Kimyo(1)
1) 600ml 2mol/l li kalsiy bromid eritmasining yarmi to’kilib o’rniga noma’lum hajmda suv qo’shilganda hosil bo’lgan eritmada brom ioning konsentratsiyasi 3mol/l bolsa, qo’shilgan suv hajmi topilsin. (ɑ=100%)
A) 100 ml B) 200ml C) 150ml D) 50ml
2) N2+3H2=2NH3 ushbu reaksiya tenglamasi bo’yicha tog’ri reaksiya tezlik konstantasi k1=8*10-6 litr3/(mol3*min) . Teskari reaksiya tezlik konstantasi k2=4*10-4 litr(mol*min) ga teng bo’lsa, muvozanat konstantasini va uning birligini aniqlang.
A) 6∙10-2litr/mol B) 2∙10-2litr2/mol2
C) 3,2∙10-2litr2/mol2 D) 0,8∙10-2litr/mol
3) 3A+2B=xC ushbu reaksiya tenglamasi bo’yicha muvozanat qaror topganda moddalarning konsentratsiyalari [A]=2mol/l [B]=4mol/l va [C]=2mol/l bo’lsa, x qiymatini aniqlang. (KM=1/8)
A) 4 B) 2 C) 5 D) 3
4) I2 + Cl2 +H2O ->HIOx + HCl ushbu reaksiya tenglamasidagi barcha koeffitsiyentlar yig’indisi 16 ga teng bo’lsa , “x” ni qiymatini aniqlang.
A) 1 B) 3 C) 2 D) 4
5) 2A + 3B = C + 2D
Yuqoridagi qaytar reaksiyada A va D moddalar
konsentratsiyasini 2 marta oshirilsa, B va C
moddalar konsentratsiyasini esa 2 marta
kamaytirilsa muvozanat qaysi tarafga siljishini
ko`rsating.
A) chapga B) o`ngga C) o`zgarmaydi
D) konsentratsiya o`zgarishi muvozanatga ta`sir
qilmaydi
6) Broun harakati qanday harakat?
A) qattiq moddalarning uzluksiz harakati
B) suyuqlik molekulalarining uzlukli harakati
C) qattiq moddalarning suyuqlikdagi cheksiz,
lekin uzlukli harakati
D) suyuqlikdagi qattiq zarralarining uzluksiz harakati
7) Eritmada OH− ionlari H+ ionlaridan yuz
marta katta bo`lsa, pOH qiymatini aniqlang.
A) 9 B)5 C)8 D) 6
8) Natriy nitrat molekulasida qanday kimyoviy
bog`lanish(lar) mavjud?
1) qutbsiz kovalent bog`lanish; 2) donor-akseptor
bog`lanish; 3) metall bog`lanish; 4) ion
bog`lanish; 5) vodorod bog`lanish; 6) qutbli
kovalent bog`lanish.
A) 2, 6, 4 B) 1, 2, 5
C) 5, 6 D) 3, 4, 2
9) H2S2O3 molekulasida nechta sp2 – gibrid
orbital borligini aniqlang.
A) 8 B) 2 C) 6 D) 4
10) Qaysi tuz nordon tuzlar sinfiga mansub emas.
A) Al(H3P2O7)3 B) Ca3(HP2O7)2
C) (Al(OH)2)4P2O7 D) CaH2P2O7
11) Qo‘zg‘algan holatga o‘tganda oltingugurt atomi elektronlari qaysi qobiqchalarda joylashgan?
A) p B) s, p, d C) p, d D) s, p
12) Quyidagi grafikda T1 haroratda NH3 ning hosil bo’lish unumining vaqtga bog’liqlik o’zgarishi N2(g) + 3H2 = 2NH3(g) H<0 reaksiyasiga ko’ra berilgan. Agar o’zgarmas bosimda haroratni (T2>T1) o’zgartirsak grafik qanday ko’rinishda bo’ladi?
J: B
13) 3,01∙1023 mol neon atomi qancha (g) keladi?
A) 20 B) 12,04∙1024 C) 40 D) 6,02∙1024
14) Na2SO4 + BaCl2 = NaCl + BaSO4. Ushbu reaksiyaning to’liq ion shaklidagi barcha koeffisiyentlar yig’indisini toping.
A) 10 B) 11 C) 12 D) 13
15) HCN eritmasida kislotaning dissotsialanish darajasini 0,2% dan 0,8% gacha oshirish uchun eritmani necha marta suyultrish kerak?
A) 9 B) 2 C) 4 D) 16
16) Moddaning qanday agregat holat(lar)i mehanik mustahkamlikka egaemas? 1)suyuq 2)qattiq 3)gaz (bug’)
A) 1,3 B) 1,2 C) 2 D) 1,2,3
17) Quyida berilgan ma’lumotlardan foydalanib B moddani toping.
Ishqor oksid tuz
A + B = C
kislota oksid tuz suv
E + B = F + G
A) FeO B) N2O C) Al2O3 D) SO3
18) Quyidagi rasmda qaysi idish berilgan?
A) probirka B) kolba
C) o’chov slindiri D) menzurka
19) Quyidagilardan temirning kimyoviy xossalarini toping.
a) zichligi 7,87 g/sm3; b) uglerod bilan
qizdirilganda sementit hosil qiladi; c) qiyin
eriydigan metall; d) qarama-qarshi muhitda
zanglaydi.
A) a, b B) b, c C) c, d D) b, d
20) Davriy jadvaldagi 1 - 3 davrlarda joylashgan
element atomlarining tinch holatida eng ko'p toq
elektronlar soni nechaga teng bo'ladi?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
21) Normal sharoitda hajmlari teng bo'lgan SO3,
N2O4 va NO2 gazlari aralashtirilishidan olingan
aralashma uchun quyidagilardan qaysilari
noto'g'ri? (S: 32, O: 16, N: 14)
Parametr O'zgarish
A) Massa Farqli
B) Mol miqdori Teng
C) Molekula soni Farqli
D) Kimyoviy xossalari Farqli
22) Gazning molyar konsentrasiyasi 0,25 mol/dm3. 2,5 dm3 gaz namunasidagi molekulalar sonini toping. (NA-Avogadro soni)
A) 0,1NA B) 0,625NA C) 6,02∙1023 D) 10NA
23) Quyida gazlar aralashmasidagi masala yechimi berilgan. Undan foydalanib x ni aniqlang.
A) 36 B) 32 C) 48 D) 42
24) Feruz masalani yechishda eritmaning pH qiymatini H+ ning molyarligi deb o’yladi va 200ml eritmada 9,8g sulfat kislota bor deb o’yladi. Asilida eritmada qancha(g) kislota bor edi( ?
A) aslida ham 9,8g B) 0,49
C) 1,96 D) 0,98
25) Al2(SO4)3 eritmasi uchun to’g’ri hukumni toping.
A) anion bo’icha gidrolizlanadi va pH<7
B) kation bo’icha gidrolizlanadi va pH<7
C) anion bo’icha gidrolizlanadi va pH>7
D) kation bo’icha gidrolizlanadi va pH>7
26) Temperatura har 10K ga oshirilganda tezlik 2
marta ortsa, temperatura 0_C dan 25_C ga
oshirilganda reaksiya tezligi necha marta ortadi?
A) B) C) D)
27) 20,2 g KNO3 suvda eritilishidan 800 Joul
issiqklik yutildi. Bunga ko'ra KNO3 ning
eritmadagi molyar isishi (kj∙mol−1) nechaga
teng? A) 8 B) 4 C) 2 D) −4
28) Quyidagilardan qaysi element atomlari r ortib borish tartibida joylashtrilgan?
A) P,Cl, F, O B) Cl, F, O, N
C) N, P, Si, Al D) N, O, F, Cl
29) 0,25 molyarli MgSO4 eritmasining qanday hajmi (ml) 0,25 mol ion saqlaydi?
A) 250 B) 150 C) 500 D) 100
30) 210Pb + x11p ----> 205Tl + y42 yadro reaksiyasida 105 g qo‘rg‘oshin izotopi yemirilgan bo‘lsa, hosil bo‘lgan alfa zarrachalar sonini aniqlang.
A) 9,03∙1023 B) 12,04∙1023
C) 3,01∙1023 D) 6,02∙1023