www.ziyouz.com kutubxonasi
73
anig‘ini yozib yubor», deb xat yozadilar. Muoviya Umarning maktublarini olgan
zahotiyoq qo‘rquvdan qaltirab quyidagi javobni yozib yuboradi: «Shom ahli bilan mana
shu tariqa muomala qilinmasa bo‘lmaydi. Agar amiral mo‘‘minin tutayotgan yo‘limni
o‘zgartirmoqligimni xohlasalar, albatta hech qanday to‘xtovsiz o‘zgartiraman».
Muoviyaning javobi Umar hazratlariga yetgach, unga quyidagicha tahdidli javob
yubordilar: «Agar rost aytayotgan bo‘lsang, albatta, bu kishini shakga soladigan ish va
agar yolg‘on aytayotgan bo‘lsang, albatta bunday ish odob berishga loyiqdur. Men seni
qil ham demayman, qilma ham demayman».
Oradan ko‘p o‘tmay Umar oddiy bir otga minib patriarxi bilan sulh shartnomasi
tuzgani yo‘lga chiqdilar. Muoviya buni eshitib Umarni kutib olish uchun o‘zining
ko‘rkam basavlat otiga minib a’yonlari ila peshvoz chiqdi. Hazrati Umar muntazir turgan
Muoviyaga parvo qilmay orqalaridan piyoda ergashgan holda qoldirib ketaverdilar.
Piyoda yurganidan oxiri juda ham qattiq charchab madori qurib ketdi. Qadam bosgani
ham madori yetmay qoldi. Shunda Abdurahmon ibni Avf Umarga qarab: «Ey amiral
mo‘‘minin, orqangizdan ergashib ketayotgan kishi holdan toyib, terga botib ketdi. Biror
narsa desangiz-chi», dedilar. Keyin Umar to‘xtab, Muoviyani chaqirdilar va
odamlarning ko‘z oldida otlarining orqasiga behol suyab qo‘ydilar, Muoviyaning ahvoli
Umar xalifalik davrlarida shunday tekshiruv ostida edi. Ammo yumshoq ko‘ngil
Usmon davrlariga kelib Muoviya butunlay o‘zgarib ketdi. Dunyoviy mol-mulklarga
ega bo‘lish yo‘lini tuta boshladi. Rasululloh alayhissalom mehribon Robbilari huzuriga
bormoqdan avval barham bergan johiliyat tarafkashligiga asta yana o‘zini ko‘rsata
boshladi. Muoviya shunday qulay sharoitni qo‘ldan berishni istamadi. O’zi uchun hamda
kelajak avlodlari uchun xalifalikni mol-mulk qilib olishlikka yo‘l hozirlay boshladi.
Hashamatli yashash tarziga o‘tgani to‘g‘risidagi hamda ish yuritish uslubining yomonligi
to‘g‘risidagi xabarlar ayon bo‘lgandir. Muoviyaning siyosati uning yaqin qarindoshi,
xazrati Usmonning vazir hamda maslahatchisi, havorijlarni Usmonga qarshi qilib qo‘ygan
Mavlon ibni Hikamning ham siyosati mana shundan iborat edi. Shu sababli xazrati Ali
xalifalikka saylangan kunlaridayoq eng avval boshqa voliylardan ko‘ra Muoviyani
ishdan chetlatish haqida fikr etdilar. Abdulloh ibni Abbos, Mo‘g‘ira ibni Shu’ba hamda
Zayid ibni Hamzaga hazrati Alining oldilariga kirib nasihat qildilar. Bular uchchovlon xam
ishbilarmon va tadbirkor kishilardan edilar. Mo‘g‘ira ibni Shu’ba hazrati Aliga qarab: «Ey
Ali, albatta, itoat etdirish va nasihat etishlik xaqqi sizniki. Bugungi kunda erta uchun
ehtiyot chorasini ko‘rishlik lozim. Bugun agar nima yo‘qotilsa, ertaga ham yo‘qotiladi.
Muoviyani o‘z amalida qoldiring, boshqa amaldorlarni ham ishdan chetlatmay turing, toki
hamma sizga itoat etib bo‘lgach, hamda harbiylar ham qasamyod qilib bo‘lishgach,
xohlasangiz almashtirasiz. Xohlaganingizni o‘z ishida qoldiraverasiz», dedilar.
Hazrati Ali Shu’baning takliflariga javoban: «Men dilimda laganbardorlik qilmayman
va ishimni paskash kishilarga ham topshirmayman», dedilar. Mo‘g‘ira yana hazrati Aliga
qaytadan murojaat qilib: «Mayli, kimni xohushsangiz ishdan olingaz-u, ammo Muoviyani
o‘z ishida qoldirib turing. Zero, u jur’atli kishi. O’zi esa ahli Shom ichida e’tiborli kimsa»,
dedilar. Hazrati Ali jiddiy holda ularga qarab: «Ollohga qasamki, men Muoviyani bir kun
ham o‘z ishida qoldirmasmen», deb qat’iy qilib javob berdilar. Hazrati Ali bunday keskin
javob berganlariga qaramay Abdulloh ibni Abbos yana Aliga qarab «Ey Ali, Muoviya
hamda uning sahobalari dunyodor kishidurlar. Ularni o‘z ishlarida qoldirsangiz, kimni
voliy etilsa ham bo‘yin egadilar. Agar ishdan olsangiz ular ishni Ali maslahatsiz
o‘zicha egallab olgan, deb gap yuritadilar. Mana shunday yuritilgan mish-mish
gaplar sababli birodarimiz Usmon o‘ldirildilar. Ularning hammalari xalqni sizga qarshi
chiqishga tezlaydilar. Natijada Shom va Iroq ahli qo‘zg‘olon qilib yuboradilar», dedilar.
Ibn Abbos so‘zlarini tugatganlaridan keyin hazrati Ali u kishining biror maslahatlarini
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |