— Ich, — dedi u o‘g‘liga. 

— Sen-chi? — hayron bo‘ldi Kirisk. 

— Men keyin ichaman. Hech narsani o‘ylama, ichaver, — dedi xotirjamlik bilpn otasi. 

Kirisk darhol yana sassiq suvning bu qultumini ham yutdi. Chanqog‘i unchalik bosilmagan bo‘lsa-

da, har holda bir oz tetiklandi. 

— Xo‘sh, qalay bo‘ldi? — so‘radi otasi. 

— Bir oz tuzuk, — minnatdor bo‘lib shivirladi bola. 

— Sen qo‘rqma. Esingda tut, odam og‘ziga hatto bir tomchi suv olmasa ham ikki-uch kun yashay 

oladi. Qiyomat-qoyim bo‘lsa ham qo‘rqma. 

— Sen shuning uchun ichmadingmi? — Kirisk uning gapini bo‘ldi. Emrayin, bu savoldan o‘zini 

yo‘qotib ko‘ydi. So‘ng o‘ylab turib, qisqa javob berdi: 

— Ha... 

— Odam ovqatsiz kancha yashay oladi? Biz kachondan beri ovqat yemayapmiz-ku? 

— Suv bo‘lsa bo‘lgani. Lekin sen buni o‘ylama. Ke, yaxshisi, picha suzaylik. Ikkalamiz gaplashib 

olishimiz kerak. 

Emrayin eshkaklarni g‘ijirlatdi va ular go‘yo turgan joylarida gaplasha olmaydigandek tuman 

ichida dengizda asta-sekin suzib ketishdi. Ota o‘zini bosib olishi zarur edi. Shunday qilsa, fikrlarini bir 

joyga to‘plashi, muhim suhbatga tayyorlanishi osonroq ko‘chadiganga o‘xshardi. Shuni o‘ylashi 

bilanoq a’zoyi badani muzlab ketardi. U o‘zi eshkak eshibgina kolmay, o‘g‘liga ham eshkak yoniga 

o‘tirishni buyurdi. Qayoqqadir suzishning hojati yo‘qligidan, bolaning o‘tirishidan ham hojat yo‘q edi. 

Bola zilday va ancha katta bo‘lgan dengiz eshkaklarini qiynalib eshar edi. U bitta eshkakni eplay olishi 

mumkin edi, ammo bir juft eshkakni aylantirish hali og‘irlik qilardi. Ustiga-ustak, Emrayinning o‘zi 

ham, bolasi ham ancha madordan qolgandi. Xuddi shuning uchun ham ota ishni tezlatishga majbur edi. 

Vaqt o‘tib borar, vaqt tugab borardi. 

Kirisk indamas, og‘ir eshkaklarning birini bog‘dan, birini tog‘dan qilib aylantirar, ularga qaramasdi 

ham. Ammo Emrayin bunga e’tibor bermas, uni boshqa narsa qiynardi. O‘g‘liga, mana shu mushfiq 



Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa) 

 

 




Download 326,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish