BUXORO MUHANDISLIK TEXNOLOGIYA BUXORO MUHANDISLIK TEXNOLOGIYA INSTITUTI Yer usti transport tizimlari Fakulteti 904-21TVM talabasi Ismoilov Nodirning Kimyo fanidan mustaqil ishi. Mavzu:Kuchli elektrolitlar nazariyasi.Suv ion ko’paytmasi.
Kim o`qisa kimyoni,
sirin ochar dunyoni.
Kuchli elektrolitlar nazariyasi
Aktivlik koeffitsienti
1
2
3
Reja:
Suvning ion ko’paytmasi
;..4п444
3
Kuchsiz elektrolitlarninig ionlanishi kimyoviy muvozanatga olib keladi va ma’lum konstanta bilan tavsiflanishi mumkin. Kuchli elektrolitlarning ionlanishi tajribalarning ko’rsatishicha, massalar ta’siri qonuniga bo’ysunmaydi, qandaydir biror kuchli elektrolitning har xil konsentratsiya uchun ionlanish darajasi qiymatini aniqlab, ionlanish konstanatsini hisoblansa, olingan qiymat o’zgaruvchan bo’ladi.
Konsentratsiya, c mol/l
|
2
|
1
|
0,5
|
0,1
|
0,01
|
Ionlanish darajasi
|
0,712
|
0,756
|
0,788
|
0,862
|
0,942
|
Ionlanish konstantasi K
|
3,52
|
2,34
|
1,46
|
0,538
|
0,153
|
KCl ning 18 0C dagi dissotsilanishi
Boshqa kuchli elektrolitlarda ham har xil konsentratsiyalarda K ning qiymati doimiy bo’lmaydi. Kuchli elektrolitlarning kuchsiz elektrolitlardan farqi shuki, kuchli elektrolitlarning dissotsilanish konstantasi bo’lmaydi.
Kuchli elektrolitlar eritmasining massalar ta’siri qonuniga bo’ysunmasligi, Arreniusning klassik nazariyasiga tamomila zid ekanligining sababini ko’p vaqtgacha izohlab berish mumkin bo’lmadi. 1923 yilda Debay va Gyukkel tomonidan fanga kiritilgan kuchli elektrolitlar nazariyasi bu elektrolitlarning tabiatini tushuntirib berdi. Kuchli elektrolitlar nazariyasi ionlar o’rtasidagi elektrostatik o’zaro ta’sir kuchini hisobga oladi. Kuchsiz elektrolitlar uchun har xil zaryadlangan ionlar o’rtasidagi elektrostatik kuchlar ta’siri hisobga olinmaydi. Bunga sabab, eritmadagi ionlar konsentratsiyasi kichik va ionlar bir-biridan uzoqroq masofada bo’ladi.
Kuchli elektrolitlar uchun ionlarning konsentratsiyasi yuqori bo’lishi va ionlar orasidagi masofa qisqa bo’lishi xosdir. Shu tufayli kuchli elektrolitlar eritmasida ionlar o’rtasidagi tortilish va itarish kuchlari sezilarli bo’ladi, kuchli elektrolitlarning dissotsilanishi massalar ta’siri qonunidan chetlashadi.
Ionlar zaryadga ega bo’lganligi uchun, har bir ion qarama-qarshi zaryadli ionlarni tortadi va bir xil zaryadli ionlarni itaradi. Kulon qonuni bo’yicha ikki elektrik zaryadlangan zarrachalar orasidagi o’zaro ta’sir kuchi (f) ionlar zaryadlari (e) qiymatlari ko’paytmasiga to’g‘ri proporsional va ionlar markazlari orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsionaldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |