Karyer
Ochiq
kon ishlari deb bevosita yer
yuzidan turib foydali qazilmalarni qazib
olish uchun bajariladigan kon qazish
ishlari majmuasiga aytiladi. OKI kon
ajratmasini
tayyorlash, karyerni qurish,
ekspluatatsiya va karyerni tugatish
davrlaridan iborat.
Karyer
(fransuzcha:
carrière
) — foydali
qazilmalarni
ochiq usulda qazib oladigan
korxona; yer qaʼridan foydali qazilmalarni
ochiq usulda qazib olishda hosil
boʻladigan chuqurliklar majmui. K. bir
nechta pogʻonaʻona tizimlaridan iborat
boʻlib, odatda, yuqoridagi pogʻonalar
puch togʻ
jinslarida joylashadi, pastki
pogʻonalarda foydali qazilma qazib
olinadi. Foydali qazilmani qazib olish
uchun puch (qoplama) togʻ
jinslarini surib
ochiladi.
Ochiq usulda foydali qazilmalarni qazib
olish qad.dan maʼlum. Dastlabki katta
Karyerlar Qad. Misrda ehromlar bunyod
etilishi bilan bogʻliq boʻlgan,
keyinchalik
Saxadagi
karyer
Karyerlarda bunyodkorlik va
haykaltaroshlik ishlari uchun marmar
toshlari katta hajmda qazib olingan. 20-
asr boshigacha ochiq kon ishlari keng
rivojlangan.
Asrning oxiriga kelib
dunyoda qurilish materiallari sifatida
ishlatiladigan togʻ jinslarining qariyb 95%,
foydali qazilmalarining 70%, qoʻngʻir
koʻmirning 90%, toshkoʻmirning 20%
Karyerlardan qazib olingan. Katta
Karyerlarda yiliga oʻnlab million tonna
foydali qazilma va puch togʻ jinslari
qaziladi. Jahondagi eng katta Karyerlar:
"Bogatir" (Qozogʻiston) — yiliga 50 mln.t
dan ortiq toshkoʻmir va 25 mln.m3
qoplama togʻ
jinslari, "Maunt-Rayt".
(Kanada) — 45 mln. t temir rudasi va 25
mln.t qoplama togʻ jinslari, "Fortuna"
(Germaniya) — 42,6 mln.t qoʻngʻir koʻmir
va 89,2 mln.m3 qoplama togʻ jinslari
qazib chiqariladi. Oʻzbekistonda
"Muruntov" oltin qazib oladigan Karyer
bor. Yillik unumdorligi 45 mln.m3. Uz.
3500 m, eni 2500 m, chuq. 300 m.
Loyihada 600
m gacha chuqurlashtirish
koʻrsatilgan. "Qalmoqqir" Karyerning yillik
unumdorligi 24 mln.m3 boʻlib, tarkibida
mis, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, pyx, reniy,
osmiy mavjud boʻlgan ruda qazib olinadi.
"Angren" Karyerida yiliga 3 mln. t atrofida
qoʻngʻir koʻmir va kaolin qazib olinadi.
Oʻzbekistondagi 36 marmar va 21 granit
Karyer larda yiliga 2,3 mln.m3dan ortiq
(2001) qoplama toshlar va millionlab m3
ohaktosh qazib olinadi.
Marmar qazib
olinadigan Gʻozgʻon, Jom, Zarband va
Nurota Karyerlari, granit chiqadigan
Langar va Sevasoy Karyerlari mashhur.
[1]
1.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Stub
ikona
Ushbu maqola chaladir. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/
index.php?title=Karyer&action=edi
t) Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish
kerak.
Manbalar