www.ziyouz.com kutubxonasi
80
ALI RAZIYALLOHU ANHU VA UMMUL MO’MININ OYISHA ONAMIZ
O’rtadagi jang Ummul mo‘‘minin askarlarning asirga tushishlari bilan tugadi. Alining
safdoshlari, barcha asirlarni tig‘dan o‘tkazishni taklif etdilar. Ularning takliflariga qarshi
o‘laroq, hazrati Ali: «Men qibla ahli asirlari agar tavba qilib yana o‘z hollariga qaytsalar,
o‘ldirmasman», dedilar.
Hazrati Ali Oyisha onamizni nodon kishilar axmoqliklari tufayli ranjitib qo‘ymasalar
edi, deb qattiq tashvishga tushdilar. Ya’ni ular Oyisha onamizga har xil bema’ni ta’nalar
qilib dillarini ranjitib qo‘ymasalar edi, deb tashvishga tushdilar. Kutilgan voqea yuz berdi.
Shu sababli hazrati Ali Oyisha onamizni alohida bir xonaga kechqurun tushirib,
ichiqoralarning ko‘zlaridan yiroq tursunlar, deya parda to‘stirib qo‘ydilar. Shunchalik
ehtiyot choralarini ko‘rganliklariga qaramay baribir ba’zi nodon kaltafahm kishilar Oyisha
onamizga har xil bema’ni gaplarni qilib dillarini og‘ritdilar. Juda qattiq ta’nalar bilan
malomat etdilar. Ish bunday tus olganini ko‘rgan hazrati Ali buyruq chiqarishga majbur
bo‘ldilar. Kimki Oyisha onamizni behurmat qilsa yoki u kishi sha’nlariga noloyiq so‘zlarni
so‘zlasa, unday beadab kishi darra bilan uriladigan bo‘ldi. Hazrati Ali xusumatchilar
bilan nihoyatda ochiq ko‘ngillikda edilar. Zero, u janob Talxa (r. a.)ning Mavlon ibn
Hikam qo‘lida shikast yeb vafot topganliklarining xabarini eshitgan paytlarida juda ham
qattiq alam chekdilar. Zubayr ibni Avom (r. a.) ning namoz o‘qiyotgan chog‘larida
o‘ldirilganliklari xabarini eshitgan vaqtlarida hazrati Ali qattiq tovushda shunday dedilar:
«Ibn Safiya aslo ko‘rqqan ham emas, laim ham emas edi. Lekin hozir nihoyatda xunuk
xodda o‘ldirilibdi.» Zubayr hazratlarining qotillari bo‘lgan ibni Jurmuzdan Zubayrning
qilichlarini berishni talab etdilar. Keyin u janobning qilichlarini qo‘llarida mahkam
ushlagan holda «Mazkur qilich uzoq zamonlar Rasululloh allayhissalomning muborak
yuzlaridan qudratlarini ketkizgan edi», dedilar. Jurmuzdan Zubayrni «Sen o‘ldurdingmu»
deb so‘radilar. U: «Ha, men o‘ldirdim, endi buni mukofotini xohlayman», dedi. Hazrati
Ali uning gapini eshitib, unga qarab: «senga do‘zax mukofot bo‘ladi», dedilar va
o‘ldirishlikga amr etdilar. Keyin odamlarga qarab: «Abu Abdullohni Olloh rahmat qilsun.
Men tahqiq Bashirannazir sallallohu alayhi vassallamdan ibni Safiyani o‘ldirgan kishining
joyi do‘zax bo‘ladi, deb bashorat etganlarini o‘z qulog‘im bilan eshitganman», dedilar.
Oyisha onamiz hazrati Ali g‘alabaga erishganlaridan so‘ng: «Ey ibni Abu Tolib,
qo‘lingga tushdik, endi o‘zing yumshoq ko‘ngillik ayla», dedilar. Hazrati Ali Oyisha
onamizning gaplariga iltifot ko‘rsatdilar. Va odil muzaffardan ko‘ra kechiruvchi muzaffar
g‘olibroq deb o‘yladilar.
Bir necha isyonchilar Oyisha onamizning himoyalariga sig‘indilar. Hazrati Ali ularga
hech narsa qilmadilar, keyin Ali, ibni Abbosni Oyisha onamiz huzurlariga yuborib «endi
ketsunlar», dedilar. Avval Oyisha onamiz «yo‘q, ketmayman», deb turdilar. Bir oz vaqt
o‘tgach, Oyisha onamiz .ketishga rozi bo‘ldilar va «men Olloh xohlasa tezda uyimga
ketajakman», dedilar. Basradan Madinaga qarab yo‘lga chiqdilar. Hazrati Ali Oyisha
onamizga kattagana karvonni jihozlab berdilar va o‘n ikki ming dirham sovg‘a ham berdilar.
Alining birodarzodalari bo‘lgan Abdulloh ibni Ja’far ham o‘z hisoblaridan beadad mol va
pul ajratib Oyisha onamizga berishga taraddud ko‘rdilar. Keyin bu pullarni Oyisha
onamizning oldilariga qo‘yib: «bular meni o‘z hisobimdan sovg‘a», dedilar. Hazrati Ali
Oyisha onamizni hech bir narsadan kamsitmay, balki nihoyatda hurmat-ehtiromlarini
joyga keltirdilar. Oyisha onamiz ketayotgan paytlarida kuzatuvchilarning o‘rtasida turgan
Alini ko‘rib: «Ollohga qasamki, men bilan Alining o‘rtamizda avvalda ham hech qanday
xusumat bo‘lgan emas. U mening oldimda eng yaxshi kishilardan hisoblanadi», dedilar.
Hazrati Ali Oyisha onamizning gaplariga javoban: «Oyisha onamiz rost aytdilar, bizning
o‘rtamizda hech qanday xusumat bo‘lgan emas. U janob payg‘ambarimizning dunyoyi
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |