www.ziyouz.com kutubxonasi
89
barqsiz ko‘ringanday bo‘ladi. Bundan kofirlar endi din tugaydigan bo‘ldi, nuri o‘ngashga
boshladi, deb o‘ylab, ichlarida shodlanishga tushdilar. Aslida ular o‘ylagani kabi nuri
so‘nishga yuz tutgan bo‘lmaydi. Zero, butun mavjudodning yaratguvchisi hamda egasi
bo‘lgan Olloh buni har qanday burulishdan, yo‘qolishdan saqlashlikni o‘z zimmasiga
olgandur. Kofirlar shodlanib dinni endilikda butunlay yer yuzidan supurilib ketishligi
muqarrar bo‘lib qoldi, deya olamga jar solib turgan bir paytlarida, nogahon ular
kutmagan tomondan uning nuri o‘z aksini yangidan ko‘rsatib qoladi. Bundan tashvishga
tushib qolgan kofirlar uning nurini yana qaytadan o‘chirishga urinadilar. Biroq buyuk
Ollohning balosiga giriftor bo‘lib o‘lib ketadilar. Butun mehnatlari evaziga ega bo‘lgan
mukofotlari dunyoda xorlik, oxiratda esa do‘zax degan azob-uqubatlar makoni bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |