www.ziyouz.com kutubxonasi
75
o‘ldirishlikka chaqira boshladilar.
Muoviya ibni Abu Sufyon esa bunday fursatni g‘animat bilib zarbasini nishonga
to‘g‘rilab, vaqtdan foydalanishga kirishdi. U hazrati Aliga «Muoviya ibni Abu Sufyondan»
degan jumlagina yozilgan maktubni jo‘natdi. Bu hazrati Aliga ochiq-oydin isyon
etilganligiga bir ishora edi. Muoviyaning maktublarini olib kelgan kishi hazrati Alidan
ruxsat bo‘lgach, xatni topshirdi. Hazrati Ali xatni o‘qish uchun ochsalar, oppoq sahifaga
faqatgina «Muoviya ibni Abu Sufyondan Aliga» degan jumla bor, xolos. Xatni olib
kelgan elchi bu holni payqab qattiq qo‘rqdi va menga omonlik beriladimi?» dedi. Unga
«ha, elchiga zulm yo‘q, seni o‘ldirishmaydi» deyildi. Shundan keyin elchi aytdi:
«Damashqda 60 mingdan ortiq kishi Usmonning ko‘ylaklariga boqib yig‘lab turmoqdalar.
Ular qasos olishni talab etmoqdalar. Damashq minbariga Usmonning qonli kuylaklari
osib qo‘yilgandur. Barchalari mana shu ko‘ylak ostiga to‘planib Usmon uchun qasos
olishga bir-birlarini undamoqdalar». Elchining ushbu gapini tinglagan Ali dedilar: «Men
Usmonning bunchalik xunxo‘rlari ko‘pligini sezib turibman. Ey Olloh, men sendan Usmon
qonlaridan qutqarmog‘ingni so‘rayman».
Demak, hech qanday sir qolmadi. Faqat shaxsiy tama’ egalari o‘z orqalaridan Ummul
mo‘‘mininni ergashtira boshladilar. Oxiri ularga itoat etib qoldilar. Madinaga Muoviya
urush uchun tayyorgarlik ko‘rayotganining xabari kelgan edi. Shomga borib itoat
etishdan bo‘yin tovlaganlarga adab berishlikdan o‘zga chora qolmadi. Lekin shu vaqtda
Zubayr va Talxa hamda Ummul mo‘‘minin to‘planib Aliga qarshi harakat
qilayotganlarining xabari ham kelib qoldi. Biroq Ali tezikmay sabr qildilar, va dedilar:
«Ularning tiyilishlarini kutib turaman, agar tinchib qolishsa hech narsa qilmayman».
Lekin yana ular urushga tayyorgarlik ko‘rayotganliklarini hamda Basraga qarab yurishlik
niyatida ekanliklari to‘g‘risida yangi xabar kelib qoldi. Ushbu mash’um xabarini
tinglagan Ali «agar ular shunday harakat qilsalar, albatta musulmonlarning birligi
qirqiladi», dedilar. Ummul mo‘minin qavmga boshchilik qilgan holda yo‘lga chiqdilar. U
janob Zubayr hamda Talxa va jiyanlari Abdullohning maslahatiga quloq solib ular bilan
yo‘lga chiqdilar. Kundoshlari Ummu Salama bu xabarni eshitib darhol Oyisha onamizni
yo‘ldan qaytarishga kirishgan holda odam yubordilar. Maktub yozib unda shunday
jumlalar bilan gap boshlagan edilar:
«Rasulullohga nima degan edingiz? Bugun esa Olloh lozim qilgan xijobni yirtib
tashladingaz. Agar men siz ixtiyor etayotgan ishni qilgan bo‘lsamda, keyin
o‘lganimdan so‘ng jannatga kiring, deyilsa, albatta men Rasulullohga yo‘liqishdan hayo
qilgan bo‘lardim». Lekin Oyisha onamiz yo‘llarida davom etdilar. Bunday gaplarga quloq
solmadilar. Oyisha onamizning atroflaridagilar chaqiriqni umum manfaatlarni ko‘zlash
degan nom bilan atab, odamlarni aldashga kirishdilar. Shuningdek, o‘zlarining
harakatlariga Abdulloh ibni Umar va shu kishi kabi boshqa Islom muttaqiylarini ham
tortmoqchi bo‘ldilar. Biroq bunga erisha olmadilar va hamda Madinaga yurish qilishga
qodir bo‘lisha olmadi. Zotan u yerda Ali bor ekanlar, yurish boshlashga yuraklari dov
bermadi. Keyin ular «Shomga qarab yuramiz, chunki u yerda sizlar xunini talab
etayotgan kishining qarindoshi bor», dedilar. Ushbu falokatli holatda Marvon ibni Hikam
ham chetda holmadi. Zero, uning Usmon davrlarida qanday ishlar yuritganligi va
Usmonning fitnalariga asosiy sababchi bo‘lganligi o‘tgan boblarda aytilgandur. Hazrati
Ali uni qilmishiga yarasha mansabidan bo‘shatganlari sababli tinchib turmay balki Aliga
qarshi ish yuritardi. Butun yo‘l-yo‘riqlarni, ko‘rsatmalarni berib turdi. Tortisha-tortisha
ular Shomga borishlikdan voz kechadigan bo‘ldilar. Chunki Shomga borishsa
Muoviya bilan o‘rtalarida kelishmovchilik chiqishi turgan gap edi. Ichlaridan bittalari
Basraga borish kerak, degan taklifni kiritadi. Ularning hammalari shunga rozi bo‘ladilar.
Oyisha onamizni ham mana shu taklifni qabul qilishga ko‘ndiradilar. Oyisha onamiz ham
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |