www.ziyouz.com kutubxonasi
92
mustaqil xukumatlar tashkil topdi. Islom ichida ro‘y bergan ushbu holatni ko‘rib G’arb
davlatlari Islom olamini yer
yuzidan supurib tashlash uchun, xalqlar dilidan Islom
ta’limotini chiqarib tashlash uchun fursatni g‘animat bilib umum Salb yurishi e’lon qildi.
G’arbdagi hukumatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan salbchilar Islom dunyosiga 990
yil melodiyda ochiqdan-ochiq qurolli hujum boshladilar. Ular juda ko‘p Islomiy xalqlar
yashaydigan yerlarni bosib oldilar. Kishilarni Islom dinidan chiqarishlik uchun qo‘llaridan
kelgan hamma harakatlarni qilib ko‘rdilar. Biroq hech narsaga erisha olmay, Islom
dunyosidan xorlarcha qochib chiqib ketdilar. Lekin bu bilan ularni Islomga bo‘lgan qarshi
harakatlari tingani yo‘q. Ular har doim Islomga zarba urish uchun tayyorgarlikni davom
ettirmoqdalar. Tashqi tomondan qurolli harakatlari muvaffaqiyat topolmagach, ular ichki
tomondan Islom dunyosini buzishga kirishdilar. Ichki fitnalar uyushtirdilar. Islom xalqlari
orasida o‘zlarining zaharli ta’limotlarini tarqatishlik uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan
kishilarni tayerlab, ularni musulmon xalqlari o‘rtasiga nifoq solishlikka yubordilar. Ularning
harakatlari ahli Islom orasida o‘z ta’sirini qoldirdi. Juda uzoq tayyorgarlikdan so‘ng Islom
olamiga qarshi ikkinchi marta yana umum salb yurishini tashkil etdilar. Bu ming yetti
yuz va ming sakkiz yuz yillarda bo‘ldi. Bu safar ular butun Islom dunyosini ochiqdan-
ochiq qo‘llariga kiritib oldilar. Bu safar ular Islom xalqlarini o‘z dinlaridan voz kechishlari
uchun qo‘llaridan kelgan hamma hiyla-nayranglarini ishga solib ko‘rdilar. Musulmonlar
o‘rtasida behayolikni yoyishlikka harakat etdilar. Uzoq, ya’ni yaqin 200 yil davomida
musulmonlarni aldab, quvg‘in qilib ularni dindan chiqarmoq uchun tinimsiz harakatda
bo‘ldilar. Biroq nimaga erishdilar. Hech nimaga erisha olmadilar. Musulmonlarni
yoppasiga kofir qilmoqchi bo‘ldilar. Ammo qilolmadilar. Yana Islom dunyosida ichki
.qo‘zg‘alish boshladi. Bunga dosh beraolmay G’arb mustamlakachilari u yerlardan
o‘zlarini zanjirli hokimiyatlarini olib chiqib ketdilar. Ochiqdan-ochiq mustamlaka etishga
yarolmay qolib yangi ma’naviy mustamlakachilik yo‘lini kashf qildilar. Mustamlakachilar
yoniga sionistlar, mulxidlar, qo‘shildi, ular birlashib Islomni yer yuzidan yo‘qotib
yuborishga kirishdilar. Biroq shunchalik uzoq davr mobaynida ta’qib etilishiga qaramay,
musulmonlar hargiz dinlaridan qaytganlari yo‘q. Ularning sonlari ozaymadi ham,
aksincha ziyoda bo‘la bordi. Bugungi kunda Islom olamida Islom aqidasini o‘ziga yetakchi
deb bilgan xalqlar soni statistik ma’lumotlar axborotiga ko‘ra aniq hisobda milliarddan
ortib ketdi. Yagona kishidan boshlaganidan tortib quvg‘in va ta’qibga uchragan
musulmonlar yuz million bo‘ldilar, ikki yuz million bo‘ldilar, mana hozirda milliardga yetib
o‘zib ketdilar. Uzoq asrlardan beri Islom aqidasini himoya etuvchi biror bir kuchli davlat
bo‘lmadi. Aksincha, hamma kuch, texnika va resurslar Islom dushmanlari qo‘lida bo‘ldi.
Ular mana shu texnika va kuchlarni ishga solib hech narsaga ega bo‘lmagan xalqlarni
dinlardan chiqarishlik uchun doimiy harakatda bo‘ldilar. Biroq hech narsaga erisha
olmadilar. Agar biron bir qudratli davlat Islom aqidasining himoyachisi sifatida ish
yuritganda edi, ehtimol unda ta’na etuvchi kofirlarga gap topilib qolgan bo‘lardi. Ular
Islomni falon qudratli davlat himoya etayotgani sababli xalqlar ichida yashab turmoqda,
deya ayta olgan bo‘lardilar. Lekin baxtga qarshi, ya’ni ularning baxtlariga qarshi bunday
bo‘lgani yo‘q. Bu narsa Islom butun olam moliki tomonidan yuborilgan narsa ekanligani
bildirmaydimi? Axir qaysi falsafa va oqim bo‘lmasun, u faqat biror bir kuchli davlat
himoyasida yashab tura olishi tarixdan ochiq-oydin va ravshan ma’lum-ku.
ALBATTA KELAJAK PORLOQ. TONG HAM YAQIN. SO’NGGI DUOYIMIZ: BUTUN
MAQTOVLAR OLAMNING RABBI OLLOH TAOLOGA BO’LSIN. OLLOHNING
MADADI ILA NIHOYASIGA YETDI. OMIN VA RABBIL OLAMIN.
www.ziyouz.com
- 2008