XALIFALIK DAVRIDA TUTGAN ISHLARI
Imom Hasanga bay’at qilingan paytda otalari shomliklar bilan jang qilishlik uchun
kattagina qo‘shinni jihozlab qo‘ygan edilar. Hasan ham otalari qasd qilgan ishni oxiriga
yetkazishlik niyatida mazkur tayyorlangan qo‘shinni jangovar holga keltirishga
buyurdilar. Qays ibni Sa’dni esa lashkar bilan oldinga jo‘nashga amr etdilar. Ammo Olloh
subxonahu va taolo Rasuli Akram salallohu alayhi vassallamning Hasan to‘g‘rilarida
oldindan bergan xabarlarini haqiqatga aylantirishni xohladi-da, u janobga to‘g‘ri yo‘lni
ilhom qildi. Zero, imom Hasan kishilarning o‘zlariga bergan bay’atlarini o‘ylab tekshirib
qaradilar. U bay’at otalariniki kabi emasligiga aqllari yetdi. Zero, bay’at umum ittifoqla
amalga oshirilgan bo‘lmay faqatgana Alining tarafdorlari bo‘lgan iroqliklar tomonidan
berilgandi, xolos. Boshqa tomondan ham o‘ylab qarasak o‘zaro tortishuv bo‘lgan Iroq ahli
yordamida hech qanday kuchli bir davlatni paydo bo‘lishi ham mushkul edi. Bundan ular
ichidagi har xil kelishmovchiliklar oxiri ehtimolki, u janobni egallagan mansablaridan bir
kuni mahrum etishligi mumkin. Mana shu sabablarni hisobga olgan imom Hasan bir
necha shartlarni qo‘yib, sulh tuzishlikni taklif etgan holda Muoviyaga elchi orqali maktub
yubordilar. Muoviya ham o‘z o‘rnida imom Hasanga osti imzolanib, muhr urilgan oq
qog‘ozni yuborib, «mazkur qog‘ozga nimani shart qilishni istasangiz yozib yuboring»,
dedilar. Imom Hasan mazkur qog‘ozga bir necha shartlarni yozib yubordilar. Shartlardan
eng muhimi o‘zlarini hamda lashkarini va otalarining tarafdorlarini hayotlarini
saqlashlikni ta’minlash edi. Muoviya imom Hasan qo‘ygan hamma narsa va shartlarni
so‘zsiz qabul qildilar va o‘zlari Iroqga keldilar. Imom Hasan Muoviyani ochiq yuz bilan
istiqboliga chiqdilar va kutib oldilar. O’zlari hamda butkul lashkarlari Muoviyaga bay’at
berdilar. Mana shu qilgan ishlari bilan Rasululloh hazratlarining «Bu o‘g‘lim sayyiddur,
buning sababi-la ikki buyuk mo‘‘min toifaning o‘rtasi sulhga keladi» deb aytgan muborak
bashoratlarini amalda isbot etdilar. Imom Hasanning Muoviyaga davlatni topshirishlari
sababli Xulafoi roshidin davlatining ikkinchi davri bo‘lgan fitnalar avj olgan davri
tugadi. Bu davrning boshlanishi isyonchilarning Usmonga qarshi qo‘zg‘olonlaridan bo‘lsa,
nihoyasi imom Hasanning davlatni o‘z qo‘llari bilan topshirishlari tufayli bo‘ldi. Mazkur
fitna o‘n yillar davom etdi. Agar mana shunday qattiq fitna o‘zga bir davlat ichida ro‘y
berganda edi, albatta o‘sha davlat tagtomiridan sug‘irilib butunlay inqirozga uchragan
bo‘lurdi. Lekin Olloh subhonahu va taolo o‘zining qavmi diniga inoyat ko‘zi bilan qaragani
sababli uning ahllari kalimasini yana birlashtirdi. O’zi va’da qilganidek uni yo‘q bo‘lib
ketishliqdan saqlab qoldi. Olloh subhonahu va taolo bandalari uchun rozi bo‘lib tanlagan
bu din to dunyo hayoti tugagunga qadar davom etadi. Gohida avjlangan kabi olamga
nuri yorqinroq ko‘rinsa, gohida Ollohning hikamati-la avji pastlangan kabi dunyoda nuri
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |