www.ziyouz.com
кутубхонаси
12
parisi hijronida telbanamo bo‘lib qolibdi. Shu kundan boshlab u kunu tun sohilda ko‘z yosh to‘kib Suv
parisini izlab yurar, atigi uzoqdan bo‘lsa ham bir ko‘rsam, deb yalinib-yolvorib so‘rar ekan.
Vaqt-vaqti bilan dengiz toshganda u suv bo‘yiga chiqib:
Qayda suzib yurasan, ey Buyuk Ona baliq!
— deb kuylar ekan. Suv qaytganda esa yana:
Qayda suzib yurasan, ey, Buyuk Ona baliq!
— deb kuylarkan.
Oydin kechalarda kezar va kuylarkan:
Bu dengiz sog‘inchimdir,
Bu suvlar ko‘zim yoshi.
Qorong‘i kechalarda kezar va kuylarkan:
Yer esa — yolg‘iz boshim...
Qayda suzib yurasan, ey, Buyuk Ona baliq!..
Suv toshganda kezar va kuylarkan, suv kaytganda kezar va kuylarkan... Shu orada qish ketib,
izidan bahor ham o‘tibdi. Yoz kunlari baxtiqaro yigit sohilda maymoqlanib, giryon kezib yurar,
tizzasigacha asov to‘lqinlarga botib, Suv parisi ko‘rinib qolarmikin, sado berarmikin, degan ilinjda
dengizga uzoq-uzoq tikilar ekan. Ana shunday kunlardan birida yigit dengizning qirg‘oq yakinidagi
sayoz joyida bola yig‘isiga o‘xshash ovozni eshitibdi. Bola emas, hozirgina tug‘ilgan norasida chirillab
yig‘layotganday ovoz eshitilibdi. Yigit u yerga chopib boradi-yu, o‘z ko‘ziga o‘zi ishonmay qoladi —
suvning sayoz yerida, to‘lqinlar ichida goh ko‘rinib, goh ko‘rinmay faryod chekib o‘tirgan
qipyalang‘och chaqaloqqa ko‘zi tushadi
Go‘dak: «Mening otam kim? Qani mening otam?» — deb chirqirab yig‘larmish. Oqsoq yigit buni
ko‘rib, hayratdan hang-mang bo‘lib qolibdi. Chaqaloq esa uni ko‘rishi bilan: «Dadajon, men sizning
o‘g‘lingizman! Meni bu yerdan olib keting!» debdi.
Qarang, qanday ajoyib-g‘aroyib voqealar yuz bermaydi deysiz! O‘sha odam o‘z bolasini bag‘riga
bosib uyiga olib ketibdi.
Bola tez o‘sib, ulg‘ayibdi. Dengizga ovga chiqadigan bo‘libdi. Jasur va kuchli ovchi degan nom
chiqaribdi. Tolei baland bo‘lib tug‘ilgan ekan: dengizga to‘r tashlasa — g‘ij-g‘ij baliq chiqar, yoydan
o‘q otsa, dengiz hayvonining bo‘g‘zini teshib o‘tar ekan. Uning shuhrati uzoq-uzoqlarga, o‘rmonlaru
tog‘lar ortiga ham taralibdi. O‘rmon qabilasidan bo‘lgan esli-hushli bir qizni barcha rasm-rusmlari
bilan unga olib berishibdi. Farzandlar tug‘ilibdi. Shunday qilib, Suv parisi — Ona baliq avlodi
ko‘payib, dunyoga, tarqalibdi. Bayramlarda aytiladigan qo‘shiq o‘shandan kolgan ekan:
Qayda suzib yurasan, ey, Buyuk Ona baliq?
Sening qaynoq pushtingdan — mangu hayot boshlangan,
Sening qaynoq pushtingdan — undik dengiz bo‘yida,
Sening qaynoq bag‘ringdir — ochunda eng go‘zal joy.
Qayda suzib yurasan, ey, Buyuk Ona baliq?
Xuddi nerpa boshiga o‘xshaydi oppoq siynang,
Bizni boqdi dengizda xuddi shu oppoq siynang
Qayda suzib yurasan, ey, Buyuk Ona baliq!
Eng devkor, alp erkak suzib borar sen tomon,
Sening pushting, urug‘ing gullab-yashnasin, debon,
Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa)
Do'stlaringiz bilan baham: |