ALINING XALIFALIKLARI
Madinaturrasul sallollohu alayhi vassallam to‘s-to‘polon bo‘lib ketdi. Hamma yoqda
beboshlik yuz bergani kabi odamlar hech narsani anglamas, hamma hushidan ajralgan
kabi hayajonda edi. Bir tunda kishilar Ali ibni Abu Tolibning oldilariga xalifalik vazifasini
yuklash uchun bordilar. Lekin hazrati Ali xalifalikdan butunlay voz kechgan, hech qanday
mansabni xohlamas edilar. Shuning uchun kelgan odamlarga qarab: «Sizlar boshqa
kishini ixtiyor etinglar, meni tinch qo‘yinglar, kimni saylasangiz saylangiz, men birinchi
bo‘lib o‘shanga bay’at berurman. Zero, meni yaxshi vazir bo‘moqligim, xalifa
bo‘lishimdan ko‘ra afzalroqdur», dedilar. Biroq kelgan kishilar o‘z so‘zlarida mahkam
turib u kishini qattiq qistab iltimos qildilar. Ular hadeb qistayverganliklaridan keyin
hazrati Ali bir nima deyishga hayron bo‘lib: «Unday bo‘lsa masjidga boringlar va u yerda
to‘planib, yaxshilab o‘zaro kengashib ko‘ringlar, sizlarga yana takror aytamanki,
vazir bo‘lib turganim, amir bo‘lishimdan ko‘ra yaxshiroq», dedilar. Lekin ular qichqirishib
qattiq turgan holda «Sen bizni rozi qilasan» dedilar. Shu payt Qufa boshliklaridan biri
bulgan Ashtar ibni Xoris o‘rnidan turib: «Ollohga qasamki qo‘lingni cho‘zasan, bay’at
aytamiz, yo bo‘lmasa ko‘zingni tepasidan uchinchi ko‘z chiqarasan» deb sayxa tortdi.
Bunga javoban hazrati Ali xotirjamlik bilan: «Meni o‘z holimga qo‘yinglar, mendan
boshqa bir odamni qidirib topinglar. Ey odamlar, kelajakda aql ishonmaydigan turli
fitnalar, yuz tuman qiyinchiliklar bo‘lishligi kutilib turibdi», dedilar. Biroq odamlar
bo‘lib o‘tgan fitna voqeasini eslariga solib turib «xudodan qo‘rqmaysizmi?» deyishdi. Ali
ancha o‘ylanganlaridan keyin xotirjamlik bilan ularga rad javobini berdilar. Keyin ularga
qarab: «Ogoh bo‘linglar va yaxshi bilib qo‘yinglarki, agar sizlarga xo‘p, deb vazifani
ustimga olsam unda achchig‘imdan o‘zim bilmagan holda sizlarni qattiq koyib qo‘yaman.
Agar meni bu ishni qabul qilishga majbur etmasangizlar, boshqa kimni saylasangiz men
o‘shanga sizlarning birinchingiz sifatida quloq solaveraman, itoat etaveraman», dedilar.
Odamlar hazrati Alining gaplarini eshitib bo‘lib: «Biz sizga toki bay’at bermay turib
ajralib ketmaymiz», dsya qichqirdilar. Hazrati Ali ularni juda ham ustuvor turganliklarini
ko‘rib: «Agar shunday qilish kerak bo‘lsa, masjidga kiringlar. Agar menga bay’at
beradigan bo‘lsangizlar, mening bay’atim maxfiy suratda bo‘lmasun. Butun
musulmonlarning roziliklarida ado topsun. Xalqning ichida oshkora suratda amalga
oshirilsun», dedilar. Kishilar ertaga ertalab masjidda ko‘rishishga kelishib olishgandan
so‘nggina tarqalib ketishdi. Ertasiga tongda hazrati Ali masjidga kirdilar va minbarga
ko‘tarilib odamlarga qaradilar-da ohista tovushda so‘z boshladilar: «Kecha sizlar bilan
o‘zicha hal qilishga hech kimning haqqi bo‘lmasdan bir ishga kelishib ajralgan edik, agar
hohlasangiz bugun o‘sha ishni sizlarinng ixtiyoringizga qayta topshiraman».
Bu so‘zni eshitib hammalari: «Biz kecha siz bilan nimaga kelishgan bo‘lsak, o‘sha
qarorda qat’iymiz. Ollohning kitobi bilan sizga bay’at beramiz. Olloh, o‘zing guvoh bo‘l!»,
deya barobar suronli qichqirdilar. Eng birinchi bo‘lib Talxa ibni Ubaydulloh, keyin Zubayr
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |