Drachenkraft-muallif-lady-milo pdf



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
Sana03.10.2022
Hajmi1,55 Mb.
#851178
Bog'liq
drachenkraft-muallif-lady-milo




❤️Lady Milo❤️:
Lady milo hikoyalari
PREMYERA
★ Drachenkraft
Yohud
Oʻzga olam sirlari ★
Muqaddima
Men doim sehr va oʻzgacha mavjudotlar borligiga, ularni bitta ertak deb bilardim, ammo hayotimda
shunday voqelar boʻldiki, huddiki, sen ishonmaganmiding, mana koʻrib qoʻy degandek his qildim
oʻzimni, bu hayotda barcha narsa boʻlishiga oʻz koʻzlarim bilan guvoh boʻldim!
Muallif #lady_milo ❤️
* * *
— Men doim shunday boʻlganman qizaloq, men hech qachon senga yordam qoʻlini emas, balki
yordam qoʻli ostiga seni yanada chuqurroqqa qulatadigan qoʻl chpzganman, ammo sen esa doimgi
soddaliging bilan menga ishongansan, bechora Amaliya! Sen mendek hech qachon boʻlolmading,
boʻlolmaysan ham! Chunki men xudbinman! Sen esa hech qachon xudbin boʻlolmaysan, senga necha
marta aytsam ham boʻlolmading! Bu dunyoda xudbin boʻlmasang, kuchli boʻlmasang seni gʻajib
tashlashadi, ezgilashadi! Senga shu gaplarni ilk uchrashganimizdanoq aytganman!!! Men doim
oʻzimni oʻylab ish qilaman! Shuning uchun mana hozir tirikman, sen bilan endi hayrlashaman, zeroki
men endi shaxzodam bilan baxtli hayot kechiraman! Bye bye shakarim! - unga nafrat ila tikilib
qaradim!
- adashasan! Toki men tirik ekanman, "U" mendan ayrilmaydi! Oʻsha sen yoqib yuborgan kitobni
ohirigacha oʻqiganingda bilarding nimani nazarda tutayotganimni! Aslida sen mendek boʻlolmaysan!
Men haqiqiy man! Sendek soxta emas!!!
* * *
Hayotim misli quvonch edi
Keldi birdan dard alam
Endi yonib oʻldim deganda
Qutqardi muzyurak qalban
- ufff qofiyasi toʻgʻri kelmayaptiku! Endi nima qilaman, yasha Amaliya yasha! Qanday yozsam ekan a!
Oʻzi ahu kunlarda hecham sheʼr yozishni eplolmayapman! Bunga esa har kuni bir xil tush koʻrib
uygʻonishim sabab! Endi uhlamay yashaymi bu qoʻrqi chli tushlar sabab ya allohim! - oʻzimga oʻzim
gapirib, soʻkinib qirolligimizdagi togʻ bagʻridagi yagona daraxt tagida maysalar ustiga choʻzilib
oldim! Shu payt mening qoʻriqchim kelib qoldi.
- Malikam, hademay kech tushadi, ertaroq saroyga yetib olishimiz zarur, yoʻqsa Qirol va Qirolichalar
sizdan havotir olishadi.
- ha hop, hozir shu daftarlarimni yigʻay, baribir ham yaxshiroq qilib sheʼr yozolmadim! - oʻrimdan


turib kichik sumkamga daftarlarimni sola boshladim! Solib boʻlgach esa qoʻriqchim Stivning izidan
yura boshladim!...
#####
Xonamga kirib koʻylagimni oʻzgartirgach, sap sariq jingalak sochlarimni yoyib olib malikalik tojimni
taqib oldim! Garchi haqiqiy malika boʻlmasam ham! Chunki mening asl ota onam kimligini
bilmayman ham! Hozirgi ota onam esa, koʻp yillar farzand koʻrishmagan, bir kuni ikkalasi bogʻda
sayr qilib yurishganida, meni soyning yonida savatchada qoldirib ketishgan ekan! Ammo ular meni
oʻz farzandidek koʻrishadi! Doim koʻnglimga qarashadi! Meni qattiq yaxshi koʻrishadi, men ham
ularni juda yaxshi koʻraman! Sekin kechki ovqat uchun mehmonxonaga yoʻl oldim! Borsam oyim va
dadam suxbat qurishayotgan ekan! Tinglamoqchi emasdimu, ammo ismimni eshitib eshikni
tutqichini endi ushlagan qoʻllarimni pastga tushirdim!
- Artur, ahir Amaliya 19 yoshga toʻldi, katta qiz boʻldi! Qanchadan qancha qirolliklardan uning qoʻlini
soʻrab kelishdi, uning goʻzalligi allaqachon dunyoga yoyilgan, uni qachongacha uyda olib qola
olaman deb oʻylayapsiz! Ahir bir kunmas bir kun baribir ham kimgadir turmushga chiqadiku, soʻnggi
kelgan qirollik yaxshiku!
- Elizabet tushun, Amaliyaning ham koʻngliga qarash lozim, u turmushga chiqishni hohlamayapti, uni
majburlay olmaymiz! Men uni majburlamayman! Oʻzi hohlamaguncha uni turmushga bermayman!
Bu mavzuda boshqa eshitishni hohlamayman Elizabet!
Meni esa eshitganlarimni hazim qilolmadim! Nahotki oyim meni turmushga bermoqchi boʻlsalar?
Ahir doim menga, seninh istak hohishlaring birinchi oʻrinda biz uchun deyishardiku! Endi nima
oʻzgardi! Toʻgʻri men juda goʻzalman, har bir yoshga katta boʻlganimda yanada oqarib, yanada
goʻzallashaman! Buning sababini bilmayman, oyim esa "seni kimdir sehirlagan, dunyo goʻzalligi
shunga boʻlsin deb" der edilar men esa yana har doimgidek bir hil javob qaytarardim! " Oyi sehr
jodu bu dunyoda yoʻq! Siz unday ertaklarga ishonmang, doim sehr jodu haqida kitob oʻqib siz ham
aqldan ozib qolmang tagʻin" deya hazil qilib qoʻyardim! Oʻzimni qoʻlga olib koʻzlarimga yigʻilgan
achchiq koʻz yoshlarimni sidirib tashlab, mehmonxonaga kirdim, oyim va dadam meni koʻrib koʻz
urishtirib qoʻyishdi.
- hayrli oqshom ota, hayrli oqshom oyi! - samimiy tabassum qilib oʻzimga ajratilgan stulga joylashdim
- senga h
am goʻzal oy yuzli qizim! - deya otam erkalab sochlarimdan silab qoʻydilar!
Shu bn kechki ovqat tugagach, xonamga koʻtarildim! Doim hafa boʻlsam, yoki mahzun tortsam
boradigan joyimga yoʻl oldim! Xonam oynasi yonidagai kattagina osilib turgan argʻimchoqqa chiqib
oldim va arqonning bittasini tortib yuqoriga koʻtarildim! Oy nuri, cheksiz koinot, son sanoqsiz
yulduzlar va shularga termulib oʻtirgan men! Shu sirli joyimni juda yaxshi koʻraman, hech kim
topolmaydi, Stivdan tashqari albatta, u menga 10 yoshimdan beri qoʻriqchilik vazifasini bajaradi,
bechora meni deb qanday azob uqubatlar koʻrdi, bu sirli argʻimchoqni ham u bir oʻzi yasab bergan!
Bechora argʻimcjoqni sinayman deb yiqilib ham tushgandi, oʻshanda men 15 yosh edim, u esa 23! U
men uchun aka, uka, ota, doʻst, yaqin inson barcha sirlarimni bemalol ayta oladogan darajada yaqin!
Argʻimchoqda 1 soatcha oʻtirganimdan soʻng, yonimga Stiv keldi.
- Malikam! - dedi har doimgi quvnoq ohangda!
- Stiv, ahir sizga aytdimku yolgʻiz paytimiz ismim bilan chaqiravering! Ahir menda naqt 8 yoshga
kattasizku! - deya yonimdan joy koʻrsatdim!
- hop Amaliya! Nima qilib oʻtiribsan yarim kechasi, agar men vaqtida kelmaganimda xonangga
borishga ulgurmaysan, oying sen bn gaplashish un kelyapti, tezroq xonangga bor, yoʻqsa seni sirli
joyingni bilib qolishsa, km saroydan ham chiqolmay qolasan, men ham yordam berolmay qolaman!
Boraqol!


- Stiv ahir shuni kelganingizda aytsangiz boʻlardiku! - deya tezlik bn argʻimchoqni pastga tushirib
derazadan kirib olgach, Stivga hayr deb qoʻl silkib qoʻydim va yotogʻimga oʻtirib, bitta kitobni
olvoldim! Ikki daqiqadan soʻng birdan oyim xonamga kirib oldi...
( Drachenkraft — ajdaho qudrati maʼnosini bildiradi)
Oyim kirganini kutib turgandim oʻzi, ammo hovliqib kirishini kutmagandim!
- oyi nima boʻldi, ortingizdan it quvdimi?! - deya oʻrnimdan turib yonlariga bordim!
- qizim, meni yaxshilab tinglashing zarur, hopmi?! Bu yoqqa kel! - deya meni yotoq ustiga olib keldi.
Oʻtirganimdan soʻngpzlari ham oʻtirib, qoʻllarimni tutib oldilar, oppoq yuzimdan silab menga mehr
bn qaradilar, sariq sochlarimni silab biroz jim turdilar va gap boshladilar.
- Qizim, senga... Bu gapni aytish men un juda qiyin va uyalarli! Sababi...
Men...seni..qoʻlingni..soʻrab...kelgan.. ohirgi qirollikning... qiroli Genrix bn... - oyim qiynalib
aytolmayotgan gaplarini qisman boʻlsada angladim, ammo unday emas deyishlarini ich-ichimdan
judayam hohladim! Oyimni eshitishni hohlamay darhol gaplarini boʻldim!
- jim... jiming oyi... jiming, gapirmang! Qanday qilib qildiz bu ishni oyi, qanday! Ahir... Ahir otamni
sevmasmidingiz, qanday qilib oʻsha qirol bilan... Ming laʼnat boʻlsin! Oyi sizni bundaysiz deb hecham
oʻylamagan edim, hecham! Noshukur xudbin ekansiz! - deya oyimga jirkanib qarab gapira
boshladim! - siz.. siz shuning un ham meni oʻsha qirollikka erga berish un otamni boshini yeyayotgan
edingizmi?! - deya baqirib yubordim!
- oʻchir ovozingni axmoq qiz! Agar seni oʻsha qirolni yagona oʻgʻliga bermasak, u oʻrtamizdagi
gaplarni otangga aytishini aytdi, qizim iltimos... Ahir men harob boʻlaman, meni oʻylasangchi qizim...
- deya qoʻllarimdan ushlab, koʻzlariga yigʻilgan yoshni umtashqariga chiqarmay turardilar.
- oyi, siz oʻzingizning chirkin, jirkanch ishlaringizni yashirish uchun mening hayotimni oʻrtaga
qoʻyayapsizmi, bunga qanday kpzingiz qiydi oyi?! Meni oʻylamadingizmi, qizingizni
oʻylamadingizmi?! - deya oʻtirib qoldim!. - jim boʻl! Seni ulgʻaytirib voyaga yetkazganimga shumi
toʻloving a! Seni hech qachon oʻz farzandim emas demadim, endi sen nima qilyapsan a?! Oʻsha
shaxzodaga turmushga chiqasan eshitdingmi?! Ertaga otangni yoniga borib roziligingni aytasan,
yoʻqsa seni oʻzim badnom qilib, yoʻq qilaman! Tushundingmi?! Senga malika hayotini ato etganimiz
uchun qilasan buni! - deya jahl bm eshikni tarq etib yopib chiqib ketdilar. Shi payt oʻldi, mening
orzularim, hohishlarim, hayollarim va mening hech kim bilmaydigan, oʻziga ham aytishga
botinolmagan sevgim!!! Oʻksib oʻksib yigʻlayotgan paytim, kimdir yelkamga qoʻlini qoʻydi. Sapchib
qarasam, Stiv ekan... Ha mening qalbim egasi Stiv! Yigʻlab uning bagʻriga kirib oldim! Shubhasiz u
barchasini eshitgan, chunki u argʻimchoqda qolgan edi. Koʻksiga yuzimni yashirib yigʻladim!
Yetimligim un yigʻladim, bitta tashlandiqligim uchun yigʻladim, qoʻrqoqligim uchun yigʻladim, barcha
barchasi bir paytda siqib keldi.
- Stiv chidolmayapman... nafas ololmayapman... Har bir nafasim menga azob beryapti... daryoga
yiqilsam yoki oʻzimni pastga tashlab oʻlsam, barchasidan qutiladigandek his qilyapman oʻzimni! -
koʻp yigʻlaganimdanmi bilmadim, ammo uzoq vaqt yugurgan insondek chuqur nafas olib hansirab
nafas olayotgandim! Stib boshimni koʻtarib gapira boshladi.
- jim, ahvoling yomonlashishi mumkin, hammasi yaxshi boʻladi, menga ishon! Seni hech qachon
yolgʻiz qoldirmayman! Doim yoningda boʻlaman! Akalar singillarini tashlab qoʻymaydi! - Stiv meni
sochlarimni qarshi yigʻib qoʻyar ekan, aytgan gaplari boshida motivatsiya boʻlgan boʻlsa, soʻnggi gapi
bilan qalbimga hanjarni sanchib qoʻya qoldi.
- kel bu yoqqa - deya meni koʻtarib yoqotta yotgʻizdi va ustimni yopib qoʻydi.
- ketmang Stiv!.. Yolgʻiz qolsam oʻlib qolaman! - deya koʻzlarimni yumdim! Stiv esa sochim silab
oʻtirdi.
- Amaliya, hudo hech qachon koʻtara olmaydigan darajada sinov bermaydi! Demak sen kuchli qizsan!
Hech qachon yengilma! Doim olgʻa qadam bos! - uning yogʻon ammo yoqimli ovozini eshitib koʻzimda
yosh bilan uyquga ketdim!...


Koʻzimni horgʻin ochdim. Quyoshning allaqachon chiqib boʻlganini koʻrib, tong otib boʻlganini
sezdim, ammo... Ammo nega meni uygʻotishmadi ekan! Ahir doim meni Leya yoki Stob uygʻotardi!
Oʻrnimdan turib koʻylagimni oʻzgartirdim, va yuzimni muzdek suzga yuvib, koʻzguga qaradim,
koʻzimni shishgani yoʻq demak tashqarigaga chiqsam boʻladi. Moviy rangi yoqtirganim uchun moviy
libosimni kiygan edim, mehmonxonaga borsam otam va oyim nonushta qilib oʼtirishgan ekan!
Hayron ichkariga soxta tabassum ila qadam bosdim.
- hayrli tong ota, hayrli tong ..ona! Kuningiz hayrli boʻlsin! - dedimda oʻzim uchun ajratilgan har
doimgi stulga joylashdim! Oyimning kechagi gaplari uchun, ona deyishga tortindim! Ahir baribir
haqiqiy onam emas!
- senga ham goʻzal qizim! Albatta hayrli boʻladi, ahir bizga chegaradosh boʻlgan qirollikka turmushga
chiqishga rozi boʻlibsanku! - otam samimiy tabassum bn dedi. Bu oʻsha qirollik edi. Sekin oyimga
nazar tashladim, oyim ham soxta jilmayib turardi, menga koʻzlari bn bir ikki ishora qilgach, astagina
- ha ota! - deya yerga qarab oldim!
- uyalma qizim, sening ham toʻy marosimingni koʻrar ekanmiz! Qirol Genrix toʻy marosimini keyingi
oyga moʻljallashtiribdi, men ham rozilik bildirdim! - buni eshitib ichimda vir nima uzilga dek boʻldi.
- ota, buncha tez! - dedim iymanibgina
- tez emas qizim, hali bir oy bor ahir! - deya koʻzini kattalashtirib dedi oyim! Men ham tushundim, bu
oyimning ishi! Soʻng jimgina "Hoʻp" deb qoʻya qoldim. Spng bir ikki luqma yeb ketishga chogʻlandim!
Kechagi gao soʻzlardan soʻng tomogʻimdan bularning oʻtganini oʻzi bir moʻjiza edi aslida.
- sizlarga yoqimli ishtaha, men Stiv bn togʻ yonbagʻriga bormoqchi edim qarshiligingiz yoʻq boʻlsa
ota?! - deya ltamga qaradim!
- mayli, qizim boraqol! - deb rozilik endi bildirgan edi otam, oyim gapira ketdi. - qizim ahir endi
yaqinda toʻying, togʻga borib nima qilasan?! - deya koʻxlari orqali menga yoʻq deyayotgan edi. Ammo
men
- oyi toʻyi boʻladi degani uydan chiqmay oʻtirsim degani emasku ahir! - qatʼiy gapirdim, otam ham
maqullafi va " Ketaver qizim" dedilar! Men ham sekin mehmonxonadan chiqib soqchilardan Stivni
soʻradim! Bogʻda shugʻullanayotganini bildim va bogʻga yoʻl oldim! Qarasam kim bilandir
mushtlashayotgan ekan, men mashq qilishayitgan shekilli deya biroz kuzatib turgandim, ammo bu
mashq emasligini, Stivni bitta musht tushurib yiqitib, soʻng yana musht tushirayotgan bitta qora tanli
barzangini koʻrib tushindim! Tezda jon holatda yugurib borib anovi barzangini torta boshladim.
- qoʻyib yubor uni, qoʻyib yubor dedim senga hooooy! - u memi gaplarimga gʻarvo qilmay urishda
davom etardi, jahlim chiqib ketdi. - buyuraman mening qoʻriqchim Stivni qoʻyib yuborrrr!!! - dedim
qatʼiy! U soʻng qulogʻiga kirdimi, Stivni qoʻyib yubordi bechoraning yuzi qonab koʻzlari shishib
koʻkarib ketibdi.
- Stiv, meni eshityapsizmi, hoooy Stiv! - deya yigʻlab yubordim! U hushidan ketib qolgan ekan! -
tezda uni xonasiga olib borib bosh tabibni chaqiring, tezzz! - deya buyurdim...
########
Stivni, shilingan joylarini bogʻlab, koʻkargan va shishgan joykariga bosh tabib nimalarnidir surib
qoʻydi, aytishicha ogʻriqni qoldirib, koʻkarganlarini ketqazar ekan. Stivni yonida oʻtirib uning hishiga
kelishini kuta boshladim, koʻzimdan tinmay yosh oqardi, bu orada otam ham kelib holini soʻrab
ketdilar, ammo bagʻritosh onam kelmadi. Yarim soatlardan soʻng, Stiv barmogʻini harakatlantirgan
soʻng umid ila unga gaoira boshladim.
- Stiv, meni eshityapsizmi?! Ahvolingiz yaxshimi?! Hech qayeringiz ogʻrimayaptimi?! Oʻzingizni
qanday his qilyapsiz?! Nega oʻsha iflosga qarshilik qilmadingiz ahir unga kuchingiz yetar?!!! - deya
bir dunyo savollar berib tashladim men axmoq, oʻylamadim ham endi uygʻondi bu bechorani hali
gapirishga holi bormi, yoʻqmi?!
- Amaliya, s.uv b.e.er. - tomogʻi qurib qolgan shekilli ovozi yaxshi chiqmadi. Men tushunib shartta
suv berdim.


- Stiv savollarimga javob bermadingiz, ahir men bugun togʻ yonbagʻriga bormoqchi edim, siz esa
koʻrpa toʻshak qilib yotvoldingiz, endi nima qilaman men! Kunimni rasvo qildingiz, oʻzi otam va
onamning qarori ham yetardi!!! - deya labimni burib iyagimga ikki qoʻlimni qoʻyib oldim.
- Amaliya men oʻlishim.mumkin edi, sen esa oʻzingni oʻylayapsan a! Qalbimni ogʻritting lekin! Endi
senfa qoʻriqchilik qilmayman, balki ozgina boʻlsa ham qulogʻ miyam tinchir edimi?! - Stiv yuzini burib
oldi.
- voy axmoq, hali men sizni quloq miyangizni yedimmi?! Siz ham meni qalbimni ogʻrittingiz, oyim
nima uchun kecha kelganini oldindan bilib meni ogohlantirmadingiz! - men unga ishonardim, u hech
qachon menga ishonchsizlik qilmagam, oyimni qandayligini bilib ham, hech kimga aytmadi!...
Kunlar tezlikda oʻtar, menga esa hech narsani qizigʻi qolmagan edi, chunki men hohlamayapman!
Oʻsha qora otli shaxzodaga! Men oq otli shaxzodamni kutar edim, afsuski unday boʻlmadi! Nega
hayot bunday, istamagn narsagni majburan qildirdi! Stiv ham tuzalib qoldi, ammo nega oʻsha
barzanggiga kavob qaytarmaganligini aytmadi! Ha mayli deb qoʻya qoldim! Unga boʻlgan sevgimni,
yuragimning tub tibiga koʻmdim, balki bu sevgi emasdir, balki shunchaki yoqtirish, qiziqishdir!
Ammo men uchun ilk muhabbat deyishadiku, shunday boʻlib qoladi. Oqar suvdek kunlar ham tezlik
bilan oʻtib ketdi, ertaga toʻy marosimi, men esa argʻimchogʻimda oʻtiribman! Oʻsha shaxzodaning
ismi Aleks ekan! Menga esa hatto buni ham qizigʻi yoʻq! Argʻimchogʻimda soʻnggi marta oʻtiryapman,
ha shunday chunki ertaga, qoʻshni qirollikka Malika bb oʻlib ketaman! Hayolga berilib oʻtirganimda,
har doimgidek Stiv keldi.
- Malikamiz qayerda ekan deb xonasiga kirgandim, afsuski yoʻq! Qayerdaligini tajmin qilib
kelaverdim Malikam! - dedi tabassum ila! - Stiv! - deya argʻimchoqdan joy koʻrsatdim! U ham kelib
yonimga oʻtirdi, uning yelkasiga bosh qoʻyib uzoqlarga tikilib oʻtirdim! Soʻng chuqur nafas olib gap
boshladim!
- Stiv! Men hohlamayapman! Oʻsha qirollikaa ketishni umuma hohlamayapman, hayot nega bunday
shavqatsiz! Shu on uzoqlarga qochib letgim kelyapti, meni hech kim topolmaydigan joylarga, yolgʻiz
emas albatta, siz bilan qochib ketaman, chunki meni kim himoya qiladi, toʻgʻri kamondan yaxshi
foydalanaman, ammo jang qila olmayman, siz meni himoya qilasiz... Shunaqa hom hayollarni
istayapman Stiv! - dedim koʻzimga yigʻilgan achchiq suyuqlikni tashqariga chiqishiga izn berdim!
- balki hom hayol emasdir! - uning bu gapidan sergaklanib, yoshlarimni artdim va boshimni koʻtarib
unga qaradim!
- Amaliya, sen hech sehr joduga ishonasanmi?!
- yoʻq, ular gʻirt boʻlmagan gap, agar ular boʻlganida hozirgacha boʻlishi kerak edi, demakki unaqa
sehr jodu, har xil mavjudotlar, vampirlar, jodugarlar bu dunyoda boʻlmagan! Ular shunchaki bitta esi
past odamni toʻqigan fantaziyasi! - deya oʻx fikrimni bildirdim!
- balki haliyam bordir! Balki sen koʻrmagandirsan! Balki sen ham sehrli mavjudotsandir! - deya sirli
gapira boshladi. Men sehrli mavjudotmanmi?!
- Stiv esingizni yedingizmi men qayerdan sehrli mavjudot boʻlay tavba tavba!!! Men hech qanaqa
mavjudot emasman! Ahir bular boʻlmagʻur safsata dedimku!
- hop jimman! Senga taklif bildiraymi?!
- qanday taklif! - jiddiy unga nigohlarimni qaratdim
- sen aytgandek bu yerlardan ketamiz, hech kim bizni topolmaydi, men seni himoya qilaman!...
Rozimisan! - gaplarini eshitib hayratda qoldim!
- Stiv, qayerda ketamiz, otam baribir bizni tutib oladi, menga hech narsa qilmasa ham sizni sogʻ
qoʻymaydi! Bunga ishonchim komil, shunday ekan jimgina oʻtiramiz!
- otang bizni hech qachon topolmaydi! Amaliya, ahir jimgina oʻsha telba turmushga chiqib
ketaverasanmi?! - uning gapida jon bor edi!
- ... Qayerga boramiz, kim ham bizga yordam bera olardi.?!
- Oʻzga olamga ketishga tayyormisan?!


- qanaqa oʻzga olam Stiv?! - kuldim.
- menga ishonasanmi?!
- albatta, oʻzimdanda koʻproq ishonaman! - deya u choʻzgan qoʻlini tutdim!
- unday boʻlsa tur oʻrningdan, hoziroq yoʻlga tushamiz, narsalaringni yigʻasan, turaqol! - deya meni
turgʻizdi va argʻimchoqni pastga, derazam oldiga tushira boshladi.
- hoziroqmi! Ota onam bilsa nima qilar ekan?!
- Amaliya, nimadirga erishish uchun nimadandir, yoki kimdandir ayrilish kerak!
- ammo men albatta qaytib kelaman Stiv!
- imkoni boʻlsa!
- qanqasiga imkoni boʻlsa Stiv!
- hech nima, albatta qaytib kelamiz ammo tez emas! - uning gapini jiddiy olmay
- albatta - deya xonamga derazadan kirib oldim, u ham xonamga kirdi.
- Amaliya, hozir barchaga uyquga ketadi, uhlashlaridan oldin, tayyorgarlik koʻrib olamiz va 1
soatlardan spng yoʻlga tushamiz, shungacha qulay kiyim kiyib ol, yoʻl xalta ham tayyorla, men ham
xonamga borib tayyorgarlik koʻraman, kamoningni oʻzim olib chiqaman hopmi?! - deya barchasini
tushuntirdi, men ham bosh
silkigach -- unda tezroq tayyorlan! - deya xonamdan chiqib ketdi. Men ham qulay jangda kiyadigan
kiyimlarimni kiydim, baribir ham jang qilmayman, ammo uzoq yuradigan boʻlsak shu kiyim qulay!
Yoʻl xaltaga eng kerakli narsalarimni soldim, bir ikki kiyim soldim, kichik xanjar har ehtimolga
qarshi, kundaligim, suv, 3 kunlik yegulik ham solib oldim, oʻzincha uzoq sayohatga chiqqandek
tayyorlandim oʻzi ham! Soʻng otam sovgʻa qilgan, qilichni kiyim javonining tepasidan oldim! Juda
naqshinkor qilich oʻzi ham! Oʻrtasida katta, yonlarida kichik yaltiroq toshlar bilan bezatilgan qilichni
ham taqib oldim! Sariq sochlarimni yigʻib qoʻydim! Tayyor boʻlib derazadan tashqariga qaradim,
barcha joy qorongʻu edi. Soʻng oʻtirib ota onamga xat yozish qaroriga keldim!
«Qadrli otajon, onajon meni kechiring, yuzingizni yerga qaratganim uchun kechiring! Men
hohlamadim bu toʻyga rozilik berishni, ammo majbur boʻldim! Endi esa qochib ketyapman, meni
ulgʻaytirib katta qilganingiz uchun sizlardan minnatdorman! Havotir olmang bir kun albatta
qaytishga soʻz beraman, u kungacha esa hayr! Qizingiz Amaliya »
Xatni yotoq ustiga qoʻydim, shu payt Stiv derazamdan keldi.
— Stiv, men tayyorman - u ham allaqachon tayyor boʻlibdi!
— tayyor boʻlsang yoʻlga tushishimiz kerak tongda yoʻqligingni koʻrishsa qidirivga tushishadi, biz
ungacha kerakli manzilga yetib olishimiz zarur! - dedi va yoʻl xaltamni qoʻliga oldi va yuzi burishib
ketti.
- Amaliya bunga nima solib olding! Buncha ogʻir bu?!
- kerakli narsalarni soldim, ovvora boʻlmang hech birini tashlamayman, oʻzim koʻtaraman, yura
qoling tezroq, ha aytgancha kamonimni olib keldingizmi?!
- ha mayli, olib keldim ushla! - kamonimni ham taqib, oʻqlarini ham joylab olgach, derazadan sekin
pastga tushdik, sekin himoya devori yoniga keldik, undan oshib oʻtsak u yogʻi behatar, har holda
mening nazarimda! Devordan birinchi meni oshib oʻtishimga yordam berdi Stiv, oʻt olganimdan soʻng
u ham darrov oʻtib oldi. Oson qochdik deb turganimizda, bitta soqchi bizni koʻrib qoldi.
- hoy, kimsizlar bu yerda nima qilyapsizlar?!...
Soqchini koʻrishimiz bn men "Qochdik" degandim, Stiv "jim" dedi va soqchining yoniga bordi, soʻng
bir nimalar dedi va soqchining koʻzlari kattalashib ketgandi, Stiv unga bir musht tushurdi, uni
uraverib xushidan ketgazgach soqchini shu yerdagi, kichik chuqirchaga olib borib tashladi va
yonimga yugurib keldi, men esa anqayib qolgan edim. Stiv kelib meni bir turtdi.
- Amaliya ketishimiz zarur, u yetkazuvchi soqchi edi, agar u vaqtida habar yetkazmasa tekshirgani bu
yerga oʻnlab soqchilar keladi, u ham uzogʻi 2-3 soatga hushiga keladi, yuraqol bor kuching bilan


yugur
- hop - deya oʻrmon tomon yugurdik, 1 soatlik yoʻldan soʻng yaxshigina oʻrmon ichiga kirib oldik.
- Stiv, men juda charchadim, endi qayerga boramiz, ahir oʻrmon ichiga chuqur kirib qoldik.
- hozir - dedi va yoʻl xaltasini olib ichidan komposga oʻxshagan narsa chiqardi.
- komposdam foydalanamizmi?! - dedim hayron
- yoʻq, bu kompos emas, yoʻlboshchi filiyalar! - deya oʻsha komposga oʻxshash narsani chiqardi, uning
ichidan juda kichkina, ammo oʻzidan moviy nur taratayotgan chiroyli 2 ta mavjudot, kapalakdek
uchib chiqdi.
- bu filiyalar, ular bizga kerakli boʻgʻgan kichik koʻlga yoʻl bishlab berishadi, oʻrmonga chuqurroq
kirgan boʻlsak, ularni chiqarsak ham boʻladi. - men esa qotib qoldim, nahotki shunaqa oʻzgacha
mavjudotlar bu dunyoda mavjud boʻlsa! Bunaqasini hecham koʻrmagan edim!
- Stiv, bu qanaqa mavjudot boʻldi, ahir men unaqa mavjudotlarni umrim bino boʻlib hatto nomini ham
eshitmaganman! - dedim hayratimni yashirmay! - ular sehrlimi Stiv?!
- ha sehrli filiyalar, ular senga kerak boʻlgan manxilni tezda topib, oʻsha yerga olib borishadi.
Mavjudligiga kelsak sehrli boʻlgani uchun uni hech kimsa koʻrmagan, faqat qonida sehr mavjud
insonlarda boʻladi, yaʼni menda! - Stivning bu gapini miyam tahlil qilolmay qoldi. Stiv sehrgarmi?
Unda nega sehridan foydalanganini 9 yildan beri koʻrmaganman? Bu dunyoda ahir sehr mavjud
emasiku?! Bu nimasi?! Agar sehrgar boʻlsa meni aytayotgan koʻlining yoniga olib borib tashlab
yuborsachi, oʻldirib indamay saroyga ketsachi? Men shunday oʻlib ketamanmi?! - hayolimda
aylanayotgan savollardan, Stivning bir turtgani pastga tushirdi.
- Amaliya, hooy!
- Stiv... S.s.en s.seh.rgga.armi.san? - qoʻrqqanimdan ovozim qaltirab chiqdi, negadir Stovga
ishonchim soʻnib boryapti, nega unday bplayotganini tushunmayapman, ahir men unga
ishonardimku!
- senga hali bu gaplarni kn aytib beraman, hozir tezroq yurmasak filiyalar holdan toyib qolishadi,
soʻng sehrli koʻlni hech qachon topolmaymiz, yuraqol tez! - men esa indamay ortidan yura
boshladim, yurayotgan boʻlsam ham hayolim Stivning gaplarida edi, uning aytgan gaplarini bir
boshidan eslab chiqdim! Oʻzga olam, qochib ketish, filiyalar, sehr, koʻl!!! - bu yana nima? Stiv kim
oʻzi? - hayollarimdagi savollarga javobni birgina Stiv beradi, ammo u keyin aytaman dedi... 1 soat
tinmay yurgach, bitta kichik koʻlning yoniga toʻxtadik, uning hidi shunaqanggi badboʻy ekanki,
fuuuu! Darhol burnimni dastromolim bn yopib oldim.
- Amaliya bu yoqqa kel, hademay tong otadi. Men uyogʻiga oʻtolmayman, sen meni chaqirib olishing
mumkin! Kel shu yerga oʻtir, senga barcha narsalarni batafsil gapirib beraman! - men jimgina
nariroqdagi daraxt tagiga joylashdim! U esa biroz tin olib hikpyasini boshladi.
- Men, jodugar va tuslanuvchining bolasiman! - men darhol "Nimaa?!!!" Deya baqirib yubordim!
Soʻng u "Jim tinglasang aytib beraman yoʻqsa hech nimani bilolmaysan" dedi keyin men ham
hayratimni yashirib jimgina tinglashda davom etdim.
- Jodugar va tuslanuvchi, oʻsha damlarda tushmush qurisglari taqiqlangan edi, chunki ulardan
qanday avlod bplishi nomaʼlum boʻlgan, hokimiyatdagilar ham qattiq taqiqi qoʻygan! Chunki otam
tuslanuvchi boʻlib boʻri va katta qora mushukka aylana olardi, oyim esa jodugar edi, hokimiyat
boshidagilar ulardan yaxshi avlod chiqmasligini tahmin qilib taqiqi qoʻyishgan edi.
Ammo otam, onamni qattiq sevganligi uchun, onam bn qochib ketgan, ular umr boʻylari kimsasiz
gʻorda yashashgan, soʻng men dunyoga kelganman! Onam meni dunyog
a keltirish jarayoni ogʻir kechgani tufayli... Oyim meni tugʻib, bu olamdan koʻz yumgan. Otam esa
onam oʻlganidan soʻng quturib meni ham oʻldirmoqchi boʻlgan, ammo mening koʻzlarimda oyimni
koʻzganlar va tinchlanib meni katta qilgan! Men katta boʻlganim sari juda vaxshiy boʻlganman, 5
yoshga toʻlganimdayoq, tez yugurar edim, 5 yoshligimda, tasavvur qil men oʻshanda ilk qotillikni
qilganman! - men uning hikoyasini eshitib shokka tushib qoldim! Ammo oʻzimni qoʻlga olib jimgina
eshitdim! - men vampirlardek oʻldirib qon ichmas edim, oʻldirib rohatlanardim, men 5 yosh boʻlsam


ham miyam kattalarnikidek boʻlgan! 7 yoshimga qadar koʻogima insonlarni umriga zomin
boʻlganmanBu ishlarimni koʻrgan otam, meni jazolash un qamab qoʻygan ammo men u yerdan
osonlikcha chiqib, otamni ham...
Otamni ham oʻldirmoqchi boʻldim, ammo nimadir menga tpstinlik qildi, otamni nimadir qobiqdek
oʻrab oldi. Qulogʻimga obir ayolning ovozi kela boshladi, u juda qoʻrqinchli tarzda chinqirar edi, ora
orda esa "unday qilma bolam" deya chinqirigʻi eshitilar edi. Angladimki bu ayol mening onam!
Negaligini bilmayman, ammo mening juda kichiklikdagi xotiralarim ham esimda bor! Men shunaqa
mahluq boʻlganman! Men oʻshanda onamning qichqirilidan quloqlarimni berkitib bir burchakka
oʻtitib olgandim! Bir payt otam meni oldimga keldi. Otamni koʻrib bagʻrimga bosdim! Otam meni
qoʻlimdan ushlab qayergadir olib keta boshladi. Biz yana qanaqadir juda qorongʻu boʻlgan gʻorga
keldik! Ichkariroq kirdik, shunda bitta yorugʻlik doira chaklidagi xonaning qoq oʻrtasiga tushib
turardi. Otam bir nimalar degandan soʻng, jodugarlarning eng qudratlisi boʻlgan Redning ruxi,
xonaning qoq oʻrtasida paydo boʻldi. Men ularni kechagidek eslayman! Ular bitim tuzishdi. Bitimga
koʻra, men 18 yoshga toʻlganimda, 10 yoshli ajdarho oʻrgatuvchisining soʻnggi avlodi boʻlmish qizni
himoya qiliahim kerak edi, toki sen soʻnggi ajdarhoni topguningcha, men 18 yoshga toʻlgunimcha esa
meni yillab uhlatib qoʻyishdi, oʻsha jodugar shunday qildi, 18 yoshimga toʻlgach esa men gʻazabimni
boshqara olardim va odam oʻldirmas edim! 18 yoshga toʻlganimdan soʻng meni uygʻotishdi, men 7
yoshdan birdaniga 18 yoshga toʻlgandek edim, oʻylab koʻr 11 yil uygʻonmasdan uhlash! Bu menga
jazodek gap edi! Mening xotiram 7 yoshdan birdaniga 18 yoshga oʻtgan! Agar men seni himoya
qilmasam, men yana oʻsha mahluqqa aylanardim, otam esa bunga yoʻl qoʻymaslik uchun, jodugar haq
soʼraganida oʻz jonini bergan! Mana 9 yildirki oʻsha mahluqqa aylanmaslik uchun seni himoya
qilaman, ammo majburam emas, sen bilan vaqt oʻtkazish menga yoqadi! Odamni zeriktirmaydigan
nimadiring bor! Shunaqa gaplar Amaliya! Sen ajdarho oʻrgatuvchilarning eng soʻnggi avlodisan, asl
avlod! Sening turing juda juda noyob boʻlgan! Shuning un sizning turingizni barcha narsa himoya
qiladi. - men bu gaplarni eshitib hayratdan yoqa ushladim, qanaqasiga men ham sehrli boʻlsam? Men
ajdarho topamanmi? Stiv ham sehrgarmi? Bu savollar hayolimda aylanar ekan, birdan koʻz oldim
qoro gʻulashib cheksiz zulmatga quladim!...
Koʻzlarimni ochganimda oppoq qor ustida yotar edim! Bu qanqasi boʻldi, ahir biroz oldin endigina
bahor edi-ku! Qorda oʻtirgan boʻlsam ham negadir sovuq qotmayotgan edim! U ham pylantirib
qoʻydi. Sekin oʻrnimdan qoʻzgʻaldim! Qarasam Stivning yoʻl xaltasi yonginam ekan! Ichini ochdim,
menga tegoshli boʻlgan hech qanaqa narsa yoʻq! Bitta qogʻoz bor ekan, ochsam xat! Sekin oʻqiy
boshladim!
« Amaliya, men seni koʻlga tashladim, umid qilamanki, sehr olamiga oʻtib olgansan! Bu xatni
oʻqiyotgan boʻlsang demak endi umuman toʻxtamay olgʻa qadam bosishing kerak! Men u sehr
olamiga sening yordaming bilan oʻta olaman! Boʻyningga oʻzimga qadrli boʻlgan onamning tumorini
osib qoʻydim! Sen sehr olamidan, kichik kulbani qidirib top! Oʻsha kulbada senga kerak barcha
narsalar boʻladi.
Qalin kitobda sehrlar bor, meni u olamga oʻtkazishing uchun tumordan foydalanasan! Senga
ishonaman uddalashingga ishonchim komil! Tezroq harakat qilmasang boʻlmaydi, u olamdagi 1 kun,
bu yerdagi 1 soatni ifodalaydi, seni 7 soat kutaman! Yaʼni sening 7 kun vaqting bor! Tezroq kulabni
topib, meni sehr olamigaolib oʻt, yoʻqsa seni himoya qila olmayman, ajarhoni topishga koʻmaklasha
olmayman! Tezroq harakatingni qil!
Doʻsting Stiv»
Xatni oʻqib yanada hayratlandim! Bir necha daqiqa oʻtgan ishlarni tahlil qildim! Demak men kichik
kulbani topishim kerak! Orqamga yoʻl xaltani ilib oldim va boshim oqqa tomonga yura boshladim!
Daraxtlar koʻligidan angladimki, men oʻrmondaman, ammo qancha yursam ham bitta joyda
aylanayotgandek tuyulayapti menga! Uzoq yoʻl yurdim, kech tusha boshlagach bitta joyga


joylashdim, yoʻl xaltani ochdim, qarasam Stiv men uchun kichkina koʻrpa va toʻshak solgan ekan,
juda yupqa boʻlgani uchun yoʻl xaltaga sigʻin turibdi.
Sekin toʻshab oldim va oʻtin yigʻish uchun harakat qila boshladim! Topgan jiyimni yoʻqotib qpymaalik
un har daqiqada qarab ketardim! Egilib bitta tayoqni olmoqchi edim, qoʻlimga olishim bn, kichik
tayoq uzunchoq tayoqqa aylanib qoldi, qoʻrqib tayoqni tashlab yubordim! Tayoq yerga tushishi bn
yana avvalgidek kichik tayoqqa aylanib qoldi! Darrov oʻzim topgan joyga borib koʻrpa toʻshakni
ustiga oʻtirib oldim! Negadir qor menga sovuqlik qilmayapti! Bu juda qiziq! Yoʻl xaltani bir qaradim!
Ichidan bitta kulcja bn olma chiqarib yedim! Shu payt orqamda shitirlash eshitdim va yegan olmam
ogʻzimda qolib qoʻrqqanimdan nafas ham olmay jim boʻldim...



❤️Lady Milo❤️:
Qotib indamay turaverdim, orqamdagi shitirlash tobora yaqinlashib borar edi. Sekin oʻzimni qoʻlga
olib kamonimga oʻqni joyladim va shiddat bilan daraxtning yon garafidan ortimga qayrildim! Ortimda
esa qop qora yaltirab turgan tulpor turar edi. U judayam chiroyli edi, qorongʻu boʻlsada yaltirab
turardi.Meni koʻrsa ham hech nima qilmay men tomon yaqinlashdi va yonimga kelib boʻyin egdi. Men
hayron boʻlib kamonimni yana ortimga ilib oldim. Tulporning boshidan siladim. U jim turdi!
- yuvosh, yuvosh, seni ismingni bilmayma, shuning uchun senga ism beraman, qarshi emasmisan?-
dedim! Tulpor esa inson si gari bosh silkidi, ajabo u meni tushunayotgan edi.
- senga qanday ism qoʻysam ekan, mmm senga "Sevgi" deb ism beraman! Chunki sen juda goʻzalsan!
- deya uni silab jilmayib qaradim! U sekin daraxt yoniga oʻtirib oldi. Men ham hotirjam boʻlib
oʻtirdim. Qorongʻulikdan qoʻrqa boshladim. Sevgi esa oʻrnidan turib keta boshladi.
- hooy, Sevgi ketma iltimos! - deya ortidan qarab qoldim, ammo u ketaverdi! Qorongʻuda 10
daqiqacha oʻtirgandim, Sevgi yugurib keldi, men ham biroz choʻchidim, qarasam Sevgi ogʻzida 4-5 ta
oʻtin tayoqlarini yigʻib kelibdi.
- buncha yaxshisan Sevgi! Sekin oʻtinlarni olib bor yerga yigʻdim, ammo... Ammo oʻtin yoqish uchun
olov kerak! Oʻtinlarga qarab oʻtirgandim birdan oʻtinlar yonib ketdi. Men ham sapchib tushdim! Olov
bir maromda yona boshladi. Men esa hayratlanardim! Qanaqasiga olov paydo boʻldi deya?! Soʻng
oʻzimni moslashtira boshladim.
- Amaliya bu sehrli olam, hayratlanma, ha bunga koʻnikishing kerak! - deya koʻnikdim!...
####
Tong otgunigacha Sevgiga suyanib uhlab oldim! Qor qancha sovuq boʻlmasin, ammo men sovuq
qotmadim. Tongda biroz oʻtirdim va tezroq oʻsha lanati kulbani topish uchun yoʻlga otlandim! Bu
sehrli olamda Sevgini topganimdan xursand boʻldim, aqalli yolgʻiz boʻlmayman! Narsalarimni
yigʻishtirib oldim. Sevgi bn biroz yurgach, Sevgi toʻxtab qoldi. Soʻng Sevgi gʻalati tovush chiqara
boshladi, bir payt, birdaniga havoga koʻtarilib Sevginong ustiga oʻtirib oldim. Bundan judayam
hayratlandim, men havoda muallaq turgandim! Bu daxshat! Unga oʻtirishim bn u juda tez yugura
boshladi, uni mahkam ushlab oldim! U 20 daqiqa tinmay yugurdi, men sekin ortimga qaragandim,
yer oʻpirilib borardi, yuragim tovonimga tushib Sevgini juda qattiq ushlab oldim! U bir joyga yetib
toʻxtadi, yer esa haliyam oʻpirilib kelardi, ammo biroz uzoqroqda edi. Men shartda Sevgining ustidan
tushib oldinga ikki uch qadam bosganimda qanqadir koʻrinmas oynadan oʻtgandek boʻldim, yorqin
yorugʻlikka koʻzim tushdi, koʻzlarimni yumib oldim, birozdan soʻng ochgandim, ajabo biroz oldingi
qorlardan asar ham yoʻq edi, yam yashil maysalar, daraxtlar, antiqa gullar va shildirab oqib turgan
moviy suv! Judayam goʻzal edi, ertaknamo! Birdaniga hayolimga lop etib Sevgi tushdi, shartta
orqamga qaragandim, hayriyatki Sevgi orqamda turgan ekan! Yana orqamda ham koʻm koʻk
maysalar va daraxtlar bor edi. Bu yer haqiqatdan ham juda sehrli ekan! Tezroq oʻsha kulba topilsa
edi...
Uzoq yoʻl yurganimdan soʻng charchab bitta daraxt tagiga oʻtirib oldim, Sevgi ham yonimga oʻtirdi,
shu payt oʻtirgan daraxtnin tepasidan kimdir gurs etib sakradi, nima boʻlganini anglagunimcha
boʻgʻzimga hanjar tiraldi...
Nafasim ichimga qaytib ketdi. Unga qarasam niqob taqib olgan, boshida ham yopinchiq bor, oʻgʻil
bolacha kiyingan, boshdan oyoq qoraga burkangandi, ammo uning oppoq uzun sochlari shamolda
uchib turardi! Kulrang koʻzlari ila oʻtkir nigohlarini menga qadab turardi! Biroz shunday turib
hanjarini tortib oldi.
- kimsan sen, qayerdan paydo boʻlding?! - deya tik turib menga qarab turardi. Men esa talqon
yutgandek jim turardim!
- tilingni yutganmisan, gapirsangchi?! - dedi jahl aralash, u qizga yaxshilab qarasam, tanasi judayam


oq ekan, buni uning kiyib qoʻygan kiyimlaridan bildim, qorin qismi ochiq ekan, tovba uyalmaydimi,
ahir biz hecham unaqa allambalolar kiymaymiz! Gʻirt oʻgʻil boladek kiyingan edi! Unga boshdan oyoq
nazar tashladim va gapira boshladim! - tilimni yutmaganman! Aslida oʻzing kimsan? Bu yerga qanday
kelgansan? Bizning olamda qizlar hecham vunaqa kiyinishmaydi, buncha ochiq kiyingansan? Bizning
olamda agarda ochiq kiyinishsa jazo olishadi! Sen qayerdan kelgansan? - deya tez tez gapirib
tashladim! U menga axmoqqa qaragandek qarab turardi.
- qanaqa olam, men bu yerga qanday tushganimni bilmayman, ammo bu yerda sal kam 5 yil umrim
oʻtgan! Bu yerlarni besh barmogʻimdek bilaman! Kiyiminga keladigan boʻlsak bizning zamonda
bunday kiyinish oddiy hol! Men maxfiy xizmatdagi josus edim! 5 yil oldin jinoyat izini qidirib bitta
qalin va katta oʻrmonga kelganimizda, bitta koʻlni topib oldik! Men koʻl yoniga kelib unga qarab
turganimda birdaniga hushimni yoʻqotdim, soʻng qarabsanki mana 5 yilimni shu yerda oʻtqazdim,
oʻzing qanday kelib qolding bu yerga? - uning birorta gapini ham tushunmadim! Qanaqa maxfiy
xizmat, jinoyat izi, zamon! Bu qanaqasi boʻldi! Bu qiz qayerdan kelgan, oʻzga olamlikmi yoki?
- sen, oʻzga sayyoralikmisan?! - dedim hayolimdan oʻtgan savolni tilimga koʻchirib! U savolimni
eshitib miriqib kuldi.
- axaxxaxxaa qanaqa oʻzga olam?! Mening ismim Alina! Seniki nima? - deya jiddiy gapirishga oʻtdi.
- Malika Amaliya, qirol Artur va qirolicha Elizabetning yagona qiziman! - deya tizzamni bukib
qoʻydim! U esa anqayib qoldi.
- tush koʻryapsanmi, qirol, qirolicha va malika deganing nimasi? Oilangni familiyasi kim boʻlgan, yoki
juda boy boʻlganmisizlar, shuning un malikaman dedingmi? - deya niqobini yechdi. Rostdan ham juda
oppoq qiz edi.
- yoʻq! Men haqiqatdan ham malikaman, meni oyim qirolicha Elizabet majburan chegaradosh
qirollikdagi telba shaxzoda Aleksga turmushga bermoqchi edi, shuning un men qoʻriqchim va eng
yaqin insonim Stiv bn qochdim, u menga juda gʻalatai gaplarni aytdi va shu olamga oʻtkazdi, endi uni
ham bu olamga oʻtkaxib olishim uchun, shu oʻrmondagi kichik kulbani topishim kerak!- Deya barcha
gaplarni aytib berdim!
- Qanaqasiga?... Sening olamingda nechinchi yil edi?!
- 1342-yil! Nima edi? - dedim unga biroz tikilib!
- sen!... Sen bilan uzoq suhbat quramiz shekilli bu yoqqa kel! - deya meni shu yerdagi kichik sinib
qolgan daraxt ustiga oʻtirdi, men ham Sevgini yetaklab uning yoniga oʻtirdim! Soʻng unga tikilib
turdim!
- isming Amaliya edi shundaymi?
- ha!
- Amaliya, mening davrimdagi yil esa 2015-yil edi. Hozir adashmasam 2020-yil! - dedi uni eshitib
ogʻzim ochilib qoldi. 2015-yil naqt 7 asr dan soʻnggi hayot!
- menimcha sen oʻtmishdan, men esa kelajakdan kelganman! Ammo nima uchinligini bilmayman!
Senga yordam beraman, oʻsha kulbani qayerdaligini bilaman! Ammo men u kulbaga 5 yildan beri
kirolmayman, qanqadir koʻrinmas qobiq bordek edhikini ochmoqchi boʻlganimda, orqaga itarib
yuboradi! Bu olam sehrli! Chunki bunga koʻp bora guvoh boʻlganman! - uning gaplarini eshitib biroz
jim turib miyamda tahlil qila boshladim! Soʻng biroz turib unga qisqa nigoh tashlab oldim!
- Alina, men tushunmayapman! Oʻzimning ham sehrli ekanimni yaqinda angladim! Sen bu yerda 5 yil
qanday umr kechirding! Men hali kecha bu yerga tushib qoldim! - deya gaoirayotgan paytim, birdan
Stivning tumoridan qanaqadir nur taraldi. Tumorga qarasam yozuv paydo boʻlibdi. Tumordaning
ichida "Tezroq" degan yozuvni koʻrib tezda oʻrnimdan turdim!
- Amaliya bu nima?
- soʻng gapirib beraman, sen meni oʻsha kulbaga olib bor, men tezroq Stivni bu olamga oʻtkazishim
kerak, balki uni qoʻlga tushirishgan boʻlsa qiynalayotgan boʻlishi mumkin! Shuning un tezroq degan
yozuv qoldirdi. - havotir ila dedim
- hop, tulporing tezroq chopadimi?
- ha! - deya Sevgining ustiga minib oldim, soʻng Alina ham orqamga oʻtirdi.


- shu yoʻl boʻylab yuramiz!
- Sevgi. Tezroq yugur! - deyishim bn Sevgi yeldek yugura boshladi....
Alinaning aytgan yoʻllari orqali, oʻsha laʼnati kulbani 2 soatlarda topdik! Borib qarasam, daraxt
tepasida joylashgan ekan, huddi yalmogʻiz kampirni uyidek tovba! Sekin sevgining ustidan tushib
Alina bn daraxt ostiga bordik. - daraxtning orqasidan chiqsa boʻladi, arqondan narvon yasalgan!
Ammo kulba men nazarimda sehrlangan, 5 yil unga kirishga urindim, foydasiz! - men sekin daraxt
orqasiga oʻtib, arqon narvon orqali daraxt tepasidagi kulbaga chiqdim! Uyoq bu yogʻini kuzatdim,
oddiygina kulba, oynasidan ichkari koʻrinmas ekan! Eshik oldiga borib, eshikni endi ochmoqchi edim,
Alina aytganidek qandaydir kuch meni itardi! Kuch taʼsiridan yerga oʻtirib qoldim! Oʻrnimdan turib
nima qilishni oʻyladim!
- Alina endi nima qilamiz, Stivni bu olamga oʻtqazish uchun shu laʼnati kulbani ichidan kitobni olib
chiqish kerak!
- Amaliya, senga bir sirni ochaymi? - deya menga gʻalati nigoh tashladi.
- qanday? - tushunarsiz boqdim
- senda ham qandaydir kuch bor, senga hanjar tiraganimda, menga nimadir toʻsqinlik qildi, hanjarni
boʻgʻzingga juda yaqin qilolmadim, qoʻlimni nimadir qaytardi!
- nima? Menda qanaqa kuch boʻlishi mumkin, men faqat ajdarho oʻrgatuvchisiman! Ularda qanday
kuch boʻlishini bilmayman! buning javobini faqat Stiv biladi, uni esa be olamga oʻtqazish zarur!
- sen bu kulbani ochishni chin dildan istab koʻr!
- qanaqasiga? Men shundoq ham istayapman bu kulbani ochilishini! - deya qoshlarimni chimirdim!
- yana bir bor urunib koʻr! - indamay eshik yoniga bordim va qoʻlimni oyoqlarim ostidagi taxtaga
qoʻydim! Ich ichimdan shu eshik tezroq ochilishini hohladim, soʻng sekin oʻrnimdan turib eshikka
qoʻlim olib borib qoʻlimni tekkizishimga bir bahya qolganida, Sevgining oʻkirganini eshitib shartta u
tomonga qaradim! Sevgi bir joyga qarab turardi, Alina ham yugurib oʻsha yerga bordi va qoʻllari bn
yuzini yopdi. Men ham tezlik bn sakrab tushib ularning yoniga bordim!
- Alina nima boʻldi? - deya u qarab turgan joyga qaradim, qarab hayratlanib ketdim, oʻzi bu olamga
oʻtib barcha narsadan hayratlanayapman! Barcha joy koʻm.koʻk boʻlishiga qaramay, oʻsha yerda qor,
va qondan koʻlmak hosil boʻlgan edi, koʻrib koʻzlarim kosasidan chiqib ketay dedi. Bu qanday
jirkanch! Bu nimaning qoni! Tilim aylanmay qoldi! Alina oʻziga kelib gap boshladi.
- Amaliya, bu yerdan tezroq ketishimiz zarur, bu koʻlmak bundan 3 yil oldin ham paydo boʻlgandi, bu
koʻlmak hosil boʻlsa, bu yerga bir gala vampirlar keladi, 3 yil oldin zoʻrgʻa ulardan qutulib
qolganman, ular ongsiz faqatgina qon ichishsa boʻlgani! Vaqtimiz oz, ular 1-2 soatda shu yerda
boʻlishadi, men qayerga qochishni bilaman, sen tezroq kulbaga kirishni uddala! - men qotib
qolgandim!
- Amaliya, hozir qaqqayib turishning vaqti emas! Tezroq qimirla, ular hademqy shu yerda boʻlishadi!
- deya yelkalarimni silkitdi, soʻng oʻzimga kelib, oʻsha kulbani oldiga bordim! Qarab turdimda
eshikka zarb bn tepdim! Ajabo! Eshik darrov ochildi! Bundan xursand bb oʻtirishga vaqt yoʻq,
qarasam Alina daraxt ichidan narsalarini yoʻl xaltasiga solayotgan ekan, qanaqadir antiqa narsalar!
Eʼtiborimni kulba ichiga qaratdim! Juda kichik kulba! Ichida toʻgʻrida kichkinagina kitob javoni va
javonda ikkita qalin muqovali kitob! Tezda kitobni olib yoʻl xaltamga soldim! Kulba ichi juda ivirsib
chang va oʻrgimchak toʻrlari boʻlib ketgan ekan! Eshikning oʻng tarafida, bitta kichik stol va stul bor
ekan, stol ustida bir varaq qogʻoz va siyoh bor ekan! Qogʻozda men tushunmaydigan tilda nimalardir
bitilgan ekan, kerak boʻlib qolar deya qogʻozni ham oldim! Yana yaxshilab kulba ichiga nazar soldim!
Stol tagida bitta narsa yaltiradi, egilib qarasam billurdan yasalgan arxideya, ajabo u juda maftunkor
edi. Uni ham olmoqchi boʻldim, ammo u qotib turardi, yana bir qattiqroq urungandim olindi, tezda
olgan narsalarimni yoʻl xaltamga solib kulbaga soʻnggi bor nazar tashlab chiqdim...
Daraxtdan sakrab pastga tushdim.


- qoyil, men 5 yilda ocholmagan eshikni ikki urunishda ochding! Endi tezroq ketishimiz kerak! Men
ham barcha narsalarimni oldim! Papkamga joyladim! - unga anqayib qaradim, orqasiga nimadir taqib
olibdi, papka dedimi, demak uning nomi shunday shekilli, ajabo kealajakda yana nimalar bor ekan a?
- hop! Ketamiz! Sevgiii! - deya tulporimni chorladim!
- qanaqa Sevgi, otning ismi Sevgimi? - menga axmoqqa qaragandek qaradi!
- hozir gaplashishga vaqt yoʻq Alina! Tezroq chiq! - deya Sevgiga minib uni ham chorladim! U ham
minib olgach, yana Alinaning yoʻl koʻrsatishlari bilan, yaxshigina yoʻl yurdik! Biz bitta gʻorga yetib
kelibmiz! Hademay kech ham tushadi, bechora Stiv qay ahvolda ekan a?! Sevgi ham charchagan
shekilli, gʼorga yetib kelib tushishimiz bn bir chetga yotib oldi, bechoraginam!
- Amaliya, shu yoʻldan ketsak bitta kichik xonaga oʻxshash joy bor, shu yerga boramiz, yuraqol! -
deya yoʻl bishlab ketdi, Sevgi ham bizning orqamizdan kela boshladi. Biroz yurgach, Alina aytgandek
xonaga oʻxshash joyga keldik.
- mana men topgan vayrona! - deya kulib qoʻydi Alina
- yoʻqdan bor! - deya bir burchakka oʻtirib yoʻl xaltamni ochdim!
- qorning ochmi, menda olma va bir ikki kulcha bor agar yeyishni hohlasang! - dedim Alinaga qarab!
- och, ammo hademay kech tushadi, kech tushmasidan oldin oʻtin yigʻib kelish lozim, men bn
borasanmi?
- hop, unda soʻng yeb olarmiz! - deya uning ortidan ergashdim...
########
Oʻtin terib boʻlgach, kichik olov yoqib tevaragida oʻtirib oldik, Alina bn kulcha va olma yeb oldik.
- sen sovuq qotmadingmi Amaliya, men muz qotyapmanku?! - deya hayron qaradi Alina
- yoʻq, men qorda ham sovuq qotmadim, menimcha bu sehrli ekanim uchun boʻlsa kerak, agar sovuq
qotgan boʻlsang, yoʻl xaltamda yupqa koʻrpa va toʻshak bor, oʻranib ol!
- yoʻgʻee, sen hecham spvuq qptmasang, qanday yaxshi! Unda men bularga oʻzimga olaman! - deya
yoʻl xaltamni qaray boshladi.
- Amaliyaaa! - dedi men nimadir boʻldimi deb tezda yoniga bordim!
- nima boʻl..dii - u qoʻlida oʻsha stol tagidan olgan billurdan yasalgan arxideyani olib turardi. U
oʻzidan nur taratib turar edi.
- Amaliya bu nima? Qayerdan olding? Neha bu nur sochyapti? Menga bu haqida nega aytmading? -
degan savollarga koʻmib tashladi.
- Alina sekin, oʼsha kulbani ichidan oldim! Nimaligini bilmayman nega bur sochauotganini ham,
yaxshisi men Stivni qaytarish haqida oʻylashim kerak, uni joyiga solib qoʻy, Stivdan soʻraymiz! - deya
qoʻlidan olib yoʻl xaltamga qaytarib solib qoʻydim, koʻrpa va toʻshakni Alinaga berib oʻzim oʻsha qalin
kitoblarni olib olpvga yaqinroq joylashdim, sababi qorongʻu edi. Alina esa oʻranib olib menga qarab
oʻtirardi.
- Alina nega menga bunaqa qarab oʻtiribsan? - hayron soʻradim
- shunchaki, 5 yildan beri, hech kim bilan gaplashmagandim! Sendek dugona orttirganimdan
xursandman, bizning zaminimizda qiz bola dugonam boʻlmagan, maxsus xizmatda bittagina doʻstim
bor edi, u ham oʻgʻil bola edi. Kun kelib sendek spf dil qizni uchrataman deb oʻylamagandim, yana
kimdasiz oʻrmonda! - deya kulib qoʻydi.
- sizning zamoningiz men uchun juda qiziq! Ammo keyin bafurja gaplashamiz, men hozir ahu
kitobdan Stivni bu olamga oʻtirish sirlarini bilib olishim kerak, uzr! - dedim aybdorona
- hech qisi yoʻq bemalol, oʻzi shunaqa mahmadonaman!
- hech qisi yoʻq! - degach qalin muqovali kitobni ochdim! Biroz chang bosgan ekan, puflab qaradim!
Bizning tilda yozilgan ekan! Yozilishicha bu sehrlar kitobi ekan! Mundarijasidan oʻzga olamga
oʻtirish degan ypzuv qidirdim, chiqmadi! Soʻng ikkinchi kitobni ochdim, ikkalasi ham sehrlar kitobi!
Undan qidirgandim bor ekan! Shartta shu betni ochib oʻqidim! Yozilishicha, yerga sakkizburchak va
uning ichiga doira chiziladi, soʻng sakkizburchakni ham doira ichiga olinar ekan! Oʻrtadagi kichik
doiraga Stivning tumorini qoʻyish lozim ekan! Shularni bajardim! Soʻng esa chetta turib kitobda


yozilgan sehrli soʻzlarni oʻqiy boshladim! Oʻqiyotganim sari boshimda kuchli ogʻriq turdi, holsizlana
boshladim, ammo oʻqishni toʻxtatmadim!
Soʻnggi soʻzni oʻqib boʻlgach, koʻz oldimda juda katta oq nur paydo boʻldi, aoʻng koʻzlarim hiralashib
cheksiz zulmatga quladim...








Koʻzimni Stivning yoqimli ovozi ila ochdim! Qarasam Stiv menga havotir ila boqib turardi. Bir zum
tushimmidi deya endi xursand boʻlmoqchi edim, afsuski koʻzim oʻsha gʻorda ekanligimga tushgach
bu homhayol ekanligini angladim! Stivni koʻrib juda xursand boʻldim! U endi ha doimgidek yonimda!
- Amaliya ahvoling yaxshimi? Oʻzingni qanday his qilyapsan? - Stiv savollar berar ekan, mening
oʻtirib olishimga ham koʻmaklashdi.
- yaxshiman, Stiv menga nima boʻldi. Sen bu olamga oʻtding! Seni koʻrganimdan juda xursandman! -
deya uni mahkam bagʻrimga bosdim!
- men ham seni koʻrganimdan xursandman! - uni bagʻrimdan boʻshatib koʻzim bir burchakda oyoq
qoʻli bogʻlangan, ogʻziga ham nimadir tiqib qoʻyilgani uchun gapirolmayotgan Alinaga tushgach
hushim boshimdan uchdi.
- Alinaaa, unga nima qildingiz? - dedim uning yoniga borib ogʻzidagi matoni olib tashlab.
- meni, seni oʻldirmoqchi boʻlganlikda ayblab, shu ahvolga soldi. Doʻsting juda asabimni buzdi
oʻziyam! Pifff! - deya qoʻlini yechganimdan soʻng oyoqlarini yecha boshladi. Men hayrat ila Stivga
qaradim.
- Stiiiv! - dedim choʻzib - neha unday qildingiz, sizni bu olamga tezroq oʻtirish uchun uning yordami
katta, u boʻlmaganida hudo biladi hali siz bu yerda boʻlmas edingiz! U kulbani bilgani uchun kulbani
tez topdim. Agar u vampirlar kelishini bilmaganida men u yerda allaqachon vampirlarga yem boʻlgan
boʻlardim! - deya barcha gapni tez tez ayta boshladim.
- toʻxta toʻxta, vampirlar dedingmi? Vampirlar koʻlmagi hosil boʻldimi? - deya menga sinchkov nigoh
tashladi.
- ha, 3 yil oldin ham shunday boʻlgandi, men zoʻrgʻa oʻz jonimni saqlab qolganman, bu yerga
kelganimga 5 yil boʻldi. Yana... - uning gapi ogʻzida qoldi.
- sendan soʻramadim, birovning gapiga shu kichkinagina beoʻxshov burningni suqma yaxshisi, yoʻqsa
burningni topolmay qolasan! - Stiv unga gʻazab va nafrat ila oʻtkir nigohlarini qadadi, uning
nigohlaridan men qoʻrqdim, Alina qay ahvolga tushgan ekan! Alina unga biroz qarab turdida menga
qarab
- men tashqarida boʻlaman, sizlarning orangizga "chiroyli" burnimni suqmay! Yoʻqsa shu oʻziga katta
baho qoʻygan doʻsting tufayli "chiroyli" burnimni topolmay qolmay tagʻin! - deya piching qilib,
chiroyli soʻziga urlu berib gapirib chiqib ketdi.
- Stiv nega unga bunday muomalada boʻlding! - negadir uni sizlamayotgan edim! U biroz koʻzini
yumib turdi, tushundimki u tinchlanyapti, biroz jim turdim.
- Amaliya, men bu yerda lazabimni jilovlashim qiyin kechadi, chunki bu sehr olami, bu yerda bemalol
boʻriga aylana olaman, amma gʻazablansam havfli mahluqqa yani katta qora mushukka aylanishim
mumkin, mushukka aylanib sizlarga zarar yetkazishni istamayman! Shuning un meni gʻazabimni
keltiradigan gap gapirma, menga baqirma! Alinaga kelsak, u menga yoqmayapti, shubhali
koʻrinyapti, chunki bu olamga oddiy oamlar shunchaki oʻtolmaydi, hatto meni ham sendek kuchli
sehrgar chaqirdi! U oʻzi qanday bu olamga kelib qolibdi.
- Stiv, u kelajakdan kelibdi, aytishicha 2015- yildan, oʻzi bilmagan holda kelib qolganini aytdi.
Maxsus xizmatda ekan! Men nimaligini bilmadim, qanaqadir jinoyat izidan kelib koʻlni koʻrib qolibdi,
keyin hushidan ketibdi, men ham hushimdan ketgan edim! Koʻzini ochsa shi yerda ekan! U oddiy
insonman dedi. - barcha gaplarni aytib berib uning reaksiyasini kuzatdim
- u aldayotgan boʻlishi mumkin, qolaversa uning tanasi haddan tashqari oq! U nimadir yedimi, u
vampir boʻlishi mumkin! - dedi vahima bilan!
- ha yedi, men bilan kulcha va olma yedi.
- aniq yedimi, yeb boʻlgach tashqariga yoki boshqa joyga ketmadimi?
- yoʻq hech qayerga ketgani yoʻq! Aniq yedi.
- hop, agar sotqin boʻlsa aniqlayman! Endi bizning boradigan joy, qirolicha Aliyaning saltanatiga yoʻl
olamiz, u koʻp narsalarni biladi, ajdarholar haqida! Hoziroq yoʻlga tushamiz!
- ammo hozir tu..n - qarasam bir burchakdan nur tushib turardi. Demak men uzoq vaqt hushsiz
yotganman! - bu tulporingda ikkalangiz yurasiz! "dugonajoning" bilan! - dedi Stiv urgʻu berib


soʻrlariga! Sevgiga nigoh tashlarkan.
- Stiiiiv!
- hop hop jimman, yuraqol! - deyaendi orqasiga oʻgirilgandi, nimadir yodiga tushib tezda yana menga
qaradi.
- vampirlar koʻlmagi hosil boʻlgan boʻlsa, jodugarlar seni his qilgan! Ular seni oʻldirishmoqchi
boʻlgan!
- koʻplar seni himoya qiladi degandingku - dedim hayratlanib.
- ammo jodugarlarning bari bir hil emas, demak seni dushmanlaring ham yetarli! Yana kuchli
dushmanlaring! Oʻzingni doim ehtiyot qil! Duch kelganga ishonib ketaverma tushunarlimi?! - deya
yelkarlarimdan tutdi.
- hop tushundim!
- boʻpti, unda yoʻlga tushamiz! - deya tashqariga chiqdik, tashqarida Alina bir daraxtga suyangacha
turar ekan!
- aytganimdek sen va dugonang tulporingda ketasizlar! - dedi Stiv buyruq ohanggida!
- Sevgi!
- nima? - dedi Stiv tushunarsiz
- tulporimning ismi Sevgi, shunday deya ism berdim! - deya jilmaydim.
- haa, mayli, nega aynan Sevgi?
- chunki juda chiroyli, men uni koʻeganimda yoqtirib qoldim, shuning uchun Sevgi deya ism berdim! -
magʻrur yana jilmaydim...
- barcha narsalaringiz olgan boʻlsangiz, endi yoʻlga tushsak ham boʻladi! - Alina va men yoʻl
xaltalarimizni olib chiqqach dedi.
- ha boʻladi. Sevgim meni, endi uzoq yoʻlga tushamiz, charchamaysan degan umiddaman! - deya
Sevgini boshidan silab qoʻydim. Soʻng Alina ikkalamiz mingach yoʻlga tushdik. Sevgi qancha tez
yugurmasin, Stiv ham undan qolishmay Sevgi bilan teng yugurardi....
###
- yetib keldik! - dedi tahminan 1 yarim soatlik yoʻldan soʻng bitta sharshara oldida toʻxtab!
- bu yerda saltanat yoʻqqu, men sharsharaning ortiga oʻtib koʻrganman, hech vaqo yoʻq! - dedi Alina
Sevgining ustidan tushib.
- sen sehrgar emassan, shuning uchun u yerdagi oʻzgacha narsani bilmaysan, kichik aqling bn
gapirma iltimos! - dedi Stiv unga pisand qilmay qarab.
- bilganimni aytdim! Hohlamasang eshitma, Amaliya ham maʼlumot olishga haqli!
- shu yoqimsiz ovozingni juda pastki eshitishni hohlasam ham eshitolmayapman! - dedi piching qilib.
Alina labini burib qoʻydi. Ular yosh boladek tortishishar edi. Ularga qarab turib piq etib kulib
qoʻydim.
- boʻldi janjallashmanglar iltimos!
- yuringlar sharshara ortiga oʻtishimiz kerak! - deya Stiv keta boshladi.
- Alina, Stivning gaplariga ahamiyat berma, u shunday! - u bosh silkigach biz ham Stivning ortidan
keta boshladik....
Sharshara ortiga oʻtdik, Alina aytganidek hech narsa yoʻq ekan, bir payt Stiv devorga yaqin borib
birma bir toshlarni koʻrib chiqa boshladi. Soʻng topdi shekilli toʻxtab bitta toshni burgan edi... ajabo
toshlar sirgʻalib koʻm koʻk maysazor koʻrindi. Stiv yoʻl boshlab keta boshladi, biz ham uning ortida
ketayotgan edik, ammo... Ammo ming afsuski mening Sevgim bu tarafga oʻta olmayotgan edi.
- Stiv, mega u bu yoqqa oʻta olmayapti? - dedim moʻltirab
- u, oʻsha olamning tulpori, bu tarafga oʻta olmaydi, afsuski!
- ammo men uni juda yaxshi koʻrardim! - deya uning boshini silab oʻpib qoʻydim!


- yaxshi qol Sevgi, oʻzingni asra! - deya narigi tarafga oʻtdim. U bilan huddi odam bilan
hayrlashgandek hayrlashdim! Koʻzimga yosh ham keldi, Sevgi oz muddat ichida menga juda qadrli
boʻlgan edi...
Biz maysazorlardan tepalikka chiqib oldik, qarasam yana ozgina koʻkalamzor va daraxtlar, soʻng
qirollik ekan! Quvonib kettim, tepalikka chiqquncha juda charchagan edimda!
- Stiv bu oʻsha Qirolicha Aliyaning salranatimi? Ular sharshara prtidagi olamga oʻta olishmaydimi?
Nega u yer kimsasiz? Biz nega Qirolicha Aliyaning saltanatiga kelyapmiz oʻzi? U yerda nima qilamiz?
- bu tarafga oʻtganimizdan beri yigʻilib qolgan savollarimni bittada berib tashladim.
- Amaliya bitta bitta savol bersang ham aytaman, ha bu oʻsha saltanat, u olamga endi qayta oʻtish
uchun kuchli sehrgar kerak, aniqrogʻi birinchi darajali sehrgar zarur! Kimsasizligiga keladigan
boʻlsak aytganimdek kuchli sehr kerak! Qirolicha Aliya juda koʻp narsalarni biladi, ajdarholar haqida
va ularning kimligi haqida! Undan maʼlumot olish uchun uning yoniga borayapmiz, aniqrogʻi
allaqachon u sezgan boʻlsa kerak bizni kelganimizni, chunki sen qudratli sehr vakilasisan! - deya
yurib ketish barobarida barcha bergan savollarimga toʻliq javob berdi. Ammo men savol berishdan
toʻxtamadim.
- unda u yerga vampirlar qanday keladi, yaʼni koʻlmak hosil boʻldiku? - dedim hayron qarab unga!
- unisini yaxshi bilmayman, ammo kimdir oʻsha olamga oʻtib olsa, u yerga doim vampirlar yuboriladi,
buni kim qilishini bilmayman... Toʻxta, Alinaa - dedim toʻxtab bizdan ikki uch qadam ortda
kelayotgan Alinani chaqirib, Alina ham "Nima deysan aqlli?" Dedi
- sen besh yil oldin kelganman degan eding, ammo nega vampirlar uch yil oldin keldi? - dedi unga
sinchkov nigoh tashlab!
- men qayerdan bilay, ustiga ustak men Amaliyadek qudratli sehr vakilasi emasman, balki meni ikki
yildan soʻng sezishgandir u olamga oʼtib qolganimni! Men barcha narsani biladigan avliyo emasman!
- deya bizdan oldinlab keta boshladi.
- Stiv uning gaplarida jon bor, unda sehr boʻlmagani uchun juda kech sezishgandir! - dedim yana
yurish barobar.
- ammo bu olamga oʻtib olish mushkul ish Amaliya! Yo u sehrgar, yoki aldayapti!
- Stiv shubhalanishni bas qil endi! U menga juda katta yordam berdi ahir, aldayotgan boʻlsa nega
menga yordam bersin! - dedim norozi ohangda
- hop jimman! Ammo shubhalarib hech qachon tinchimaydi, yana uning koʻzlari juda gʻalati, nigohlari
sovuq! Jodugarlarga hos hususiyatlari bir unda!
- Stiiiv! - dedim qoshlarimni chimirib!
- mayli yuraqol tezroq borishimiz kerak! - deya tezroq qadamlay boshladi....
#####
3 soatlik yoʻldan soʻng, qasr darvozasi oldiga yetib keldik, judayam charchadim!
Biz endi darvoza oldidagi soqchilarga gapirmoqchi edik, ammo darvozani ochishdi.
- Ehtirom, Qirolicha Aliya xazratlari! - dedi ovozini baland qilgan holda bitta erkak! Soqchilar, oʻtib
ketayotgan odamlar bosh egib turishdi, men ham boshimni egayotgan edim, Stiv qoʻlimni ushlab,
nigohlari bilan yoʻq ishorasini qildi. Soʻng jimgina turdim!
- hush kelibsiz Malika Amaliya, sizni koʻrib boshim koʻkka yetdi! - dedi darvozadan, orqasida ikkita
qoʻriqchi bilan chiqqan, sochlari oppoq, tanasi ham shunga monand qordanda oq, koʻylagi ham
oppoq va juda chiroyli, yoyib olgan sochlariga toj taqib olgan, lablarini toʻq qizil qilib olgan qirolicha
Aliya menga yashil va qora aralash koʻzlarini tikib qaradi. Men unga javoban kulib qaradim.
- Kulbayi vayronamga marhamat, sizlarni ko
ʻnglingizni olalolaman degan umiddaman! - deya bizni qasrga taklif qildi. Biz ham uning ortidan
ergashdik....


Qasr ichkarisi, biznikidan farqli oʻlaroq gullar bilan bezatilgan ekan! Qirolicha Aliyaning aytishiga
qaraganda u gullarni juda sevgani uchun qasrida hohlagan gulni topish mumkin ekan! Men ham
gullarni yoqtiraman, ammo bu darajada emas! Bizni mehmonxonaga kiritdi.
- uzoq yoʻldan keldingiz, menimcha qorningiz ochgan boʻlsa kerak deya, sizlarga har xil yeguliklar
olib keltirdim! Yoqimli ishtaha marhamat tortinmang! - deya bizni dasturxonga taklif qildi. Biz ham
itdek och boʻlganimiz uchun shartta joylashib ovqatlana boshladik. Bir payt sanchiq kerak edi.
Qarasam mendan uzoqroqda turgan ekan, erinib hayollarga berilib yonginamda paydo boʻlib
qolishini istadim! Meni hayratlanib sanchiq qoʻllarim ostida paydo boʻlib qoldi. Mening esa
hayratdan koʻzlarim kosasidan chiqib ketay dedi. Buni hech kim koʻrmadimi deya qaragan edim, Stiv
menga nigohlari orqali gapirayotgan ekan! Gaplarini anglab oʻzimni sokin tutdim, hayriyat Stivdan
boshqa hech kim koʻrmagan ekan! Oʻylay boshladim, bu sehrmidi, men nimanidir hohlasam shu
narsa sodir boʻladimi?! Ammo Stiv bu haqida menga aytmagan ediku? U faqat ahdarho
orgatuvchisisan degandiku? Pifff endi qachon yolgʻiz gaplashib olaman Stiv bilan! Ungacha portlab
ketmasam boʻldi! Ovqatlanib boʻlgach, qirolicha Aliya bizga xonalarimizni koʻrsatiahini aytdi, men
yonindagi stulda qoygan yol xaltamni koʻtarib ularning ortidan ergashdim. Bu qirolicha menda
yaxshi taassurot qoldirdi. Bizga yaxshi muomalada boʻlayotgani uchun. Bizga xonalarimizni koʻrsatdi,
atay qilgandek Stivning xonasi, menikidan ancha uzoq ekan! Ming lanat! Xonamga kirib, yoʻl
xaltamni ochib narsalarimga bir hir koʻz yugurtirdim, barchasi joyida! Billurdan yasalgan arxideyani
qolimga olib koʻrdim, u nur taratmayotgan edi. Soʻng unga qarab turganimda xonam eshigi taqillab
qoldi. Tezda yol xaltamga arxideyani solishga ulgurib qoldim. Xonaga Alina kirib keldi.
- Amaliya, biroz suxbat qursak boʻladimi, xonamda zerikib ketdim, shunga yoningga kelaverdim,
suxbat qurishga qarshimasmisan? - dedi yonimga yurib kelish barobar!
- yoq bemalol kel. - deya yotoqdan joy koʻrsatdim. U ham indamay kelib oʻtirdi va gapira ketdi.
- menga anavi qirolicha yoqmadi! Yuzi shunaqanggi sovuqqq, pifff!! Sengachi? - dedi yuzini
burishtirib
- nega, mening koʻnglim toʻq. Qolaversa bizga qasridan joy berdi, uning orqasidan gapirish
yaxshimas Alina. - unga nasihat qildim, tushundimki bu unga yoqmadi.
- ha mayli, men ketdim, sendan yaxshi suxbatdosh chiqmadi, yaxshisi mazza qilib uhlayman, meni
kechqurun uygotishsa boʻladi. - deya turib eshik yoniga bordi.
- mayli, hayrli tun Alina, yaxshi dam ol! - deganimdan song xonada yolgʻiz qoldim. Biroz turib yoʻl
xaltamni koʻtarib, Stivning xonasiga yoʻl oldim, hayriyat yolda meni hech kim koʻrmadi, koʻrsa balki
bizni maqsadimiz boshqa deb oʻylagan bolarmide?! Eshikni taqillatmay yetib borishim bn shartta
ichkariga oʻzimni urdim. İchkarida Stiv yotoqda oʻychan oʻtirgan ekan, meni bostirib kirganimni
koʻrib hayollari tarqadi shekilli meni yonimga keldi.
- nima boʻldi Amaliya? - deya eshikni sekin ochib uyoq buyoqqa qarab oldi va eshikni qattiq yopdi.
- Stiv, mendagi oʻzgarishlar, song senga yana bir narsa korsatishim zarur! Shu yerga oʻtiraylik. -
deya yotoqning bir chetiga otirib oldim. Stiv ham kelib yonimdan joy oldi. Yol xaltamdan unga osha
qalin muqovali ikki kitobni tutqazdim.
- Stiv bu osha sen aytgan kitoblar, ulardan tashqari, men osha kulbadan mana buni ham topib oldim.
- deya unga billurdan yasalgan arxideyani tuttirdim. Ajabo arxideya uning qoʻlida nur socha boshladi.
Soʻng kallamga lop etib, stol ustidan olgan gʻalati alifboli varoq tushdi va uni ham qolimga oldim.
- bu nima ekan a Amaliya? - tusunishimcha Stiv ham buni bilmaydi.
- nimaligini sendan soʻrash uchun korsatyapmanda, keyin buni ham olgandim, stol ustida turgan
ekan, harflariga tushunmadim, balki sen tushunarsan deya varoqni Stivning qoʻliga berdim. U
varoqni olib tushundi shekilli oʻqiy boshladi. Oqib bolgach menga hayrat, havotir va pushaymonlik ila
boqdi...
Men havotir bilan dedim
- nima boʻldi Stiv, nega ranging oqarib ketti?
- Amaliya, sen.. sen nima qilib qoʻyding? Nega buni joyidan siljitib olding? Senga jima uchun kerak
edi bu? Nega olasan? - deya menga baqira boshladi, korinishidan hozir qanaqadir mahluqqa


aylanishini tahmin qildim, chunki tomirlari boʻrtib chiqib qizil tusga kira boshlagan edi. Undan
qoʻrqa boshladim.
- Stiv tinchlan, m.m.en..n bilma.gaandimmm, ilti..moo.os tinch..lan! - tobora menga yaqinlashib
kelar, tomorlari esa galiyam boʻrtib chiqqan va qizil tusga allaqachon kirib boʻlgan edi, koʻzining
barcha joyi qora tusga kirgan edi. Men esa buni koʻrib nafas olishni ham unutib qoʻydim. Uning qalin
qoshlari chimirilib, qollari musht tugilgan edi, soʻng biroz shunday turdi, men ham undan koʻz uzmay
qarab turdim, keyin tinchlandi shekilli koʻzi yana avvalgi oʻz rangiga, tomirlari ham joyiga
tushayotgan edi. Men ham allohga shukrlar aytdim. U 5 daqiqalarda oʻziga kelib oldi va yana
avvalgidek Stivga aylandi. U gapirmagunga qadar men ham miq etmadim.
- Amaliya buni nimaligini bilasanmi, sen juda katta xatoga yoʻl qoʻyding! Yoʻq. Sen emas, men yoʻl
qoʻydim, seni ogohlantirishim kerak edi. Mung laʼnat barchasiga! Neha hayolimga kelmadi, nega?
Ahir bilardim! Bashorat ichidagi bashorat amalga oshishi uchun billur arzideyani olish kerak edi.
Senga nega aytmadim a!!! - dwya oʻzini koyiy boshladi, qanaqa bashorat haqida gapirdi? Men
bashoratni amalga oshirish uchun yoʻl qoʻyib berdimmi? Men a? Ammo men bilmagandimku?
Hayolimdan oʻtkazdim. - Stiv nimalar deyapsan? Qanaqa bashorat? Menga ham barchasini
tushuntirib berasanmi? - dedim yotoqqa oʻtirar ekanman.
- Amaliya bu oddiy billur arxideya va oddiy qogʻoz emas! Qara bir boshidan aytaman! - deya
hikoyasini boshladi.
- senga aytgandimku eng qudratli jodugar bu Red deb. Uni Qizil jodugar deb ham aytishadi. U
kelajakni koʻra olgan! Uning juda koʻp qilgan bashoratlari koʻpincha amalga oshgan, bir ikkitasini
hisobga olmasa. Uning soʻnggi bashorati, bashorat ichidagi bashorat edi, yaʼni u shunday bashorat
qilgan, mohiyatini aytaman, mendan keyingi qudrat egasi, bashoratni amalga oshiradi, bashorat
qandayligini tuslanuvchi oʻqiydi! Degan, bundan kelib chiqadiki, sen bashoratni amalga oshirding, va
sen endi Qizil jodugardan keyingi eng qudratli ajdarho oʻrgatuvchisi husoblanasan, men esa
tuslanuvchiman! Bu bashorat amalga oshdi, endi esa bu qogʻozda, uning ichidagi bashorat haqida
yozilgan! Men aniq bu alifboni bilmayman, bu alifboni faqat ajdarholar oʻqiy oladi, yaʼni ajdarho
turiga mansublar, ajdarhoni esa qayerdaligini aniq bilmaymiz! Uni soʻnggi bora 2 yil oldin
koʻrishgan, hozirda ham tirik, chunki u va sen yagona vakil boʻlganingiz uchun u oʻlganida, sen ham
oʻlasan, yoki sen oʻlsang u ham oʻladi, sen ajdarho bilan uzviy bogʻlangan san! Ammo... Ammo sen asl
ajdarho oʻrgatuvchi emas ekansan! Chunki ajdarho oʻrgatuvchilarida, Qizil jodugardandan keyingi
boʻladigan darajada qudrat boʻlmaydi. Senda esa bor. Sening ota onang haqida surishtirib koʻrish
kerak Amaliya, sening turing nomaʼlum! - dedi shuncha gapni tez tez gapirar ekan! Men esa uncha
tushunmagan boʻlsam ham miyamda tahlil qilishda davom etardim.
- Amaliya, bizda vaqt oz! Chunki bu bashorat nimaligini bilishimiz kerak! Va buning un qirolicha
Aliya bilan suhbatlashish zarur! Tezroq harakat qilmasak boʻlmaydi. Amaliya?... Amaliya! - hayollar
olamimdan Stivning asabiy baqirgani yerga tushirib qoʻydi.
- A Nima? - uning gapini eshitgan boʻlsam ham, tushunmagan edim.
- tezroq harakat qilishimiz kerak Amaliya, yoʻqsa nima boʻlishini hech kim bilmaydi.
- hop, men nima qilishim kerak! Yaʼni menda qanday topshiriq bor! Bu haqida kimgadir aytamizmi? -
dedim haliyam nur taratib turgan arxideyaga qarab.
- aslo. Aslo u haqida kimgadir ogʻiz ocha koʻrma! Bu havfli boʻlishi mumkin! - dedi koʻrsatkich
barmogʻini bigiz qilib
- hop, hech kimga aytmayman! Bu yerda qancha vaqt qolamiz! - oʻzimni qiziqtirgan savolni berdim.
- bilmayman, ajdarho haqida maʼlumotni olishimiz bn ketamiz.
- hop, unda men kettim bularni senga beraymi? - arxideya, qogʻoz va kitoblarni koʻrsatib.
- ha, ular senda tursa kimdir bilib qolishi mumkin! - deya qoʻlimdagilarni oldi.
- Alina allaqachon arxideyani koʻrdi, hatto arxideya uning qoʻlida, senikidek nur taratib turdi. - dedim
gʻorga kirgan vaqtimizni eslab.
- nima? Arxideya uning qoʻlida nur taratdimi? - dedi Stiv hayrat va havotir ila.
- ha! - dedim hayron.


- bu yerda bir gap bor, arxideya oddiy inson qoʻlida nur taratmaydi, men Qizil jodigar va bashorat va
boshqa tarix haqida koʻplab kitoblar oʻqiganman! Va inson qoʻlida yonmasligi haqida ham yozib
oʻtilgan edi. Bundan kelib chiqadiki, Alina oddiy inson emas, sen oʻylagandek....




Oradan 2 kun oʻtdi. Bu ikki kun ichida deyarli hech narsa boʻlgani yoʻq. Stivning Alina haqidagi
gaplarini hech kimga aytmadik, Alinadan ham soʻratmadi Stiv. Undan shubhalanyapti, ammo men
emas! Balki u ham bilmas sehrli ekanini, men ham bilmas edimku! Qirolicha Aliya men bn juda
yaxshi. Huddi dugonalardekmiz. Undan ajdarholar haqida halicha soʻraganimiz yoʻq. Stiv biroz vaqt
oʻtsin deyapti, tovba oʻzi vaqtimiz kam deb, oʻzi vaqtni oʻtkazyapti! Hozir ham Qirolicha Aliya bilan
bogʻda sayr qilayotgan edik, bir payt Qirolicha Aliya gap boshlab qoldi.
- Amaliya, bu yerda koʻp insonlarga ishonma, chunki aldanish juda yomon, buni oʻzim ham tatib
koʻrganman. Deharli hech kimga ishonma, chunki eng yaqining ham bir kuni seni aldashi mumkin.
Hatto menca ham ishonma! Men ham senga ishonmayman! Yana koʻnglingga olma, oʻzi men
shunaqaman! - dedi kulib qarab.
- yoʻgʻee koʻnglimga olganim yoʻq, sizga raxmat maslahat uchun! - dedim men ham jilmayib.
- kel senga chiroyli bir yerni koʻrsataman, u yer senga yoqishi aniq! - deya meni yetaklay boshladi, u
mendan katta boʻlgani uchun meni sensirashiga indamadim! Bogʻning ichkarirogʻiga kirgach,
hayratlanib ketdim. Qondek qip qizil atirgullar juda koʻp edi. Va juda goʻzal edi. Insonni oʻziga tortar,
yonidan ketishni hohlamay qolasiz.
- bular buncha goʻzal! - dedim hayratimni yashirmay.
- aytgandimku yoqishi aniq deb, biroz yursak anovi yerda dam olish uchun stol va stullar bor yur! -
deya yana yura boshladi, men ham uning ortidan ergashdim. Borgach gullar bilan bezatilgan stol va
stul bor ekan. Oʻtirib oldik, bu yerdan oʻrmon, sharshara, maysazorlar juda chiroyli koʻrinib
turarkan.
- bu yer ham menga juda yoqdi.
- yoqqanidan xursandman. - biroz jim oʻtirgach gap boshladim.
- Sizda qanday sehr bor, yani qoʻlingizdan nima keladi? - dedim qiziqib
- buni koʻrganingda bilasan! Oʻzingdachi, sen haqingda koʻp eshitganman, ajdarho oʻrgatuvchisi!
- men haqimda bilar ekansizku! Hali unchalik ham sehrimni oʻzlashtira olmaganman! Siz soʻnggi
ajdarho qayerdaligini bilasizmi? - dedim paytdan foydalanib.
- ha, ammo aniq oʻsha yerdami yoki yoʻq bunisi menga nomaʼlum.
- qayerda?
- "Yashirin gʻor" haqida eshitganmisan? - dedi past ovozda.
- yoʻq, Stiv bilsa kerak menimcha! - men ham ovoz toʻnimni pasaytirib.
- bundan 1 oy oldin oʻsha yerda degan maʼlumotni toʻplagandim! Ammo hozir ham shu yerdami yoki
yoʻq bilmayman! Aytishlaricha u Yashirin gʻorga zindonband qilinganmish, buni 1-darajali sehrgarlar
qila oladi holos! - eshitganlarimni biroz tahlil qilib oldim.
- "Yashirin gʻor" qayerda? - dedim oʻzimni qiziqtirgan savolni berar ekanman.
- aytib turibmanku yashirin deb, men qayerdan bilay?! - deya miyigʻida kulimsirab qoʻydi
- haa, uni qanday topish mumkin, yaʼni biror yoʻli bordir oʻsha gʻorni topishni, ahir oʻsha yerga
zindonband qilingan boʻlsa.
- yoʻli bor, buning uchun birinchi darajali sehrgarning yoniga borish kerak, u esa bu yerdan 1 hafta
yoʻllik uzoqdagi Nisa sharsharasi ortida deb eshitgandim, aytishlaricha tarki dunyo qilgan emish! -
deya labini burib qoʻydi qirolicha Aliya.
- u nega ajdarhoni zindonband qilgan?
- biri chi darajali sehrgarlar bittagina emas, aynan u qilganini bila olmaymiz, unday sehrgarlar bu
olamda atigi 3 ta, men esa bilganimni senga aytdim.
- haa, en bu haqida Stivga aytay, endi nima qilishimizni aniqlashtirib olamiz, kuningiz hayrli oʻtsin
qirolicha Aliya! - deya ketishga chogʻlanib oʻrnimdan turdim.
- seniki ham! - deya yuzini manzaraga qaratib oldi. Men ham bogʻdan chiqib darrov Stivning xonasi
tomon borayotgan edim, ammo yoʻlakka koʻzim tushganida Alina kim bilandir gaplashib turgan ekan.
Sekin moʻralab turdim. Bitta xizmatchi qiz shekilli, kiyimidan shunday hulosaga keldim. Alina jahl bn
birdan baqirib yubordi, ozovlarini tiniq eshita olmadim, xizmatchi qiz esa yerga qarab turardi. Bir
payt Alina unga tarsaki tortib yubordi. Meni esa joʻxlarim katta katta ochilib ketdi. Qiz yerga
yiqilganidan soʻng, Alina u qizni sudrab keta boshladi, men darrov yashirinib turdim. Birozdan soʻng


qaradim, u cha p yoʻlakka aylanib ketayotgan ekan. Men ham ortidan yura boshladim. U tobora
pastki qavatlarga tushib ketardi. Men ham ortidan qolmay borardim. Alina qizni sudrab, bitta qop
qora eshikli xonaga olib kirib ketdi. Men ham endi borayotgan edim, birdaniga kuchli qoʻllar meni
tortib oldi va ogʻzimni yopdi....
Ogʻzimni yopib turgan insonga qarasam, qalin qora qoshlar, uzun kipriklar, tundek qora koʻzlar,
qirea burun va yigit kishi boʻlishiga qaramay nim pushti lablar, keng yelka va mendan yaxshigina
uzun boʻy va qora uzunroq sochlar. U uyoq buyoqqa qarab oldi, men esa endi tipirchilsy boshladim.
Uking qoʻllarini tishlasam ham indamay meni shu yerdagi eshikno ochib ichkariga kiribeshikni qattiq
yopib qoʻydi. Haliyam ogʻzimni ochmay menga sein gapirdi, men esa haliyam tipirchilashdan
toʻxtamas edim.
- sekin malika Amaliya, hozir qoʻlimni olaman ammo tinchlaning! - dedi yoqimli ovozi bilan, men esa
bosh silkib "Hoʻp" degach u ogʻzimdan sekin qoʻlini oldi, oliahi bilan uni savollarga koʻmib tashladim.
- kimsan sen? Nega meni bu yerga olib kelding? Meni kuzatib yuribsanmi? Isming nima? Kimga
xizmat qilaman? Neha jim turibsan? Gapirsanchi? - baland ham emas, past ham boʻlmagan ovozda
dedim.
- bitta bitta savol bersangiz ham aytaman. Men oddiy xizmatchi emasman, qirolicha Aliyaning eng
ishongan odamiman! - degach ichimda bir nima uzilgandek boʻldi. U meni qirolicha Aliyaga aytib
bersachi? toʻxta men hech narsa qilmadimku ahir? Men Alinani kuzatib kelayotgan edimku? Menda
hech qanday ayb boʻlmasa bu yigit nega meni bu xonaga olib kirdi... Voy hudoyim u vampir
boʻlsachi? Meni qonimni soʻrib shu yerda oʻldirib tashlab ketsachi? Hayollarimdan qoʻrqib uning
tishlariga nazar tashladim, shukrki uning vampir tishlari yoʻq ekan! Endi tinchlanayotgan edim
ammo hayolimga urilgan fikrdan yana qoʻrqib kettim. U sehrgar boʻlsaya? Meni sehrimni olib oʻziga
oʻzlashtirmoqchi boʻlsachi, meni sehrimni olish uchun men har koʻyga solsaa.??? Hayollar olamimdan
haligi yigitning koʻzim oldida barmolarini qirsillatgani yerga tushirib qoʻydi.
- hooy, malika Amaliya, meni eshityapsizmi?
- a.a.haa yoʻ.q aslida yoʻq hayolgabwrilibman ming bor uzr! - deya hurmat yuzasidan uzr soʻrab
qoʻydim.
- hech qisi yoʻq. Men sizga juda koʻp narsalarni aytib berishim kk!
- aynan nimani, men duch kelgan insonga ishonib ketavermayman! - shu payt qirolicha Aliyaning
aytgan gaplarini eslab qoydim.
- ammo menda dalillar bor. Sizni shu uerga kelganingizdan beri kuzataman! Ismim Morgan.
Qirolichaga xizmat qilaman, ammo unga oʻzim uchun xizmat qilaman, yani oʻz foydam uchun, u meni
ota onamni oʻldirgan! Sizga ham yaxshi qilayotgani yoʻq! Alina ham! U qirolichaga xizmat qiladi,
yaʼni Alina aslida qirolichaning singlisi! - tez tez gapirar ekan bir zum eshitganlarimni tahlil qilolmay
qoldim. Miyamda bir savol aylanardi. Qanaqasiga? Ahir Alina kelajakdan kelmaganmidi, qanday qilib
Aliya bn opa singillar boʻlishi mumkin?
- nima? - dedim unga axmoqqa qaragamdek qarab.
- aytayotganlarim rost! Chin soʻzim! Men sizlarga yordam bermoqchiman! Aytishingiz mumkin Alina
kelajakdan kelgan deb, unisini bilmayman! Aliya, Alinadan foydalanib uni koʻp bora kelajakka olib
oʻtib, yana shu bu olamga oʻtirgan! Ularning sirli xonasida vir dunyo antiqa narsalar bor. Ularni Aliya
Alina yordamida kelajakdan olib keltirgan. Alinani kelajakdan bu olamga oʻtkazish uchun juda katta
juch sarflaydi va ertasi kuni u umuman oʻrnidan turmay yotadi. Hozir Alinaning kirib ketgan xonasi,
oʻsha sirli xonaga olib boradi. Bu xonada katta kitoblar javoni bor, shuning orqasi sirli xona! Buni
sizga aytayotganimdan maqsad, men undan qasos olmoqchiman! Sirli xoanda juda koʻplab tajribalar
oʻtkazishadi. Ular sizning qiyofadoshingizni yasashyapti, unga sehringiz qoʻshilishi uchun, sizning
qoningizni olishdi, bu yerdan tezroq ketmasangiz, Aliya sizning qudratingizni olib oʻziga
oʻzlashtiradi, aytishicha u shunday sehrmi topgan emish, agar sehringizni oʻzlashtirsa, ajdarhoni
ham boʻysundirib bu olamni yakson qiladi u! Siz doʻstingiz Stiv bn tezroq ketishingiz zarur! -
eshitganlarimdan ogʻzim ochilib qoldi. Koʻzim achisha boshladi, hech kim yaqinlaringchalik azob


bermas ekan. Alina va Aliya menga dushman. Hatto ismlari oʻxshash! Ammo qanday qilib! Darhol
oʻzimni qoʻlga oldim.
- gaplaring rostmi? - dedim unga sinchkov nigoh tashladim.
- agar isbot talab qilsangiz, bugun tunda doʻstingizning xonasiga derazasidan boraman, oʻsha yerga
boribg barchasini bayasfil aytib beraman! Hozir qirolichaning oldiga borishim kerak! Yoʻqsa
shubhalaniahi mumkin. Kelgan yoʻlingizdan tezda keting! - dedi va eshikdan chiqib yopib ketdi. Biroz
gangib turdim va eson omon tepa qabatga chiqib Stivning xonasiga yoʻl oldim.
Barcha joy qop qorongʻu boʻlgach, Stivning xonasiga oyoq uchida kirib oldim. Stiv ham meni kutib
turgan ekan. Men Stivga barcha gaplarni aytib berdim. Aslini olganda Alinaning dushmanligidan
unchalik ham hayron boʻlmadim, chunki Stivning gaplaridan soʻng unga unchalik ham ishonchim
qolmagan edi. Ammo qirolichaga bu narsalar nimaga kerak boʻlib qoldi ekan. Bizga oʻzini yaxshi
koʻrsatib nimaga erishmoqchi boʻlyapti. Kuchimni olmoqchi boʻlsa shartta olib qoʻya qolsa boʻladiku.
Stiv bilan yarim soatcha kutgach, deraza yonida shitirlash eshitildi, kutganimizdek, Morgan keldi.
- salom malika Amaliya va... - deya Stivga qarab turdi.
- oddiygina Stiv deyaver, menimcha yoshlarimiz teng! - dedi Mprganning nima demoqchiligini
anglab.
- Stiv, mening ismim Morgan! Gapni koʻpaytirmay muddaoga oʻta qolaman! - men va Stiv ham boshla
degandek stulga yaxshilab joylashib oldik u ham joylashdi. Hozir eshitadigan narsalarim qanday
boʻlmasin, meni hayratlantirishini bilgan holda oʻzimni shunga ruhan tayyorlay boshladim....
* * *
Qochyapmiz, ishongan odamlarimizdan qochyapmiz, toʻgʻrirogʻi, men ishongan insonlardan, opa
singil Alina va Aliyadan qochyapmiz. Hozir yonimda Sevgining yoʻqligi pand beryapdida, u boʻlsa
hozirgi otdan juda tez yugurgan boʻlar edi. Men va Morgan otlarda, Stiv esa oʻzi yugurayotgan
boʻlsada bizdan oldinroqda yugurar edi. Orqamizdan qirolichaning askarlari quvlashyapti, ularni esa
Alina boshqaryapti. Qochganimizdan foyda yoʻqligini anglab, ularni yashirinib shu yerda ularga
hujum qilishga tezda kelishib oldik va yashirinib turdik. Kamonimni ishga solib birinchi koʻringan
askarlarni juda tezlik bilan oʻqqa tuta boshladim. Alinaning qoʻlida qanaqadir antiqa narsa, ha
esladim, buni Morgan toʻpponcha degan edi. Aytishicja bitta oʻqi insonni oʻldirishi mumkin ekan.
Men unga ahamiyat bermay barcha oʻqimni otib, Alinaninh askarlarini yarmini yaraladim, bir ikkitasi
oʻldi ham. Soʻng men ham Morgan va Stiv jang qilayotganlar oldiga borib, otam sovgʻa qilgan
qilichda jang qila boshladim. Alina esa chetda jangni kuzatib turganini koʻrib ichimga gʻulgʻula
tushdi. Nega jimgina turgan ekan, nimalarni oʻylayapti. Shu payt, Alinaning qoʻlidagi toʻpponchadan
quloqni larzaga soladigan ovoz chiqdi. Bir payt hamma toʻxtab qoldi. Alinaga endi qaragn edim,
birdaniga uning koʻksiga kamon oʻqi qadalganini koʻrdim, ammo Alina kimga oʻq uzdi. Atrofga
alangladim, koʻzim yelkasining past qismidan yaralangan Stivga va unga qilich bn hujum qilishga
shay turgan askarga tushdi. Stiv tomonga bor kuchim bilan yugurdim, ichimda uning oʻlmasligini
Allohga iltijo qila boshladim. Shu payt askarga ham kamon oʻqi kelib tegdi. Mprgan faqat qilichda
jang qilardi, Stov yaralanga bu kim boʻldi? Hayollarga berilmay, endi yiqolay degan Stivni tutib
qpldim va sekin yerga yotirib, boshini oyoqlarimga qoʻydim. Atrofga qaradim, Askarlarning barchasi
oʻlib boʻlgan edi, Alina ham yaralanib yerda turolmay ingrab yotardi, Morgan biz tomonga kelayotib
kimgadir koʻzi tushdimi deyman, shartta qilichini u tarafga qaratdi, qarasam oq tulporda, ustiga
yopinchiq tashlagan boʻlsa ham qizil sochlari yoyilib turgan va qoʻlida kamon ushlab turgan qiz
turardi. Menimcha bizning qitqaruvchimiz shu qiz shekilli. Birdan hayolimga Stiv kelib uning qon
ketayotgan yelkasiga qoʻlimni bosdim, issiq suyuqlik. Stiv hushimi yoʻqotishga ulguribdi. Koʻzim
achchiq suyuqlikka toʻldi. - Stiv, Stivni koʻzingni och iltimos. Meni tashlab ketma! Ahir men bilan
shuncha narsalarni oʻylab qoʻygan edingku! Darrov meni tashlab ketmoqchimisan a? Oʻlmaysan sen!
Meni tashlab oʻzing ketolmaysan? Bunga yoʻl qoʻymayman! Stiiiiv! - deya qichqirib yigʻladim,
chinqirigʻimdan oʻrmondagi qushlar ham uchib ketishdi. Yonimga Morgan yugurib keldi.


- Amaliya, ahir sehrgarsan, uning tuzalishini chin yurakdan ista! Boʻlaqol. Bu albatta ish beradi! -
unga Amaliya deyishiga ruxsat bergan edim. Koʻz yoshlarimni artib, yarasiga qoʻlimni bosib tezroq
tuzalishini allohdan soʻray boshladim. Shu payt holdan toya boshladim, menimcha koʻp kuch
sarflayapman shekilli. Stiv sekin koʻxlarini ocha boshladi, endi xursand boʻldim degandim, afsuski
erta xursand boʻlibman. Qayerdandir oʻsha toʻpponchaning yoqimsiz ovozi eshitildi. Soʻnggi
koʻrganim Stiv meni ismimni aytib qichqirgani boʻldi. U yoli cheksiz Zulmat...
Koʻzimni sekin ochar ekanman, biz haliyam oʻsha yerda ekanligimizni bildim, demak koʻp vaqt
hushsiz boʻlmaganman! Sekin atrofga qaradim. Meni daraxtga suyab qoʻyishgan ekan. Oʻng
tarafimdan ovozlar kelganini sezib shartta oʻsha tarafga qaradim. Yerda Morgan hushsiz yotar, uning
yonida Stiv va qizil sochli bir nimalar deyishardi. Boʻlgan voqealarni eslab chiqar ekanman,
birdaniga hayolimga oʻq ovozi keldi va oʻq Morganga tekkanini bildim. Oʻrnimdan turib ularning
yoniga sudralgandek boʻlib bordim, chunki boshim aylanayotgan edi.
- Stiv! - dedim, chanqaganim tufaylimi yoki boshqa ovozim titrab chiqdi. - Morganga nima boʻldi?
Qoching men uni ham hayotga qaytaraman! - deya oʻq tekkan joyni koʻzdan kechira boshladim,
Morgan hali uncha hushidan ketmagan ekan. Koʻzi yarim ochiq turardi.
- Amaliya, u hohlmayapti, ota onamning oldiga ketaman, qoʼyaveringlar deyapti, yana sen meni
hayotga qaytarishda ham koʻp kuch sarflading, hozir ham shunday qilsang, hudo biladi nima
boʻlishini. Balki hushsiz koʻp vaqt yotarsan. Uni tingla! - dedi Stiv, ovozida biroz titroq sezdim,
demak u ham juda qattiq siqilibdi, men sekin Morganga qarab turdim.
- Morgan, iltimos seni qutqaray, izn ber! - dedim uning qonli qoʻlidan ushlab.
- yo.qq A.aamali.ya, m.m.men oʻlish.ni hoh.layma.n, otaa..ona.mni koʻ.ri.shn.i h.hohlay.man. Amaliya,
m.men s.eni sh.u qi.sqa v.aqt i.chi.da y.oq.tirib q.ol.dimm. sen do.im ku.lgin. h.hop.mi? H.hee.cham
y.yigʻ.la.ma?! - dedi, men bu kutilmagandagi dil izhoridan biroz dovdirab qoldim, men ham uni
yoqtiramanmi?... Yoʻq! Men haliyam oʻzimning izhorsiz muhabbatimni sevaman, u meni sevmasada,
men uni haliyam yoqtiraman! Judayam ahmoq man!
— Eslab qoling: Soʻnggida sizni sevgan qoladi, sen sevgan emas! Morganga shu uch kunda juda
oʻrganib qolgan edim.
- Morgan! - koʻzimdan yoshlar quyilib kela boshladi. Morganning koʻzlari abadiyga yumilgan edi.
Men xudbinlik qildim. Men aybdorman! Uni tuzata olmadim. Uning tanasini quchib, alamimdan
chiqib baqirib yigʻlar edim. Stiv kelib meni ortga tortdi, uni siltab tashlab yigʻlashda davom etdim.
Agarda bu olamda boshingga kelmaydigN narsaning oʻzi qolmaydi deyishganida, majburan boʻlsa-da
oʻsha telba Aleksga turmushga chiqqan boʻlardim. Barchasiga ming lanat boʻlsin. Ming lanat...
####
Morganni dafn qildik. Alina ham oʻlibdi, uni shi yerda qoldirdik. Yana yoʻlda davom etdik uch kishi
boʻlib. Men, Stiv va oʻsha qizil sochli qiz Zana! Zana oddiy ovchi ekan, inson. Uni billur arxideyani
ushlatib tekshirib koʻrdik, u nur taratmadi soʻng unga ishondik. Aytishicha u shu atrofda ov qilib
yurib bizga koʻzi tushibdi, soʻng yordam beribdi. Endi uni oʻz safarimizga qoʻshdik. Zana
sarguzashtlarni sevishini, u ham biz bilan borishi mumkin boʻlsa borishini istadi. Biz ham yoʻq
demadik va yoʻlni u bilan birga davom etdik. Morgan uchun juda afsuslandim, bechora. Meni oʻqdan
himoya qilaman deb oʻldi. Meni deb boʻldi. Men aybdorman. Kimdir sen uchun uchun oʻlib ketsa,
vijdon azobing seni tinch qoʻymas ekan!...



Bir haftalik yoʻldan soʻng, biz ahiyri Nisa sharshara oldiga yetib keldik, u yer judayam jozibador va
maftunkor ekan. Koʻrsangiz bahri dilingiz yayraydi. Yoʻlda Zananing yordami bilan qiynalmadik, u
ovchi ahir. Stiv bilan Zana tez chiqishib ketishdi. Bunga men ham hayron qoldim, balki Zananing
rostgoʻrligi uchundir, yana kim biladi. Bu qiz menga ham yoqib qoldi. Aytishicha u 22 yoshda ekan,
ammo menga senlayverishimni aytdi. Aliya bizga dushman boʻlsa ham, haqiqiy maʼlumotni aytgan
ekan. Biz sharshara ortiga oʻtib olgach ikkita qorongʻu yoʻl chiqib qoldi.
- ikkiga boʻlinish zarur! - oʻz fikrimni bildirdim.
- toʻgʻri aytasan, qanday boʻlinamiz! - dedi Zana ham fikrimni maqullab.
- bilmasam, Stiv? - Stivning fikrini ham bilish lozimligi uchun dedim.
- Amaliya, sen shu yerda qol, chunki u yerda nima boʻlishini hech kim bilmaydi! Seni himoya
qilishimiz kerak! Biz Zana bilan ikkalamiz bu yoʻlaklarga kirib chiqamiz!
- Stiiiiv, men bu yerda nima qilaman, men ham boray! - ahir bu yerda yolgʻiz qolsam oʻzimni oʻzim
yeb bitirar edim. Yolgʻiz qolishni yoqtoraman, ammo bu holatda emas!
- Amaliya, hozir qaysarlikning vaqti emas! Vaqtimiz kam, bashorat esingdan chiqdimi, uni ustiga biz
hali anavi ikkita kitobni ham oʻqib tugatishimiz kerak! Sen hularni oʻqib turasan, ichidagi barcha
maʼlumotlar bizga zarur! Hopmi Amaliya?
- hop, ammo tez kelishga vada beringlar! Iltimos! - dedim ikkalasiga moʻltirab qarab.
- vada beramiz! - dedi Zana qoʻlimdan ushlab. Ularga qarab jilmayib qpyib ikkalasini ham balrimha
bosib qoʻydim.
- oʻzingni ehtiyot qil! Kimdir kelsa iloji boʻlsa sehringni namoyon qilma, bizga ortiqcha fismanning
keragi yoʻq, hopmi? Kamon yoki qilich bor!
- hop hop, sizlar tez kelinglar! - deya ularni kuzatib qoʻydim. Soʻng bir chetda toshga suyanib, oʻsha
kitobni birini olib oʻqiy boshladim. Mundarijadan oʻzimga keraklimavzuni topdim "Ajdarho va
oʻrgatuvchi bogʻliqliklari" degan joyini olib oʻqiy boshladim...
Chamasi yarim soatcha oʻqigach, sharshara tarafdan kuchli shamol kela boshladi. Men darrov
kitobni yopib yoʻl xaltaga solib oʻrnimdan turdim. Shamol kuchliligidan qoʻllarim bilan yuzimni
yopdim. Bir payt shamol biroz pasaygach qoʻllarimni tushirib qarshimda turgan insonga qarab
koʻxlarim katta katta ochilib ketdi. Qarshimda, quloqlari uzun, sochlari tekis qilib yoyilgan, uzun oq
libosda, kapalak qanotlari katta boʻlgan Aliya turar edi. Ajabo uning kapalak qanotlari bor ekan, shu
qanotlari shunaqa kuchli shamol qiladimi? Demak uning sehri shunaqa, u ucha oladi. Toʻxta! Uning
koʻz qorachigʻi sap sariq edi. Unda oʻzgarish katta boʻlsa ham bittada tanidim. Undan biroz
qoʻrqsamda joyimdan jilmay, unga qaddimni tik tutib qarab turaverdim! U sekin va nozik qadamlar
ila kela boshladi. Oramizda 5 qadamcha qolgach toʻxtadi, uning nigohlari, mening yoʻl xaltamga
tikilgan edi. Ypl xaltamga orqamga olib qoʻydim. U miyigʻida kulib menga oʻtkir nigohlari ila qaradi,
nigohlarida nafrat, alam va gʻazab bor edi. Oʻzimni qoʻlga olib inga gapirdim.
- mendan nima hohlaysan?
- sendanmi? - deya menga jirkangandek boqdi. - men sendan hech narsa hohlamayman! - men unga
qarab bir koʻzimni yumib ochguncha u meni orqamda boʻgʻzimga xanjar tirab turardi. Nafas olishni
unutdim, uning qobiliyatlari koʻp shekilli, bir joydan boshqa joyda soniyalarda paydo boʻlish, qanotlar
yana qanday qobiliyatlari bor ekan!
- bu kichik xaltanhda nima bor ekan a? Uni yashirayapsan? - deya xanjarni olmagan holda yoʻl
xaltamdan ikkita kitobni ham oldi. Men esa jimgina turdim. U birdan meni itarib yubordi, yerga
oʻtirib qoldim. U kiroblarni qoʻlida bir ikki varoq ochdida pastga tashlab yubordi.
- niam qilyapsan Aliyaaaa?! - deya qichqirdim.
- senga kerak boʻlgan, senga tegishli, sen uchun qadrli narsangni yoʻqotish qanday boʻlishini, juda oz
miqdorda his qilib koʻr! - deya barmoqlarini bitta kitoblarga qaratishi bilan kiroblar bir zumda yonib,
ulardan faqatgina kul qoldi. Yugurib bordim, hech vaqo yoʻq edi. Oʻrnimdan otilib turdim. - seni
oʻgay singlingni men oʻldirmadim, oldin kimligini bilib soʻng hujum qil! - uning koʻzlaridan nafrat
chaqnab turardim.
- u mening haqiqiy singlim, u kelajakdan kelganining ahamiyati yoʻq, asosiysi bizning DNK larimiz
bir xil! - men uning gaplariga tushunmadim, qanaqa DNK?


- nimalar deyapsan Aliya qanaqa DNK? - dedim unga axmoqqa qaragandek qarab!
- sen qayerdan ham bilarding unaqa narsalarni?! Bilasanmi, men sening qoningdan foydalanib,
oʻzimda tajriba oʻtkazdim! Oʻxshadi, endi sening sehring menda ham bor! Bilasanmi men sendan
oldin sendagi qobiliyat va sehrlarni oʻzlashtirdim. Ammo bitta muammo bor! Sen qochib
ketmaganingda bu ham oʻxshagan boʻlar edi. Yana oʻsha itvachcha Morgan bilan! Bilasanmi nima?
Agar ketmaganingda butunlay seninc sehring menda ham bplar edi, afsuski sen qochib ketganing
uchun sendagi segrni butunlay oʻzimga oʻtira olmadim! - u gaplarini gapirar ekan, mening ayrofimda
aylanardi ham. - Ajdarho, men uni koʻrganman! U shu gʻorda edi! Ha aynan shu yerda! Sendagi
qobiliyat menga oz boʻlsa ham oʻtgani tufayli, men ham ajdarhoni oʻrgata olar ekanman! Soʻng esa u
bilan baxtli hayot kechiraman! - dedi men unga hayron qaradim, qanaqasiga ajdarho bilan yashash
mumkin degan savol miyamda aylanar edi. - haa, sen bilmaysanmi hali? Ajdarho ham aslida
inson,sen qanday goʻzallashsang, u ham shunday goʻzallashadi! Uni zindonband qilishgan degan
choʻpchakni men toʻqiganman! Aslida uni oʻzim zindonband qilganman! Hayratlandingmi? Men ham
1-darajali afsungarlardan biriman! - deya xunuk kuldi. Men hayratlansam ham jim turdim! - Men
doim shunday boʻlganman qizaloq, men hech qachon senga yordam qoʻlini emas, balki yordam qoʻli
ostiga seni yanada chuqurroqqa qulatadigan qoʻl choʻzgan man, ammo sen esa doimgi soddaliging
bilan menga ishongansan, bechora Amaliya! Sen mendek hech qachon boʻlolmading, boʻlolmaysan
ham! Chunki men xudbinman! Sen esa hech qachon xudbin boʻlolmaysan, senga necha marta aytsam
ham boʻlolmading! Bu dunyoda xudbin boʻlmasang, kuchli boʻlmasang seni gʻajib tashlashadi,
ezgilashadi! Senga shu gaplarni ilk uchrashganimizdanoq aytganman!!! - oʻsha vaqtni esladim, u
doim gaplari bilan oʻzi hqida gapirgan, men esa umuman tushunmaganman! - Men doim oʻzimni
oʻylab ish qilaman! Shuning uchun mana hozir tirikman, sen bilan endi hayrlashaman, zeroki men
endi shaxzodam bilan baxtli hayot kechiraman! Bye bye shakarim! - unga nafrat ila tikilib qaradim!
Shaxzoda, yaʼni u ajdarho edi.
- adashasan! Toki men tirik ekanman, "U" mendan ayrilmaydi! Oʻsha sen yoqib yuborgan kitobni
ohirigacha oʻqiganingda bilarding nimani nazarda tutayotganimni! Aslida sen mendek boʻlolmaysan!
Men haqiqiy ajdarho oʻrgatuvchisiman, sendek soxta emas! - u avval menga tikilib qoldi! Spng
birdaniga oʻtirib qoldi, boshini ushlab olib juda qattiq chinqirdi. Uning chinqirilidan quloqlarimni
berkitib koʻxlsrimni chirt yumib oldim. Birozdan soʻng uning ovozi tindi! Sekin koʻzlarimni ochib
qarasam, Aliya avvalgi holatiga qaytgan ekan. Ammo haliyam oʻrnidan turmagan ekan. Endi uning
yoniga borayotgan edim, qayerdandir oʻq kelib, Aliyaning koʻksini teshib oʻtdi. Bu holat uch marta
takrorlangach koʻzlarim katta katta ochilib ketdi. Oʻq kelgan tarafga qarasam, qoʻlida kamon bilan
Zana va uning yonida Stiv havotir ila menga qarab turishardi....
Ular yugurib mening yonimga kelishdi.
- Amaliya, yaxshimisan? Senga hech narsa qilgani yoʻqmi? Amaliya? - deya havotirli gapira boshladi
Zana.
- y.yaxshiman. A.aliya, u.u oʻl.dimi? - qoʻqqanimdanmi yoki boshqa narsami, ovozim titrab chiqdi.
- bilmayman, balki oʻlgandir, balki yoʻq! Hozir tekshirib koʻramiz! - dedi Stiv, va Aliyaning yoniga
bordi. Men ham uning yoniga borib choʻkkalab oʻtirdim. Aliyaning yashil va qora aralash koʻzlari
qotib turardi. Birdaniga koʻzlarim achisha boshladi, yuzimga achchiq va iliq suyuqlik oqib tushdi.
Aliyaning allaqachon joni uzulib boʻlgan edi. Nima uchunligini bilmayman ammo baqirib yigʻlay
boshladim! Stiv meni yelkalarimdan ushlab oʻrnimdan turgʻizdi! - Amaliya, tinchlan! Oʻzingni qoʻlga
ol! - deya oʻziga qaratib yelkalarimdan ushlab gapira boshladi. Men esa haliyam yigʻlayotgandim!
Qalbim ogʻrib ketayotgandi, nega bunday boʻlayapti? Ahir u menga hech kim boʻlsa? Nima uchun
buncha qiynalyapman? Nega? Hayollarimda shunday gaplar aylanar ekan Stivning bitta
yelkalarimdan qattiq ushlab siltadi.
- Amaliya oʻzingga kel deyapman! U senga hech kim nega oʻzingni qiynayapsan? - ammo men
umuman gapira olmayotgandim!
- S.tiv m.men b.bil.may.man, tu.shunma.yapman! - zoʻrgʻa shu gaplarni ayta oldim.


- qanaqasiga bilmaysan, u sening dushmaning edi, nega u uchun koʻz yosh toʻkayapsan, hatto Morfan
oʻlganida ham bunchalik yigʻlamagan eding,... senga nima boʻlyapti, ranging oqarib ketyapti?
Amaliya? Amaliya senga nima boʻldi? Aliya senga nima qildi? Ahvoling yaxshimi? Amaliyaaa!.!.! -
soʻnggi eshitganim, Stivning ismimni aytib qichqirgani boʻlgani, uyogʻi esa Zulmat....
#####
Koʻzlarimni sekin ochar ekanman, oʻsha jozibali va maftunkor sharsharani koʻrdim. Koʻzlarimni
uqalab yaxshilab ochib atrofga alangladim. Chap tarafimda, bir biriga suyanib uhlab yotgan Zana va
Stivni koʻrdim. haliyam kech boʻlmaganiga qaraganda uzoq hushsiz yotmaganman! Boʻlgan
voqealarni eslay boshladim. Sharshara ortiga oʻtdik, ular ikkiga boʻlinib ketishdi, men kitobni
oʻqiyotgan edim, shamol boʻldi, Aliya keldi, va... Ey Allohim! Aliya oʼldi. Ammo... Ammo nega menga
bunday boʻlyapti, ahir uni yaxshi koʻrmagandimku! Oʻrnimdan turib, Zana va Stivning yoniga bordim.
- Stiv, Zana! - deya ozgina turtgan edim, Zana darhol uygʻonib ketdi. Tushundimki Zana sergak
uhlaydi.
- Amaliya, ahvoling qalay? Oʻzingni yaxshi his qilayapsanmi? - menga havotir ila qarab savollar berib
tashladi, shu payt Stiv ham uyqudan turdi.
- ha, men yaxshiman! Ahvolim ham yaxshi! Sizlar yaxshimisiz?
- ha yaxshimiz! - deya bir daraxtga suyanib oʻtirib oldik.
- Stiv.
- nima gap Amaliya?!
- Stiv, Aliya kitoblarni yoqib yubordi. - bir nafasda gapirdim.
- bildim! Umid qilamanki ichida bizga kerakli maʼlumotlarni oʻqishga ulgurgansan! - menga
tushunarsiz nigoh tashladi.
- ha oʼqishga ulgurdum! Senga asosiysini aytaman: Agar ajdarhoni topib, men uni ozod qilsam u
menga jugunlay boʻysunar ekan! U ham odam ekan! Ajdarhoga aylana olarkan! Men uni ozod
qilishim bn, uni boʻysundirar ekanman! Yana agar men u bn turmush qurib hayot kechirsam, u
menga jutunlay boʻysungan boʻlsa ham, u oʻz ongi bilan yashar ekan! U va men sen aytgandek
bogʻlanganmiz, menga biror narsa boʻlsa, unga ham shunday boʻlar ekan! Yana u kuchidan
foydalanishi uchun... U qon ichishi zarur ekan! Qon ichsa kuchidan yaxshigina foydalana olar va
ajdarhoga ham uzoq vaqt aylanib turar ekan! Ammo men uni boʻysu dirsam unday qilmas ekan!
Yozilishicha u va mening goʻzalligim ham qisman bogʻliq ekan! Men qancha goʻzallashsam u ham
shumday goʻzallashar ekan, yigit kishiga bunday deyish notoʻgʻriku ammo shunday ekan! - dedim
tushuntirib gapirar ekanman!...




Barchasini aytib boʻlgach Stiv va Zananing reaksiyasini kuzatdim.
- Amaliya, sen shunchalar qudratli sehrga egamisan?! - dedi Zana hayratini yashirmay.
- men ham yaqinda bildim Zana! Ha aytgancha Aliyaning aytishicha Ajdarho shu gʻorda ekan!
- qanaqasiga? - dedi Stiv hayron.
- bilmayman, Aliya shunday dedi.
- Zana va men u yerga kirib chiqdik, ammo hech narsa topolmadik, na birinchi darajali sehrgarni va
na ajdahoni. Menimcha Aliya seni aldagan!
- Stiv, meni oʻldirishga tayyor odam qanday aldashi mumkin?! - koʻzlarimni katta katta ochib dedim.
- ammo biz hech narsani topolmadik! - Zana ham Stivning fikrini maʼqulladi.
- balki men topa olarman! Yaʼni men sehrgar boʻlganim uchun aytayapman! Hali veri kech
tushmaydi, shuning uchun hozir gʻor ichiga kirish zarur!
- ha mayli boshqa choramiz ham qolmadi. Boshqa qayerdandir izlashni ham bilmaymiz!
Yuraqolinglar! - Stiv gapirib oʻrnidan turdi va yoʻl xaltasini taqa boshladi.
- hop - deya biz ham tayyorlandii va gʻor ichiga kirdik...
####
Stiv borgan yoʻldan hech vaqo chiqmadi, balki Stivning aytganlari toʻgʻridir, bu yerda hech nasa
yoʻqdir, Aliya meni aldagandir! Bir payt Zana toʻxtab qoldi.
- Zana, ahvoling yaxshimi?! - dedim uning qoʻlidan ushlab! U biroz shunday turgach
- ha, ha yaxshiman, Biroz boshim aylanib ketdi. - deya menga jilmayib qoʻydi.
- uzoq yoʻl yurganimiz uchun boʻlsa kerak, istasang biroz dam olamiz. - dedim Stivga nigoh tashlab.
U indamay bir chetga oʻtirib suv icha boshladi.
- kel bu yerga oʻtir. - uni ham Stivdan uncha uzoq boʻlmagan yerga oʻtirgʻizdim....
Biroz dam olgach yana yoʻlga tushdik, bu safar Zana borgan yoʻldan keta boshladik, chamasi yarim
soat yurgach Zana yana toʻxtab qoldi.
- Zana senga nima boʻlyapti? - bu safar Stiv ham havotir oldi. Zana bir nuqtaga tikilib turdi va
hushdan ketganday oʻtirib qoldi, ammo koʻzlari haliyam bitta nuqtada edi, men ham oʻsha yerga
qaradim, hech vaqo yoʻq! Uning oldiga oʻtirib iyagidan ushlab oʻzimga qaratdim.
- Zana! Zama menga qara! Senga nima boʻlyapti? Zana!! Hooy... Rangi oqarib ketyapti Stiv! Unga
nimadir boʻldi! - Zananing tobora rangi oqarib nafas olishi qiyinlasha boshladi.
- Zana senga nima boʻldi, meni eshityapsanmi? Zana!!! - nafas olishi juda qiyinlasha boshlagach u
qoʻllari bilan boshini changallab oldi va chinqirib yubordi, hech ham toʻxtamay chinqirishda davom
etdi, men esa sarosimaga tushib qoldim, Aliya huddi shunaqa chinqirgan edi, koʻzlarim achishib
qulogʻim va koʻzlarimni qattiq yumib oldim. Ikki daqiqa Zana tinmay chinqirdi, soʻng uning ovozi
tindi. Sekin koʻzlarimni ochdim, qarshimda juda katta oppoq nur paydo boʻldi, boshimda qaqshatqich
ogʻriq turdi, ogʻriqqa chidolmay oʻtirib qoldim. Boshimda ogʻriq esa tobora kuchaya boshladi. Soʻng
hech narsani sezmay qoldim, va tubsiz jarlikka quladim...
Koʻzimni sekin ochdim, xira nur tushib turgani uchun yana yumib oldim. Soʻng koʻzimni moslashtirib
ochdim, atrofga qaradim, oddiygina uy, yotoq, kiyim javoni, va kichik bir kishilik stol va stul.
Oʻrnimdan turib eshikni qidirib topdim. Stulga oʻtirib boshimni ushlab oldim. Boʻlib oʻtgan
voqealarni esladim, gʻorda edik, Zananing ahvoli yomonlashdi, chinqirdi, juda yorugʻ nur paydo
boʻldi uyogʻini eslolmayman! Bu yer menga notanish, meni bu yerga kim olib keldi? Stiv qayerda?
Zanaga nima boʻldi? Bu kimning uyi? Hayollarimda minglab savollar, ammo javobsiz! Eshikni sekin
ochdim, tashqaridan yigit kishining ovozi kelayotgan tomonga kichik yoʻlakdan oʻtib bordim.
Tashqariga chiqadigan eshik qiya ochiq ekan, shu yerdan ovoz kelayotgan ekan! Endi eshikni
ochayotgan edim, haligi gapirayotgan yigit oʻzi eshikni ochib shartta yopib qoʻydi va menga yashil
koʻzlari bila tikila boshladi, men ham jimgina unga nigoh tashlab turaverdim. Sariqroq soch,
menimcha rus shekilli, shungo mos qalin qoshlar va ularni himoya qilgandek oʻrtacha uzunlikdagi


kipriklar, oʻziga yarashgan burun, va kichik qizgʻish lablar! Keng yelkalaridan mashq qilib turishini
angladim, boʻyi ham mendan 8-10 sm uzun ekan! Bu jimjitlikni oʻzim buzishga qaror qildim. - men
qayerdaman, mening yonimda bitta qiz va yigit bor edi. Ular qayerda? Siz kimsiz? Meni bu yerga
qanday olib keldingiz? - deya savollarga koʻmib tashladim. U avval axmoqqa qaragandek turdi va bir
nima esiga tushgandek menga gapira boshladi.
- sening yoningda hech kim yoʻq edi, biz Nisa sharsharasining qoyasining ortidagi qishloqdamiz!
Mening ismim Uilyam. Oʻsha kuni sharshara yoniga borgandim, birdaniga juda qattiq qichqiriq
eshitdim qichqiriq uzoq davom etdi, soʻng sharshara ortidagi gʻirga kirdim, kirsam sen yerda hushsiz
yotgan ekansan, yoningda hech kim yoʻq edi, faqatgina kamon va qilich bor edi yoningda, men seni
oʻz uyimga olib keldim, 1 haftadan beri hushsiz yotibsan! - uning gaplarini eshitib koʻzim kosasidan
chiqib ketay dedi. Qanaqasiga hech kim yoʻq boʻladi? Men bir hafta hushsiz yotdimmi? Stiv va Zana
qayerda unda? Men tush koʻrdimmi yoki? Yoʻq! Yoʻq! Yoʻq! Boʻlishi mumkin emas!!! Hayollarimda
shuncha oʻy hayol!
- Qanday qilib hech kim yoʻq boʻladi, ahir meni yonimda sochi uzunroq yigir va sochlari uzun va qizil
rangli qiz bor ediku!...
- aytdimku senga hech kim yoʻq edi u yerda deb tovbaa!!! - dedi Uilyam asabiy.
- ahir boʻlishi mumkin emas! U yerda Zana va Stiv bor ediku! - koʻzlarim achisha boshladi, nahotki
ular oʻlgan boʻlsa degan bittagina savol miuamda aylanardi. Ahvolim yomonlashdi shekilli, Uilyam
meni holimni soʻray boshladi.
- hooy qiz, nima boʻldi senga, nega yigʻlayapsan, hop ularni qidirib koʻramiz! Hooy qiz senga
aytyapman! - endi yiqilayotganimda uning kuchli qoʻllari belimdan ushlab qoldi. Nigohlarimiz
toʻqnashdi, u menga, men esa unga tikilib turardik! Chamasi uch daqiqa shunday turgach oldin men
oʻzimni qoʻlga olib turdim, u ham.
- men.. shunchaki.. doʻsrlarim yoʻqligi.. uchun yigʻlab yubordim kechirasan! - odatda koʻp odamlarni
senlayveraman!
- hech qisi yoʻq bplib turadi! Men ham ota onamni yoʻqotganimda uzoq vaqt ʼzimga kelolmaganman!
Ammo sening doʻstlaringdan umid bor, chunki ularning hali jasadlarini topmadik, demak tirik
boʻlishlari ham mumkin. - deya u ichlariga imlab yura boshladi, men ham uning ortidan keta
boshladim.
- umid qilaman! Tirik boʻlishsin. - Uilyam kichik yoʻlakchadan chapga burilib ikki kishilik stol va stul
oldiga kelib oʻtirdi, men ham uning qarshisa choʻkdim....
#####
Oradan bir hafta oʻtdi, men Uilyam bilan yaxshi chiqishib ketdim, sharshara ortidagi gʻorga kirishni
kimdir man qilibdi, qishloq boshqaruvchisi emish, u uerdan gʻalati ovozlar eshitilayotgani uchun
xavfsizlik uchun shunday qilibdi. Biz esa Uilyam bilan qanday sharsharaga kirishni rej qilyapmiz,
sharshara tarafga oʻtadigan yoʻlakni koʻplab askarlar toʻsib turadi kechayu kunduz! Men Uilyamga
barcha boʻlgan voqelarni aytib berdim, u avval Zana va Stiv borligiga shubha qildi, soʻng mening
jiddiyoigimni koʻrib ishondi. Reja qilganimiz boʻyicha bugun tunda, sharsharaga olib boradigan
yoʻlakdago askarlarni men chalgʻitib tirar ekanman, soʻng esa Uilyam oʻtib olgach u chalgʻita ekan,
ishqilib shunaqa axmoqona reja tuzdik, aniqrogʻi Uilyam tuzdi. Uilyam bifpz hazlkash yigit ekan,
doim kayfiyatni koʻtara oladi, uyida yolgʻiz yashar ekan, aytishicha ota onasi vampirlarning bostirib
kelishida halok boʻlgan ekan, Uilyam oʻshamda 10 yoshli yigitchaboʻlgan ekan, onasi unga qoch
deya, oʻzi vampirlarga yem boʻlgan ekan, naqadar ayanchli, buni eshitib naqt yarim soat yigʻlagan
edim, sen ota onangga zorsan, men esa ularni tashlab qochdim deya, naqadar xudbinlik
qilganman!...
Atrofni qorongʻu zulmat qoplagach, bir ikkita kerakli narsalarimizni olib yoʻlga chiqdik, yoʻlakka
yetishimizdan oldin, men narsalarimni Uilyamga berib, oʻzim askarlarni oldiga bordim. Chamasi 10


tacha askar bor ekan. Sekin qadamlar ila borib oʻzimni adashib qolgan qizaloqqa solib oldim.
- kechirasizlar, men adashib qoldim, menga yordam beringlar! - deya ularga biroz yaqinlashib
masofa saqlash uchun toʻxtadim. Bitta qorin qoʻyganroq, moʻygʻovli yigit oldimga kelsyotgan edi,
unga sheriklari ham ergashdi, ular menga tibora yaqinlashib borishar ekan, men ham ortga qadam
tashlay boshladim. Ular hech toʻxtashmas edi. Shu payt orqada hech qayerga qaramay, menga ham
uncha eʼtibor bermsy turgan boʻylari uzun sochlari va kalta yigitdan sado chiqdi.
- hoooy, yigitlar orqada kimdirning ovozi eshitildi. - deya atrofga alanglay boshladi. Men esa paytdan
foydalanib yoʻlak boʻylab yugura boshladim, orqamdan barcha askarlar ham kelishardi, men yugurib
oʻrmon ichiga oʻtib ketib yugura boshladim. Ular esa tarqalib meni qidirishardi. Axmoq Uilyam, meni
xoʻrsk qilib oʻzi qochib qoldi. Ablax, oʻxi chalgʻitsa nims boʻlardiya. Oʻzimga oʻzim gaoʻirib qochar
ekanman, oyogʻim qanaqadir chiairchaga tushib ketib yiqildim, endi baqirmoqchi edim, kuchli qollar
oʻgʻzimni yopib jim ishorasini qildi. Mening esa hayratlanganimdan koʻzlarim kosasidan chiqib ketay
dedi, qarshimda askar yigitlar orasidagi haligi qora sochli yigit edi. U nega bunday qilyapti? Ularga
qoldirmay oʻzi bir yoqlik qilmoqchimi? Shu payt kimningdir qadam tovushlari eshitila boshladi.
Uning qoʻlida oʻlgandan koʻra ikkisi tortishsa qochib qolaman degan hayolda tipirchilay boshladim.
U esa ogʻzimni yopish bilan band edi. Shu payt labimga tekkan issiq taftdsn jimib qoldim. Qizib keta
boshladim. Tipirchilashdan ham, hayol qilishdanda toʻxtadim....
Endi ogʻiz juftlab gapiray deganimda, teparoqdan kimdir sakrab oldimizga tushdi, chunki biz
chuqurchaga tushib qolgandik. Askar ekan, haligi yigit uni gapirtirmasidan tezlik bn bitta musht
tushurdi, yigit pastga yiqildi va boshi ahu yerdagi toshga tegdi. Boshi qonab, qon oqa boshladi. Men
qonni koʻrib negadir boshqacha boʻldim, qonni ichgim kela boshladi, agar ichmasam oʻlib
qoladigandek askarning tepasiga kelib endi qonga qoʻlimni borayotganimda kimdir meni belimdan
qattiq tortdi, ahubhasiz bu oʻsha surbet. Oʻzimga kelib oldim. Nega mening qon ichgim keldi, ya
allohim bu nimasi a?! Oʻzimni qoʻlga olib qarahimda menga qarab turgan surbetga gʻazab bn
qaradim.
- ablax, unday qilishga qanday hadding sigʻdi seni a? Surbet, axmoq, tentak, ablah... - deya uni shirin
soʻzlarim ila siylay boshladim. Bir payt yana bitta askar kelib qoldi.
- haa Jony, - demak ismi Jony ekan - oʻzing olib qochdingmi bu qizni a? Bizga ham baxam koʻrsang
boʻlardi! - deya xunuk iljaydi, meni nafratim qoʻzib unga juda oʻtkir nigohlarim qaragandim,
birdaniga u gapirolmay qoldi. Mening koʻzlarimdan esa nur chaqnadi va sekin pasayib koʻzlarim oʻz
holiga qaytdi, haligi askar esa chuqurchaga yiqilib ogʻzidan qon kelib koʻzi ochiq yotgan edi. Jony
menga hayrat ila boqib turardi, mem sarosimaga tushib qoldim! Men odam oʻldirdim! Ha! Men
oʻldirdim uni! Men shunchalik vaxshiy boʻldimmi?! Jony meni oldimga kelib meni yelkalarimdan
ushlab bir silkitdi.
- hoy qiz, oʻzingga kel senga nima boʻlyapti, koʻzlaring antiqa bb qoldi, biroz oldin nur ham sochdi
uni bitta qarashing ila oʻldirding, menimcha sen juda qudratli afsungarsan! Nigohlar ila oʻldirishni
koʻplab afsungarlar eplay olishmagan! Yana qanday hunarlaring bor? - deya menga savol nazari ila
qaradi.
- M.men bil.mayman! - dedim negadir ovozim titrab chiqdi.
- hop yuraqol tez yoʻqsa hozir boshqa askarlar ham kelib qolishadi. - men indamay bosh silkib
qoʻydim va chuqurchadan bir amallab chiqib oldik. U yugura boshladi men ham indamay yugura
boshladim. Ichimda Uil(Uilyam) ni shirin soʻzlarim ila siylab ketardim! Meni tashlab qochib qolgan
shekilli ablax! Shu payt Jony toʻxtab qoldi. Men unga savol nazari bn qaradim. U jim ishorasini qildi,
men ham avvalgi holni eslab jim boʻldim. Surbet meni oʻpdiya?! Pifff! Shu payt kimningdir
shitirlagani eshitildi, shartta ortimga qaradim, qorongʻu boʻlgani uchun sharpa koʻrindi tezda
kimligiga ham qaramay Jonyning orqasiga oʻtib oldim, Jony esa qilichini chiqarib turardi, haligi odam
bizga yaqinlashgach uni kimligini koʻrib yugurib borib quchib oldim. Bu Uil edi. Biroz shunday turib
soʻng unga jahl bn gapira ketdim. - axmoq nega meni yolgʻiz qoldirib qochib qolding, ne koʻylarga
tushganimni bilasanmi a? Meni xoʻrak qilib oʻzing shartta ketib qolding, sal qolsa oʻlar edim tentak!


Seni deb bir oʻlimdan qoldim a? Bundan keyin oʻzingga oʻxshagan rejalaringni birortasini ham
bajarmayman, bundan kn oʻzing xoʻrak boʻlasan keyingi safar men seni shunday tashlab ketaman,
oʻshanda koʻrasan ahvolingni! - deya urardim. U esa oldin jiddiy turdi va kn kulib yubordi, meni esa
battar jahlim chiqib unga bir musht tushurdim, u biroz nariroqqa ketib qoldi.
- nega kulasan a? Kulguli gap aytdimmi men! - bir qarasam Jony ham kulib turgan ekan! - hozir
ikkalangiz ham kulishni bas qilmasangiz oʻzimga javob bera olmayman, menimcha kimligimni
yaxshigina bilasiz! - deya oʻtkir nigohlarimni ularga qaratdim! Ular meni tushunib kulishdan
toʻxtashdi. Soʻng Uil gap boshladi.
- Amaliya, jahling chiqsa qizarib pomidordek bb ketar ekansan! Yana kuching koʻp ekan! - deya yana
ozgina kulib qoʻydi - senga mukofot berish kerak, oʻzingni juda sevar ekansan a?! Buncha oʻzingni
sevma a, meni ham sev! - dedi bu gapidan keskin u tomonga qaradim va yana musht tushirdim, u
buni kutmadi shekilli yiqilib tushdi, yiqilganida oldiga bordim va kamonim va oʻqlarimni soʻng yoʻl
xaltamni undan sugʻurib olib taqib oldim.
- tur oʻrningdan, tezroq gʻpr ichiga kirish zarur! - dedim jiddiy! Jony esa haliyam jim turar edi.
- hop e mana turdim, ha bu kim boʻldi, oʻzi askarlardan qochgandik, sen esa oʻzing bn olib
yuribsanmi Amaliya? - deya axmoqqa qaragandek qaradi.
- u menga yordam berdi, ha yana u buyum emas olib yuradigan tovba, antiqa gaplarni qayerdan
olasan menimcha shu miyanh suyulib qolgan, nimaga qanday feʼl ishlatilishini almashtirib qoʻygan
boʻlsa kerak! - deya Jonyning oldiga borib gaoira boshladim.
- senga rahmat janob Jony, yordaming uchun tashakkur! Biz endi yoʻlimizni davom ettiramiz, senga
esa hayr askar Jony! - deya qoʻlimni choʻzdim. Uil ham yonimga kelib qolibdi, negadir gapirmadi hafa
boʻldimikan a? Yoʻgʻe u hecham hafa boʻlmas ediku! Ha mayli keyin bilib olaman! Uil bizni honimizga
kelib Jonyga qoʻl uzatib dedi.
- Salom va hayr Jony! - dedi bu gapidan Jony va men kulib yubordik.
- Senga ham, isming Uilyammi?! - dedi Jony kulib, kulgaida kulgichlari chiroyli boʻlib ketar ekan!
Amaliya nimalar deyapsan oʻzingga kel! Deya hayollarimni bir joyga yigʻib oldim.
- koʻrishguncha Amaliya! - Jony ismimga oʻzgacha urgʻu berib dedi.
- menimcha koʻrishmasak kerak, shunda ham koʻnglingni choʻktirma mayli koʻrishguncha! - deya qoʻl
silkib qoʻydim. U menga mayin tabassum qilib qoʻydi soʻng oldimizga qarab Uil bilan Nisa
sharsharasi tomon keta boshladik....
####
Qochayapman! Juda katta kapalak qanotlardan qochayapman, kimligiga qaramay qochayapman, shu
payt uni kimligini bilish un, yugirish barobar yuzimni ortga burdim, ne koʻz bilan qarayki ortimdan
quvayotgan kapalak qanotlar egasi bu — Zana! Shu payt koʻksimda ogʻriq turdi, toʻztab qoldim,
kimdir hanjar sanchdi, kimliğini bilish uchun yuzimni burishtirib qaradim, oldimda yuzida sovuq
tabassum bilan Stiv turar edi. Koʻzlarim achisha boshladi. Stiv esa haliyam kulib turardi. Kimdir
orqamga keskin ogʻirdi meni, shubhasiz bu Zana edi. U ham tirjayib, koʻksimga sanchilgan xanjarni
sugʻurib oldi va sovuq kula boshladi. Sekin qulogʻimga yaqin kelib dedi.
- Men qaytdim! Ha! Aloya qaytdi!.!.!



Qoʻrqib ketganimdan qichqirib uygʻonib ketdim! Yigʻlaganimga kichik yostiq ham hoʻl bb qolibdi!
Boʻlgam ishlarni oʻylay boshladim! Jony bn hayrlashib sharshara yonida tun boʻlgani uchun chodir
qurib boshda men uhlab olshim kk edi, Uil qorovullik qilishi kk edi! Chodirdan sekin chiqdim,
qarasam bizning qorovulimiz pishillab daraxtga suyanib uhlab yotibdi! Bunga jonimni topshirsam
ajalimdan 40 kun oʻldorishi aniq! Tovba! Unga tegmay sal nariroqqa borib sharshara suvi kelib
turgan soy honiga kelib yerga oʻtirib oʻylay boshladim. Endi nima qilaman! U qanaqa tush edi! Stiv,
Zana qauerdasizlar a? Nega Aliya qaytdi dedi ekan a?! Ey allohim miyam suyulib qolmasa boʻldi!
Bu qoʻrqinchli tushni deb kechi bilan uhlolmay chiqdim, aslida qorovul Uil boʻlishi kerak edi! Afsuski
u noz uyquda! Turtib koʻrdim uygʻonmadi, qattiq uhlar ekan, kn esa u bn oʻrin almashib oʻzim
qoroovullik qildim! Tong yorishgach Uilni yoniga keldim va uygʻotmoqchi boʻldim! Ablax pinagini
ham buzmay uhlaydiya! Sekin suv idishni toʻldirib keldimda uning yuziga sepib yubordim u sakrab
turdi.
- Amaliya, bu nima qilganing, ahir uhlayotgan edim, nega tong sahardan uygʻotasan, oʻzi tuni bn
qorovullik qilib uhlomay chiqdim, ozgina boʻlsa ham meniyam oʻylagin endi! - uning gapidan koʻzim
katta katta ochilib ketti, buni aldashinichi.
- birinchidan Uilyam janoblari tuni bn men senga qorovullik qildim, sen bu yerda noz uyquda
piahillab uhlayotgan eding. Ikkinchidan sen emas men uyqudan qoldim, men sendek dodlamay
jimgina turibmanku, uchinchidan hech qanaqa tong sahar emas abed boʻlishiga oz qoldi, tur
oʻrningdan dod voy qilma, mazza qilib uhladingku! - deya terga oʻtirib yoʻl xaltamdan bir ikkita
yeguliklarni chiqarib yeya boshladim, u esa axmoqqa qaragmdek jimgina turardi.
- nega unaqa turibsan, undan koʻra iltifot aylab ichgani suv olib kel, seni uygʻitiah un shuncha suv
isrof boʻldi, oʻziham ayiqday uhlar ekan san e! - deya labimni burib qoʻydim. U esa oldin jim turdi,
soʻng sharaqlab kulib yubordi. Unga qoshlarimni chimirib qarab turgamimni koʻrib jimgina yonimga
kelib oʻtirdi.
- Amaliya aslida sening miyang suyulib qolgan shekilli. Jahling chiqsa juda goʻzallashib ketasan
bilasanmi?! - deya samimiy gapirdi, bu gapidan jimib qoldim. Oʻzimni darhol qoʻlga olib dedim
- buni oʻzim ham bilaman, ammo sen haqingda unaqa deyolmayman! - deya yana labimni burib
qoʻydim.
- koʻngliga tegadi deb ham oʻylamaysan a Amaliya! Mening koʻnglimni sindirding, endi bu yurak
hech qachon boshqa birini sevmaydi! - deya koʻksiga urib gapirdi.
- Uil, nimalar deyapsan?! - dedm oʻzimni yolgʻondan bilmaganga olib.
- Amaliya men seni sevib qoldim, kel hech qayoqqa ketmay shu yerda qishloqda qolib birga
hayotimizni davom ettiramiz! - uning bu kutilmagandagi, aslida kutilgan izhoridan karaxt boʻlib
qoldim. Ahir men unga Stivni yoqtirishimni aytgandimku?! Nega meni qiynaydi a?! Unga boshqacha
nigoh tashlab tirgan edim u yana kulib yubordi. Birdaniga kimdir boshimga tushurganday boʻldi.
- Amaliya yuz ahvolibgni koʻrsang edi! - uning bu gapidan jahlim chiqdi.
- Uil bu nima deganing?!
- shunchaki reaksiyangni kuzatgim keldi, menimcha denga hech kim swvgi izhor qilmagan!
- Uil seni oʻldiraman, meni jahlimni chiqarma yoʻqsa sehrimni boshqara olmay kechagidek oʻldirib
qoʻyaman! - bu gapimdan u jiddiylashib menga qaradi, ey allohim unga aytib qoʻydim. Pifff endi nima
qilaman!
- nima deding?! Sen odam oʻldirdingmi?! Yana sehring bilan?! Ishonolmayman, menga nega
aytmadin axmoq qiz! Qanday boʻldi bu ish aytib berchi....
Unga boʻlgan voqealarni aytib berdim, albatta Jonyninh surbetligini aytmadim. Soʻng uning
reaksiyasini kuzata boshladim.
- Amaliya agar menda ham senikidek qidrat boʻlganida bormi, uhhuuuu qanchadan qancha
odamlarni jonini sugʻurib olgan boʻlardim. - uning bu gapidan unga hayron qardim. - kimni
oʻldirarding?
- vampirlarni, qotilllarni toʻgʻri vampirlar odam emas ln baribr oʻldirardim! - dedi, u hazgʻkash
boʻlsada uning dardi ichida va hech kimga aytishni istamaydi! Bechora Uilyam! U juda yaxshi yigit!


- Uilyam agar menikidek sehring va qudrating boʻlganida boʻlishini hohlamagan boʻlarding!
- nega? Senga sehring yoqmaydimi?
- men hayotim avvalgidek bplishini hohlayman, ota onam majburan tirmushga berishsada oʻsha
hayotimni hohlayman! Bunaqa savdoyidek yurishni emas! - dedim oʻychan.
- bir kun yoqtirib qolasan bu yerlarni ham, tur oʻrningdan endi gʻor ichiga kirishimiz kk!...
#####
Oʻsha kun Zana kirgan yoʻldakdan yura boshladik. Oʻsha meni Uilyam topgan joyda toʻxtadik va
atrofnu koʻzdan kechirdik.
- mana shu joyda Zananing ahvoli yomonlashib qattiq chinqirgan edi. - dedim Uilyam koʻrsatib.
- Amaliya qara anavi yerda nimadir bor! - deya pastdagi yoriqlardan birini koʻrsatar ekan! Oʻsha
yerga borib qarasak billur arxideya ekan! Voy hudoyim!
- voy, ahir bu billur arxideya, oʻsha kuni men shu yerda kitob oʻqigandim demak tushib qolgan ekan!
- dedim oʻsha kunni eslab!
- yoʻgʻee, juda ajoyib narsa ekan - deya meni qoʻlimdan oldi, qiziq bu qaysar arxideya nega meni
qplimda nur taratmaydi a? Ahir meni ham sehrim borku?! Balki sehrimni toʻliqtushunmaganim
uchun yoqmas ekanmi yoki?! Uilning qoʻlida ham nur taratmadi.
- bu arxideya sehrgarlarning qoʻlida nur taratadi, ammo mening qoʻlimda hecham nur taratmagan,
sababini esa bilmayman, bu arxodeyani olib men bashorat uchidagi bashoratni bajarilishiga ypl
qoʻyib bergan ekanman! Bashorat bimaligini esa bilmayman! Uni ajdarho oʻqiy oladi. - deya unga
ozgina tushuntirish berib qoʻydim.
- haa! Yuraqol endi ichkariroq kiraylik bu yogʻi juda qorongʻu ekan, men hozir sham yoqib olaman!...
###
Biz uzoq yoʻl yurdik, qiziq Zana oʻshanda bu yerda hech narsa yoʻq degan edi, qanday qilib darrov
kirgam ekan a tovba? Yoki ohiriga borishga erinib yolgʻon gapirganmikan?! Yana ikki uch qadam
bosgan edik juda yaqindan boshqa juda yogʻon ovoz eshitildi. Men darrov Uilning yoniga borib
yelkasi aralash aoʻlidan ushlab oldim. Sekin ovoz kelgan tomon yira boshladik. Ovoz esa haliyam
jelardi, biz tobora unga yaqinlashib kelar edik, borsak kattagina darvoza bor ekan. Hayolimda bu
eshik ortida ajdarho bor degan hayol oʻtdi. Uil bn birga borib darvozani sekin ochdik! Ochishim bilan
koʻzim juda katta olovga tushdi...
Shartta darvozani yopib qoʻydik.
- Uil, b.bu..- deya duduqlana boshladim.
- bu bahaybat ajdarho, sen uni boʻysundirishing kerak!
- u juda bahaybat, men uni qanday boʻysundiraman, Uil u olob purkab turgan edi. Tushunayapsanmi
olov! - dedim havotir ila
- ajdaholar shunaqa boʻladi Amaliya, aqlingni yigʻ va ichkariga kirib unga bir nima qil, yoʻqsa gʻorni
yoqib yuboradi, vulqon otilishi mumkin! Tezroq ichkariga kirishing zarur! - shu payt oʻsha kechadagi
Morganning gaplarini esladim. U shunay degan edi:« Amaliya sen ajdaho oʻrgativchisi boʻlsang,
ajdahoni koʻrishing bilan uni oʻzingga jalb qilib koʻzlariga tik qarashing zarur! Shunda u muloyim
mushuk boʻlib qoladi. Yana men Aliya haqida uncha koʻp bilmayman, ammo Aliya oʻlsa ham oʻlmaydi!
- bu nima deganing Morgan, oʻlsa ham oʻlmaydi deganing nimasi?! - deya savol bergandim
- bilmayman nima uchunligini ammo u birinchi darajali sehrgar hudo biladi qanday sehr jodulardan
foydalangan! Uning bitta kitobini oʻqiganimda bilib olgandim! Aniq qandayligini oʻzim ham
bilmayman!» bu nimasi nega avvalroq eslamadim, oʻylamadim Morganning gaplarini chaqishga
urinmadim! Ming lanat, demak Zanaga Aliyaning ruhi oʻtib qolganmikan, shuning un shunaqa tush
koʻrganman! Ey allohim bu mashmashalar qachon tugaydi a?!!! Uilga qarab bish silkib darvozani


toʻliq ochib yubordim. Ajdaho juda bahaybat boʻlib unda zanjirlar bor edi, ularning chiqish uchun
kurashayotgan edi. Atrofga olov purkayotgan edi. Uni qaday oʻzimga jalb qilaman! Qichqirdim u esa
umuman eʼtibor ham bermadi. Soʻng kamonimga oʻq joylab, uning qayeriga otishga oʻylanib qoldim!
Ahir men ajdaholarni oʻrganmaganman, ularning havfsiz joyini bilmayman! Uil yonimga yugurib
kelib qulogʻimga baqirib gapira boshladi, chunki ajdahoning oʻkirishi va olov purkashining pvozi juda
baland edi.
- qanotlarining pastki qismiga ot, oʻlmaydi oʻshanda kichik yaralanadi, baribir uning joni qattiq! -
birdaniga unga nimadir bplsa menga ham boʻlishini oʻylab kamobimni Uilga tuttirdim va dedim
- shu yerimga ot! - deya qorin sohamning havfsiz joyini koʻrsatdim! U avval menga axmoqqa
qaragndek qarab turdi men esa tez tez tushuntirish berdim.
- menga nimadir boʻlsa unga ham shunday boʻladi, ikkilanmasdan ot tezroq! - dedim u avval jim turdi
va soʻng nishonga olib otdi. Tanamda kuchli ogʻtiq sezdim, ayni shu payt ajdaho qattiqroq oʻkirdi.
Tizzalib yerga oʻtirdim. Ajdahoga qarab turdim, u meninh kpzlarimga qarab bir muddat turdi va
oʻkirib oʻkirib shu yerdagi katta harsang toshning orqasiga oʻtayotganida tobora kichrayib ulkan
qanotlari ham yoʻqolib borardi. Bu bir moʻjiza edi ya allohim! Toʻxta oʻzi bi yerda men uchun moʻzija
boʻlmagan bittagina narsa, haqiqiy insonlarning borligi! Uil yaramni bir koʻrib, mato bilan bogʻlab
qoʻydi. Biz oʻsha harsang tosh orqasidan kim chiqishini, qaday odam chiqishini kuta boshladik.
Birozdan soʻng qadam tovushlari oʻsha tomondan eshitila boshlagach, ikkalamiz ham nihohlarimizni
oʻsha tomonga qaratdik. Koʻz oldimga chiqqan odamni koʻrib qotib qoldim! "Qanday qilib "U" bplishi
mumkin?" Degam savol miyamda aylana boshladi...
Qarshimda, qorin sohasidan yaralangan Jony turar edi. Koʻzlarim katta katta ochilib ketdi. U biroz
qiynalib oldimga yurib keldi, Uil ham mendan kam hayratlanmagan kprinadi ogʻzi ham, koʻzi ham
ochiq, un koʻrib kulgim keldi oʻzimni zoʻrgʻa tiydim. Jony yonimizga kelib turdi va menga
- davola yarani! - dedi. Men unga axmoqqa qaraganfek qarab turfim. Tovba ahir men uni
boʻysundirsam men unga buyruq berishim kerak edi ln u menga buyruq beryapti!!! Oldingi koʻrgan
Jony boshqacha edi muomalasi! Bu gʻirt teskarisimi deyman. U meni jimgina turganimni koʻrib yana
gapirdi.
- yaramni davolasangchi ahir buni bilasan yolgʻondan bilmayman dema, tezroq boʻl oʻzi juda ogʻrib
turibdi! Nega qoqqan qoziqdek bir joyda turibsan aytganimni qilsangchi! - bi safar rostakamiga
asabim buzildi.
- hey meni jonim ogʻrmiyapti deb oʻylayapsanmi a?! Oldin mening savollarimga javob ber tezda!
Nega menga aytmaganding ajdaholigingni a?! Seni qidirib shuncha vaqt yoʻk yurganimni bilasanmi?!
Seni deb qancha insonlar halok boʻldi? Doʻstlarimni qayerda ekanligini alloh biladi, hali ularni ham
qidirib topishim kk, oyogʻim ostidan chiqqandan soʻng aytib qpya qolsang oʻlarmiding ablax?! - deya
shuncha gapni bir mafasda gapirib tashladim, u avval qalin qora qoshlarini chimirib qarab turdi va
hech narsaga parvo qilmay qoʻlimni olib yarasiga bosdi va dedi.
- tuzalishimizni hohla, bor diqqat eʼtiboriingni yaraga qarat va tuzalishini ista! Qarabsanki soppa sogʻ
boʻlamiz boʻlaqol Drachenkraft! - dedi men unga asabiy qarab boshqa savollarni knroq berishimni
oʻylab bor diqqatimni uning yarasiga qaratib yara tezroq tuzalashini chin koʻngildan istadim, bir
muddatdan soʻng yarada kichik nur paydo boʻlib hech narsa boʻlmagandek boʻldi qoldi....
Men Jony va oʻzimni davolagach unga jiddiy nigohlarimni qadab turdim. Huddi ubga ichindagini top
degandek, ablah Jony esa indamay nima degandek boshini silkitib qoʻydi. Meninh sabrim tugab
dedim
- men biroz oldin shuncha gaoni devorga aytdimmi a?! Senga bir dunyo savol berdim! Tezda
savollarimga javob berishingni buyuraman! - unga asabiy soʻzlaganimdan soʻng, oʻzimni huddi,
jonyni allaqachon urgatib olgandek buyurdim. U avval axmoqqa qaragndek qarab turdi va "Nima?!"
Dedi mazax qilgandek! Bundan asab tolalarim uzila boshladi. - Jony, asabimni buxmay savollarimga
javob ber!


- sen avval oʻzligingni bilib ol, oʻzing qaysi turga mansubligingni ham bilmaysan, yana menga buyruq
berishingga oʻlaymi?! Hop savollarinh shoʻppayib bexhoraga oʻxdhab qolmasligi uchun javob
beraman!
Senga ajdaholigimni aytmaganim sababi, bu juda mueakkab edi, afar senga aytsam qirolixha Aliya
meni yana zindonband qilardi, nechidir kun oldin bir nimalar boʻlib ozod boʻlgandim, soʻng hayotimni
izga tushurib yursam mening boshligʻim, yaʼni sen chiqib qolding, seni yaxshilab kuzatdim, sen oʻz
juchinhni haliyam anglab yetmagan ekansan, shuning un sendan boʻsa oldim! Va qarabsanki sen
ozgina sehr kuchingni bildinh, yaʼni nigohlar orqali jazolash! - shuncha gapni eshitib uning gapini
boʻlib dedim.
- qitolicha Aliya oʻldiku ahir! Toʻxta sen mendan voʻsa olsang men oʻz kuchimni anglab yetamanmi?! -
dedim hayratda!
- bilmas edingmi? U oʻlsa ham oʻlmaydi, yaʼni uni kimdir oʻldirsa ruhi, barcha xotiralari, his
tuygʻulari oʻshanga oʻtib qoladi va boshqa tanada yashab yuraveradi, seningcha oʻsha tanasi haqiqiy
deb oʻylaysanmi, u asrlardan beri yashaydi! Uni yoʻqotish uchun undanda qudratli sehrgar kerak edi
va bu sensan! Ha yana bitta boʻsa bilan ish bitmaydi u faqat kichik sehr edi, barcha sehringni
anglashing uchun esa... Hullas oʻzingni tushunganing! - deya miyigʻida kulib koʻz qisib qoʻydi, ablah
meni kim deb oʻylayapti! Agar Aliya, Zananing tanasiga koʻchgan boʻlsa u mendan qasos olish uchun
meni qidiradi. Men undan qudratlimanmu?! Turing nomalum degani nimasi, bu Jony deganlari koʻp
narsani biladiganga oʻxshaydi. Ahir Stiv menga asl ajdaho oʻrtauvchisisan degandiku!
Hayollarim.bulan jim turganimda suhbat boshlangandan beri jim bizni kuzatib turgan Uildan sado
chiqdi.
- hoy, sen nima deyapsan a?! - deya Uil u tomonga yaqinlashib endi musht tushurmoqchi edi
koʻzlarimdan nur chiqib u uchib ketib devorga urilib yiqildi! Men esa karaht bb qoldim. Ahir men uni
unday boʻliahini istamagndimku, tezda yugurib Yilning yoniga borib turishiga koʻmaklashmoqchi
edim, qpllarimni siltab tashladi. Men unga hayrat bilan qaradim.
- oʻzing qilib endi yana yordam bermoqchimisan Amaliya! - dedi, ovozida biroz nafrat, gʻazab, alam
bor edi. Men darrov gapiea boshladim.
- Uil men unday qilarmidim, hudo haqqi men buni hohlamadim, bu qanday boʻlagnini bilmay ham
qoldim! - deya tez tez gapirib oʻqimni oqlay boshladim.
- Men hohladim! - Jony sekin qadam tashlab biz tomon kela boshladi. Qanday qilib bunday boʻldi?
Degan savol miyamda aylana boshladi.
- nima? - Uil hayron oʻrnidan turish barobar dedi.
- nima nima? Men hohladim seni uchirishni chunki asabimni buzding, eshitmadingmi bizda
bogʻlanish bor! Amaliya senga bir sirni aytaymi? - deya menga qaradi men bosh silkagach u
gapirishda davom etdi. - oʻsha kuni haligi askarni ham men oʻldirgan edim, sen orqali! Oʻz kuchingni
toʻligʻicha anglab yetmaguningcha men den orqali hohlagan ishimni qila olaman, hohlasam bas! -
mening boshimga kimdir gurzi bilan urgandek boʻldi. Bu qanaqasi a? Ey allphim bular qachon
tugaydi! Shu payt judayam adabim.buzilib ketdi va ikkidiga ham qaramay yugurib darvozdan chiqib
ketdim, orqamdan Uigʻning ismimni aytib chaqirgani eshitildi, ammo parvo qilmay tashqari tomon
keta boshladim! Umuman hayollarim joyida emas edi. Shuncha gaplar! Miyam otilib ketadigandek
tuyilayotgandi! Endi tashqari tomon borib, sharshara joʻringanida kimdir boʻynimga nimadir taqib
qoʻydi. Men uni ushla koʻrgunimcha yana kimdir boshimga tushirdi.
Shu paytni oʻzida atrof gir aylanib hushimni yoʻqotdim!...
#######
Koʻzlarimni sekin ochar ekanman, zindonda ekanligimni koʻrdim! Atrofga alanglab qaradim!
Boʻynimda sovuq temirdek qanaqadir narsa bor ekan, angladimki bu radaxan! Qirolliklarda
qanaqadir jodudan foydalanishsa, shu radaxanni taqib qoʻyishadi, buni taqib qpyishsa u dehridan
foydalana olmay, oddiy insondek boʻlib qoladi. Yerga yarim oʻtirgʻizib qoʻllarimni tepadan zanjirlarga


bogʻlashibdi, qarasam radaxanga ham zanjir ulab boʻynimda ham zanjir bor edi. Umuman olganda
oyoqlarim, qoʻllarim va boʻynim zanjirlangan devorga! Boʻlib oʻtgan ishlarni bir bir tahlil qilib
chiqdim va hushimni yoʻqotganimni, kimdir boshimga qattiq urganini esladim! Boshim
ogʻrimayotgan edi. Ammo menda bir savol tugʻildi. Meni vu yerga kim zindonband qildi?! Menimcha
hushsiz koʻp vaqt yotganman shekilli chanqay boshladim!....
Uygʻonganimdan chamasi ikki soat ʼtib kimdirninh qadam tovushlari eshitildi. Darrov sergaklanib
kim ekanligiga qiziqib zoʻrgʻa boshimni koʻtarib turdim. Ikki soatda hamma yogʻim ogʻriy boshlagan
edi, zanjirlar sabab! Koʻzlarimni panjara tomon qaratib turgan edim. Ne koʻz bilan qarayki, yuzida
yovuzona tabassum ila «U» menga qarab turardi.... Kimdir yuragimga xanjar sanchgandek boʻldi.
Qarshimda Stiv men kulib qarab turardi. Hayolimga kelgan yomon hayollarni chetga surib unga
gapir boshladim, afsuski tomogʻimdan qattiqroq ovoz chiqmas edi.
- Stiv, menga yordam bergani kelding a? Meni ozod qilasan shundaymi? Meni bu zanjirlardan ozod
qilish uchun kelding a? - deya unga umid ila qarab turardim. U avval kulib turdida menga
achingandek qaradi. Men unga tushunarsiz qarab turdim, ichimdagi soʻnggi umidimni soʻndirmay,
unga haliyam koʻzimga yigʻilgan koʻzyoahlarim ila qarab turardim. U qoʻlidagi kalit bilan sekin
panjaralarni ochdi, va sekin mening yonimga kelib men tenggi oʻtirib qarab turdi.
- eh Amaliya! Sen juda soddasanda! Seninh shu soddaliging doim boshingga balo boʻlgan, ehhh seni
himoya qilib yuraman deb qancha yilimni koʻkka sovurdim a?! Aslida men senga yordam
bermaganman, seni bu olamga oʻtirib, hojamga mukofot qilganman! Ammo qayerdandir anavi qiz
paydo boʻlib hojamni jonini oldi. Ammo hojam haliyam tirik! U endi sen bilan oʻzi shugʻullanadi!
Sening shu oʻzing ham bilmaydigan barcha sehringni, kuchingni, qudratingni birma bir qoʻlingdan
oladi. Seni qiynab, kuchingni soʻrib oladi. Axaxaxa - u gapirib juda xunuk tarzda kuldi. Men esa hozir
eshitgan gaplarimni miyamga sigʻdira olmayotgan edim. Ahir Stivning barcha menga qilgan
muomalasi his tuygʻulari haqiqiy edi. Qanday qilib barchasi yolgʻon boʻlishi mumkin?!
- yoʻq! B.bu yolgʻon! Ha sen yolgʻon gapiryapsan! Menga nechi yil qilgan muomalangni barchasi
soxta edimi? B.bu boʻlishi mumkin emas! Sen meni bu laʼnati joydan qutqarish uchun kelgansan! Ha
shunday! Stiv oʻzingga kel! Ahir biz ikkimiz juda yaqin edik! Bir birimizga yelkadosh, sirdosh, aka
singil, doʻst! Stiv bularni barchasi soxta boʻlolmas edi. - deya alam ila qichqira boshladim! Shu payt
Stiv hech narsaga eʼtibor bermay oʻrnidan turdi va ortiga qarab ketib panjarani qayta ildi. Men esa
haliyam qichqarayotgan edim.
- Stiiiv, qayerga ketyapsan! Meninh gaplarimni eshit iltimos, ahir sen men tanigan Stiv eding, sen
soxta boʻlolmaysan! Stiiiiv... - Stiv panjara ortiga oʻtib boshini quyi egib turganiga hech narsa oʻtar
oʻtmas uning oldiga labiga toʻq qizilga boʻyab olgan, egniga oppoq libos, qizil sochlarini toʻlqinsimon
qilib yoyib olgan, koʻzining rangi oʻzgarib yashil va sariq tusga kirgan Zana xunuk tirjayib kelib turdi.
Koʻzlarimga ishonolmadim, u huddi Aliya... Ha ahir Aliya uning tanasida boʻlsa!
- ehh Amaliya! Stiv, quloqlaringni berkit va hrch narsani eshita koʻrma! Yoʻqda jazolanasan! - deya
Stivga oʻtkir nigohlarini qadadi. Stiv uning aytganlarini soʻzsiz bajarib quloqlarini berkitib, kpzlarini
ham yumib oldi. Bundan Zana kulib menga qaradi.
- koʻrdingmi Amaliya, doʻstingni qoʻgʻirchoq misol boshqarayapman! Hatto aytadigan gaplarini ham
oʻzim aytaman! Axaxxax- juda xunuk tarzda kuldi. Kulgusi zindonda aks sado boʻlib ketdi.
Tushundimki Stiv jodulangan! Shunga ham shukr, hech boʻlmasa avvalgi muomalasi soxta emas
haqiqiy ekan! Bu yovuz Aliya uni sehrlagan, demak shuning uchun u menga biroz oldingi gaplarni
aytgan! Hayollarimda barchasini tahlil qildim. Zana.. yoʻgʻee Aliya desam ham boʻladi, chunki unda
Zanaga tegishli hech qanday narsa yoʻq! Demak Aliya desam ham boʻladi.
- seni oʻsha sharshara ortidan topib juda xursand boʻldim, va seni darhol shu yerga olib kelib
qoʻydim. Hali meninh singlimni oʻldirganing uchun javob berasan! Hali menga "Meni oʻldir" deya
yolvorasan! Sening shu juchinhni tortib olib, dunyoninh oʻlmas qirolichasi boʻlaman, barcha menga
boʻysunadi! Olamdagi yagona Qirolicha Aliya!!! Axxaxxa - u yana oʻzining ushalmaydigan, balki
ushaladigan hoyu havaslarini aytib yana oʻsha xunuk tarzda kuldi.
- men hech qachon, hech kimga yalinmayman! Bu sen uchun orzu boʻla qolsin soxta Aliya! - dedim
magʻrur shu payt koʻzimni yumib ochguncha u mening oldimda paydo boʻlib iyagimdan juda qattiq


ushlab oʻzining koʻzlariga qaratdi. Men uning koʻzlariga qarab turib negadir oʻzimni boshqacha his
qila boshladim. Yuzimda kulgu paydo boʻla boshladi... Yoʻq! Yoʻq! Yoʻq! U meni sehrlayapti, qani boʻl
Amaliya! Undan iyagingni ol! Boʻlaqol! Sen kuchlisan! Sen buni uddalaysan! Shu payt oʻzimdagi bor
kuchni yigʻib undan iyagimni olib orqaga tisarildim! Aliya esa biroz oʻtirib chuqur nafas ola boshladi.
- iflos qiz! Seni deb koʻp kuch sarfladim! Sen bilan ertaga gaplashaman, hayr jonginam, ertaga yuz
beradigan azoblaringni kutib oʻtir! - deya yana bir zumda panjara ortida paydo boʻldi va Stivning
yuziga yaqinroq qilib barmoq qirsillatgan soʻng, Stiv hech bir soʻz demay Aliyaning ortidan boshini
quyi egib yura ketdi...
######
Mana shu laʼnati zindonda oʻtirganimga ham sal kam 1 oy boʻldi. Har kungi azoblar, qiynoqlar,
jarohatlar, ruhiy zarbalar mening hamrohimga aylangan! Ammo Aliya asabiy, chunki u oʻylab topgan
kuchni soʻrib olib boshqa birovga oʻtiradigan qanaqadir moslamasi ish bermadi. Mendan hech
qanday kuchimni ololmagach har kuni qiynaydi! Menimcha koʻrinishim juda abgor! Har kuni bir
mahal ovqat berishadi, u ham boʻlsa juda bemaza, hech kim yemaydigan shoʻrva! Noiloj yoʻlidan bori
deya ichaman! Bir kunlari Aliyaning asablari oʼynasa tashqarida quyoshda qoldirashadi, ustunga
bogʻlab qoʻyishadi. Ovqatsiz ham qolgan kunlarim boʻldi. Men oʻsha oʻzim jannatmakon deb atagan
qasrdaman, yaʼni Qirolicha Aliyaning qasrida! Hayolimda faqatgina Uil va Jony bor! Qayerlarda rkan
bular?! Nima boʻldi ekan ularga? Degan savollar qiynar edi meni! Ular ozodlikda ekanligini bilaman,
chunki Aliya seni sharshara ortidan topganimda dedi, ular oʻsha darvoza ortida qolgan edi, demak
ularni koʻrmagan! Bugun ham ovqatsiz qoldim, oʻsha hech kim yemaydigan bemaza shoʻrvani ham
bugun menga koʻp koʻrishdi. Yana ochlik, zanjirlar va toʻrt devor hamrohligida oʻtiribman, toʻgʻrirogʻi
avvalgidek yarim oʻtirgʻizib qoʻyishgan, boʻynimda haliyam radaxan bor! Koʻzlarim endi
yumilayotganda, qayerdandir ismimni sekin aytilayotganini eshitib sergaklanib atrofga alanglay
boshladim. Qarasam shu toʻrt devorga oʻrnatilgan kichik panjarali oynadan Uil meni chaqirayotgan
ekan! Shu payt quvonchim ichimga sigʻmay ketdi. Nahotki meni qutqarish uchun shu yergacha
kelgan boʻlsa, ammo Jony qayerda ekan? Endi unga javob berish uchun ogʻiz juftlaganimda, panjara
ortidan kimdirning oyoq tovushlari eshitila boshladi. Men shartta Uilga bosh silkib yoʻq ishirasini
qilib boshimni quyi egib oldi...
Ichimda oʻylay boshladim, ishqilib Uil bir nima qilib qoʻymasin deya! Shu payt panjara ortidan kelgan
insonni koʻrib tilim aylanmay qoldi. Qarshimda Jony qasr askarlari kiyimida turardi. Meni
qutqarishga kelishgan! Bu hayotda men ham kimgadir kerak ekanmanku! Degan oʻy oʻtdi miyamdan!
Ammo miyamga shamol tezlikda bir savol keldi. "Ahir men shuncha azoblangan boʻlsam, nega
Jonyning hech bir yeri jarohatlanmagan, soppa sogʻ?!" U sekin panjarani ochdi va ichkariga kirib
meni oldimga keldi.
- Amaliya, va nihoyat topdik seni, seni 3 hafta qidirdik oʻziyam! - deya meni qoʻllarimni yecha
boshladi. Zanjirlardan holos boʻlgach, oʻzimni huddi ming yillik narsamni yoʻqotgandek his qildim,
ahir 1 py shu zanjirlardan holos boʻlmagan edim! Zanjirlardan holos boʻlishim bilan Jonyni mahkam
quchib oldim! U ham meni quchdi. Soʻng darrov gapira boshladi, ammo mendan haliyam bir sado
chiqmagan edi.
- yur tezroq, radaxanning kaliti, Aliyaninh boʻynida turar ekan! Uni qaday olishni bilmadik va oldin
seni qutqaraylik deb askar boʻlib oldik! - deya Uilga ishora qildi, Uil ha oʻsha kichik oynani ochdi.
- sen shu yerda chiqishga majbursan! - dedi Jony menga qarab.
- nima?! - ogʻzimdan chiqqan birinchi soʻz shu boʻldi, ahir men qanday chiqaman u katakdek oynadan
degan savol meni qiynay boshladi.
- unday dema ozib ketganingni qara, undan kichik oynaga ham bemalol sigʻasan, faqat suyaklaring
qolganga oʻxshaydi, jodugar shunchalik ham qiynaydimi odamni! Boʻldi boshqa gapni keragi yoʻq,
tezroq shu oynadan chiq, Uil seni qayerga olib borishini biladi, men boshqa yerdan chiqaman,
boʻlmasa askarlarda shubha uygʻotishim mumkin! - deya meni oyna tomon yetakladi. Men ham rozi


boʻldim. U oʻtirib oldi, oyogʻini stul qilib oynadan chiqib oldim, rostan ham Jony aytganidek juda ozib
ketgan koʻrinaman, ohirgi marta qachon oynaga qaraganimni eslolmayman ham! Oynadan chiqib
olgach Uilni ham mahkam quchib oldim. Soʻng Jonyga qoʻl silkib oynani yopib Uil koʻrsatgan yoʻldan
yura boshladik. Rejani juda yaxshi oʻylashgan koʻrinadi, yoʻlda hech qanday toʻsiqqa uchramay,
qasrning orqa tomonidagi kichik bogʻdagi, bogʻbonning ish qurollari turadigan joyga kirib oldik.
Kirishimiz bilan Uilga savollar bera boshladim.
- meni qanday topdingiz? Aliya sizlardan shubhalanmadi? Jony qanday askar boʻldi?- u avval jim turdi
va meni yana bagʻriga bosdi.
- Amaliya, sen yoʻqotib qoʻydim deb juda qoʻrqdim! - deya bagʻriga bosib turar edi. Men ham
indamay turaverdim. Soʻng bagʻridan boʻshatib birma bir savollarimga javob bera boshladi.
- seni juda koʻp qidirdik, soʻng qirolicha Aliya qaytganini va qasr boshqaruvini oʻz qoʻliga olgani
haqida maʼlumot eshitdik. Bu yerga kelganimizda seni quyoshda ustunga bogʻlab zanjirlab
qoʻyishganini koʻrib juda gʻazablandik! Spng reja tuzdik va askar boʻlib 5 kun barcha narsani oʻylab
chiqdik. Men Aliyaning shaxsiy soqchilariga aylandim! Uning yonida yana bitta yigit ham bor, Aliya
nima desa soʻzsiz bajaradi. Menimcha sehrlab olgan koʻrinadi... - uning gapi chala qoldi, eshikdan
kirib kelgan Jony sabab!
- barchasi silliq kechdi, oʻylaganimizdek hozir Aliya hammomga kiradi, u shu payt kalitni yechadi, Uil
sen tezroq uning yoniga bor! Boʻlaqol, tezda kalitni olib juftakni rostla! - dedi hovliqib! Uil ham bosh
silkib tezda chiqib ketdi, kech boʻlgani uchun bemalol yurayotgan edi. Uil ketgach, Jony eshikni
qulflab qoʻydi. Soʻng yonimga keldi.
- ahvoling yaxshimi? Sening hech qanday kuchingni tortib olishmadimi?! - dedi yonimdan joy olib,
men shu yerda uzun stulga oʻtirgan edim. Qoʻlimdan ushladi.
- ahvolim endi yaxshi! - dedim men ham uning qoʻlidan mahkam ushlab, uning qalin va qora
qoshlariga, zulmatdek qora koʻzlariga, oʻziga yarashgan uncha uzun boʻlmaga sochlariga, va nim
puchti lablariga bir bir yoshli koʻzlarim ila qarab chiqdim, yigit kishiga chiroyli deb boʻlmaydiyu,
ammo u juda chiroyli edi.
- Uil kalitni olib kelishi bilan, meni ajdahoga aylanishimni hohlaysan hopmi? Oʻsha Aliya va yonidagi
qoʻgʻirchogʻini oʻldiraman! - dedi koʻzlari nafratga toʻlib.
- yoʻq yoʻq yoʻq! Ularni oʻldira koʻrma! Aliya, mening dugonam Zananing tanasiga oʻtib olgan, uni u
tanadam chiqarib olish lozim, yonudagi yigut esa meni 9 yil himoya qilgan, Stiv! Ular men uchun
juda qadrli! Aliya Stivni jodulab olgan, u hozir oʻzida emas, Aliya nima desa shuni soʻzsiz bajaradigan
boʻlgan! Agar Aliyaninh ruhini chiqarib, Zanani avvalgi holiga qaytarsak, Stiv ham oʻz holiga qaytadi,
bularning barchasi oʻz holiga qaytadi. - tez tez bilganlarimni aytar ekanman, shu payt kimdirning,
yoʻq kimlarningdir qadam tovushlari eshitila boshladi. Jony gaplarimni bir chetga surib sergaklanib
eshikka yaqin borib quloq sola boshladi.
- Jony? Nima boʻldi? - dedim sekin gapirib! Uning yoniga borib men ham quloq tutar ekanman! Soʻng
eshitlarimni eshitib ogʻzimni yopib oldim. Uil qoʻlga tushibdi.
- Jony? Endi nima qilamiz? - dedimsekin gapirib, yigʻlamsirab, shu payt qadam tovushlari juda yaqin
kelib toʻxtadi. Joby menga jim ishorasini qildi, men ham jim boʻldim, shu payt eshik juda sekin
taqilladi. Biz yana jim turdik, soʻng eshik orqasidan Aliyaning juda xunuk boʻlgan ovozi eshitildi.
- Amaliyaaaa! Qara kimni tutib oldim! Sening kalamushingni tutib oldim, oʻziyam juda ayyor ekan,
ham chidamli! Ammo u mening qiynoqlarimga dosh berolmay doʻstlarini sotdi! Axxaxxa - u gapirib
yana men uchun judayam xunuk boʻlgan tarzda qah qah otib kuldi. Jony yana jim dedi. Men esa
koʻzimda yosh bilan yana jim boʻldim.
- Amaliyaaaa?! Uchgacha sanayman, agara chiqmasang, shu yerni oʻzida mana bu chalajon
kalamushingni jonini olib itlarga yem qilaman, bilasanmi kim uni oʻldiradi, sening eng yaqin doʻsting
boʻlgan Stiv uni jonini oladi! - deya yana kuldi! Men iltijoli koʻzlarim bilan Jonyga qarab eshik
tutqichini ushlagan edim, Jony darrov qoʻlimni ushlab toʻxtatdi.
- uch! - Aliya allaqachon sanashni boshladi. Meni yuragim tipirchilashni boshladi.
- ikki - men yanada yigʻlab Jinyga juda sekin gapirdim " Chiqishimiz kerak!" Dedim u esa menga


oʻtkir nigohlari ila yoʻq dedi.
- qara Uil, sen uchun keraksiz buyum ekansan! Stiv ishingni boshla...
Aliyaning soʻnggi gapini eshitib, Jonyga ham qarab oʻtirmasdan eshikni ochib otilib chiqdim. Yerda
chalajon Uil yotar, uning tepasida xanjar ushlab turgan Stiv va mening qarshimda Zananing
tanasidagi Aliya turar edi. Meninh ortimdan Jony ham chiqdi. Aliya ikkimizga qarab bir qoshini
uchirib qaradi, va kuldi. Soʻng sekin qadamlar bilan Stivning yoniga keldi.
- Stiv senga nima dedim, ishingni qil, ularga berilgan imkondan, ular unumli foydalana olishmadi!
Oʻldir uni!!! - deya qichqirdi. Men jon holatga "yoʻoʻoʻq!!!" Deya qichqirdim. Ammo ular bunga
eʼtibor bermadi. Stiv Uilga qoʻlidagi sovuq xanjarni koʻksiga tiqdi. Mening gʻazabim eng yuqori
darajaga chiqdi. Koʻzimdan nafrat uchqunlanib turardi. Bor ovozim bilan chinqirib yubordim.
Ovozimga daraxtagi qushlar ham uchib ketishdi, baʼzi askarlar quloqlarini berkitib olishdi. Shu
qichqirib turganimda boʻynimdagi radaxandan qora tutun chiqib ikkiga boʻlinib pastga tushdi, qyni
shu gʻayt Jony menga "Boʻlaqol" deya qichqirdi. Mening bitta hohishim bilan Jony bahaybat Ajdahoga
aylandi. Aliya karaxt boʻlib qoldi. Uning karaxt boʻlib qolganidan foydalanib shamol tezlikda uning
yoniga borib uni boʼgʻdim. U tobora nafas ololmay qiynala boshladi, mening aqlim joyida emas edi.
Uilni yaralagan xanjar meni gʻazablantirishga qodir boʻldi. Aliyaga nafas yetishmayitgan paytda
qayerdandir Stiv paydo boʻlib meni itarib yubordi. Men esa yanada gʻazablanganimdan koʻzimdan oq
nur uchqunlanib kuchli shamol boʻlib hamma har yoqqa uchib ketdi. Shu payt holsizlanib endi yerga
yiqilay deganimda kuchli qoʻllar belimdan ushlab qoldi. Koʻzimni yarim ochib qarasam bu Jony ekan,
oʻylaganimdek!
- Amaliya, hozir hushingdan ketadigan payt emas, iltimos kuchli boʻl! Oʻzingni qoʻlga ol boʻlaqol!
Tezz!!! - men esa qancha harakat qilmay eplolmayotgan edim.
- q.qilol.may.man m.en udda.lay ol.mayman! - dedim duduqlanib! Shu payt lablarimda oʻzga taftni
sezdim! Jony mendan boʻsa olganidan soʻng bizning atrofimizni oppoq nur egallab oldi. Jony meni
oʻziga tirab oʻrnimdan turgʻazdi.
- mendan boʻsa olib turmasang hushingdan ham ketib qolasan a?! - deya hazl qildi, men unga
oʻqrayib qarab qoʻydim va nurni yorib tashqariga chiqdim, chiqishim bilan koʻksimga kelib tekkan
kamon oʻqini koʻrib miyigʻimda kuldim va oʻqni sugʻurib tashlashim bilan, koʻksimda yaraning izi
ham qolmadi, qarshimdagi Aliya esa hovliqib qoldi. Men u tomon tezlikda yura boshladim, u esa
hovliqib qochib ketdi.
- mendan qocholmaysan qari kampir! - deya uning izidan qolmay quvlay boshladim. Qari kampir
deganimga sabab esa, uni asrlab yashaydi degan gapni eshitganimdan soʻng kelgan edi. Aliya ohiri
oʻzining laboratoriyasiga qamalib oldi. Men uning eshigini bitta qoʻlimni tebratishim bilan eshikni
uchurib yubordim. Ichkariga gʻazab ila kirdim, bir burchakda, qoʻliga toʻpponcha koʻtargancha
menga oʻqtalib turgan Aliya turardi, uning koʻzlarida qoʻrquv bor edi. Men buni koʻrib miyigʻida
jilmaydim. U tomon sekin qadamlar tashlab bora boshladim. Men uning yoniga borguncha, u menga
toʻpponchadagi barcha oʻqni otib tugatdi. Ammo menga baloyam boʻlmadi. Oʻq tekkan joylar, kpz
yumib ochguncha bitib ketar edi, bunga toʻgʻrisi oʻzim ham hayron qoldim, ammo buni Aliyaga
bildirmay uning qarshisida toʻxtadim. U biroz oldingidanda qoʻrqib qaltirab turardi.
- nima boʻldi Aliya? Qoʻrqdingmi? Seni oʻldirib qoʻyishimdan qoʻrqayapsan shundaymi? Ammo seni
oʻldirmayman! Seni oʻlgandan battar qilaman!!! - deya uning boshidan ushlab, uning ruhini sugʻurib
ola bushladim, u esa jon holatda baqirar edi. Uning ruxini olish uchun juda katta kuch zarur ekan!
Men biroz holsizlandim ammo taslim boʻlmay uning ruxini olib unga oppoq nur yuborishim bilan,
ruhdan juda qoʻrqinchli chinqiriq chiqib parcha parcha boʻlib ketdi, yerga qora mato parchalaridek
narsa tushib qoldi. Yerga esa haqiqiy Zana holsiz oʻtirib qoldi. Men juda gʻazablansyotganim uchun
oldin jim turib, koʻzlarimni qattiq yumib ochdim. Birdaniga shamol tezlikda hayolimga Uil keldi va
tezda uning oldida paydo boʻldim.


Ming afsuski uning allaqachon joni uzulib, tanasi sovishga ulguribdi! Bechoraning koʻzlari ochiq
turibdi. Koʻzlarini yumib qoʻydim. Koʻzlarim achisha boshladi, dunyo menga torlik qila boshladi, nega
doim yaqinlarimdan ayrilaman, yoki ular menga xiyonat qilishadi. Nega? Tanasi sovushga ulgurgani
uchun, sehr endi taʼsir qilmaydi. Men tipirchilay boshladim. Uning oʻlimimini qabul qilolmayotgan
edim.
- Yoʻq! yoʻq! Uil! Yoʻoʻoʻoʻq!!! Sen oʻlolmaysan! Bunga haqqing yoʻq! Meni deb insonlar oʻlishini
hohlamaymaaaaan!!! Uilyaaaam! Iltimos koʻzlaringni och yolvoraman! Yana menga hazillar qilib
asabimni buz iltimos! Ammo bunaqa jim yotma! Yolvoraman oʻlma! Yolvoraman! Senga bunaqa jiddiy
yotish yarashmaydi! Tur oʻrningdan! Ablax! Yana menga hazil qilyapsan shundaymi? Hozir
koʻzlaringni ochib "Juda qoʻrqitdim shundaymi?" Deysan a? Iltimos oʻlma Uil! Iltimos! - holsizlanib
uning koʻksini siltashni qoʻydim. Soʻnggi soʻzlarimni pichirlab aytdim. Shu payt kimdir meni orqaga
tortdi.
- qoʻyib yubor meni, Uilyam hozir koʻzini ochadi! Shunday qiladi! U men bilan hazillashayapti! Qoʻyib
yubor meni deyapman! Doʻstim hozir koʻzini ochadi!! - deya telbanamo ham yigʻlab, ham yigʻlay
boshladim. Hozir aytgan gaplarim gʻirt yolgʻon boʻlsada, shular rost boʻlib chiqishini juda juda
hohladim... Mana bugun Uilyamning oʻlganiga ham 1 hafta boʻldi. Menga Aliyaning qirolligini
bishqarishni topshirishdi. Buni nima uchun qilishdi bilmadimu, ammo yaxshi boʻldi. Honamda bir
nuqtaga qarab oʻylanib oʻtirganimda honamga hovliqib Jony kirib keldi. Men hayollarimni yigib u
tomon oʻgirildim, u mening yonimga oʻtirib oldi va biroz nafaeini rostlab gapira ketdi.
- Amaliya, Stiv aytgan bashorat ichidagi bashorat esingdami? Uni faqat men oʻqiy olardim, oʻshani
oʻqidim, unda yozilishicha bashorat allaqachon ishga tushgan yani, sen billur arxideyani olishih bn
bashorat ishga tushgan, bashorat shundat iborat ekanki, biz senig olimingga yani osha oʻgay ota
onangni olamidan, huddi shunday oʻrmon va oʻsha sen topgan kulbani topishimiz zarur ekan!
Bashoratda 2 oy yozikgan ekan, bizda 3 hafta vaqt qoldi, agar shu vaqt ichida oʻsha sehrli oʻrmon va
kulbani topmasak boʻlmaydi. Rezroq harakat qilishimiz zarur! - dedi tez tez hovliqib! Men esa
eshitganlarimni tahlil qilib chiqdim.
- Jony, bu nima deganig ahir qanday qilib uni topamiz bitta ishora ham yoʻqqu!
- bor, ishora bor osha qogʻozda bitta qanqadir togʻmi, oʻrmonmi, yoki sharshara bir nimaning nomi
bor! Oʻshani topib borishimiz kerak!
- qachon yoʻlga tushamiz!
- bugun, qolganlar tayyor sen tayyor bolsang bas! Tezroq eng kkli nasalaringni ol, haya billut
arxideya ham esingdan chiqmasin! - dedi koʻrsatkich barmogʻini niqtab.
- hop sen chiqib tur tayyorlanib pastga tushaman! - deya uni chiqarib yuborib eng jerakli
narsalarimni yoʻl xaltamga joyladim, kamonim va qilichimni ham oldim. Har ehtimolga qarshi deb
osha topponchani ham olvoldim. Aliyaning laboratoriyasida judayam antiqa narsalar bor ekan,
ularning nomini Zanadan bilib oldim, Zananing xotirasiga Aliyaning xotirasi ham koʻchib qolibdi ikki
insonning hayotini miyasida koʻtarib yuribdi bechora! Menga barchasini aytib berdi. Aliya ota onasi
bor payti jida begʻubor qiz boʻlgan ekan! Ota onasining erka, quvnoq va begʻubor qizalogʻi boʻlgan
ekan! Uning bu qsar yovuzligiga sabab ota onasini oʻldirgan mening ota onam ekan, buni eshitib
judayam yomon boldim. Uning ota onasini mening haqiqiy ota onam oʻldirgan ekan! Ha aytgancha,
mening onam asl drachenkraft boʻlgan ekan, yani ajdarho oʻrgatuvchi, otam esa 1-darajali sehrgar
bolgan ekan, ulardan men, yani nomaʼlum tur kashf boʻlgan ekan! Menda juda kop sehr va jodu bor
ekan, haliyam barchasini oʻzlashtira olmadim. Aliya va Alina haqiqatdan opa singil ekan, yani Aliya
juda kichik payti, singlisi Alina unutilgan olamga oʻtib qolgan ekan, yani bu demak kelajak bolgan,
soʻng katta boʻlgach Aliya, singlisi Alinani bu olamga oʻtirib barchasini tushuntirgan, song esa
Alinadan foydalanib bu olamga kelajakdan koʻplab antiqa narsalar olib oʻtgan, meni barchasi esimda
qolmadi, ular bu amga tegishli bolmagani uchun barchasini yoʻq qildim! Bittagina toʻpponchani olib
qoldim. Shunaqa gaplar!...
####


2 soatlik yoʻldan soʻng biz yani, Jony, men, Zana va Stiv birgalikda osha sehrli oʻrmondan bu olamga
oʻtgan joyga, yani sharshara ortiga keldik. Tushib oʻrmon uchiga oʻtishimiz uchun men oldin ularni
sehr yordamida olib oʻtdim. Soʻng ozim ham oʻtib oldim. Soʻng yana yoʻlga tushdik,piyoda bolganimiz
uchun tezda charchab qoldik. Bir payt oʻtirib hordik chiqarayotganimizda qayerdandir yugurayotgan
tovush eshitildi, darrov atrofga alanglab qurollarimizni shay qildik, bir payt Sevgi yugurib yonimga
jelib boshini egib qoʻydi. Uni koʻrib judayam xursand boʻlib ketdim. Sevgini ular bilan tanishtirdim.
Ular ham Sevgini iliq kutib olishdi. Men va Jony Sevgida, Stiv va Zana esa birga ketadigan boʻldi,
yani Stiv tez yugurgani uchun Zanani koʻtarib olar ekan, buni eshitib Jony bilan bir birimizga kulib
qoʻydik, Stiv esa asabiy qoshlarini uchirib biz tomonga qarab gapirdi.
- nima boʻldi, nega kuydirilgan kallaga oʻxshab tirjayyapsiz?! - shunchaki kulgumiz keldi nima
mumkin emasmi Stuv janoblari?! - dedi Jony haliyam kular ekan.
- sizlar ham juda chiroyli oʻtiribsi shundaymi Amaliya?! - deya endi u kula boshladi. Sevginih ustida
Jony va unih orqasidan quchib men oʻtirgan edim. Uning bu gapini eshitib Stivga oʻqrayib qarab
qoʻydim. Shu bilan yoʻlimizni davom etdik...
Biz sehrli oʻrmon ichidan oʻsha, qizil jodugarga tegishli kichik xaroba, daraxt tepasidagi kulbani
topdik, bu kulbani topish uchun ikki kun yoʻl yurdik a! Kulba eshigi yopiq ekan, sekin ochmoqchi
edik darrov ochilib ketdi. Bu kulbani qidirganimizdan maqsad, biz bu yerda yana vir narsa borligiga
ishondik, chunki biz narigi olamga, yani mening olamimga oʻtsak, u yerda nima qilishimizni bilmas
edikda! Kulba oʻsha holida turibdi. Tortalamiz ham barcha joyini qarab chiqdik, hech vaqo yoʻq,
huddiki bu kulbani kimdir barcha narsasini olib ketgandek! Song javonni surib orqasini korishni
aytdim, ular ham qilishdi, javon orqasidan bir dunyo oq varaqlar chiqdi. Biz barchasini oldik, orasida
bittagina qizil varaq bor edi. Tovba hecham bunaqasini koʻrmagan edim. Shartta varaqni oldim, yana
oʻqiy olmadim, Jonyga tutqazdimda dedim.
- oʻqib korchi balki tushunarsan! - u sekin oʻqidi va tushunarsiz nigohlarini menga qaratdi.
- nima boʻldi, nega unday qarayapsan? - dedim havotir ila, song Zana va Stiv ham soʻroqqa tutishdi
uni. Jony biroz oʻylanib turdi-da dedi.
- vaqtimiz oz ekan, bashorat allaqachon amalga oshgan, yani sen billur arxideyani olishing bilan vaqt
sanogʻini boshlagan! Bugun tunda oy toʻlish vaqti, bu sehrli olam umuman yoʻq boʻlib ketar ekan!
Tushunyapsanmi? Bu olam umuman yoqolib ketarkan! Hech qachon boʻlmagandek, demaka qizil
jodugar bir olamni yoʻq qiladigan darajada qudratli boʻlgan, biz tezroq bu olamdan chiqishimiz
zarur! Yoqda biz ham avval boʻlmagandek yoʻq boʻlib ketamiz!!! - uning gapini eshitib uchalamiz ham
anqayib qoldik.
- qanaqasiga unday boladi Jony, ahir avvalgi varaqda qanaqadir manzil bor degandingku, u nima
unda?! - dedim Jonyni aytganlarini eslab.
- unisini bilmayman, anglaganim shuki, bu olamdan tezda oddiy olamga oʻtishimiz zarur!
- Jony! Biz qanday u olamga oʻtamiz ahir?! - dedi Stiv
- Amaliya orqali! - dedi menga qarab Jony, song uchalasi ham menga qaradi. Men esa savol nazari ila
Jonyga qarab turdim.
- yani Amaliya partal ochadi! Senga bir nima aytaymi Amaliya?! - dedi menga biroz yaqinroq kelib,
men bish silkigach dedi.
- sen bu olamdagi barcha sehr joduni qila olasan, mening yordamim bilan! - deya koʻz qisib qoʻydi,
soʻng men biroz jim turdim va boshinga kimdir urgandek boldi va Jonyni urdim.
- nima? Sen hali yana sendan boʻsa olaman demoqchimisan ablax?! - deya uni yana ura ketdim, bir
payt Stiv gapirib qoldi.
- nima avval ham boʻsa olganmidi bu toʻnka! - dedi qoshlarini chimirib. Men esa tilimdan tutilganimbi
anglab jimgina turdim. Shunda Jony barchasini tushuntirib berdi!
- bundan chiqdi, sen Jonydan boʻsa olib tursang kuchingni yanada koʻproq anglab yetasan
shundaymi?! - dedi kulib Zana! Men esa unga oʻqrayib qaradim va dedim.


- hoʻsh, endi nima qilamiz, oʻsha billur arxideyani olganimga minh laʼnat boʻlsin a? Qayerdan ham
qiziqdim shunga, agar oʻshani olmaganimda barchasi oʻz oʻrnida boʻlgan boʻlar edi. - deya
asabiylashdim.
- hech qisi yoʻq, boʻlar ish boʻldi! Endi asabiylashishdan foyda yoʻq! Sen yaxshisi tezroq partal
ochishni oʻzlashtir, tun boʻlguniga qadar bu yerdan ketishimiz kk - Stiv shunday dedi va tashqariga
chiqib ketdi, uning ortidan Zana ham chiqdi. Men va Jony shu laʼnati kulbada qolib ketdik. Birozdan
soʻng Jony tomoq qirib gap boshladi.
- Amaliya! Partal ochish uchun bima qilishni mendan yaxshi bilasan, nima deysan valki turmush
qurarmiz a?! Keyin boʻsa olishga hojat qolmaydi, bira toʻla barcha sehringni anglab yetasan! - deya
tirjaydi. Men unga qoshlarimni chimirib qaradim. - nega unday qaraysan goʻzalim! Ahir baribir meni
sevasanku! Demak turmush qursak ham boʻladi nima deding?! - bu safar chindn asablarim buzildi va
tolalari uzila boshladi.
- hoy axmoq, kim aytdi meni seni sevadi deb! Men seni sevmayman! - dedim qollarimni qovushtirib.
- aldama, meni sevmasang kimni ham sevarding, bulmasmiding tarixda doim drachenkraftlar, oʻzlari
oʻrgatgan ajdahoga oshiq boʻlishgan, sen ham mendek chiroyli yigitga albatta oshiq boʻlasan! - deya
qosh qoqib tirjaydi.
- adashasan, qara mening ota onam boshqa boʻlgam, demak men ham istehzo qilaman! - deya
yuzimni burib oldim.
- buning iloji yoʻq! Men allaqachon sendan boʻsa oldim, endi qachon boʻlmasin sen baribir meni sevib
qolasan, men ham seni sevaman! Tushungan boʻlsang endi ishga kirish! Hop bu safar seni
oʻpmayman! Senga sehrli soʻzlarni oʻrgataman, sen yod olib partal ochishni oʻrganasan!
Tushunarlimi?! - deya xoʻmrayib dedi, men quvonib ketdim. Chunki uyalayotgandimda!...
#####
Chamasi 3 soatlar tinimsiz mashq qilish natijasida men partal ochishni uddaladim! Partalni birinchi
pchganimda shunaqanggi xursand boʻlib ketdimkiii! Hammamiz bir yerga yigʻildik.
- barcha tayyor boʻlsa men partalni ochaman! - dedim barchaga bir bir qarab chiqib! Ular tayyormiz
degach partalni ochdim. Birinchi Stiv partal ichiga tushib ketdi, soʻng Zana, soʻng Jonyga boʻlaqol
degan edim, u menga qarab turdida birdan kuchli qoʻllarini belimdan oʻtkazib quchib, ikkalamiz
birga partal ichiga tushdik. Shu payt boshim aylana boshladi. Qayerdandir har xil ovozlar eshitila
boshladi, men Jonyni mahkamroq quchib oldim, shu payt oyoq va qoʻllarim boʻshashib ketdi, boshim
aylanib, koʻz oldim qorongʻulashdi, Jonyni juda past ovozda chaqirdim va zulmatga quladim....
* * *
Koʻzimning kimdirning turtishidan ochdim. Koʻzimni ochib atrofga alangladim, qarshimda umuman
tanimagan ayol menga hayron qarab turar edi. Men viran sapchib oʻrnimdan turdim va atrofimga
qaradim, men haliyam Jonyning quchogʻida yotgan ekanman, u ham behush, bizdan sal nariroqda
Zana va uning yonida Stiv ham behush yotardi, haligi ayol haliyam menga, axmoqqa qaragandek
qarab turardi, endi eʼtibor beribman, bu ayolning kiyimlarini oʻzgacha ekan! Egnida bizning
olamdagidek yerda tegadigan liboslar yoʻq edi. Tizzasidan turadigan tanasiga yopishgan libos kiyib
olibdi. Soʻng u meni koʻzimni ochganimdan beri jim turganimni koʻrib tomoq qirib gap boshladi.
- hoy qiz, sizlar qayerdan paydo bpldingiz deyapman?! Bu yerda nima qilyapsizlar, bu yerga hech kim
kelmaydiku, men bolamni yoʻqotib qoʻydim, 5 yoshli, sochlari sariq edi. Koʻrmadingmi?! - dedi,
bizning tilda gapirgani uchun yaxshi angladim.
- bu yer qayer, biz bu yerga qanday kelib qolganimizni tushunmayapmiz! Iltimos menga bu yerning
nomini ayta olasizni, bular mening doʻstlarim! - dedim va ayolga umid ila qaradim. Ayol avval menga
ishonmayroq turdida soʻng, gapirdi.


- bu yer Qora oʻrmon, biz katta yoʻlning chetida dam olishga kelgan edik, oʻgʻlimni yoʻqotib qoʻydim,
uni qidirib oʻrmon ichiga chuqurroq kirib ketibman, qarasam sizlar bu yerda hushsiz yotgan
ekansizlar! Sizlar qayerdan paydo boʻldingiz, kiyimlaringiz ham gʻalati, oʻrta asrlardagi kiyimlarga
oʻxshaydi. - dedi. Men eshitganlarimni bir chetdan tahlil qilib chiqdim. Soʻng miyamga urilgan bir
savoldan koʻzlarim kattalashib ketdi. "Biz kelajakka tushib qoldikmi?"
- honim hozir nechanchi yil?
- 2021- yil - dedi hayron. Endi tushundim, biz haqiqatdan kelajakka tushib qolganmiz, oʻsha Alina
aytgan kelajakka!
- hech nima sizga raxmat, ogʻlingizni koʻrmadim! Endi esa hayr men doʻstlarimni uygʻotishim kerak! -
deya qoʻl siltab Jonyni uygʻotishga tushib ketdim. U ayol avval qarab turdida bir nimalar deb
mingʻirlab qoʻllarini har yonga yoyib oʻziga oʻzi gapirib keta boshladi, menimcha asabiylashdi. - Jony
uygʻon! Hooy tursangchi?! - dedim turtib, shu payt Uilyamni uygʻotganim esimga tushib ketdi.
Beihtiyor labimga tabassum yugurdi. Soʻng asabim buzilib Jonyni bir urdim. U darrov oʻrnidan
sapchib turdi.
- nima boʻldi nega meni urasan?! - dedi qalin qora qoshlarini chimirib.
- biz qayerga tushib qolganimizni bilasanmi?- dedim men ham qoshlarimni chimirib.
- qayerga boʻlardi, seni p
- olamingga oʻtgan boʻlsak kerak! - dedi hayron.
- kelajakka hush kelibsiz janob Jony! Biz 2021- yilga tushib qolibmiz! Eshitdingmi, biroz oldin bir ayol
meni uygʻotti va shunday dedi. Sen tentak qanday partal ochgan eding!
- ahir bu zoʻrku jinni! Endi kelajakda yashaymiz, bu qanday ajoyib a?! - dedi atrofga alanglab.
- ufff! - dedimda Zana va Stivni ham uygʻotib ularga ham tushuntirdim...
######
Mana kelajakka kelganimizga ham 2 oy boʻldi. Kelajakda antiqa narsalar koʻp ekan! Telefon,
televizor, kompyuter, mashina, samolyot vhk. Turli narsalar mavjud. Bizga bitta ayol uyidan joy
berdi. U yerda hafta yashab bu kelajak muhitiga oʻrgandik. Soʻng oʻzimiz ishlab pul topib uy sotib
oldik. Ha aytgancha, kelajakka ptganimizda faqatgina oʻzimiz oʻtdik, hech qanday billur arxideya,
sehr jodu, mening qilichim ularning narsalari vhk. Hech nimamiz bu olamga oʻtmapdi, hozir oddiy
insonmiz! Bitta sehrni ham qilolmadik. Bu bir tarafdan ajoyib edi. Hayotimiz juda zoʻr! Yaqinda Jony
bilan turmush quramiz! U aytganidek men va u bir birimizni sevib qoldik, yana bir yangilik Zana va
Stiv ham sevishganlarga aylanishdi. Bu juda ajoyib. Agar biz oʻtmuahimizni kimgadir aytadigan
boʻlsak, bizni aniq jinniga chiqarishadi. Oʻgay boʻlsa ham ota onamni sogʻindim, biz oʻsha sehrli
koʻlni topib, mening qasrimnig oʻrnini topib bordik, oddiy aholi yashaydigan joy boʻlib qolibdi, hech
qanday qasr ham koʻl ham yoʻq! Juda qiziq boʻldi bu. Ha mayli asosiysi biz oʻzimizga berilgan
topshiriqni bajardik...
* * *
Oradan yillar oʻtdi.
Jony va mening ikki oʻgʻlimiz va bitta qizmiz boʻldi. Katta oʻgʻlimizga Artur va Aleks deb ism qoʻydik,
buni men hohladim! Otam va meni majburlab turmushga berishmoqchi boʻlgan telba shaxzodani
eslab kulib qoʻyaman! Qizimizga esa Jony Julyetta deb ism qoʻydi. Stiv va Zananinh ham vitta oʻgʻli
va qizi bor! Qizining ismi Katya oʻgʻlining ismi Uilyam! Uilyamning ismini nega qoʻyiahdi bilmadimu,
men boshimdan kechirganlarimni aytganimdan soʻng shunday ism qoʻyishdi. Bugun Artur bizni
sevgan qizi bilan tanishtirmoqchi. Shunga chiroyli stol tuzadik qizim Julyetta bilan. Artur ham 20
yoshda! Bir payt eshik qoʻngʻirogʻi jiringladi. Julyetta borib ochdi, biz Jony bilan birga oʻtirgan


edik,bir tarafimda Aleks ham bor edi. Eshikdan kirib kelgan insonlarni koʻrib hayratdan qotib
qoldim. Qarshimda Artur va Alina turar edi. Ular ikkalasi qoʻl ushlashib keldi va Artur Alinani
tanishtirdi.
- oyi tanishing bu mening sevgan qizim Alina! - dedi ismini eshitib yanada hayratlandim! Ammo u
oʻtmishdagi Alinadan farq qilardi. U juda oppoq edi, bu Alina esa insonlarga hos ravishda oq va yuzi
ham sovuq emas balki yoqimtoy edi. Balki u emasdir deb qoʻydim ichimda... Nima boʻlgan taqdirda
ham, endi biz hech qachon u olamdagi sarguzashtlarni unutmaymuz va doim birga qolamiz...
Tugadi!
Muallif #lady_milo
Yozildi: 17.08.2022 — 31.08.2022
Mana yana bitta hikoyam ham tugadi. Toʻgʻrisi bu hikoyamdan koʻnglim toʻldi. Oʻzimga juda yoqdi.
Ichida yashagandek boʻldim. Amaliya nimalarni his qilsa men ham shukarni his qildim. Har bir
yaratgan personajim mening qalbimdan joy oldi. Hikoyamning ichida yashagandek boʻldim. Yozgan
hikoyalarimdan oʻzimga eng yoqqani shu hikoya boʻldi desam adashmayman. Endi sizlar ham oʻqib
oʻz fikringizni bildirishni unutmang: )
Cheksiz hurmat ila muallif : #lady_milo
B.Gulbonu
T.me: @lady_milo_hikayaler

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish