Reja 1. Davlat yerlari (podshohi). 2. Xususiy mulk (xususiy yerlar). 3. Vaqf yerlari. Xonlikning asosiy boyligi yer hisoblanardi. Bu yerlar sug’oriladigan (axya) va sug’orilmaydigan (adra) yerlardan iborat edi. - Xonlikning asosiy boyligi yer hisoblanardi. Bu yerlar sug’oriladigan (axya) va sug’orilmaydigan (adra) yerlardan iborat edi.
- Egalik shakliga ko’ra, Xiva xonligining yerlari ham uchga bo’lingan.
- 1. Davlat yerlari (podshohi).
- 2. Xususiy mulk (xususiy yerlar).
- 3. Vaqf yerlari.
Podshohlik yerlari
Podsholik yerlari bevosita davlatga, xonga tegishli bo‘lib, avloddan avlodga meros bo‘lib o‘tgan. Davlat yerlariga doimiy sug‘oriladigan ekinbop yerlardan tashqari tashlandiq yerlar, qumlik, adirlar va yaylovlar, ko‘l va to‘qayzorlar ham kirgan. Davlat yerlari bosib olingan hududlar, xonga qarshi mulkdorlarning musodara qilingan yerlari, yangi yerlarning o‘zlashtirilishi hisobiga ham kengayib borgan. Davlat yerlari xon tomonidan mulkdorlarga va ijarachi dehqonlarga, bevatan (yersizlar)larga foydalanish uchun bo‘lib berilgan.
Bunday yerlardan davlatga olingan hosilning 40-50 foizigacha mahsulot yoki pul ko‘rinishida soliq undirilgan. Davlat yerlari xonlik xazinasining asosiy manbai hisoblangan. Xon o‘ziga xolis xizmat qilgan amaldorlarga, yaqin qarindoshlariga, sodiq xizmat qilgan navkarlarga va dindorlarga davlat yerlaridan in’om qilib bergan. Bunday yerlar soliqlardan ozod etilgan
Xususiy (mulk) yerlari
Xususiy (mulk) yerlar xonning shaxsan o‘ziga, uning yaqin qarindoshlariga, yirik boylarga, saroy amaldorlariga, harbiylarga va boshqa zodagonlarga tegishli yerlar bo‘lgan. Xonlikning suvga yaqin bo‘lgan o‘troq markaziy tumanlaridagi unumdor va serhosil yerlarning asosiy qismi mulkdorlar qo‘lida edi. XIX asr birinchi yarmiga oid ma’lumotlarga ko‘ra, mulk egalariga tegishli yerlar xonlikdagi barcha sug‘oriladigan yerlarning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etgan. Manbalarning ma’lumot berishicha, ayrim mulkdorlar ixtiyorida ikki-uch ming tanobdan o‘nlab ming tanobgacha yer bo‘lgan. Misol uchun Pitnak, Xazorasi va SHo‘roxon shaharlari hamda ularga tutash bo‘lgan qishloqlar amir ul-umaroga tegishli bo‘lgan. Muhammadaminxon o‘g‘li Abdulla to‘raga 20 ming tanobdan ortiq yerni in’om qilgan va hokazo
Vaqf yerlari
Vaqf yerlariga diniy muassasalarga, masjid, madrasa, qabriston, xonaqolarga qarashli yer-mulklar kirgan. Bu mulklar diniy muassasalarga xon, amaldorlar va ayrim shaxslar tomonidan vaqf qilib berilgan. Bunday yerlardan kelgan daromad diniy muassasalar ehtiyoji uchun sarf etilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, (A. Boltayev) XIX asr o‘rtalarida xonlikdagi vaqf mulkining umumiy hajmi 170-175 ming tanobni tashkil etgan.Xiva xonligidagi kam yerli va umuman yersiz, ot-ulovsiz dehqonlar ko‘pchilikni tashkil etgan bo‘lib, ular davlat, mulk hamda vaqf yerlarida ijaraga ishlaganlar. Ijaradorlar ijaraga olgan yer miqdoriga qarab davlatga soliq to‘laganlar. Ular kimning yerida xizmat qilishlariga qarab bevatan, koranda va vaqfkor degan qatlamlarga bo‘lingan. Davlat yerlarini ijaraga olgan yersiz va kamquvvat dehqonlar bevatanlar, mulk yerlaridagi ijarakorlar koranda, vaqf yerlariijarakorlari esa vaqfkor deb atalgan.
XIVA XONLIGIDAGI ASOSIY SOLIQ TURLARI
salg ut, ya’ni yer solig’i edi.
alg’ut (bir yo’la to’lanadigan soliq)
miltiq puli(qurol sotib olish uchun aholidan yig’iladigan jarima)
arava oluv (aholining qo’lidagi aravalarini davlat ishlariga safarbar etish).
uloq tutuv (aholining qo’lidagi otlar va tuyalarni safarbar etish)
qo’nalg’a (elchilar va amaldorlarga ko’chib o’tish uchun joy berish)
so’ysun (qo’nalg’a chog’ida amaldorlarni mehmon qilish uchun mol so’yish),
chopar puli (soliq yig’ish xabarini yetkazuvchilar uchun haq to’lash)
tarozuyona (tarozibonga toiov haqi), mirobona (mirob uchun yig’im)
darvozabon puli (yukni o’tkazganlik uchun shahar darvozasi
qorovuliga to’lanadigan haq) va hkz.soliqlar mavjud edi.
Xiva qo’ng’irotlari davrida
qurilgan sug’orish inshootlari
XVIII asr 70- yillarida
Davkor ko’li yonida kanal
XIX asr boshlarida esa Lavzan kanali,
Qilich Niyozbiy kanali,
Katta Xonobod kanali
Xon va boshqa xususiy mulk yerlarida dehqonchilik qiluvchilar yarimchilar deb atalgan.
Bunday deb atalishiga ular yetishtirgan hosilning yarmini ijara haqqi uchun berganliklari sabab bo’lgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |