O’simliklarning tinim holat



Download 28,5 Kb.
Sana05.11.2022
Hajmi28,5 Kb.
#860670
Bog'liq
O’simliklarning tinim holat


O’SIMLIKLARNING TINIM HOLAT

O’sishning davriyligi, faol va sekin o’sish, tinim davrlar, majburiy va fiziologik tinim, muddatlari, boshqarish usullari, harakatlar, tropizmlar, geotropizm, fototropizm, gidrotropizm, xemotropizm, niktinastik, nutasiya harakatlari.


Yuksak o’simliklarning o’sish jarayoni ma’lum davriylik xususiyatiga ega. Eng faol o’sish, sekin o’sish va tinim davrlari ritmik ravishda navbatlashib turadi. Bunday ritmik davriylik yil fasllarining almashib turishi bilan bog’liq. Faqat doim nam va havo harorati kam o’zgaradigan tropik yerlarda o’simliklar butun yil davomida to’xtovsiz o’sa oladi. Fasllar asosida iqlim sharoiti o’zgaradigan barcha yerlarda o’simliklar, kuzdan boshlab, asosan qishda o’sishdan to’xtaydi, barglarni to’kadi, hatto yosh novdalaridan ham ajraladi, ya’ni tinim holatiga o’tadi. Tinim holatida barcha hayotiy jarayonlar to’la to’xtamaydi balki faol modda almashinuv jarayoni juda sekinlashadi. Tinim holatiga o’tgan daraxtlar, butalar, ko’p yillik o’tlar, tuganaklar, ildizpoyalar, urug’lar va umuman tirik hujayralarga ega bo’lgan o’simlik organlari va butun o’simlikda nafas olish to’xtamaydi. Faqat nafas olish jadalligi juda past bo’ladi.
O’simliklardagi ikki xil tinimlik yaxshi o’rganilgan: 1) majburiy tinimlik; 2) fiziologik tinimlik.
Majburiy tinimlikning asosiy sababchisi tashqi sharoit omillaridir. Ya’ni o’sish uchun zarur sharoitning yo’qligi sababli o’simlik tinimlik holatiga o’tishga majbur bo’ladi. Majburiy tinimlik davriyligi ayniqsa daraxtlar, mevali daraxtlarda va ko’p yillik o’simliklarda har yili takrorlanib turadi. Bu o’simliklarda tashqi o’zgarishlardan tashqari, ichki zapas moddalarning ximik o’zgarishlari ham yuz beradi. Kuzda va qish boshlarida daraxtlarning novdalari va kurtaklarida to’plangan kraxmal zapaslari asta-sekin shakarga aylanadi. To’qimalarda suvning miqdori ham kamayadi. Buning natijasida ularning sovuqqa chidamliligi oshadi. Bahorga kelib, buning aksicha o’zgarishlar bo’ladi va faol o’sish boshlanadi.
Download 28,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish