www.ziyouz.com kutubxonasi
85
Amr ibni Os u kishidan «Bu nima deganingaz?» deb so‘radilar. Shunda Abu Muso: «Iroq
ahli Muoviyani yaxshi ko‘rmaydilar. Shomliklar esa Alini do‘st tutmaydilar. Shunday
bo‘lgach, biz har ikkisini mansabdan bo‘shatsak-da, o‘rniga Abulloh ibni Umarni tavsiya
etsak», dedilar. Amr Abu Musodan bu gapni eshitib u kishining ra’yini to‘g‘irlashga qasd
etdi. Abdulloh ibni Umarni saylanishiga qarshi chiqdi. Abu Musoga bir necha sahobalarning
nomlarini aytib mana shulardan birlarini xalifalikka tavsiya etishlarini so‘radilar. Abu Muso
Abdulloh, ibni Umardan boshqa kishini xalifalikka tavsiya etilishiga rozi bo‘lmadilar.
Amr, saxifaga har ikkovlari o‘z qo‘llarini qo‘yib imzo chekkanlaridan keyin taxlab
qo‘ydilar. Keyin Abu Musoga bir necha xalifalikka nomzod etib nomlarini aytganlaridan
so‘ng u kishi rozi bo‘lmagach, «xo‘p, o‘zingizni ra’yingiz nima?», deb so‘radi. Abu Muso
Amr ibni Osga qarab: «Mening ra’yim har ikkovlarini ham mansabdan olib tashlash,
keyin xalifalikka nomzod ko‘rsatib saylashlikni musulmonlar ixtiyoriga bersak, xohlagan
kishilarini o‘zlariga xalifa etib saylab olsalar», dedilar. Amr bu gapni eshitib, «mening
ra’yim ham sizning ra’yingiz kabidur. Demak, endi tashqariga chiqib odamlarga qarab
«biz ittifoqga kelishdik», deb e’lon eting», dedi.
Shundan so‘ng Abu Muso o‘rnilaridan turib: «Mening bilan Amrning ra’yimiz bir ish ustida
to‘xtadi. Umid etamanki, shoyad Olloh buning bilan Islom millatini hozirgi tang ahvolidan
qutqazib najot baxsh yo‘lini ko‘rguzsa», Abu Musoning gaplarini Amr, to‘g‘ri aytayapti, deb
tasdiqladilar. Keyin Abu Musoga qarab: «Ey Abu Muso, oldinga chiqing va odamlarga
fikringizni ayting», dedilar. Abu Muso oldinga chiqib ketayotganlarida Abdulloh ibni Abbos
orqalaridan yetib kelib, u kishini to‘xtatib: «Ey Abu Muso, gumonimcha seni Amr aldaganga
o‘xshaydi, agar biror fikrda ikkovlaringiz qaror qilgan bo‘lsanglar, unda avval Amr chiqib
so‘zlasin, keyin esa siz so‘zlang», dedilar, lekin Abu Muso ushbu nasihatga quloq solmay
chiqib ketdilar. Odamlarga qarab: «Ey odamlar, men va Amr ibni Os, Ali bilan Muoviyani
o‘z vazifalaridan olib tashlashlikka qaror qildik, Millatning o‘zi bu ishni ko‘rib chiqishga
ittifoq etdik. Ular ichlarida o‘zlari sevgan va ishongan kishilarini o‘zlariga xalifa etib saylab
olaversinlar. Men Ali bilan Muoviyani o‘z vazifalaridan bo‘shatdim», dedilar. Abu Muso
so‘zlarini tugatib bo‘lgach, Amr ham o‘rnilaridan turib xalqqa qarab: «Ey odamlar,
o‘zlaringiz eshittingizki, bu odam o‘zining sohibini ishdan bo‘shatdi. Men ham uni ishdan
bo‘shatdim. Ammo o‘zimning sohibimni esa amalida qoldirdim. Chunki u Usmon
tayinlagan voliylardandur, hamda Usmonning hukmlarini talabgoridur», dedi.
Kutilmagan bu gapdan so‘ng ikki o‘rtada qattiq to‘qnashuv bo‘ldi. Lekin vaqt o‘tgan
edi. Abu Muso xijolat chekkanlaridan Makkaga qarab ketdilar. Shom ahli ham o‘z
joylariga jo‘nadi. Xalifalikni Muoviyaga topshirdilar. Muoviya Shomga g‘alaba qilgan
holida muzaffarona qadamlar bilan qaytib ketdi. Hazrati Ali esa o‘z askarlari oldida
ularning ichida fasod oralagan holda qaytib ketdilar.
Mana shundan keyin askar ichida bir guruhi o‘zini «Havorijlar» deb atab bir-birlarini
so‘kishib, ajralib chiqib ketdi. Islomdagi eng birinchi o‘zini «Havorij partiya» deb atagan
guruhning ajralib chiqishligi yangi guruhlar paydo bo‘lishligining boshlanmasi edi.
Ular avvalda Aliga yordam uchun to‘plangan edilar. O’rtalaridagi chiqarilgan hukm
shartnomasidan keyin esa, Alini tashlab chetga chiqib ketdilar. Ushbu guruh tarafdorlari
Basra va Qufa aholisidan tashkil topgandi. Ular Ali askarlaridan ajralib chiqib o‘zlariga
Abdulloh ibni Rasmiyni xalifa etib saylab oldilar. Ular o‘z ra’ylariga qarshi chiqqan yangi
xalifalarni tan olmagan kishilarni o‘ldirishga kirishdilar. Usmon hamda Alini la’natlay
boshladilar. Mamlakatda turli fasotlar qo‘zg‘ab har tomonga yoya boshladilar. Hazrati Ali
ularni tinchitish uchun askarlarni qurollantirib jang qilishga majbur bo‘ldilar. Ularga
qarshi urushib, ularni butunlay tor-mor keltirdilar. Keyin Ali askarlarini Shomga qarshi
yurish boshlashga da’vat etdilar. Askarlar urushdan nihoyatda charchaganlari uchun
Alidan bir oz vaqtga muhlat so‘radilar, hazrati Ali muhlat berdilar va «hammangiz
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |