www.ziyouz.com kutubxonasi
82
raziyallohu anhuni o‘ldirganlaridan so‘ng qo‘zg‘ab harakatga solib yubordilar Bunday
qo‘zg‘ashni shaxsiy yoki yakka suratda emas, balki ommaviy suratda ancha jiddiy
ravishda avj olishga erishdilar. Natijada o‘tgan voqea yuz berdi, dedilar.
Ba’zi bir rivoyatlarda esa bu hodisa quyidagacha tartibda aks ettirilgan: Bir kuni
Rasululloh alayhissalom Oyisha onamiz oldilarida boshlarini egib turar, Oyisha onamiz esa
muborak boshlarini yuvayotgan edilar. Yonlarida Ummul mo‘‘minin Ummu Salama esa
xurmo bilan sutni aralashtirib har ikkovlariga taom tayyorlayotgan edilar. Shunda
Rasululloh hazratlari birdan: «Men sizlardan biringiz dumli tuya sohibi, Havoib suvining
itlarini xurdiradigan va natijada to‘g‘ri yo‘ldan toyadiganingiz qay biringiz bo‘ladi,
bilolmayman», dedilar. Bu so‘zni eshitgan zahotlariyoq Ummu Salama taomdan qo‘llarini
qo‘rquvga to‘la holda ko‘tarib, shoshilgan holda «men shunday bo‘lishdan Ollohdan
hamda uning Rasulidan panoh tilayman», dedilar. Rasuli Akram hazratlari ularga qarab:
«menimcha sizlardan bittangiz Havoib itlarini xurdirsangiz kerak,— dedilarda, kaftlari
bilan Oyisha onaning orqalariga urib:— «Ey humayra, shunday bo‘lishlikdan ehtiyot
bo‘ling», dedilar. Biroq Oyisha onamiz shunday bo‘ldilar. Ollohning taqdir sahifasiga
yozganlarini bo‘lmoqligidan na ehtiyot qildirishlik va na ogohlantirishlik to‘sib qo‘ya oldi.
Lekin mana shu rivoyatni aytayotgan kishilar bir narsani tashlab ketganlar, u ham bo‘lsa
Oyisha onamiz vaqtiki mazkur makonga yetganlarida «ushbu suvning nomi nima?» deb
so‘raydilar. Kishilar «Havoib suvi deb» javob berdilar. Ushbu javobini eshitgan Oyisha
onamiz: «tezda meni bu yerdan olib ketinglar, Ollohga qasamki, men Havoib sohibasi
bo‘lib qolaman», deganlar. Shu payt oldilariga singillarining o‘g‘li Abdulloh ibni Zubayr kelib,
Islomda eng birinchi bo‘lib yolg‘ondakam guvohlikni berganlar. Ularning yolgon
guvohliklariga ishonib, Oyisha onamiz ularga bo‘ysinib qolganlar. Natijada avvalda tarkib
topgan taqdir yuz bergan. Bo‘lar ish bo‘lib o‘tgan.
Hazrati Alini ba’zi bir tarixchilar malomat etib shunday deydilar. Emishki hazrati Ali
Usmon qotillarini hibsga olishda sustkashlik qilganlar. Halifalik mansabiga
o‘ltirganlaridan so‘ng esa ishni o‘z holiga tashlab qo‘yishlari Oyisha onamizni qattiq
achchiqlanishlariga olib keldi va Oyisha onamizni mazkur jinoyatchilarga nisbatan Islom
jazo choralaridan chora qo‘llashlikni talab qilib chaqiriqda bo‘lishlariga olib keldi.
Din hamda toza vijdon egasi bo‘lgan tarixchi bunday ishni o‘zicha sharhlashdan tiyilishi
kerak edi. Balki ahvolni o‘tmish tarixchilari tushuntirganlaridek tushuntirishlari zarurdir.
Hazrati Ali Muhammad alayhissalomning amakivachchalari Fotimai Zahroning erlari,
to‘rtinchi halifa, Badr va Husayn urushlarining qahramoni, Haybar qo‘rg‘onini
shikastlovchi, Rasululloh alayhissalomga xijrat kechasi o‘z jonini fido etuvchi, bundan tashqari
hisobsiz fazilatlarga ega bo‘lish bilan birga, butunlay ma’sum emaslar. U kishi Imom va
Mujtahid, demak to‘g‘ri ijtihod qilgan bo‘lsalar, cheksiz ajrga ega bo‘ladilar va agar xato
ijtihod etgan bo‘lsalar, unda bitta ajrga ega bo‘ladilar. Oyisha onamizning ham shu kabi
juda ko‘p buyuk fazilatlari bo‘lgan. Bunday ishlarda to‘g‘ri hukm chiqarishlik mumkin
ham emas, chiqarib ham bo‘lmaydi. Eng yaxshisi bunday holatda ishni g‘ayblarini
biluvchi, yeru-osmonda hech narsa unga maxfiy bo‘lolmaydigan zotga topshirish to‘g‘riroq
bo‘ladi. Bunday mushkul shakli masalalarda fikr bildirishdan to‘xtab, ishni Olloh taolo va
taborakka topshirishlikda juda katta hikmatlar bordur. Eng to‘g‘ri yo‘l ham shudir. Olloh
talo karamallohu vajhahudan rozi bo‘lsun. Oyisha onamizdan ham rozi bo‘lsun. Har
ikkovlarini Olloh uchun g‘azablanadigan havmlar mukofoti kabi mukofotlar ila
mukofotlansun. Omin.
Do'stlaringiz bilan baham: |