Microsoft Word chingiz aytmatov sohil yoqalab chopayotgan olapar lotin ziyouz com doc



Download 326,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/54
Sana02.01.2022
Hajmi326,41 Kb.
#307721
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54
Bog'liq
Chingiz Aytmatov Sohil yoqalab chopayotgan Olapar qissa

www.ziyouz.com

 

кутубхонаси



 

20

tomonga intilardi. Odamlar dengiz bo‘yiga yugurib kelishganida tyulen suv yuzida qonli dog‘ qoldirib



kurakoyoq panjalarini lapanglatib ko‘kish tortib turgan dengizning tubiga botib ketdi. Tiniq suvda 

tyulenning qo‘rquvdan olaygan ko‘zlari va bo‘ynidan quyrug‘iga qadar och gunafsha rangdagi umurtqa 

yo‘li aniq ko‘rinib turardi. Milxun o‘qlangan miltig‘ini pastga tushirdi, endi uni otish foydasiz edi. 

— Qo‘yaver, bari bir cho‘kib ketadi — dedi unga Emrayin. 

Kirisk esa hansiraganicha, o‘zidan norozi bo‘lib, xafa bo‘lib turardi. U bugungi ovdan ko‘p 

narsalarni kutgan edi, lekin bo‘lmadi. Yana katta ovchi bo‘larmish! 

Bola jim bo‘lib, shumshayib qoldi, unga shunchalik alam qilardiki, yig‘lab yuborishdan o‘zini 

arang tiyib turardi. 

— Hechqisi yo‘q, yanagi safar ishing o‘ngidan keladi, — deb yupatdi uni Milxun keyinroq, otib 

o‘ldirilgan tyulenning ichak-chavoqlarini olib, nimtalashayotganida. — Mana eidi O‘rta siynaga 

boramiz, u yerda ham tyulen deganing tiqilib yotibdi. 

— Juda shoshib qoldim-da, — deb so‘z ochgan edi, otasi uning gapini bo‘lib qo‘ydi: 

— O‘zingni oqlayverma. Hech kim onasining qornidan ovchi bo‘lib tushmagan. Omon bo‘l, 

otishni bilsang, o‘lja sendan qochib qutulolmaydi. 

Kirisk jimib qoldi, lekin hech kim unga ta’na qilmayotganidan ko‘ngli taskin topdi. Endi u: «Hech 

qachon otish vaqtida shoshib qolmayman, mo‘ljalga olayotganimda endi hech narsani o‘ylamayman, 

otam aytganiday, nafasimni chiqarmayman, ko‘zim nishonda bo‘ladi, ana shundan keyingina o‘q 

uzaman!» — deb o‘z-o‘ziga so‘z berdi. 

Tyulenning tanasi kattagina, ancha og‘ir va xuddi tirikday badani hali iliqqina edi. Hayvonning 

to‘shini nimtalayotgan Milxun mamnunlik bilan qo‘llarini ishqalab: «Ko‘rdilaringmi, to‘rt enli yog‘i 

bor, zo‘r!» — deb qo‘ydi. Kirisk endi ko‘ngli g‘ashligini unutib, qiziqib amakisiga yordam bera 

boshladi. Emrayin esa bu orada qayiqni yaqinroq olib kelish uchun O‘rxon bobo turgan tomonga ketdi. 

Biroq u ko‘p o‘tmay, tashvishlangancha tezda qaytib keldi: 

— Vaqtimiz ziq, tezroq bo‘linglar! — u hamrohlarini shunday shoshirdi-da, osmonga qarab yana 

o‘zicha g‘udranib qo‘shib qo‘ydi: — Negadir havoning avzoyi menga yoqmayapti... 

Ovchilar shosha-pisha o‘ljani nimtalab, jigari bilan yuragidan boshqa ichak-chavoqlarini 

tashlashdi-da, qolganini qayish bilan bog‘lab, qayiq tomon sudrab ketishdi. Kirisk ularning ortidan 

ikkala miltiqni olib yugurdi. 

Qirg‘oqda, qayiq oldida ularni O‘rxon bobo kutib turardi. Chol o‘ljani ko‘rib sevinib ketdi. 

— O, Kurng

5

 egam, yetkizganingga shukur! Ovimizning boshlanishi chakki emas! — deya u 



o‘zining ov pichog‘ini artib, tayyor qildi. Ovdan keyin eng muhim udum — tyulenning xom jigarini 

shu yerning o‘zidayoq yeyish edi. O‘rxon bobo nimtalangan nerpa to‘shi oldida cho‘nqayib o‘tirib olib, 

jigarni bo‘la boshladi. Ovchilar oz-moz tuz sepilgan mayin jigar burdalarini huzur qilib chapillatib 

yamlab yutar edilar. Jigar juda mazali — muloyim, iliq, to‘yimli edi. U odamning tilini yog‘li 

sharbatga botirib, og‘izda erib ketardi. Kiriskning orzusi ushaldi — haqiqiy katta kishiday ovda xom 

jigar yedi! 

— Yutaver, ko‘proq yut, — maslahat berardi bolaga O‘rxon bobo. — Tunda sovuq kuchayadi

junjikib qolasan. Shunday vaqtda odamni isitadigan eng yaxshi narsa jigar. Tag‘in u ming bir kasalga 

shifo bo‘ladi. 

Rosa maza qilishdi. Taom juda soz bo‘ldi-yu, darrov chanqab qolishdi-da. Qayiqdagi kichik 

bochkada suv bor edi. 

— Hozir go‘shtni nimtalashning hojati yo‘q, — dedi Emrayin hamma to‘yib bo‘lganida va yana 

tashvishlanib osmonga qarab qo‘ydi. 

— Keyin nimtalasayam bo‘laveradi, — ma’qulladi O‘rxon bobo. — Choyni kechasi O‘rta siynaga 

borganimizda ilitib ichamiz. Hozircha sabr qilib yuklarni orta qolaylik. 

                                                      

5

 Kurng — nivxlarning oliy tangrisi. 




Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa) 

 

 




Download 326,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish