Microsoft Word chingiz aytmatov sohil yoqalab chopayotgan olapar lotin ziyouz com doc



Download 326,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/54
Sana02.01.2022
Hajmi326,41 Kb.
#307721
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54
Bog'liq
Chingiz Aytmatov Sohil yoqalab chopayotgan Olapar qissa

www.ziyouz.com

 

кутубхонаси



 

42

tahdid qildi: 



— Yaqinlashma, Soqol! O‘ldiraman! 

U og‘izga olib bo‘lmaydigan bu achchiq namakob suvni ichar, ko‘kragi va yenglari suvga botib, 

kiyimlari jiqqa ho‘l bo‘lib ketgan, tomog‘iga tiqilib qolsayam o‘zini zo‘rlab, titroq qo‘llari bilan 

cho‘michdan og‘zini olmay ichar edi. Yuzlarining tuklari hayvonlarnikiga o‘xshab tikkayib ketgandi. 

Keyin u ichib-ichib cho‘michni qayiqning ostiga tashlab, chalqancha yotib oldi. U xirillab, bazo‘r 

nafas olardi. U shu ahvolda yotar va hech kim unga hech qanday yordam bera olmasdi. Kirisk qo‘rqib 

ketganidan g‘ujanak bo‘lib yotib oldi, tashnaligi battar ortib, qorni burab og‘riy boshlaganini sezdi. 

Boshi quyi solingan Emrayin yana eshkakni qo‘liga olib, tumanda qayiqni ohista allaqayoqqa jildirib 

ketdi. Uning boshqa iloji ham yo‘q edi. 

Milxun goh tinchib qolar, goh yana talvasaga tushib titrar, xirillar, chanqoqlik xurujidan tamom 

bo‘layotgan edi. Biroq oradan ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng yana boshini ko‘tardi: 

— Yonyapman, ichim yonyapti! — deb u kiyimining yoqasini yirta boshladi. 

— Ayt, nima qilaylik? Qanday yordam beraylik? Anavinda hali bor,— Emrayin bochkachaga imo 

qildi.— Ozgina quyib beraymi? 

— Yo‘q, — rad qildi Milxun. — Endi hojati yo‘q. Tungacha sabr qilib, keyin rahmatli atkichximiz 

orqasidan... Ammo sabrim chidamadi. Mayli. Yaxshiki, boshqa nojo‘ya ish qilib qo‘ymadim. Suvning 

borini ichib qo‘yganimdan nima foyda bor edi. Paymonam to‘lganga o‘xshaydi. Endi men ham 

ketaman. Bas, hammasi tamom. O‘zim, kuchim borida... 

Kimsasiz dengiz o‘rtasida, na boshi, na oxiri tayinsiz, na qachon halok qilishi tayinsiz tuman ichida 

o‘zini asta-sekin o‘limga mahkum etgan odamning so‘zlarini eshitish dahshatli edi. Emrayin do‘sti va 

inisi Milxunni bir navi tinchlantirmoqchi, nimadir demoqchi bo‘ldi-yu, ammo Milxun eshitishni 

istamas edi. U oshiqardi, o‘z azoblariga bir yo‘la chek qo‘yishga intilardi. 

— Sen, Emrayin, gapirib ovora bo‘lma, bo‘lar ish bo‘ldi! — Milxun telbalardek g‘udurladi: — 

O‘zim, o‘zim ketaman. Sizlar, ota-bola bilganingizni qilinglar. Shunisi tuzuk. Bu ishim uchun 

kechiringlar. Sizlar ota-bola, qolinglar, hali ozgina suv bor... Men hozir oshib o‘taman. — Milxun shu 

so‘zlarni aytib, o‘rnidan turdi, qayiqning chekkasini ushlab engashdi. Gandiraklab, bor kuchini jamlar 

ekan, Milxun Emrayinga yer ostidan karab dedi: 

— Menga xalaqit berma, Soqol! Shunisi tuzuk. Menga xalaqit berma. Yaxshi qolinglar. Ehtimol, 

qirg‘oqqa yetib olarsiz. Men esa hozir... Sen qayiqni darrov haydab ket. Darrov, tushundingmi? Kutib 

o‘tirma. Yakinlashsang — ag‘darib yuboraman. Endi hayda. Soqol, tezroq hayda. Eshityapsanmi, 

yo‘qsa, ag‘darvoraman.. 

 

Emrayin uchun Milxunning do‘qlari va yolvorishlariga bo‘ysunishdan boshqa iloj qolmagandi. 



Qayiq sassiz tuman va sassiz suvni kesib, to‘g‘riga suzib ketdi. Kiriskning yuragi qaqshab, yig‘lab 

yubordi: 

— Aki-Milxun! Aki-Milxun! Unday qilma! 

Xuddi shu daqiqada Milxun qayiqdan dadil o‘zini tashladi. Qayiq qiyshayib qalqib ketdi va yana 

o‘z holiga keldi. 

— Nariroq! Nariroq ketinglar! — baqirdi Milxun muzdek suvda shaloplar ekan. 

Tuman darhol uni ko‘zdan yashirdi. Hammayoq jimib qoldi, keyin sukunatda suvga g‘arq 

bo‘layotgan odamning yangroq ovozi, so‘nggi xitobi eshitildi. Shunda Emrayin o‘zini tutolmadi. 

— Milxun! Milxun! — xitob qildi u va ho‘ngrab, qayiqni orqaga burdi. Ular darrov orqaga 

qaytishdi, ammo allaqachon Milxun g‘oyib bo‘lgandi. Suv yuzasi go‘yo hech narsa yuz bermagandek 

bo‘m-bo‘sh va osoyishta edi. Odam cho‘kkan joy qaerdaligini aniqlash mushkul edi. 

Shundan keyin ular hech qayoqqa bormasdan, kuni bilan shu yerda qayiqda suzib borishardi. 

Ularning ikkalasi ham falokatdan qayg‘u-hasratga to‘lib yig‘lashardi. Kirisk otasining yig‘lashini 

umrida birinchi marta ko‘rishi edi. Otasi sira bunday ahvolga tushmagandi. 

— Ana endi yolg‘iz o‘zimiz qoldik, — pichirladi Emrayin, soqoliga tushgan ko‘z yoshlarini artib, 



Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa) 

 

 




Download 326,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish