Mavzu: Yovvoyi hayvonlar. Darsning maqsadi



Download 16,65 Kb.
Sana22.04.2022
Hajmi16,65 Kb.
#573986
Bog'liq
yovvoyi hayvon


Mavzu: Yovvoyi hayvonlar.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad:
O’quvchilarga yovvoyi hayvonlar, ularning yashash sharoiti, tabiatdagi o’rni va turlari haqida ma’lumotlar berish. Yovvoyi hayvonlarning tabiatdagi ahamiyatini tushuntirish.
Tarbiyaviy maqsad:
O’quvchilarni tabiatga befarq bo’lmaslikka, tabiatni asrab – avaylashga o’rgatish. Atrofidagi barcha narsalardan zavqlanishga o’rgatish. Hayvonlar bilan muomalada ehtiyotkorlikka rioya qilishni o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad:
O’quvchilarni tabiat haqidagi tasavvurlarini oshirish, dunyoqarashini yanada kengaytirish.
Darsning jihozlanishi:
Darslik, yovvoyi hayvonlar tushirilgan rangli rasmlar, tarqatma materiallar va slaydlar.
Darsda qo’llaniladigan metodlar:
Suhbatlashish, savol-javob, “Aqliy hujum”, “Bu kimniki” interfaol metodlari.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism:
a) Salomlashish;
b) Davomatni aniqlash;
c) Ko’rgazmalarni darsga tayyorlash;
d) O’quvchilarni darsga tayyorlash.
“Do’stona kelishuv”
• Intizom
• O’zaro hurmat
• Faollik
• Aniqlik
• O’ng qo’l qoidasi
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
O’tilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun o’quvchilarga quyidagi savollarni beriladi.
Hozir qanday dars o’tyapmiz?
1. Dorivor o’simliklar deb nimaga aytiladi?
2. Siz dorivor o’simliklardan tayyorlangan damlama ichganmisiz?
3. Ariq bo’ylarida qanday dorivor o’simliklar o’sadi?
4. Dorivor o’simliklardan qaysilari tog’larda o’sadi?
5. Ular qanday shifobaxsh hususiyatga ega?
6. Kashnich qanday kaslliklarga davo bo’ladi?
O’quvchilar o’tilgan mavzular haqida ma’lumotlar beradilar. Bu bilan avvalgi o’tilgan mavzu mustahkamlanadi.
III. Yangi mavzu bayoni.yovvoyi hayvon
Bolajonlar bugun sizlar bilan yovvoyi hayvonlar haqida suhbatlashamiz hamda o’rganamiz.
Yovvoyi hayvonlar 2 guruhga bo’linadi.
1. Yirtqich hayvonlar.
2. O’txo’r hayvonlar
Yirtqich hayvonlar o’zidan kuchsiz bo’lgan hayvonlar bilan oziqlanadi. Ular go’shtxo’r hayvonlar deb ham ataladi. Bunday hayvonlarga arslon, yo’lbars, ayiq va bo’ri kabilar kiradi.
Arslon eng kuchli yirtqich hayvonlardan biridir. Uni sher deb ham atashadi. Arslonlar o’t va butalar bilan qoplangan issiq o’lkalarda hayot kechirishadi. Kiyik, zebra kabi yirik o’txo’r hayvonlarni ovlab yeydi.
Erkaka arslon boshi va bo’ynini qoplab olgan yoli bilan urg’ochisidan farq qiladi. Urg’ochi arslon 2 tadan 5 tagacha bolalaydi. Bolalari 6 oygacha emadi, onasi bilan 2 yilgacha birga yashaydi.
Arslonlarning bir nechtasi bitta guruhni tashkil etib, ma’lum bir hududni egallab oladi. O’z hududlariga boshqa yirtqich hayvonlarni yo’latmaslikka harakat qiladi.erkagi o’z hududi va oilasini himoya qiladi. Ko’proq urg’ochi arslon ov qiladi.
Yo’lbars arslondan farqli ravishda ko’p vaqt yakka o’zi hayot kechiradi. Yo’lbarslar, asosan o’rmon va butazorlarda, tog’ yonyonbag’irlarida yashaydi. Ular yirik o’txo’r hayonlarni ovlab yaydi. Yo’lbars faqat qisqa masofaga tez yugura oladi. Shuning uchun u o’ljasini poylab yotib, to’satdan hujum qiladi. Urg’ochi yo’lbars 2 tadan 6 tagacha bolalaydi. Bolalarini 2 oygacha sut bilan boqadi. Bolalari 2-3 yoshgacha onasi bilan yashaydi.
Ayiqlarning oq ayiq, qo’ng’ir ayiq, qora ayiq kabi turlari mavjud. Oq ayiq shimoliy qutbiy o’lkalarda yashaydi. Uning tanasi 2 metrdan ham uzun, og’irligi esa 1000 kilogrammgacha bo’ladi. Oq ayiq, asosan, baliq, tulen kabi suv hayvonlari bilan oziqlanadi.
Qo’ng’ir ayiq tog’lar va o’rmonlarda yashaydi. O’simliklarning bargi, mevasi ildizi, baliq kabilar bilan oziqlanadi. Asalni xush ko’radi. Daraxt kovaklaridagi asalari inidan asalni topib yeydi. Ayrim paytlarda bug’u va kiyik kabi yirik o’txo’r hayvonlarni tutib oziqlanadi.
Bo’ri tog’lar, o’rmon, adir va cho’llarda hayot kechiradi. Bo’ri kechalari ovga chiqib, uchragan turli o’txo’r hayvonlarni ovlaydi. Bo’rilar gala bo’lib o’ljasiga hujum qiladi. Galada 20 tagacha bo’ri bo’lib, ulardan eng kuchlisi galaga boshchilik qiladi. Har bir bo’rilar galasi boshqa galalarni o’z hududiga kiritmaydi.
Bo’ri 4 tadan 13tagacha bolalaydi. Bolalari 35-45 kun onasini emadi. Ovqatni erkagi keltirib beradi. 2 yoshga yetgan bo’ri bolalari galalarga qo’shilib, mustaqil hayot kechiradi.
Odatda, o’simlik bilan oziqlanadigan hayvonlar o’txo’r hayvonlar deb ataladi. Fil, tuya, jirafa, zebra, bug’u, kiyik kabi yirik hayvonlar o’txo’r hisoblanadi. Fil – yer yuzi quruqligidagi eng katta hayvon bo’lib, og’irligi 6 tonnaga, balandligi esa 4 metrga yetadi. Uning burni – hartumi hid bilish a’zosi bo’libgina qolmay, ovqatlanish, karnay kabi ovoz chiqarish, yuk ko’tarish vazifalarini ham bajaradi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi savollar yozilgan tarqatmalar tarqatiladi.
1. Yovvoyi hayvonlar necha turga bo’linadi?
2. Qanday hayvonlar yirtqich hayvonlar deyiladi?
3. Arslon va yo’lbars haqida nimalarni bilasiz?
4. O’txo’r hayvonlar deb qanday hayvonlarga aytiladi?
5. Fil va jirafa haqida gapirib bering.
O’quvchilar javoblari tinglanib, to’ldirib boriladi va umumlashtiriladi.
V. Darsni yakunlash, o’quvchilarni rag’batlantirish.
Dars so’nggida mavzu hulosalanib, dars davomida faol ishtirok etgan o’quvchilarni rag’batlantiriladi va e’lon qilib qo’yiladi.
VI. Uyga vazifa.
O’quvchilarga darslikdagi berilgan mavzuni o’qib kelish, mavzu so’nggida berilgan savollarga javob topish va mavzu yuzasidan rasm chizib kelish uyga vazifa sifatida beriladi.
Download 16,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish