Tashqi quloq kasalliklari



Download 156,91 Kb.
bet1/2
Sana12.04.2022
Hajmi156,91 Kb.
#546293
  1   2
Bog'liq
TASHQI QULOQ KASALLIKLARI


TASHQI QULOQ KASALLIKLARI
Quloq shikastlari
Mexanik jarohatlanishlar. Quloq suprasi yuzasining ja-
rohati uning ezilishi, lat yeyishi, tishlanishi va boshqalar
tufayli yuz beradi. Ayrim hollarda quloq suprasi qisman yoki
to‘liq (butunlay) yirtilgan bo‘ladi. Jarohatga o‘z vaqtida
kerakli tibbiy davo choralarini ko‘rsatish uni tez bitishiga
yordam beradi va xunuk chandiqlar qolishining oldini oladi.
Quloq suprasi jarohatlanganda infeksiyalanadi. Ayniq-
sa, tibbiy yordamning kechiktirib ko‘rsatilishi xondrit yoki
perixondrit (tog‘ay usti pardasining yallig‘lanishi) kasalligi
kelib chiqishiga sabab bo‘ladi, bu esa keyinchalik tog‘ayning
erib ketishiga hamda quloq suprasi shaklining o‘zgarishiga
sabab bo‘ladi.
Jarohat tog‘ayga o‘tmasdan, yuza joylashgan bo‘lsa
unga 5% li yod nastoykasi surtilib, penitsillin yoki streptot-
sid kukuni purkaladi. Chuqur jarohatlar umumiy jarrohlik
qoidalariga binoan yuqumsizlantiriladi. Yordam ko‘rsatish
sxemaga rioya qilgan holda qoqsholga qarshi zardob kiri-
tish bilan tugallanadi. Keyingi kunlarda bog‘lamni har kuni
almashtirib turiladi. Fizioterapiya muolajalari yordamida
va antibiotiklar bilan davolaniladi.
Birlamchi jarrohlik ishlovlaridan ancha keyin jarohat
yiringlasa, chok iрlari olib tashlanadi va yiringni yo‘qotish
uchun zaruratga qarab terini qo‘shimcha yana kesiladi. Ja-
rohat bunday hollarda ikkilamchi bo‘lib bitadi.
Otogematoma. Quloq suprasining lat yeyishi yoki uzoq
ezilishi tufayli kelib chiqishi mumkin. Otogematoma – bu
tog‘ay va tog‘ay usti pardasi oralig‘iga qon quyilishidir.
Tekshirib ko‘rilganda, odatda quloq suprasining oldingi
yuzasining yuqori yarmida joylashgan fluktuatsiya qilib tu-
radigan aylana shaklidagi qizil-ko‘kimtir shish aniqlanadi.
Paypaslab ko‘rilganda ko‘pincha og‘riqli bo‘ladi. Ichidagi
suyuqlik qon va limfadan iborat bo‘ladi. Ba’zi hollarda
tog‘ay usti pardasining ostiga infeksiya tushishi sababli
otogematoma yiringlaydi.
Uncha katta bo‘lmagan otogematoma quloq suprasiga
bosib turadigan bog‘lamlar qo‘yilganda o‘z-o‘zidan so‘ri-
lib ketadi. Katta otogematomalarda uni teshib, ichidagi
suyuqlik so‘rib olinadi va bir necha kunga bosib turadigan
bog‘lam qo‘yiladi. Yiringlaganda esa, keng qilib kesiladi va
antiseptik eritmada yuvib, so‘ng bosib turadigan bog‘lam
qo‘yiladi. Agar tog‘aylar singan bo‘lsa ularni to‘g‘rilab,
ularga ham bosib turadigan bog‘lam qo‘yiladi.
Tashqi eshituv yo‘li shikastlari. Teri – pardada yoki
suyak qismlarida joylashgan bo‘lishi mumkin. Ayrim hol-
larda tashqi eshituv yo‘lining ikkala qismi ham shikastlana-
di. Tashqi eshituv yo‘lining shu xildagi va boshqa shikastla-
nishlari pastki jag‘ suyagining to‘g‘ridan-to‘g‘ri urilishi
yoki unga bog‘liq bo‘lmagan urilishlar natijasida yuz bera-
di, bunda tashqi eshituv yo‘lining oldingi va pastki devori
shikastlanadi.
Birinchi yordam ko‘rsatish jarohatga birlamchi ishlov
berish, qon ketishini to‘xtatish, jarohatni antiseptik erit-
ma bilan yuvish va sxema bo‘yicha qoqsholga qarshi zar-
dob yuborishni o‘z ichiga oladi. Chandiqlanish tufayli yuz
beradigan tashqi eshituv yo‘lining torayib qolishi, uning
atreziyasi va yallig‘lanishning oldini olish maqsadida bir-
inchi kundan boshlab tashqi eshituv yo‘li toza vazelin,
sintomitsinli yoki streptotsidli malhamlar shimdirilgan
turunda bilan tamponada qilinadi. Davolashning bu usuli
antibiotiklarni umumiy qo‘llash bilan birga olib boriladi.
Bundan tashqari, tashqi eshituv yo‘liga tubus orqa-
li kvars, UVCh bilan fizioterapevtik davo tavsiya etiladi.

Tashqi eshituv yo‘lining oldingi pastki devori singan jag‘


suyagining siljib ketmasligi uchun pastki jag‘ bog‘lam bilan
mahkamlanadi va faqat suyuq ovqatlar beriladi.
Quloq pardasi shikastlanishi bevosita va bilvosita bo‘la-
di. Bevosita shikastlanishlar quloqni nobop jismlar (gugurt
cho‘pi, shpilka va boshqalar) bilan tozalanganda kuzatilishi
mumkin. Tashqi eshituv yo‘lidagi yot jismlarni uquvsiz-
lik bilan olishga urinishlik ham quloq pardasini shikastla-
nishiga sabab bo‘lishi mumkin. Kalla suyagi asosi singanda,
sinish chizig‘i nog‘ora halqasidan o‘tganda nog‘ora parda
bilvosita shikastlanadi.
Ba’zi hollarda masalan quloq tomonga yiqilganda, unga
urilganda, balanddan suvga sakraganda va boshqalarda
tashqi eshituv yo‘lida to‘satdan havo bosimi oshib ketishi
tufayli ham nog‘ora parda shikastlanadi.
Bunda birinchi yordam ko‘rsatishda tashqi eshituv
yo‘liga quruq steril turunda yoki paxta sharcha kiritish
bilan cheklanish kerak. Shikastlangandan keyingi dastlabki
kuniyoq, agar quloqdan ajralma chiqmasa, quloqqa dori
kiritilmaydi.
Termik va kimyoviy shikastlanishlar yuqori va past
harorat, kislota, ishqor va boshqalar ta’sirida kelib chiqa-
di. Termik shikastlanish deyarli hamisha yuz va bo‘yin-
ning birga shikastlanishi bilan qo‘shilib keladi. Kuyishda
ham sovuq urishdagidek 4°C tafovut qilinadi. Kuyishda:
I daraja – eritema; II daraja – shish va pufaklar paydo
bo‘lishi; III daraja – terining yuzaki nekrozi (chirishi); IV
daraja – chuqur nekroz (chirish), ko‘mirga aylanish. Sovuq
urishda: I daraja – terining shishishi va ko‘karishi; II da-
raja – pufaklar paydo bo‘lishi; III daraja – teri va teri osti
kletchatkalarining nekrozi (chirishi); IV daraja – tog‘ay
nekrozi (chirish).
Davolash: quloq suprasi va tashqi eshituv yo‘lining te-
risi termik kuyganda birinchi yordam umumiy jarrohli-
kning barcha qoidalariga asoslangan holda olib boriladi.
Og‘riqsizlantiruvchi dorilar – pantopon yoki morfin buyu-
riladi. Terining jarohatlangan joyi 2% li kaliy permanganat
eritmasi yoki taninning 5% li suvdagi eritmasi bilan yuvib
tozalanadi. Pufakchalar yorilgandan keyin 10–40% li ku-
mush nitrat eritmasidan foydalaniladi. Agar nekroz bo‘lsa,
nekrozlangan to‘qimalarni tozalash bilan birga antiseptik
surtmalar va kortikosteroid (gidrokortizon suspenziyasi va
boshqa)lar qo‘llaniladi.
Kuyishning dastlabki kuniyoq atreziya yoki torayib
qolishning oldini olish uchun tashqi eshituv yo‘liga sin-
tomitsin emulsiyasi shimdirilgan dokadan tayyorlangan
tampon qo‘yiladi, keyinchalik esa tashqi eshituv yo‘lining
kengayib oraliq paydo bo‘lishi uchun tashqi eshituv yo‘liga
rezinadan tayyorlangan naycha qo‘yiladi.
Quloq suprasini sovuq urganda birinchi yordam sifatida
uni iliq (37°C li) suv bilan isitish, so‘ng spirt bilan ar-
tish kerak bo‘ladi. Pufaklar paydo bo‘lganda bu rishtiruvchi
eritmalar va surtmalar qo‘llaniladi. Bular pufakchalarni
quritadi, yoki bo‘lmasa aseptika qoidalariga qat’iy rioya
qilgan holda pufaklar yoriladi va ichidagi suyuq liklarni
chiqarib yuborib antibiotikli surtma shimdirilgan bog‘lam-
lar qo‘yiladi.
III va IV darajali termik kuygan bemorlar kasalxonalar-
da davolanadilar.
Kimyoviy moddalardan kuyganda ko‘rsatiladigan yor-
dam neytralizatsiyalovchi moddalar qo‘llashdan iborat
bo‘ladi (kislota bilan kuyganda ishqor bilan neytralizatsiya
qilinadi va boshqalar) keyingi davolash usuli esa termik
kuyishni davolanishiga o‘xshash.
Tashqi eshituv yo‘lidagi yot jismlar xilma-xil bo‘lishi
mumkin: mayda hasharotlar, dukkaklilar urug‘i, metall
zarrachalar va shunga o‘xshash mayda jismlar. Ko‘pincha
yot jismlar tashqi eshituv yo‘lining tog‘ay qismida yoki
tog‘ay qismining suyak bo‘limiga o‘tish joyida tiqilib qoladi.
1-rasm. Tashqi eshituv yo‘llarini yuvish uchun asboblar yig‘masi:


Download 156,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish