Abdulhamid cho'lpon (1897-1938)



Download 169 Kb.
bet1/6
Sana15.07.2022
Hajmi169 Kb.
#802242
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdulhamid Cho`lpon (1897-1938)




Reja:

  1. Cho`lpon hayoti va ijodi

  2. Cho`lpon lirikasi

  3. Cho`lpon ijodida xalq va vatan obrazlari

  4. Cho`lpon adabiyotshunos





Cho`lpon XX asr o`zbek adabiyotining eng mashhur namoyondalaridandir. Uning hayotiy va ijodiy faoliyati adahiyotimizning eng yorqin sahifalaridan birini tashkil qiladi. U badiiy ijodning deyarli hamma turi bilan faol shug`ullanadi. Shuningdek, yangi o`zbek she`riyatining asoschisi bo`lib tarixga kirdi. "Cho`lpon" taxallusi bilan shuhrat topgan. Abdulhamid Sulaymon 1897 yilda Andijon shahrining Qatorterak mahallasida dunyoga keldi. Otasi Sulaymon Mulla Muxammadyunus o`g`li (1874 - 1929) bazzoz edi. Bazzoz -gazlamafurush degani. Ma`lumotlarga qaraganda, Sulaymon bazzoz zamonasining ko`zi ochiq ziyolilaridan bo`lib, "Rasvo" taxallusi bilan she`rlar yozgan, xatto devon tartib qilgan. Abdulhamid dastlab eski maktabda so"ng Andijon, Toshkent madrasalarida o`qiydi. Shuningdek Andijondagi rus - tuzum maktabida ham taxsil olgan. Yoshlikdan matbuot bilan tanishib brogan. Bo`lajak shoirning shakllanishida Zakm Validiy katta rol o`ynagan. Mutaxasislarning aniqlashlaricha "Sadoiy Turkiston" ning 1914 yil 29 aprel sonida chop etilgan. "Qurboni jaholat" hikoyasi Cho`lponning birinchi nasriy asaridir. Dastlabki asarlari Abdulhamid Sulaymon, "Abdulhamid Sulaymoniy", imzolari bilan bosildi. So`ngroq "Qalandar", "Mirzaqalandar" va nihoyat, "Cho`lpon" taxalluslari bilan chiqdi. Tariximizga Cho`lpon nomi bilan kirdi.


1922 - yilda Toshkentda chop etilgan "O`zbek yosh shoirlari" she`riy to`plami (antalogiyasi)da uning 14 she`ri bosilib chiqadi. Shu yili "Uyg`onish" nomi bilan uning birinchi she`riy to`plami e`lon qilindi. 1923 yilining boshlarida esa ikkinchi she`riy to`plami "Tong sirlari" va "Yorqinoy" pyesasi chop etildi. Bu davrga kelib u zamonasining eng mashhur shoiri bo`lib topildi.
Cho`lpon adabiyotning juda ko`p va tur janrlarida samarali ijod etgan bo`lsa - da, shoir sifatida ko`proq shuhrat topdi. 1921 yilda Buxorada yozilgan. "Xalq" she`ri shoir filer qarashlarini aniqlashda benihoya muhim ahamiyatga* ega. Muallif, birinchidan, xalqning buyuk kuch ekanliginiyaxshi anglaydi. Ikkinchidan, o`lkaning ozod bo`lib. mustaqillik olishini uning istagi hisoblaydi. Uchinchidan, ijod ahlini uning bilan hamisha birga bo`lishga, o`zi aytmoqchi " quchoq ochib xalq ichiga" kirishgaundaydi:
Butun kuchni xalq ichidan olaylik, Quchoq ochib xalq ichiga boraylik.
Cho`lpon tabiati lirik shoir edi. Ammo u yashagan davr shoirdan lirik qahramonning ruhiy olamidagi jilvalardan ko`ra xalq va mamlakat xayotidagi holatlarni tasvirlashni ko`proq taqozo etdi. Shuning uchun ham Cho`lpon siyosiy va ijtimoiy mazmun bilan yo`g`rilgan she`rlarni ko`proq yozdi va biz Cho`lponni eng avvalo "Ko`ngil", "Kurash", "Kishan", "Vijdon erki" singari she`rlar muallifi sifatida bilamiz.
3.Cho`lpnning dramaturgik ijodi to`g`risida baho berganda, adabiyot va teatrshunos olimlar odatda uning "Mushtumzo`r", ``O`rtoq Karimboyev", "Yorqinoy" va "Xujum" pyesalarini tilga oladilar. Garchand dastlabki ikki pyesaning matni hozircha topilmagan bo`lsa - da, bu asarlarning 1928 - 1929 yillarda O`zbek Davlat drama teatri sahnasida qo`yilgani to`g`risida ma`Iumotlar mavjud.
Cho`lpon "Mushtumzo`r" pyesasida kollektivlashtirish davrining fojeali sahifalarini o`sha yillarning talablaridan kelib chiqqan holda badiiy aks ettirilgan "O`rtoq Karimboyev"da esa xotin - qizlar ozodligi uchun olib borilgan kurash lavhalarini chizishga katta e`tibor beradi. "Yorqinoy" dramasi Cho`lpon ijodida alohida ajralib turadi. Bu asar folklor materiallari asosida yaratilgan. Bog`bon yigit Po`lat bilan O`lmas Botir nomli sarkardaning qizi Yorqinoy bir - birini sevadi. Lekin sarkarda bu tengsiz sevgiga tish - tirnog`i bilan qarshilik ko`rsatadi. Yorqinoy dramasi Cho`lpon ijodida alohida ajralib turadi. Bu asar folklor materiallari asosida yaratilgan. Bog`bon yigit Po`lat bilan O`lmas Botir nomli sarkardaning qizi Yorqinoy bir - birini sevadi. Lekin sarkarda bu tengsiz sevgiga tish - tirnog`i bilan qarshilik ko`rsatadi. Dramada Yorqinoy, Po`lat, O`lmas Botir. Kal, Nishobsoybegi, Momoxotin singari obrazlar o`ziga xos xarakter bilan ta`monlangan. Dramada Yorqinoy va Po`lat obrazlari markaziy o`rinda turadi.
Cho`lpon - serqirra va noyob iste`dod sohibi. U o`zbek adabiyotining Cho`lpon yulduzi. Cho`lpon ulug` shoir, mohir nosir, iste`dodli dramaturg sifatida so`z san`ati xazinasiga bebaho hissa qo`shgan.
"Kecha va kunduz" romandan parcha 1935 yilda "Sovet adabiyoti" jurnalida e`lon qilingan edi. 1936 yilda u alohida kitob bo`lib bosilib chiqdi. Asar nomlanishidan ma`lum bo`lgandek, yaqin o`tmishni mavzu qilib olgan. Muallif xalqimiz tarixiningkechasi va kunduzini ko`rsatmoqni niyat qilgan edi.
Asarda XX asr boshidagi Turkiston hayoti, turg`unlik va tutqunlikda mudragan o`lkadagi uyg`onish lavhalari qalamga olinadi. Romanning bosh g`oyasi, asosan, maishiy turmush manzaralari, an`anaviy kundalik mojarolari va yangi davrga xos bo`lgan xususiyatlar chunonchi kapitalistik munosabatlar va "burjua axloqi" - deb atalgan, islomiy turmush tarzidanuzoq fe`l odatlar tasviri yordamida ifodalanadi. Zebi va uning fojeali taqdiri asarning markazida turadi. Zebi 15 yoshga kirgan shaharlik kambag`al bir qiz. Ota - onasining yolg`izi. Otasi Razzoq so` fi badqavoq, uning ustiga o` lguday taqvodor eshonbobosining gapidan bir qadam chiqmaydigan johil bir kishi. Onasi - Qurbonbibi mushtupar ayol. "Kecha va kunduz" romanida nopok va nodon maishatparast hamda ma`naviy tuban mingboshi Akbaraii, mamlakat va xalq boshiga balo bo`lgan mustamlakachi amaldor Noyib to`ra obrazlari ham muhim o`rin egallaydi. Bular vositasida birinchi jahon urushi davridagi chor va mahalliy amaldorlar hamda tadbirkoru ishbilarmon larning ichki va tashqi dunyosi, ularning xalq va mamlakat manfaatiga zid xatti - harakatlari fosh etilgan.
Roman shudjeti qiziqarli va ta`sirli bo`lganidek, u badiiy tuzilish jihatidan ham yuksak san`at namunasidir.



Download 169 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish