Microsoft Word xulafoi roshidiyn ziyouz com doc



Download 380,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet107/125
Sana01.01.2022
Hajmi380,59 Kb.
#282950
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   125
Bog'liq
Rizouddin ibn Faxriddin. Xulafoi Roshidiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 

79

Bu gapni u odam shuning uchun aytdiki, hazrati Ali qo‘shinning o‘rtasida jang 



maydoniga kirib qolganliklarini sezmasdan beparvo turgan edilar. Bu gapdan keyin Ali 

turgan o‘rinlarini tark etib, chetga chiqib Rabbillariga g‘oyat dilgirlik ila yolvorib 

murojaat etishga kirishdilar. Duolari ushbudur: «Ey butun borliqni yo‘qdan barpo etgan 

zot, sen bilursanki, men Usmonning orqalarini qora qilgan emasmen. O’zing bugun 

madad ayla.» Shundan keyin tezlik bilan o‘rinlaridan turib ularning hujumlariga qarshi 

mudofaa uyushtirishlik zarurligini tushundilar. 

Jumodil oyining oxirgi kunida boshlangan jang Basra yerida kun bo‘yi to‘xtamay 

davom etdi. Ikki guruh bir-biriga tinimsiz hujumlar "uyushtrib bir-birlarining qonlarini 

ayovsiz to‘kdilar. Shunchalik jang qattiq tus oldiki, bir nafas dam olishga ham hech iloj 

topolmay qoldi. Avvalda kamondan o‘q uzish bilan boshlangan jang bora-bora avjiga 

minib oxiri to‘s-to‘polonga aylanib ketdi. 

Hazrati Ali bayroqni olib o‘g‘illari Muhammad Xanafiyga berib: «olg‘a yur!» dedilar. 

Muhammad u kishiga boqib: «olg‘a yurishga hech iloj yo‘q, oldinda nayza tishlari 

turubdur», dedilar. Hazrati Ali undan bayroqni tortib oldilar-da, qo‘llariga ko‘tarib o‘ng 

qo‘llarida mashhur zulfiqorlarini ko‘tarib yakka o‘zlari dushman qo‘shiniga hujumga 

o‘tdilar. Tarix bahodirlari ega bo‘lmagan bunday mardonavorlikga yagona Ali ibni Abu 

Tolib ega bo‘ldilar. Alining safdoshlari ham barobar Alidan o‘rnak olib shijoat-la hujumga 

o‘tdilar. Jamal askarlari g‘alaba ila gerdayib turishardi. Ular bunday shijoat-la 

uyushtirilgan hujumdan sarosimaga tushib orqalariga qarab tum-taraqay qochdilar. 

Saflari butunlay buzilib tar-tibsiz holda sochilib ketdi. Zubayr ibni Avom ham jang 

maydonini tashlab qochdilar. Avvalroq Talha hazratlari g‘oyib bo‘lib qolgan, edilar. 

Hazrati Aliga bir tuyaning himoyasi tufayli odamlarning bekordan bekorga fojea 

holatda o‘layotganlari juda qattiq og‘ir botdi. Shu sababli Ali Ashtar bilan Ammor ibni 

Yosirni chaqirib mazkur tuyani safdan chiqarish to‘g‘risida ularga amr etdilar. Zero, tuya 

bir yoqli qilinmaguncha o‘rtadagi behuda qon to‘kilishi ham pasaymas. Ular tuyani 

o‘zlariga qibla qilib olib uning himoyasiga g‘oyat jon-dildan qattiq bel bog‘lagandilar. 

Biroq tuyaning oldiga borishlik dahshatdan-daxshatliroq, qanchadan-qancha jasur atoqli 

kimsalarning, ulug‘ -kishilarning o‘liklari qolib ketdi. Mana shu tuyani yo‘qotish uchun 

yetmishdan ortiq quraysh bahodirlarining onalari bolasiz qoldi. Xotinlari beva, bolalari 

esa yetim bo‘ldilar. 

Hazrati Ali mazkur jangai tezroq hal etib to‘xtatishni o‘ylaydilar. Lekin hech iloji yo‘q 

kabi edi. Chunki tuya boshini ko‘tarib bayroq kabi ularning o‘rtalarida qaqqayb turardi. 

Himoyachilar hamma narsani butunlay unutib uni benihoya sadoqatla himoya etishardi. 

Bir guruh tuya himoyasida turib jon bersa, o‘rniga boshqasi kelib yana himoyani davom 

ettirardi. Hazrati Ali, odamlar mabodo tuya tirik turarkan, aslo tarqalmasliklarini aniq 

bilardilar. Yoki Oyisha onamiz biror daydi o‘qdan shikast topib yiqilsalargina ularning 

shidatlari pasayishi mumkin edi. Hazrati Ali Oyisha onamizning mana shunday biror daydi 

o‘qdan  o‘lim topishlaridan qattiq qo‘rqdilar. Agar shunday hol yuz bersa, Rasululloh 

hazratlariga qaysi yuz bilan uchrashaman, deb qattiq iztirobda qaldilar. Shu sababli 

safdoshlariga qarab «tuyani so‘yinglar, agar tuya o‘ldirilsa, ular tarqab ketadilar», 

dedilar. Keyin bani Saqfa qabilasidan bo‘lgan . bir kishiga ishora qilmb: «ey Ibni Dalja, 

sen tuyaning oldiga bor», dedilar. Ibni Dalja ham bir hiyla ishlatib tuyaning oldiga yetib 

bordi va oyog‘ini kesib tashladi. Tuya og‘riqdan qattiq bo‘kirgan holda yerga yotib qoldi. 

Odamlar bu ahvolni bexosdan yuz berganini ko‘rib, hushlari boshlaridan uchdi. Tuya 

yerga yumalagan damda hazrati Ali odamlarga qarab: «Ey odamlar, sizlar albatta, 

omonlikdasiz», deb qattiq ovoz bilan qichqirdilar. Kutilgani kabi o‘rtadagi mojaro ham 

birdan to‘xtab qoldi. 

 



Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin 

 

 




Download 380,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish