ALINING SIYOSATI
Ali karamallohu vajxahu xalifalikni avvalgi Abu Bakr hamda Umar davrlarida bo‘lgan
holatiga qaytarmoqni iroda qildilar. Hazrati Ali bu ishni dabdabalarga berilmaydigan,
tarafkashlik qoniga singimagan qarindosh, urug‘lariga, quda, andalariga davlat
xazinasidan hadyalarni bo‘lib berib yubormaydigan bir diniy rahbar sifatida iroda
qilgandilar. Biroq, Alidan boshqa ayrim kishilar esa xalifalik dunyoning aldamchi
matolariga o‘ralgan yolg‘on dabdaba, saltanat ishida mast bo‘lgan podshohlik bo‘lishini
istagan edilar. Hazrati Ali yangi fatxlarni amalga oshirishdan avval, Islomga yangi yerlarni
qo‘shib kengaytirishdan avval asosiy g‘oyalarini amalga oshirish ya’ni davlatning ichki
holatini tuzatishga kirishdilar. Xalifalik muddatlari ichki fitnalarni tinchitish hamda
xalifalikning asosiy g‘oyasidan uzoqlashib o‘z maqsadlariga yetish maqsadida yuruvchi
xudbinlarni tugatish bilan o‘tib ketdi. Hazrati Ali mana shunday ulkan ishga, ya’ni
xalifalikni avvalgi xolatiga qaytarishga kirishganlari sababli tortishuvlar chiqa boshladi.
Isyonlar va qarshiliklar yuzaga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |