Microsoft Word chingiz aytmatov sohil yoqalab chopayotgan olapar lotin ziyouz com doc



Download 326,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/54
Sana02.01.2022
Hajmi326,41 Kb.
#307721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Chingiz Aytmatov Sohil yoqalab chopayotgan Olapar qissa

www.ziyouz.com

 

кутубхонаси



 

4

do‘st tutinishi kerak edi. 



Kirisk hozir bola, og‘zidan ona suti ketmagan go‘dak bo‘lsa ham mayli, u kelgusida ishga 

yaraydimi, yo‘qmi, hozir gap bunda emas. Kim bilsin, ehtimol bir kun vaqt kelib yoshi ulug‘lar holdan 

toyib, keksayib qolganlarida, mana shu bola jamoaning kuniga yarar, uning tayanchi bo‘lib qolar. 

Shunday bo‘lishi kerak ham. Avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan azaliy hayot qonuni bu. Hayot shu 

asosga qurilgan. 

Qayiqdagilar shularni o‘ylashar, ammo hech kim bu haqda churq etib og‘iz ochmasdi. Bunday 

fikrlar odamning dilidan kechadi-yu. tiliga kamdan-kam ko‘chadi. Shuning uchun ham Olapar sohilida 

yashovchi Ona baliq — Suv parisi jamoasining odamlari Kiriskning birinchi ovga chiqishiga unchalik 

e’tibor berishgani yo‘q. Aksincha, qabiladoshlar bolaning katta ovchilar bilan dengizga chiqib 

ketayotganiga ahamiyat bermaganday ko‘rsatar edilar o‘zlarini. Go‘yo bu voqea e’tiborga 

arzimaydigan edi. 

Bolani faqat onasi kuzatib ko‘ydi. U ham bo‘lajak safar to‘g‘risida churq etmadi, qo‘ltiqqa 

yetmasdanok o‘g‘li bilan xayrlasharkan, «Endi o‘rmonga boraver!» dedi u aniq eshittirib, hech 

narsadan xabari yo‘qday. Ona dengizga emas, o‘rmon tomonga qarab qo‘shib qo‘ydi: «Ehtiyot bo‘l, 

olib kelgan o‘tinlaring quruq bo‘lsin, o‘zing o‘rmonda adashib qolmagin!» Ona bu so‘zlarni bolani 

kinrlar — jin-ajinalardan asrash uchun, yovuz ruhlarni chalg‘itish uchun aytdi. Ona Kiriskning otasi 

Emrayin to‘g‘risida ham og‘iz ochmadi. Go‘yo ovga ota-bola emas, tasodifiy odamlar birga 

borayotganday edi. Bu ham jinlarni chalg‘itish uchun; jinlar Emrayin bilan Kiriskning ota-bola 

ekanligini bilishmasin. Chunki otalar bilan bolalar birga ovga chiqishlarini jinlar yoqtirishmaydi. Agar 

bilib qolishsa, ota-boladan birortasini, halok kilishlari mumkin. Ota yoki boladan birortasi o‘lsa, tirik 

qolgani vahimaga tushsin, qayg‘ursin, azob chekib, ikkinchi dengizga chiqmayman, boshqa o‘rmonga 

kirmayman, deb qasam ichsin, deyishadi. Kinrlar ana shunaqa yovuz, makkor bo‘lishadi, odamlarga 

ziyon yetkazish uchun har doim payt poylab turishadi. 

Kiriskning o‘zi yovuz kinrlardan qo‘rqmaydi-ya. Endi go‘dak emas, axir. Ammo onasi qo‘rqadi, 

qo‘rqqanda ham bolamga biron falokat yopishmasin, deb juda qo‘rqadi. Kirisk hali yosh, uni halok 

etish jinlar uchun qiyin emas, deb o‘ylaydi. Onaning aytganlarida ham jon bor-da! Eh, nimasini 

aytasan, bu la’nati kinrlar bolalarga ozmuncha azob keltirdimi — bolalar ulg‘ayib, ovchi bo‘lib 

yetishmasin, deb ularga turli kasalliklarni ilashtirishadi, ziyon-zahmat yetkazib, mayib-majruh qilib 

qo‘yishadi. Bunday nogiron odamlarning kimga ham keragi bor? Shuning uchun odam ayniqsa 

go‘daklikda kinrlardan o‘zini asrashi kerak. Odam ulg‘ayib, oyoqqa turib, o‘zligini tanib olganidan 

keyin har qanaqa jin-pinlardan qo‘rqmaydi. Bunday odamga jinlarning kuchi yetmaydi, ular bunday 

kuchli kishilardan hayiqishadi. 

Ona-bola shunday xayrlashishdi. Ona bir lahza jim qoldi; bu sukunat zamirida onaning tashvishli 

iltijosi, umidlari yashiringan edi. Shundan so‘ng u bir marta ham orqasiga o‘girilmay qaytib ketdi. 

Dengiz tomonga biron marta ham qayrilib qaramadi, otasi to‘g‘risida ham churq etmadi, ota-bolaning 

qayoqqa borishidan zarracha xabari yo‘qday edi. Qiziq, bir kun avval ularni safarga shaylagan, uch 

kunlik dengiz safariga oziq-ovqat tayyorlab bergan edi-ku. Endi bo‘lsa xuddi ularni tanimayotganday 

ko‘rsatardi o‘zini. Bolasiga biror nima yopishmasin, jinlar biror narsani bilib qolmasin, deb 

qo‘rqqanidan tashvishlarini yuzaga chiqarmasdi. 

Shunday qilib, ona qo‘ltiqqa yetmasdan xayrlashdi. Bola esa onasi tayinlaganday, butalar orasida 

ko‘rinmas jinlardan izlarini yashirgan bo‘lib, birpas aylandi va shundan so‘nggina uzoqlashib ketgan 

kattalarga yetib olish uchun halloslab yugurib ketdi. 

U birpasda kattalarga yetib oldi. Ular qo‘llarida miltiq, har hil tugun, yelkalarida to‘rlarni 

ko‘targancha bamaylixotir borishayotgandi. Oldinda jamoa oqsoqoli O‘rxon bobo, keyinidan gavdali 

va daroz, keng yag‘rinli sersoqol Emrayin, uning ketidan esa g‘o‘labirdan kelgan, dum-dumaloq va 

chayir Milxun chayqalib borardi. Ular ustlariga boshdan-oyoq sovuq va nam o‘tkazmaydigan 

po‘stinlarini kiyib olgan edilar. Kirisk ularga qaraganda bayramdagiday yasanib olgandi. Onasi 



Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa) 

 

 




Download 326,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish