HAKAMLAR MUHOKAMASI
Ikki o‘rtadagi qonli urush tindi. Shundan keyin Ali Muoviyaning qanday fikrda
ekanliklarini bilishlik uchun oldilariga elchi yubordilar. Elchi Muoviyaga hazrati Alining
takliflarini yetkazdi. U quyidagi mazmunda edi: Bizlar ham, sizlar ham Olloh taolo
kitobida buyurgan amriga imtisol ko‘rguzaylik. Sizlar o‘zingiz rozi bo‘lgan shaxsni
yuboringlar. Bizlar ham o‘zimizdan odam yuboramiz. Keyin ularga Ollohning amriga
binoan ish yuritishlarini topshiramiz. Muoviya bunga rozimiz deb javob berdilar. Muoviya
o‘tkir siyosat yurgiza oluvchi Amr ibni Osni tanlaydilar.
Avvalda ham osongina aldangan Iroq ahli esa hazrati Alidan Abu Muso Ash’ariyni
mazkur ishga vakil qilib tayinlashlarini qattiq turib so‘raydilar. Hazrati Ali ularga qarab:
«Sizlar avvalda ham menga osiylik qiddingizlar. Endilikda keling, osiylik qilmanglar»,
deydilar va Jamal voqeasida Abu Musoning odamlarni o‘z holiga tashlab ketganliklarini
hamda u kishi mohir quv odam bo‘lgan Amr ibni Osga nisbatan nihoyatda sodda, go‘l
odam ekanliklarini ochiq suratda tushuntirdilar. Abu Muso Ash’ariy Amr ibni Os bilan
so‘z yuritib to‘g‘ri xulosaga kelolmasliklarini ularga aytib, «shuning uchun men o‘z
vakolatimni Abu Musoga topshira olmayman», dedilar. Biroq Iroq ahli o‘z so‘zlarida qattiq
turib oldilar. Bu holni ko‘rib hazrati Ali ichlarida afsus va nadomat-la ularning ra’ylarini
majburan qabul qildilar. Hazrati Ali to‘rt yuz kishidan iborat guruh bilan ularga bosh vakil
qilib Abu Muso Ash’ariyni, Muoviya esa u ham shuncha odamga bosh vakil qilib Amr ibni
Osni mazkur o‘ttiz sakkizinchi hijriyning ramazon oyida muhokama yurgizyshlik uchun
Dumatil jandal degan yerga yubordilar. Bu yerda Abu Muso va Amr ibni Os o‘rtalarida
davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan qattiq muhokama bo‘ldi.
Amr ibni Os Abu Muso Ash’ariyning har xil tilyog‘lama gaplar bilan aldashga kirishdi.
Oxirida «aytgan gaplarimizni yozdirib qo‘yaylik», degan qarorga kelishdi. Ollohning
kitobi hakam bo‘ladigan bo‘ldi. Ikki hakam Ollohning kitobiga binoan, qanday fikrga
kelsalar, har ikki guruh mana shu ular ittifoq qilishgan fikrga yuradigan bo‘ldilar. Oxirgi
ikki hakamning oxirgi yuzma-yuz uchrashadigan vaqti kelganda, Abdulloh ibni Abbos
Abu Musoga qarab: Ey Abu Muso, sen agar o‘zingning kim ekanligangni unutsang xam,
biroq, hazrati Aliga bay’at qilganlar Abu Bakrga, Umarga, hamda Usmonga bay’at qilgan
kishilar ekanliklarini unutmagin. Hazrati Alida uni xalifalik mansabidan uzoqlashtiradigan
hech bir xislat yo‘qligini, Muoviyada esa xalifalik mansabiga yaqinlashtiradigan hech bir
xislat yo‘qligini esingdan chiqarmagin. Sen yana Amr ibni Osning xiyla tuzog‘iga ilinib
qolmagin», deb qattiq tayinladilar. Ikki o‘rtadagi uchrashuv o‘sha yili ramazon oyida
bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Amr ibni Os Abu Musoni yumshoq so‘zlar, maqtovli gaplar bilan
asta o‘zlari tomonga og‘dirib olishga kirishdi. Zero, Amr hech qanday munozaraga va
gapning ko‘payib ketishiga tarafdor emasdi. O’rtada bir kotibni chaqirib olib, olib
borilayotgan munozara bahsini yozib borishlikka ittifoq etdilar. Oxirida yozilgan maktub
«Biz Alining Usmonni o‘ldirishlikda ishtirok etganlariga hujjat keltiramiz», degan so‘z
bilan tugadi. Abu Muso «Bu ish Islomda yangalik bo‘ldi, bizlar bu yerga Muhammad
ummatini Olloh tezda yana ahvolni sulhga keltiradigan bir ish qilishga yig‘ildik, dedilar.
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |