Kemiruvchilar



Download 110,58 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.12.2021
Hajmi110,58 Kb.
#78043
Bog'liq
Kemiruvchilar - Vikipediya



Kemiruvchilar

Kemiruvchilar (Rodentia) - sut

emizuvchilar sinfiga mansub hayvonlar

turkumi. 1600, baʼzi maʼlumotlarga koʻra

2000 ga yaqin turi maʼlum. Tanasi

gʻoʻlasimon, uz. 5-130 sm. Koʻpchilik

K.ning oyogʻida yer kavlashga

moslashgan tirnoqlari bor. Boshi

uzunchoq, tepasi yassi. Koʻzi turtib

chiqqan, baʼzilarida esa rivojlanmagan

(mas, koʻrsichqonlarda). Labida qilsimon

moʻylovi bor. Qoziq tishlari koʻrinib turadi.

Baʼzi K. (nutriya, ondatra va




boshqalar)ning moʻynasi sanoat

ahamiyatiga ega. K.ning koʻpchiligi

qishloq xoʻjaligi zararkunandasidir. Oʻrta

Osiyoda uchraydigan eng yirik K.: jayra

(Hystrixhirsu tirostus Vg .); sariq

yumronqoziq (Citellus falvus oxianus

Thorns.) — beda ekiniga, daladagi

gʻallaga, tokzorlarga, mevali bogʻlarga

zarar keltiradi va oʻlat kasalligini

tarqatadi. Terisi qadrlanadi. Oʻrta

Osiyoning tekislik qismida tarqalgan.

Tanasi 30 sm cha; rangi qumsimon

sariqqoramtir aralash. Dashtlarda

yashaydi. Mavsumda bir marta koʻpayib,

6—8 bola tugʻadi; qadimgi yumronqoziq

(Citellus relectus Kaschk.) — qir-

adirlardagi bugʻdoy, arpa ekinlarini



shikastlaydi. Oʻzbekiston va

Qirgʻizistonning togʻli hududlarida

tarqalgan. Tanasi 22 sm cha; 4 tagacha

bola tugʻadi; Turkiston olmaxoni

(Dyromus nitedula angelus Thorns.) —

oʻrik va boshqa mevali daraxtlarga zarar

keltiradi. Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonning

togʻli hududlarida tarqalgan. Tanasi 10

sm cha. Mavsumda 1—3 marta 2—6

tadan bola tugʻadi; kichik qoʻshoyoq

(Allactaga elater Zicht.) gʻalla va boshqa

ekinlarni zararlaydi. Oʻrta Osiyo, Jan. va

Markaziy Qozogʻiston va boshqa joylarda

tarqalgan. Kattaligi 9,5—11,5 sm. Orqa

oyoqlari oldingisidan anchagina uzun.

Choʻl va yarimchoʻllarda yashaydi. Tunda

faol; kuzda uyquga kiradi. Yilda uch



marta urchiydi; Turkiston kalamushi

(Rattus turkestanicus satun) — Oʻrta

Osiyo va Qozogʻistonda tarqalgan.

Ombor mahsulotlariga zarar keltiradi;

oʻlat kasalligini tarqatishi mumkin. Tanasi

20 sm cha. Usti qoʻngʻirkulrang , qorin

tomoni sargʻish-oq. Yilda bir necha marta

urchib, 8—10 bola tugʻadi; plastinka tishli

kalamush (Wesokiaindica Gray.) — beda,

gʻalla, sholi, bugʻdoy, makkajoʻxori, poliz

ekinlari, baʼzan gʻoʻza hamda daraxtlarni

shikastlaydi. Oʻzbekistonning jan. qismi,

Turkmaniston, Tojikiston va boshqa

mamlakatlarda tarqalgan. Kulrangdan

malla tusgacha. Aholi punktlariga yaqin

yerlarda, ariq va daryo qirgʻoqlarida

tarqalgan. Toʻda boʻlib yashaydi; Sever so



v sichqoni (Musmusculus severtrovi

Kaschk.) — uy zararkunandasi. Oziq-

ovqat mahsulotlari, teri, kitoblarga zarar

keltiradi. Tanasi 9—10 sm. Usti qoʻngʻir

kulrang , qorin qismi oq; koʻrsichqonlar

(Ellobius talpinus Pall.) — beda va

boshqa ekinlarni zararlaydi. Oʻrta Osiyo,

Qozogʻiston, Zakavkazye va boshqa

hududlarda tarqalgan. Tanasi 9—12 sm.

Usti sargʻish jigarrang , baʼzan qoʻngʻir.

Oʻsimlik qoplami qalin joylarda tarqalgan.

Yer ostida yashaydi. Qishki uyquga

kirmaydi. Mavsumda 3 marta urchiydi;

jamoatchi dala sichqon (Mikrotus

socialis Pall.) — baʼzan bugʻdoy, arpa,

kartoshkani shikastlaydi. Jan.

Qozogʻistondagi togʻ oldi yerlari hamda



togʻlarda, Qirgʻiziston, Jan. Turkmaniston

va boshqa yerlarda uchraydi. Kattaligi 9—

11 sm; sargʻimtir qoʻngir, qorin tomoni

oq. Eversman qumsichqoni yoki qizildum

qumsichqon (Pallasiomys erythrourus

ssp. eversmanni Bagd.) — Oʻrta

Osiyodagi xavfli kemiruvchi

zararkunandalardan, gʻoʻza, bugʻdoy, poliz

ekinlarini zararlaydi. Turkmaniston,

Oʻzbekiston, Qozogʻiston va

Qirgʻizistonning baʼzi hududlarida

tarqalgan. Tanasi 15 sm cha. Usti

kulrang-sargʻish, qorin tomoni oq. Yil

boʻyi faol hayot kechiradi. Yiliga 3—4

marta urchiydi; katta qumsichqon

(Rhombomys opimus Zicht.) — sugʻorish

kanallari qirgʻoqlarini, yaylov va



boshqalarni shikastlaydi. Oʻrta Osiyo va

Qozogʻiston choʻllarida tarqalgan. Tanasi

17—20 sm. Usti malla sargʻish, qorin

tomoni oqish. Toʻda boʻlib yashaydi;

qishki uyquga kirmaydi. Kunduzi faol.

Kurash choralari: mexanik va fizik himoya

usullarini qoʻllash (yana q. Ombor

zararkunandalari).

Yaxontov V.V., Vrediteli

selskoxozyaystvennix rasteniy i

produktov Sredney Azii i borba s nimi,

T., 1953;

Nikiforov N.I., Meri borbi s grizunami,

M., 1987.

[1]

Adabiyot



1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-

yil

 

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada



Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

 

 



Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin. 

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

Manbalar



  Last edited 5 years ago by Ximik1991Bot  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


"

https://uz.wikipedia.org/w/inde

x.php?

title=Kemiruvchilar&oldid=182512



8

" dan olindi 



Download 110,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish