Tuya suti ayroni tayyorlash usuli,kimyoviy tarkibi(oqsillar,uglevodlar,vitaminlar,mineral moddalar)oziq modda sifatida ishlatilishi annotatsiya



Download 27,31 Kb.
Sana17.07.2022
Hajmi27,31 Kb.
#810774
Bog'liq
TUYA SUTI AYRONI TAYYORLASH USULI


TUYA SUTI AYRONI TAYYORLASH USULI,KIMYOVIY TARKIBI(OQSILLAR,UGLEVODLAR,VITAMINLAR,MINERAL MODDALAR)OZIQ MODDA SIFATIDA ISHLATILISHI


Annotatsiya: Zamonaviy ilmiy izlanishlar tuyaning qo`pdan ko`p mo`jizaviy qirralarini bizlar uchun ochib bermoqda. Mazkur maqolada tuya suti ayroni tayyorlash usuli,kimyoviy tarkibi (oqsillar,uglevodlar,vitaminlar,mineral moddalar) oziq modda sifatida ishlatilishi haqida atroflicha so`z yuritildi.
Kalit so`zlar: tuya suti, S vitamini, V1 va V2 vitaminlar, buyrak xastaliklari, sarik suv ,zardob suvi, tabiiy antibiotiklar, sivorotka, istisqo (jigar so`lishi) kasalligi.
Tuya suti qadimdan shifobaxsh dori sifatida iste’mol qilinadi. Tuya suti qandli diabetda qand miqdorini sezilarlik darajada tushiradi. Biz shuni bilamizki insulinni tabletka yoki suyuq xolatida og`iz orqali qabul qilib bo`lmaydi. Chunki oshqozon kislotasi insulinni parchalab tashlaydi va insulin bemorga xech qanday foyda bermaydi. Shuning uchun insulinni ukol xolatidan boshqa ko`rinishda ishlab chiqarib bo`lmayapti (xozircha). Tuya sutida ko`p miqdorda insulun bor. To`g`rirog`i insulinga o`xshagan protein moddasi bor. Protein oshqozonda parchalanmaydi. Demak ichak devorlarida so`rilib qonga o`tadi va qandli diabetga chalingan bemorlarga yordam beradi.
Tuya suti bilan kuchli allergiyani davolash mumkin. Isroilning Beyer-Shevi shaxridagi olimlar kuchli allergiyaga chalingan to`rt oylikdan o`n yoshgacha bo`lgan sakkiz nafar bemor bolalarni tuya suti bilan davoladilar. Bolalarni xammasi shifo topdi. Ilmiy tekshirish ishlarini olib borayotgan olimlarni fikrlarga ko`ra tuya suti tarkibidagi protein moddasi oziq-ovqat allergiyasini davolashda muhim rolь o`ynaydi. Tuya suti vitaminlar; A, V, V2, S, D ga boy hamda aminokislotalar, kalьtsiy, med, magneziy, tsink, fosfor, sera moddalari bor. Kalьtsiy moddasi tuya sutida mol sutiga nisbatan o`n barobar ko`p. Tuya sutidagi qator immunoglobulinlar (antitel) inson organizimiga mos kelishi ichak devorlaridan oson so`rilib qonga o`tishini ta’minlaydi.
Tuyaning shifobaxsh suti bilan jigar xastaliklari (gepotit A, B, S, tserroz) ni, rakni davolash mumkinligini zamonaviy fan tasdiklayapti. Bolalardagi tutqanoq (R.TS.P), o`smay qolish xolatlarida, qondagi kasalliklar tufayli istimalaganda (sepsiz), organizmda kalьtsiy vitaminlar yetishmaganda tuya suti yaxshi yordam ko`rsatadi.
Tuya sutini och qoringa ovqatdan (ikki soat) oldin (uch mahal 200 gramdan) xomicha, kichik yutumlar bilan ichiladi. Qaynatilsa shifobahshligiga putr yetadi.
Tuyaning sutini sovitgichda (xolodilьnikda) olti-sakkiz kungacha aynitmay saqlash mumkin. Sutni ichishdan avval ilitib olishni unutmang! Tuyaning suti yuqorida qayd etilgan muddatidan ko`proq saqlanganda ta’mi nordonlashib bir oz quyuqlashib qolishi mumkin biroq shifobaxshligi o`zgarmaydi. (mijozi o`zgarib sovuq mijoz bo`lib qoladi). Tuyaning sutini iste’mol qilganingizda; qorningizni to`q tutadi, asablaringizni tinchlantiradi, uxlatadi va mijozingizga qarab ichingizni yumshatishi yoki ayrim xollarda ichingizni suyultirishi mumkin. Bunday xolatlar sutni inson organizmiga ta’sir qilish xususiyatlaridan biri xisoblanadi.
Tuya suti ichishni sinalgan tadbiri: Tuya suti och qoringa ichiladi. Mumkin bo`lsa sut ichiladigan kunlarda ovqat yeyilmaydi. Shu vaqtda qancha sut ichilsa shuncha siyish kuzatiladi.
Olimlarning izlanishlariga ko'ra tuya suti inson organizmini har tomonlama oziqlantirib immun tizimini mustahkamlaydi va uni kuchaytiradi. Immuniteti yuqori bo'lgan organizm esa har qanday dardni osonlik bilan yenga oladiIlmiy tadqiqotlar tuya suti meva va ko`katlar o`rnini bosa olish xususiyatiga ekanini aniqladi. Qishloq xo`jalik vazirligi huzuridagi qishloq xo`jalik tadqiqotlari markazining yirik qoramol tadqiqotlari bo`limi rahbari doktor Abdulati Kamel tuya suti tarkibidagi sahro odamlari uchun zaruriy vitamin va minerallar shunday deydi: «Tuya suti tarkibida juda ko`p miqdorda S vitamini mavjud bo`lib, sahroda yashovchilar uchun u yangi uzilgan meva va ko`katlar o`rnini bosuvchi benazir ne’mat hisoblanadi. Har yili sut mavsumida uning tarkibidagi vitamin va minerallar kontsentratsiyasi o`sadi, holbuki, tuyalarda sut mavsumi to`liq 12 oy davom etadi, sigir va buyvollarda esa 7 oydan oshmaydi, qo`ylarda esa atigi 3 oy davom etadi. Tuya sutidagi vitamin va tuzlar miqdori sigir sutidagi xuddi shu elementlar miqdoridan 3 barobar ziyod, odam (ona) sutidagi elementlarga qaraganda esa 50 foiz ko`proq, ammo ayni shu paytda tuya sutidagi kazein proteinning 70 foizini tashkil etadi, shuning uchun u organizm tomonidan osongina hazm qilinadi va odam tanasiga tezda singib ketadi.
Tuya sutidagi V1 va V2 vitaminlar miqdori qo`y hamda echki sutidagi vitaminlarga nisbatan ko`proqdir. Tuya suti buyrak xastaliklari va ko`krakdagi og`riqlarni davolash xususiyatiga ega. Tuya suti sahro arablarining asosiy ozuqasi hisoblanadi. Badaviylar uni sutlarning eng yaxshisi deb bilishadi. Ular bu sutni ko`pincha yangi sog`ilgan holda ichishni ma’qul ko`radi. Tuyalar suti foydaliligi va tarkibi bo`yicha bir-biridan farq qilishi mumkin».Tuya suti kalsiy boy mahsulot xisoblanib undagi kalsiy miqdori sigir sutiga nisbatan 3 barobar ko'pdirTuya suti kalsiy boy mahsulot xisoblanib undagi kalsiy miqdori sigir sutiga nisbatan 3 barobar ko'pdirKumron(shubat) tayyorlash jarayoni
Dastlab yangi suyilgan echki yoki buzokcha korni (oshkozoni) olinadi. Uni yaxshilab kirib yuvib guyo kaynatib yeyishga tayyorlagandek pokiza kilib tozalanadi. Tozalab bulingan korin ya’ni oshkozon aloxida idishda turgan katikka solib kuyiladi. Shu tarika korin katikda 10 kun soya joyda idish ustiga doka yopilgan xolda turadi. Bu orada katik 3-4 marta almashtirilib yangisi kuyiladi. 10 kun utgach korin katikdan olinib aloxida idishda tayyorlab kuyilgan katik suvi (sarik suv ,zardob suvi, sivorotka)da uch kun obdon yuviladi. Shundan keyin korinni yaxshilab toza suvda yuvib tashlanadi. Keyin aloxida kuyosh doim tushib turadigan joyga 50 litr xajmdagi ichki tomoni sirlangan xum kuyiladi. Endi korinni xum ichiga tashlab ustidan yangi sogilgan tuya suti kuyiladi. Kuyosh ostida turgan ushbu xumning tepasi 3-4 kavatli doka bilan yopib kuyiladi.
Xum ichidagi sutni koringa kushib ora sora aylantirib turish uchun maxsus tayokcha tayyorlab olinadi. Shu tayokcha bilan xar 1-1,5 soatda tuya suti korin bilan kushib yaxshilab aylantirib turiladi. Bu jarayon 12 kun davom etadi. Ana shundan keyingina xakikiy maromiga yetgan kur (zakvaska) tayyor buladi. Endi ushbu kurdan bir litr olinib boshka aloxida idishda tayyorlab kuyilgan 9 litr tuya sutiga kushib yuboriladi . Bu kushilgan massa bir sutka davomida achitiladi. Bu jarayonda xam aylantirib turish uchun tayyorlangan tayokcha bilan aylantirib turiladi. Shunday kilib tayyorlash jarayonini 3 sutkagacha yetkazish mumkin. Bir sutkada tayyorlangan kumron yengil kumron xisoblanadi. Ikki sutkada tayyorlangan kumron urtacha deb ataladi. Uch sutkada tayyorlangani esa kuyuk kumron deb ataladi. Xumdonda kolgan 49 litr kumron kuri yana 49ta shunday idishlarda xar biri 10 litrdan bulgan kumronlarni tayyorlash uchun ishlatiladi. Keyingi boskichlarda usha tayyorlangan kumronlarni xam kur sifatida ishlatish mumkin. Ya’ni tayyor kumrondan olib boshka idishdagi tuya sutiga kushiladi va ta’bga karab kumron tayyorlash xam mumkin.Muxammadani Axmad Abdulla istisqo (jigar so`lishi) kasalligi ustida ilmiy tadqiqot olib bordi. Bunda hali tadqiqot boshlanmasdan qorni suvdan shishib chiqqan 15 ta bemor ustida 15 kunlik ilmiy tajriba o`tkazildi.
Doktor oson hazm bo`ladigan qilib tayyorlangan tuya siydigi va suti aralashmasining muayyan miqdorini har bir bemorga har kuni berib bordi. 15 kundan so`ng esa tadqiqot hayratlanarli natijalardi berdi: qorin shishishi yo`qolib, bemorlar qorni o`zining avvalgi holatiga qaytdi va ular istisqodan to`la davolanishdi. Bundan tashqari Muxammadani jigar tsirrozi bilan xastalangan 25 ta bemor ustida ilmiy tajriba o`tkazdi: bu bemorlarning 15 tasi jigarida yog` yig`ilib qolganligi, qolganlari esa bilьgartsiozsababli ushbu kasallikka yo`liqqan edi. Ikki oy davomida doktor bemorlarga har kuni muayyan miqdorda tuya siydigini ichishga berib davoladi. Bu muolaja barcha bemorlarga yordam berdi, ba’zilari hatto muolajani yana ikki oyga cho`zish xohishini bildirishdi. Muolaja tugagach o`tkazilgan tekshiruvlar ushbu bemorlarda jigar sirrozining asari ham qolmaganini tasdiqladi.
Misrda doktor jigar va buyrak kasalliklarini 21 kun davomida 100 ml yosh tuya siydigini har kuni ertalab va kechqurun tanovul qilish orqali davolash mumkinligi haqida ma’lum qildi. Bunda u bemorlar zaytun moyiga asoslangan ovqatlanish tartibiga rioya qilishlari va tuya siydigini ichishdan 4 soat oldin va 4 soat keyin hech nima tanovul qilmasliklari kerakligini ta’kidladi.
QUMRON
Qumron - tuya sutini maxsus usulda achitilgani. Mazasi nordon, xushbo`y hidga ega. Bir kunda bir litrdan qumron ichilsa ichni tozalash hisobiga yomon moddalarni, kasalliklarni tanadan, tomirlar ichini xolestrindan va quyilgan qonlarni suyultirib chiqindalarni haydash bilan kuchli foyda beradi. Nafas yo`lini balg`amdan, nafas qisilishidan davolaydi. Turli o`pka kasalliklari, yo`tal xurujlari yaxshi davolanadi. Qandli diabet kasalliklarida foydasi cheksiz. Yurak xurujlarida, qon tomir yetishmov-chiligida va asab-nerv kasalliklarida qumron yaxshi foyda qiladi. Surunkali jigar kasalliklarini qonni yuvish bilan davolaydi.
Sut tarkibida yallig`lanishga qarshi tabiiy antibiotiklar (turli mikroorganizmlarning o`sishi, rivojlanishini to`xtatuvchi moddalar) bor. Qumron-ishtahani ochadi, asablarni tinchlantiradi, uxlatadi. Bemorni mijozini va ta’bini hisobga olib qumronga yangi sog`ilgan tuya sutini qo`shib, qumronni ta’mini mo`’tadil qilib olish ham mumkin.Oshqozo ichak yaralari kasalliklarida tuya sutini yangi sog`ilganini iste’mol qilinadi. Uch mahal ovqatdan ikki soat oldin ichiladi.
Maslahat: Sutli baklajkalarni sovutgichni pastki qismida oldindan muzlatib olingan suv-li baklajkalar bilan birga aralashtirib saqlansa, sut muzday sovuq bo`ladi-yu, muzlamaydi. (Sut sog`ilishi bilanoq +4 darajagacha sovutib olinsa va shu darajada saqlansa achituvchi bak-teriyalar sust ya’ni faol emas holatda bo`ladilar.) Mazkur usul bilan sutni yetti-o`n kun yangiday saqlash mumkin. O`zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2011 yil 28 aprelь-dagi 122-sonli qarorininig 1-ilovasiga asosan xom sut uchun sertifikat talab qilinmaydi.
SURUNKALI JIGAR KASALLIKLARIDA:
1.Asabiylashmaydi. (Birovni xafa qilmaydi, birovdan xafa bo`lmaydi. )
2.Og`ir ko`tarmaydi.
3. Non, xamirli ovqat, achchiq-sho`r iste’mol qilmaydi. Hazm qilinishi og`ir bo`lgan ovqatlar jigarni to`qimalarini tiklanishini qiyinlashtiradi. Ovqat yaxshi xazm bo`lishi uchun kichik luqmalarda yeyish va ko`p chaynab keyin yutish kerak.
Achchiq, shirin anor teng miqdorda olinib, suvi siqilib har kuni 400grammiga bir choy qoshiq asal bilan iste’mol qilinadi. Tovuq (yoki quyon) go`shti solingan mastava, sho`rva, karamga o`ralgan dimlamalar iste’mol qilish mumkin. Tovuq (yoki quyon) go`shti jigardagi ovqat xazmini yengillashtirib, jigardagi nekrozlangan xujayralarni tiklaydi. Bir umr foydalanilsa ham asorati yo`q, foydasi 100%. Yalpiz (hulva), xardal (gorchichnik iste’mol qilinadigani) ovqatga qo`shib yeyiladi (bir choy qoshiqdan).
Uch osh qoshiq arpani 200 gramm suvda titilgunicha qaynatib so`ngra suzib olib choy o`rniga ichiladi (siydiradi, jigarni tozalab shishni qaytaradi).
Chuvalchangni (loy xo`rak, yomg`ir chuvalchangi, ilon chuvon) quritilganini bir choy qoshiq-dan ikki mahal och qoringa ichilsa jigarni qattiqlashgan tomirlarini ochishda ta’siri nihoyatda natijali bo`ladi. Chuvalchangni ichini loydan tozalash usuli; chuvalchangni sho`r suvga 10-15 minut solib qo`yiladi. Keyin suvda tozalab yuvib, quritib, tuyib qo`yiladi.
Har kuni bir dona sarmsoq piyozni suvda yoki ovqatda pishirib keyin ikkiga bo`lib asal qo`shib iste’mol qilinsa jigar tomirlarini va qonni chiqindilardan tozalab yaxshi foyda qiladi. Lavlagi (qizilcha) qonni ko`paytiradi. Petrushka siyishni ko`paytiradi.
Jigarda va taloqda shish bo`lsa, bemorda xansirash kuzatilsa daryo qurbaqasidan sho`rva ichish tavsiya qilinadi. Chuvalchang va daryo baqasi jigar to`qimalarini yangilaydi. Gepotitlarda katta foyda keltiradi. Tserrozni oldini oladi, boshlangan bo`lsa ham foyda qiladi. Nojo`ya ta’siri aniqlanmagan.
Qorin bo`shlig`ida suv to`planganda ovqatni tuzsiz pishiriladi. Ovqatni yeyotganda ham tuz sepmay iste’mol qilinadi. Tuzsiz ovqatni ta’mini yaxshilash uchun limon, uzum sirkasi, piyoz, lavr yaprog`i va o`tkir hidli sabzavotlardan foydalaniladi. Ovqatni oz-oz yeyish kerak...
ALERGIK KASALLIKLAR.
Allegik yo`tal, tumov, nafas qisishi va astmani og`ir turi bilan kasallangan bemorlar 10 kun davomida meditsina dori-darmonlari bilan birga dorivor giyohlar va tuya sutini ichsalar yaxshi natija beradi. Balg`am tusha boshlasa bronxlar (nafas yo`llari) tozalanib nafas qisishi tuzala boshlaydi. Ikki oy davomida dorivor giyohlarni iste’mol qilib va tuya sutini ichib davolangan bemorlar, bronxlarni ochuvchi garmonlarni va kimyoviy dori-larni iste’mol qilishni to`xtatsalar bo`ladi. Achchiq, sho`r, moshli ovqatlar, qizil rang-li mevalar (qizilcha, pomidor, ...) yemaydilar. Qon bosimi borlar semichka yog`ida, qoni kamlar qo`y yog`i va qo`y go`shtida ovqat yeydilar.
Xulosa qilib aytganda, alloh tomonidan bizga taqdim etilgan har bir ne`mat bejizga berilmagan. Agarda uni to`g`ri foydalanadigan va shukr qiladigan bo`lsak hech bir dard bizga yaqin yo`lamaydi. Yuqorida bu behisob ne`matlardan tuya sutini bir qancha hikmatlarini ko`rib chiqdik. Uni hali ma`lum bo`lmagan qanchadan qancha hikmatlari mavjudligi bizga qorong`u.
Sizga va oilangizga sihat-salomatlik tilaymiz!


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2010 y., 23-son, 181-modda

  2. Ibn Sino: “Tib qonunlari” (tibbiy o`gitlar), 185-bet

  3. Lex.uz

Download 27,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish