Microsoft Word xulafoi roshidiyn ziyouz com doc



Download 380,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet104/125
Sana01.01.2022
Hajmi380,59 Kb.
#282950
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   125
Bog'liq
Rizouddin ibn Faxriddin. Xulafoi Roshidiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 

76

ularning Basraga borishlik fikriga qo‘shiladilar. Talxa bilan Zubayr, Abdulloh ibni Umarni 



o‘zlariga qo‘shib olishga yana bir urinib ko‘radilar. Lekin Abdulloh ularga qarab: «Ey 

shayxlar, Oyisha onamizning uylari xavdajlaridan ko‘ra, o‘zlariga yaxshiroq ekanligani, 

sizlarga esa Madina Basradan ko‘ra xayrliroq ekanligani, bo‘ysinishlik qilich 

tutishingizdan ko‘ra afzalroq ekanligani bilib olinglar. Aliga qarshi kurashganlar, 

albatta, yaxshi kishilar bo‘laolmaydilar», dedilar. Shundan keyin jarchilar kishilarni 

Ummul mo‘‘minin saflariga qo‘shilishga chaqira boshladilar. Basra hamda Yaman zakot 

moli yordami bilan tayyorlangan kattagina qo‘shin ham Oyisha onamizga ergashdi. 

Yaman va Basra zakotini ibni Zabat va ibni Omir yig‘dirib shar’iy hukumat boyligiga 

yubortirmagan edi. Qo‘shin hali Makkadan Basraga tomon yo‘l solmay turib Mo‘g‘ira 

ibni Shu’ba ibni Sa’d ibni Os bilan Talxa va Zubayra o‘rtalarida keskin tortishuv kelib 

chiqdi. Tortishuvning asosiy sababi Alining ustilaridan g‘alabaga erishilgan choqda kim 

xalifa bo‘ladi, degan masala edi. Talxa bilan Zubayr «Ikkimizdan birimiz bo‘lamiz» 

deya javob beradilar. Unga qarshi Sa’d ibni Os esa «Yo‘q, sizlar emas, balki Usmonning 

o‘g‘illaridan biriga topshirasizlar» dedi. «Undan ko‘ra muxojirlarni chaqirib, ularning 

bolalariga topshirib qo‘ya qolamizda» dedilar. Shu payt Sa’d ibni Os Oyisha onamizning 

oldilariga keladi va u kishidan maqsadlari nima ekanligini so‘raydi. Oyisha onamiz 

«Men Basraga Usmonning xunlarini talab etib bormoqdaman» deydilar. Shunda Sa’d 

«Usmonning qotillari siz bilan birga-ku» deydi. Ba’zi odamlarga ish nimada ekanligi 

ravshan bo‘lib qoldi. Bu o‘ch olish talabi emas, balki mansab tama’sida uyushtirilgan bir 

fitna ekanligini tushunib qoldilar. Bu orada Aliga fitna avj olayotganligi xabari kelib 

turadi. Hazrati Ali ham nima ish qilish, qanday chora ko‘rish to‘g‘risida o‘ylay 

boshladilar. Agar indamay sabr etib turaversalar, ular hazrati Alini tahqirlaydilar va 

agar ularning harakatlariga yarasha harakat qilib urushsalar, zero har ikki firqa ham 

omon topaolmaydi, deb fikr yuritadilar. Agar ular yaxshilik-la unab qo‘yaqolsalar edi, 

hazrati Ali tinchlik yo‘lini tutib ular ustidan g‘olib keladilar. Hazrati Alining safdoshlari esa 

ularga qarshi qo‘shin bilan chiqib jang qilishga qiziqtira boshladilar. Lekin Ali o‘zlarining 

maslaklarida mahkam turdilar. Ya’ni tinchlik bilan masalani hal qilish yo‘lini ushlashda 

davom etdilar. Abdulloh ibni Sadam Aliga uchrashib Madinadan tashqariga 

chiqmasliklarini o‘tinib so‘radilar. «Agar chetga chiqsangiz, keyin hargaz Madinaga 

kiraolmaysiz», dedilar. Hazrati Ali ushbu ra’yga moyil bo‘ldilar. Biroq atroflaridagi 

jamoat u zotni majburan chetga chiqardilar. Biroq Ali hanuz urush boshlanmaslik 

qarorida mahkam turdilar. Masalani tinchlik va sulh yo‘li bilan hal etishga harakat 

etdilar. 

«Ikki firqa o‘zaro tortishib har qaysi tomonda bulsunlar. Keyin o‘shani qabul qilsunlar, 

toki Islom millatining birligi avvalda bo‘lgan holiga qaytsun», degan rag‘batda bo‘ldilar. 

Hazrati Ali o‘z qo‘shinlari safiga Usmonning o‘ldirishlikda ishtirok etganligi ehtimoli 

bo‘lgan kimsani yoki mana shu ishga kishilarni qiziqtirilganligi ehtimoli bo‘lgan 

kimsalarni olmaslikka harakat etdilar. Hazrati Ali qo‘shinni tayyorlab turgan paytlarida 

safdoshlaridan biri: «Hazrati Ali, bu bilan nima istaysiz?» deb so‘radi. Hazrati Ali unga: 

«Agar ular bizning taklifimizni qabul qilsalar va bizga itoat etsalar, sulhni xohlamay 

va agar bizga itoat etmoqni istamasalar, taqdir ularga nimani ko‘rsatsa ko‘rsunlar, 

deya o‘z hollariga tashlab ho‘yib sabr etib turamiz, agar bunga ham rozi bo‘lishmasa, 

bizlarni o‘z holimizga tinch qo‘yinglar deymiz va agar bizni o‘z holimizga tinch 

qo‘ymoqqa ham rozi bo‘lmasalar, unda ulardan, o‘zimizni mudofaa etamiz», deb 

javob berdilar. Maqsadlari tinchlik hamda musulmonlarning umum birliklarini saqlashlik 

ekanligini takror-takror aytib turdilar. Basra aholisi ikki kimsaga, Ummul mo‘‘mininga 

yordam etuvchi hamda hazrati Aliga tarafdorlik qiluvchilarga bo‘linib ketdi. Hazrati Ali 

qo‘shinlar Basra ostonalariga yetib kelmasdan burun u yerdagilarni sulhga va 




Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin 

 

 




Download 380,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish