Oisha r.a. – Payg’ambarimiz SAVning suyukli ayoli.
Abdulhamid Tahmoz
www.ziyouz.com kutubxonasi
1
Abdulhamid TAHMOZ
OISHA
roziyallohu anho
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning suyukli ayoli
Tarjimon:
Bobomurod Erali
Toshkent
“Movarounnahr”
2005
Bismillahir rohmanir rohiym
“Bu sening dunyo va oxiratdagi juftingdir”
Jabroil alayhissalom buni
Nabiy alayhissalomga aytgan
***
“Ey Oisha, Jabroil senga salom keltirdi”.
Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam
***
“Biz Rasulullohning sahobalari, biron bir hadis ustida ikkilanib qolsak, darrov
Oishadan so’rardik va uning bu masaladan habardor ekaniga guvoh bo’lardik”.
Abu Muso Ash’ariy
***
“U (ya’ni Oisha onamiz) Siddiqning qizi siddiqa, Alloh rasulining suyuklisi,
Rasul alayhissalom habibasining pok ekani osmondan habar qilingan zotdir”.
Masruq ibn Ajda’ Hamadoniy
mashhur tobe’in
***
“Abdullohning onasi, Rasululloh halifasining qizi sahobalarning eng ulug’
faqihidir”.
Imom Zahabiy
Oisha r.a. – Payg’ambarimiz SAVning suyukli ayoli. Abdulhamid Tahmoz
www.ziyouz.com kutubxonasi
2
BIRINCHI FASL
Islom olamidagi muhtarama zotlarning eng avvalida shubhasiz
Oisha onamizning nomi
zikr etiladi. Chunki ul muhtarama Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun eng
sevimli rafiqa bo’lgan. Shuning uchun ham Nabiy alayhissalom Oisha onamizni erkalab,
“Ya A’ish” deb chaqirar ekanlar. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uchun
sevimli bo’lgan zotlar uning ummatlari uchun ham sevimlidir. Qolaversa, Oisha onamiz
bilan bog’liq oyati karimalar nozil bo’lganki, bu ulug’
hodisa ham ul zotning Alloh
huzuridagi martabasidan nishonadir. Oisha onamizning o’zidan shunday hadis rivoyat
qilinadi: “Rasul alayhissalom menga:
“Ey Oisha, Jabroil senga salom keltirdi” dedilar”
(Buxoriy rivoyati). Jabroil alayhissalomdek ulug’ farishtaning salomiga munosib bo’lish
saodati har kimga ham nasib etavermaydi. Termiziyning
“Shamoyil”ida Nabiy
alayhissalom uni
“Ey muvaffaqa” (qammatbaho tosh nomi) deb chaqirganlari
keltirilgan. Ko’p hollarda
“Ey Siddiqning qizi, Ey Abu Bakrning qizi” deya murojat
qilganlar. Oisha roziyallohu anho Nabiy alayhissalomdan o’ziga kuniya berishni
so’raganda
“Seni o’g’ling nomi bilan “Ummu Abdulloh” deb chaqiramiz”, deganlar. U
opasining o’g’li Abdulloh ibn Zubayrni tarbiyasiga olgan edi. Nasoiyning
“Sunan”ida
Nabiy alayhissalomning bu suyukli ayolini
“Ey Humayro” deb chaqirganlarini
tasdiqlaydigan ikki hadis ham mavjud.
Oisha roziyallohu anho Rasul alayhissalomning har ikki dunyodagi do’sti,
xalifasi Abu
Bakr Siddiqning qizidir. Bu ulug’ zot islom olamiga tengsiz hizmatlari bilan dunyo va
oxiratning yaxshiliklariga sazovor bo’lgan insondir. Termiziy Oisha onamizdan keltirgan
bir rivoyatda aytilishicha, bir kuni Abu Bakr roziyallohu anhu Rasululloh
sollallohu alayhi
vasallamning oldilariga kirganida:
“Alloh sizni do’zaxdan xalos etdi”, deganlar. O’sha
kundan boshlab u
“Atiyq” (qutilgan, xalos topgan) degan nomga sazovor bo’ladi. Ul
zotning kunyasi Abu Bakr bo’lib,
“Bakr” kalimasi
“tuyaning bo’talog’i” degan ma’noni
ifodalaydi.
“Siddiq” degan sharafga sazovor bo’lishi Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning me’rojga chiqish hodisasi bilan bog’liq. Ya’ni, Payg’ambarimiz sollallohu
alayhi vasallamning me’rojga chiqqani haqidagi habarni Hazrati Abu Bakr hech bir
ikkilanish va taraddudsiz qabul qilgan. Vaholanki, odamzot aqliga sig’maydigan bu
hodisani tasdiqlash uchun insonning ko’ksi to’la iymon bo’lishi kerak. Shuning uchun Isro
hodisasidan keyin Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirgan bir qism
odamlar murdat bo’lishgan. Ularning bu ulug’ mujdani
tasdiqlashga quvvatlari
yetmagan. Ayniqsa, bu paytda mushriklarning kuni tug’ib qolgan. O’sha muborak
kunlarning birida bir guruh mushriklar Abu Bakrning oldiga shoshib borib:
“Birodaring
to’g’risida nima deysan? U kechasi Baytulmaqdisga borib, tong otishidan oldin
kelganini ma’qullaysanmi?”, deydi. Abu Bakr roziyallohu anhu esa:
“Agar Muhammad
sollallohu alayhi vasallam bundan-da g’aroyibroq xabarlarni aytganlarida ham hech
ikkilanmay tasdiqlardim”, deb Allohning dushmanlarini mulzam qiladi. Shundan so’ng ul
zotga Payg’ambarimiz ta’rif beradilar:
“Ey Abu Bakr, sen Siddiqsan”.
Aslida Abu Bakr Siddiq johiliyat davrida ham o’zining siddiqligi bilan mashhur bo’lgan
Chunki u quraysh qabilasining raislaridan bo’lib, ular diya (xun haqi)ni faqat Abu Bakrga
ishonishardi.