Microsoft Word chingiz aytmatov sohil yoqalab chopayotgan olapar lotin ziyouz com doc



Download 326,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/54
Sana02.01.2022
Hajmi326,41 Kb.
#307721
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54
Bog'liq
Chingiz Aytmatov Sohil yoqalab chopayotgan Olapar qissa

www.ziyouz.com

 

кутубхонаси



 

18

boshlashdi. Kirisk diqqat bilan tikilar, tyulenlar to‘dasini birinchi bo‘lib ko‘rishni xohlardi. Biroq 



jonivorlarni ko‘rganda tag‘in baqirib yubormagin, deb uni ogohlantirib qo‘yishdi. O‘rxon oqsoqolning 

aytishicha, nerpalar — tyulenlar sohilga yaqin joydagi toshlar orasida yotisharkan — ular quyoshda 

toblanib, isinib olish uchun qurg‘oqlikka emaklab chiqisharkan. Nerpalarning qaerda joylashganini 

ko‘rib olib, so‘ng ularni cho‘chitib yubormaslik uchun qirg‘oq sari ohista, sharpasiz yaqinlashish kerak 

ekan. Ammo shuncha tikilsayam, Kirisk hech bir jonzotni ko‘rolmadi. Orol qirg‘oqlari kimsasiz, 

huvillab yotardi. Hammayoqda davr o‘tishi bilan yemirilib ketgan, shakl-shamoyilsiz yovvoyi 

xarsanglar sochilib yotardi. Orol atrofini biqirlab qaynab-toshayotgan oppoq ko‘pikli po‘rtanalar 

halqaday o‘rab olgandi. Bu oppoq halqa jimirlab, ustini muz qoplagan ayqash-uyqash toshlardan oshib 

o‘tishga intilardi. Yo‘q, Kirisk orolchada biron nimani ko‘ra olmadi. Butun atrof faqat qoyatoshlardan 

iborat, biror jon zotidan asar yo‘q edi. 

Milxun jonivorlarni birinchi bo‘lib payqab qoldi. Kirisk nerpalarning qaerga yashiringanligini bilib 

olish uchun uyoq-buyoqqa qaragunicha, qayiq uzoqlashib ketdi. Chunki qirg‘oqdagi jonivorlar qayiqni 

ko‘rib qolmasligi kerak edi. 

Keksa O‘rxon bolaning hech narsa ko‘rmaganligini sezib: 

— Biror narsani ko‘roldingmi? — deb so‘radi. Bola yolg‘on aytishga ko‘ngli bormadi. 

— Yo‘q, ko‘rmadim, — tan oldi Kirisk. 

— Yana yaqinroq haydanglar, — buyurdi O‘rxon. — Har xil toshlar orasidagi nerpalarni ko‘zing 

ilg‘ab olsin. Aks holda sen ovchi bo‘lolmaysan. 

Qayiqchilar qaltis bo‘lsayam yana boyagi joyga yaqinlashishdi. Nerpalardan bittasi ovchilarni 

payqab qolsa bo‘lgani, hammasi o‘zini dengizga otishi turgan gap edi. Xayriyatki, hayvonlar ovchilarni 

payqashmadi. Nerpalar tartibsiz, egri-bugri xarsangtoshlardan hosil bo‘lgan tabiiy to‘siq orqasida 

shundoqqina suvga yaqin joyda yotishardi. 

— Huv, anavi singan tishga o‘xshagan katta toshni ko‘ryapsanmi? — so‘radi Milxun boladan, — 

o‘shandan sal narida qizg‘ish, muzlagan do‘nglik bor — shularning orasiga qaragin. 

Kirisk diqqat bilan o‘sha tomonga tikildi. Bu orada Milxun bilan Emrayin jadal eshkak eshib, 

qayiqni o‘nglash bilan ovora edilar. Shu orada Kirisk dengiz hayvonlarining quyruqli katta gavdalarini 

ko‘rdi. Hayvonlarning kulrang, olachipor, sip-silliq va yaltiroq bo‘yinlari qimir etmasdi. Tajribasiz 

g‘o‘r odam olisdan ularni toshlar orasidan ajratib olishi mushkul edi. 

Shu zahoti Kiriskni hayajon chulg‘ab oldi. Ana endi, chinakam dengiz hayvonlariga duch kelishdi! 

Ana endi chinakam ov boshlanadi! 

Shundan so‘ng ovchilar qirg‘oqka tusha boshlashdi, bolaning vujudi jur’at va zavq-shavqqa to‘lib-

toshdi. Ha, u shu tobda jasur edi, chunki u hozir o‘zini kuchli va qudratli odamday his etardi. Zavq-

shavqqa to‘lganining sababi — ovchilar mardona va abjirlik bilan harakat qilishardi: ular chaqqonlik 

bilan qayiqni qirg‘oqqa taqab kelishdi. Emrayin bilan O‘rxon bobo qirg‘oqqa to‘lqin urilayotgan 

notinch joyda eshkaklarni pastga tirab, qayiqni to‘g‘rilab turishdi, Milxun qirg‘oqqa, shag‘al ustiga 

sakrab tushdi-da, o‘ziga tashlangan arqonning uchini darhol yelkasiga ilib olib, qirg‘oqqa 

yaqinlashtirdi. Otasi ham shu zahoti miltiqlarni olib, qirg‘oqqa sakrab tushdi. Keyin bolaning o‘zi ham 

to‘g‘ri O‘rxon cholning yordamida qirg‘oqqa sakrab tushdi va to‘lqin urilganda oyog‘ini shalabbo 

qilgani uchun otasidan sal-pal koyish eshitdi. 

O‘rxon bobo qayiqni to‘lqinlar xurujidan saqlash uchun suv bo‘yida qoldi. Emrayin, Milxun va 

Kirisk uchalovi esa tyulenlar yotgan joyga shoshilishdi. Ular qirg‘oq yoqalab, beixtiyor egilib, o‘zlarini 

panalab, to‘siqdan-to‘siqqa yugurib o‘tishar edi. Kirisk kattalardan orqada qolmay yugurar, yuragi 

qinidan chiqquday potirlar, shodlik va hayajondan joni ichiga sig‘may, boshi aylanib ketar edi. 

Qani endi shu payt Kiriskni Suv parisi avlodidan bo‘lgan odamlar ko‘rishsa, uning hayvon oviga 

katta ovchilar bilan birga yugurib ketayotganiga shohid bo‘lishsa! Qani endi uni shu payt onasi ko‘rsa, 

bo‘lg‘usi ulug‘ ovchi bilan, urug‘larining rizq-ro‘z keltiruvchisi bilan faxrlansa! Qani endi shu payt 

qadrdon Olapar sohilidan uzoqda, po‘rtana quturayotgan noma’lum sohil bo‘ylab haybatli qoyalar va 



Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa) 

 

 




Download 326,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish