Reja:
Shaxs haqidagi psixologik nazariyalar
Individ, shaxs, individuallik tushunchalari
Faoliyatning asosiy turlari.
Inson faoliyatining tuzilishi
Shaxs haqidagi psixologik nazariyalar. Shaxs haqidagi psixologik nazariyalar uzoq vaqt davomida rivojalnib keldi. Buning natijasida ko‘plab nazariyalar, yondoshishlar yuzaga keldi. Ular orasidan g‘arb mamlakatlarida rivojlangan va tan olingan asosiy nazariyalarga to‘xtalib o‘tish lozim. Shaxs haqidagi barcha nazariyalarni rivojlanish bosqichiga ko‘ra uch guruhga birlashtirish mumkin:
Shaxs an‘anaviy nazariyalar (V.Diltey, K.Levin, V.Shtern, Z.Freyd, K.Yung va boshqalar).
Shaxs haqidagi yangi nazariyalar (G.Ayzenk, D.Kettel, A.Maslou, G.Olporp, K.Rodjers, K.Xorin va boshqalar).
Eng yangi nazariyalar (E.Bern, K.Leongard, D.Mid, G.Sallivn, Sirs, E.Fromm va boshqalar).
Ko‘rsatib o‘tilgan nazariyalar quyidagi psixologik yo‘nalishlarning tarkibida rivojalangan yoki ularning asosi bo‘lgan:
Freydizmning kontseptsiyasi neofreydizm (yangi freydizm), postfreydizm, bixevorizm va neo freydizm, gumanistik psixologiya, interaktsionizm, ekzistentsionalizm, sotsiologik nazariyalar, eliktik nazariyalar va h.k.
Individ, shaxs, individuallik tushunchalari. "Individ" tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tug’ilgan chaqaloqni, katta yoshdagi odamni ham, mutafakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoiylik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash lozim. Individ tushunchasi individ lotincha ajralmas, alohida zot ma'nolarini anglatib, inson zotiga xoslik masalasini belgilab beradi. Shuningdek, katta yoshdagi ruhiy sog’lom odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo’q oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi.
M.G.Davletshin tahriri ostida chiqqan "Psixologiyadan qisqacha izohli lug’atda" individ bo’linmas, ayrim jins, shaxs ma'nolarini anglatib, biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudot sifatida ko’rsatib o’tiladi.
Keltirilgan ta'riflardan shuni xulosa qilish mumkinki shaxs deb muayyan jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi bilan shug’ullanuvchi, kishilar bilan normal til orqali munosabatga kirishuvchi ongli individga aytiladi.
Individ sifatida dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta'sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Dunyoga kelayotgan chaqaloqning gavda tuzilishi unda tik yurish uchun imkoniyatining mavjudligini taqozo etsa, miyasining tuzilishi aql-hushining rivojlanishi uchun imkoniyat tug’diradi, qo’llarining shakli shamoyili mehnat qurollaridan foydalanish istiqbollarining mavjud-ligini ko’rsatadi. Yuqorida aytilganlarning barchasida chaqaloqning inson zotiga mansubligini ta'kidlanadi va bu fakt individ tushunchasida qayd etiladi. Buni quyidagi sxema asosida tushuntirish lozim.Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir. Individuallik deganda insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik kishining o’ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig’indisi, iroda, faoliyat motivlari, inson maslagi, dunyqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Individuallik individning boshqalardan farqlaydigan ijtimoiy xususiyatlari va psixikasining o’ziga xosligi hamda uning qaytarilmasligidir. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o’zida mujassamlashtirgan odam yo’q, inson shaxsi o’z individualligi jihatidan betakrordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |