To’g’ri javob: D



Download 8,78 Mb.
Sana31.12.2021
Hajmi8,78 Mb.
#250288
Bog'liq
танкидий жавоблар






  1. To’g’ri javob: D

Chunki agar haqiqatdan ham bozorlarda narxi bir xil bo’lgan zararli moddalarni o’z ichiga olmaydigan uy tozalash vositalari mavjud bo’lsa, bunday holatda haqiqatdan ham zararli moddalarni o’z ichiga oluvchi uy tozalash vositalaridan foydalanishni qonun bilan ta’qiqlash mumkin. Chunki bunday vositalardan voz kechgan taqdirda ham, ularning o’rnini bosuvchi zararli moddalarni o’z ichiga olmaydigan uy tozalash vositalaridan foydalanish mumkin bo’ladi.

Chalg’ituvchi javoblar:

A Zaharli moddalarni o’z ichiga oluvchi uy tozalash vositalarining ustida ularning zararli ekanligini ko’rsatib turuvchi belgilarning borligi, biz bunday mahsulotlarni qonun bilan ta’qiqlashimizga sabab bo’la olmaydi.

B Uy tozalash vositalarining turlarining juda ko’pligi zararli moddalarni o’z ichiga oluvchi vositalardan foydalanishni to’xtatish kerakligini mantiqiy qo’llab quvvatlay olmaydi

C Bakteriyalar ko’payib ketishini oldindan bilgan holatda, uy tozalash vositalaridan to’liq voz kechib bo’lmaydi. Bu holatda biz bu shaxsning fikrini qo’llab quvvatlay olmaymiz

E Bunday ma’lumot bizning mavzudan tashqariga chiqib ketgan. Chunki benzin tarikibiga qaraganda ko’proq zararli moddalar bo’lishi, uy tozalash vositalarini qonun bilan ta’qiqlashga sababchi bo’la olmaydi. Benzin va tozalash vositalari ikkalasi turli xil mahsulotlardir


Tanqidiy Fikrlash savolining javoblari tahlili 🩺

To'g'ri javob: D

Maqsad: biz xulosani amalga oshmasligiga olib keladigan qo’shimcha fikrni topishimiz kerak.

Saraton nol ishlab chiqarilsa, gujum ildizlari kavlanib olinadi va gujum yo’q bo’ladi deyilmoqada. Lekin bu dori O’zbekistonda ishlab chiqariladi va shu yerdagi gujumlar tahdid ostida qoladi. Ammo xulosada gujum umuman yo’q bo’ladi deyilmoqda.

Bu xulosani haqiqatga yaqin emaligini bildiradigan fikr D javobda. Ya’ni gujum O’zbekistondan boshqa joylarda ham yaxshi o’sadi. O’zbekistonda gujum yo’q bo’lgani bilan, boshqa joylarda o’sishda davom qilaveradi va umuman yo’q bo’lib ketmaydi.

Chalg’ituvchi javoblar:

A) Bu xulosamizni qo’llab quvvaylaydi. Bu dori korxona qancha ko’p vaqt ishlasa, gujumlar yo’q bo’lish tahdidi shuncha ko’payaveradi.

B) Bu dori sug’urta tashkotlari ro’yhatiga kirmagani bilan, oddiy odamlar foydalanishda davom qililadi va bu gujumga tahdidni kamaytirmaydi.

C) Bu xulosani yanada qo’llab quvvatlaydi, Bir tarafdan dori korxonalar, boshqa tarafdan mebelchilar gujumga qiron keltiradi.

E) Dorini ishlab chiqarish ko’p mablag’ va vaqt talab qilgani bilan korxonalar gujum ildizini kovlashni to’htatmaydilar. Bu gujumga tahdidni kamaytirmadi.



Tanqidiy Fikrlash savolining javoblari tahlili

To'g'ri javob: D

Maqsad: Biz berilgan ma'lumotlardan qanday umumiy xulosaga kelishimiz mumkinligini o'ylashimiz kerak.

Shartdan ko’rinib turibdiku, berilgan yillar mobaynida iqtisodiy o’sish kuzatilgan garchi energiya iste’moli o’zgarmagan bo’lsa ham.Ya’ni mamlakat energiyasiz ham rivojlana olar ekan.

Chalg’ituvchi javoblar:

A) Yangi resurslarni topish oson yoki qiyin ekanligi haqida ma’lumot berilmagan

B) Energiya importini biz energiya iste’moli bilan bog’lay olmaymiz chunki energiya importi bilan energiya iste’moli miqdori haqida hech qanday bog’liqlik ko’rsatilmagan

C) Benzin narxlari yoki uning ta’siri haqida umuman gap ketmagan

E) O’zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi aynan energiyaga bog’liq yoki bog’liq emasligini biz bilmaymiz chunki yuqoridagi muammoda ko’rsatilmagan.



Tanqidiy Fikrlash savolining javoblari tahlili

To'g'ri javob: A

Maqsad: Bizga berilgan yakuniy xulosanining ishonchliligini kuchaytiruvchi sababni aniqlash!

Chunki agarda qisqa videodan iborat bo’lgan kino reklamalarini ko’rish tomoshabinlarning bunday kinolarning to’liq shaklini ko’rishga undaydigan bo’lsa, bu holda tabiiyki kinoteatrga tashrif buyuruvchilarning ham soni oshadi va bu bilan kinoteatrlar o’zlarining daromadlarini ham oshira oladilar. ✅

Chalg’ituvchi javoblar:

B) Bizga tomoshabinlarning kinoni ishlab chiqarishga sarflangan puliga qarab kinoga tushishlari haqida ma’lumot berilmagan va shuning uchun biz ularni taqqoslay olmaymiz

C) Bu javobni ham qabul qila olmaymiz. Chunki bizlarga berilgan ma’lumotda kinoteatrla bunday reklamalarni bepul ham qo’yishga tayyor degan ma’lumot berilgan edi. Bu javobda esa ular ikkilanadilar deyapti ya’ni bu haiqatga to’g’ri kelmaydi

D) Bizlarga kinodan tushadigan daromadning qanday hisoblanishi emas, qanday vaziyatda kinoteatrlarga ko’proq odam jalb qilinishi va yangi kinolarni ko’ruvchilar sonini oshirish mumkin degan savol berilgan edi

E) Bizlarga kino reklamalarning samaradorligi haqida emas, qanday vaziyatda kinoteatrga ko’proq tomoshabinlar kelishi haqida savol berilgan edi



Tanqidiy Fikrlash savolining javoblari tahlili
To'g'ri javob: E

Maqsad: Bizga berilgan yakuniy xulosanining ishonchliligini kuchaytiruvchi sababni aniqlash!


Chunki bizlarga berilgan ma’lumotga asosan, o’tin yoqish tufayli kelib chiqadigan tutunlar inson salomatligiga salbiy yomon ta’sir ko’rsatadi. Bundan kelib chiqadiki, agarda bizlarda qishloq aholisining ko’pchilik qismi o’tin yoqish orqali qizdiriladigan uylarda yashaydilar degan ma’lumot bo’lsa, bu qishloqda yashayotgan ko’pchilik insonlar zaharli tutundan aziyat chekayotganliklarini bildiradi. Shuning uchun ham bizlarda qishloqlardagi bunday vaziyat haqida ma’lumot bo’lsa haqiqatdan ham o’tin yoqish orqali qizdiriladigan isitish vositalarini qonuniy jihatdan tartibga solish kerak degan fikrga kuchli ishonch bilan qo’shila olamiz. ✅

Chalg’ituvchi javoblar:

A) Bizlarga avtomobillardan ajralib chiqadigan zaharli gazlar to’g’risida ma’lumot berilmagan va shuning uchun uni solishtira olmaymiz.

B) Bizlarda hozirgi kunda ko’pchilik oilalar qanday vositalardan foydalanayotganliklari to’g’risida ham ma’lumot berilmagan va shuning uchun bu javob o’tin yoqishni qonuniy jihatdan tartibga solish kerak degan gapga asos bo’la olmaydi.

C) Bizlarda ko’mir bilan qizdiriladigan vositalardan chiqadigan tutunning qanchalik zararli ekanligi to’g’risida ma’lumot berilmagan

D) Agarda hech qanday ta’sir ko’rsatmasligini bilsak, bunday qonun qabul qilinishidan hech qanday manfaat yo’qku!



Tanqidiy Fikrlash savolining tahlili: 🩺

To'g'ri javob: C

Biz holatni eng ko'p asoslay oladigan fikrni topishimiz kerak.

1.Sayyoh qadimiy ashyolar sotadigan do'konga kirdi.

2. Qadimiy tangani ko'rdi.

3. Tangada yozuv bor edi: "Miloddan avvalgi 160 yilda chiqqan" degan. Bu xuddi hozirgi tangalar ustida '2010 yil' degan yozuvga o'xshash.

4. Tanga arzon edi.

5. Sayyoh yuqoridagi afzalliklariga qaramay, tangani sotib olmadi.

Savol: nega olmadi? Bizning javob shuni mantiqiy tushuntira olishi kerak.

Bunga sabab sayyoh tangani sohta ekanligini bilib qolgan bo'lishi mumkin. Bunga sabab Miloddan avval tanga ishlab chiqarilganmi o'zi? Yil hisobi ahir miloddan keyin hisoblanib boshlaganku. Demak manashu ikki narsa rost bo'lsa, biz sayyoh tangani qalbaki deb o'ylab, sotib olmaganini asoslay olamiz.✅

Masala Yechish savolining tahlili:

To'g'ri javob: D

Biz jadvalda xato yozilgan bitta sonni topishimiz kerak.

Jadvalda son ko’p bo’lgani uchun, xato sonni topib olish qiyinchiligi odamni cho’chitishi mumkin. Lekin bir chekkadan mantiqan qiditishni boshlasak bu oson topilishi mumkin.

1. Ustunlar tagidagi jami yig’indilarga qarasak, birinchi ikkita yig’indi(167 va 207) xato emasligini ko’ramiz. Ammo, uchinchi jami 130 xato ekan, u aslida 121 bolishi kerak.

2. Bundan ko’rinadiki xatolik ‘Yugurish’ ustunidagi sonlardan birida. Endi biz qatorlar yig’indisini ko’zdan kechiramiz. Ikkinchi qator jami 232 xato, aslida u 223 bo’lishi kerak. Demak ikkinchi qator, uchinchi ustin kesishgan joyida xatolik bor. Ya’ni 45 soni xato, u aslida 54 bo’lsa to’gri bo’lardi.✅

Tanqidiy Fikrlash savolining tahlili: 🩺

To'g'ri javob: E

Biz berilgan savoldagi vaziyatga ma'no jihatdan eng yaqin o'xshash bo'lgan boshqa holatni topishimiz kerak

Chunki agarda yaxshi detektiv asar yozish uchun jinoyatchilar olami bilan yaxshilab tanish bo’lib, ularning ichida yurish kerak ekan, yaxshi tennis zarbasini berish uchun ham maydonni hayolda chizgan holatda, zarb bilan urilayotgan koptokning ham qayerga borib tushishini oldinnan faraz qilishingiz kerak degan gap bilan bir xil. Ya’ni detektiv asar yozuvchilari jinoyatchilar ichida yurgan holda ularning nima ish qilishi mumkinlgini aniq ko’zlari bilan ko’rib ko’proq ishonchli va yaxshi asar yozsalar, tennischilar ham maydonda bo’la turib zarbaning qayerga borishini his qilgan holda joylashib o’ynasalar yaxshi o’yin ko’rsata oladilar.✅

Chalg'ituvchi javoblar:

A Sayohatga borishdan oldin uning moddiy jihatlari haqida o’ylashimiz, bizga sayohatimiz aynan ko’ngildagidek o’tishiga aniq kafolat bera olmaydi. Chunki sayohatga yomon ta’sir qiluvchi boshqa omillar ham yo’l-yo’lakay uchrab qolishi mumkin.

B Tuproq tekislangandan keyin nimadir ekishga ruxsat berish, bu yerdagi hosilning unumdorligiga kafolat bera olmaydi.

C Bu javob bizlarga berilgan savoldagi mavzuga umuman aloqador yoki o’xshash ham emas

D Bu javobda imtihon o’tkazishdan oldin emas aynan o’tkazilayotgan paytdagi holat aks ettirilayapti. Lekin bizga berilgan mavzuga o’xshash bo’lish uchun ular matematika strategiyalarini oldindan tayyorlab qo’ygan bo’lishlari va o’zlarini matematiklar o’rniga qo’yib ko’rishlari kerak edi

Masalа Yechish savolining tahlili:

To'g'ri javob: D

Biz aksiya davrida univermag oldingidek bir xil foyda olishi uchun, ishlab chiqaruvchi ruchkani qancha qismga arzonlatishini topishimiz kerak?

1. Ruchka aslida 800 so’m bo’lgan, univermga 50% (yarmi) ustama qo’ygandan so’ng, u 1200 so’m bo’lgan.

2. Univermag ikkita o’rniga uchta bersa, unvermag 800 so’mdan 2400 so’m sarflaydi. Lekin aslida do’kon 3 * 1200 = 3600 so’mga sotishi kerak edi.

3. 3600 – 2400 = 1200 so’m, demak do’kon 1200 so’m zarar ko’rmoqchi. Har bir ruchkaga 400 so’mdan foydani ololmay qolishi mumkin.

4. Demak ishlab chiqaruchsi ruchkani 400 so’mga arzonlatib berishi kerak. Ya’ni 800 so’mdan 400 so’mga. Bu degani korxona ruchkani 1/2 ga arzonlatishi kerak.✅

Tanqidiy Fikrlash savolining tahlili: 🩺


To'g'ri javob: C

Bizning vazifamiz, shu xulosaning asosliligini zaiflashtiradigan gapni topishimiz kerak. Ya'ni, bu ovqatni menyuga doimiy kirgizish ishchilarni aslida xursand qilmasligi mumkin.

Dalil: Oxirgi ikki kunda yangi taomga ko'proq buyurtma berildi.

Xulosa: Shu ovqatni menyuda doimiy qo'yish kerak. Shunda ishchilar kelajakda ham hursand bo'ladi deyilmoqda.

C javobda aytilyaptiki, ishchilar tuxum barakni yangi ovqat bo'lgani uchungina ta'tib ko'rishga qiziqdilar holos. Shuning uchun bu ovqatga boshda talab ko'p bo'lgan. Balkim bu ovqat birinchi ta'tib ko'rishdan so'ng ishchilarga yoqmagan bo'lishi mumkin va ular bu ovqatni qayta buyurtma qilmasliklari mumkin. Shunday ekan dastlabki ikki kundagi buyurtmalar ko'pligidan bu ovqat kelajakda ham ishchilarni hursand qiladi deb ayta olmaymiz.




TANQIDIY FIKRLASH YECHIMI

/ mantiqiy moslik/

Yechimga yondashish ususli:

1️⃣ Barcha to'tiqushlar gapirishni o'rgana oladi.(100%)

2️⃣ Avstraliyada yashovchi ba'zi to'tiqushlar yoqimli.

Manashu ba'zi yoqimli to'tiqushlar, gapirishni ham o'rgana oladi. Buni bizga 1 - gap nazarda turyapti. 1 - da aytilishicha, yoqimli yo yoqimsiz bo'lishidan qat'iy nazara, to'tiqushlarning barchasi gapirishi mumkin.

Demak, bundan xulosa chiqadiki, ba'zi yoqimli to'tiqushlar gapira olar ekan.

To'g'ri javob: A 🗝

Muammoni Yechish

/ Mantiqiy masala/

Yechimga yondashish usuli: Jadvaldan foydalanish.

Bunday masalalarda ma'lumotlar o'quvchi uchun chalkash bo'lib tuyiladi. Bunda yangi, samarali metod bu - ma'lumotlarni jadvalga joylash.

Quyidagicha jadval tuzib, berilgan ma'lumotlarni qo'yib, dastlab kichik hisob - kitob qilamiz. Biz topishimiz kerak bo'lgan, son x da turadi.

A'lo A'lo emas

——————————————————————

Rus 150 150 300 = Jami Rus

——————————————————————

Rus emas x 250 300 = JamiR. emas

——————————————————————

400 = 600 = Jami

Jami a'lo emas

Rus emaslar jami 300 ekan, va bu x + 250 ga teng ekan. x + 250 = 300, x = 50

Ya'ni jadvalning ustun va qatorlariga qarasak, a'lo bahoga o'qiydigan, rus emaslar 50 ekan.

To'g'ri javob: A 🗝

Prezident Maktablari agentligi tomonidan taqdim qilingan namunaviy testidagi 4 - tanqidiy fikrlash savolining yechimi ijtimoiy tarmoqda ko'p muhokamaga sabab bo'lmoqda. Rasmiy manbada to'g'ri javob B sifatida berilgan. Lekin ko'chilikda bu javob to'g'riligiga shubha bor. Siz Lidersiz jamoasi quyida bu savolga o'zining metodikasi orqali 2 ta yechim taqdim qiladi.

Siz - Lidersiz! 🎯, [25.04.21 08:10]

1 – usul.

Shartli belgilash kiritish va manoviy formula yasash.

A = voleybolni yoqtiradiganlar

B = chang’i uchishni yoqtiradiganlar

C = velosiped sportini yoqtiradiganlar

D = gimnastikani yoqtiradiganlar.

1. Valeybolni yoqtiradiganlarning barchasi chang’i sportini yoqtiradi.

A → B

2. Chang’i sportini yoqtiradigan barchasi velosipedni yoqtiradi.



B → C

3. Chang’i sportini yoqtiradiganlarning hech biri gimnasitikani yoqtirmaydi.

B → D emas

Bu formulada ko’rsatkichlar yonalishi bo’ylab B ning o’rniga undan keyingi harfni qo’ysa bo’ladi. Ya’ni


1. A → B 2. B → C bunda A → C kelib chiqadi.

Buni so’zlarga o’girsak, voleybolni yoqtiradiganlarning barchasi velosiped sportini ham yoqtiradi.

1. A → B 3. B → D emas bunda A → D emas

So’zlarga o’girsak, voleybolni yoqtiradiganlar gimnastikani yoqtirmydilar.

Bu ma’no C javobda o’z aksini topgan. To’g’ri javob C

Agar Jamol voleybolni yoqtirsa, gimnastikani yoqtirmaydi.





Muammoni Hal Qilish Yechimi 🩺

/ Matnli masala/

Masalada ikkita shart bor.

1. Matematika : 3 +Tabiatshunoslik:2=30

2. Matematika + Tabiatshunoslik = 240

Bu masalani tenglamalar yordamida ishlash mumkin. Lekin siz tenglamalarni yaxshi tushunmasangiz. Javoblarni shartlar o’rniga qo’yib ko’rish usuli ham bor. Bu ham test ishlaganda ba’zan as qotadi. 😊

Bunda A javobdagi sonni qo’yib ko’rishdan boshlaymiz. Lekin postni qisqa qilish maqsadida biz darhol C javobdagi 60 ni qo’yib ko’ramiz.

Tabiatshunoslikdan olingan bal 60 bo’lsa, buni ikkinchi shartga qo’ysak Matematika 180 ekanligi aniqlashadi.

Buni birinchi shartga qo’ysak to’g’ri kelsa, bu to’g’ri javob bo’ladi.

1. 180 : 3 + 60 : 2 = 30 Birinchi shart ham qanoatlantirildi. Demak C javob to’g’ri ekan.

To’g’ri javob: C ✅

Tanqidiy Fikrlash Yechimi 🩺

/Yashirin Taxmin/

Yechimga yondashish usuli:

Yashirin taxmin bu aytilmagan fikr bo’lib, dalillarga qo’shilsa xulosani asosliligini oshiradi.

Muhokamamiz quyidagi strukturaga ega.

1. Dalil: Xotam oshpazning somsalari achchiq.

2. Dalil: …………………………………………………

3. Xulosa: Unga “Eng mohir oshpaz” mukofotini berib bo’lmaydi.

Biz 2 – dalil o’rniga shunday gap topishimiz kerakki, dalillar va xulosa ketma-ket ma’no izchilligini saqlasin.

Bunga eng mos fikr D javobda turibdi. Buni 2 – dalilga qo’yib o’qisak,

1. Dalil: Xotam oshpazning somsalari achchiq.

2. Dalil: Achchiq somsa tayyorlaydigan oshpaz “Eng mohir oshpaz’ unvoniga loyiq emas.

3. Xulosa: Unga “Eng mohir oshpaz” mukofotini berib bo’lmaydi.

O’qib ko’rsak, haqiqatdan xulosaning asosliligini taminlab beradi. Agar boshqa javoblarni shuni o'rniga qo'yib o'qisak, umuman ma'noviy ketma-ketlik ta'minlanmaydi.

To’g’ri javob: D ✅

Muammoni Hal Qilish Yechimi

/ grafikka oid/

1. Har bir xonning necha yil hukmronlik qilganini taxtga kelgan va taxtdan ketgan yillarini ayirish orqali topamiz.

Elbarsxon 13

Abulg'ozi Bahodirxon 18

Sherg'ozixon 3

Eltuzarxon 2

Olloqulixon 17

2. Garafiklarga qarab, qaysi birida shu sonlarning hammasi ask etganini topamiz.

Bu birinchi grafikda o’z aksini topgan.

To’g’ri javob: A 📌

Tanqidiy Fikrlash Yechimi 🩺

/Kuchaytiruvchi fikr/

Chunki faqatgina advokatlar portfel ko’tarib yuradigan bo’lsa, biz Rustam akaning portfel ko’tarib yurishiga qarab, ularni aniq advokat deya olamiz. Aks holda boshqa kasb egalari ham portfel ko’tarib yurishlari mumkin-ku degan o’rinli savol paydo bo’lishi mumkin. Lekin bizlarga FAQATGINA advokatlar portfel ko’tarib yuradilar degan ma’lumot berilsa. Biz haqiqatdan ham Rustam akani advokat deya olamiz.

To’g’ri javob: D 📌

Tanqidiy Fikrlash 🩺

/ Mantiqiy moslik /

To’g’ri javob: D

Chunki Samalyot Toshkent shahriga qo’nishni amalga oshirishi uchun, ushbu samalyot dastlab Buxoro viloyatiga, undan keyin Samarqand viloyatiga qo’ngan bo’lishi shart. Ya’ni Buxoro viloyatiga qo’nmagan samalyotni biz bemalol Toshkent shahriga ham qo’nmagan deyishimiz mumkin. Sababi Toshkentga kelish uchun oldin Samarqandda qo’nish kerak edi, Samarqandga qo’nish uchun esa oldin Buxoroga qo’nish kerak edi. Toshkentga qo’nishning shartlaridan biri bo’lgan Buxoroga qo’nish amalga oshirilmagani uchun, Buxoroda qo’nmagan samalyotni Toshkentda ham qo’nmagan deya olamiz.

Muammoni Hal Qilish Yechimi

/ jadvalga oid /

Bu turdagi masalada ma'lumot juda ko’p berilgan bo’lib, uni yechish uchun berilgan ma’lumotlarga asoslanib bir chekkadan filtrlash usulidan foydalanish kerak.

1. Yog’ochni qaysi bozordan olishini aniqlaymiz.

a) Bu qurilish mollari sotiladigan bozor bo’lishi kerak: Abu saxiy, O’rikzor yoki Jome bozorlari.

b) Qurilish mollari sifatli bo’lishi kerak: Abu saxiy yo Jome.

c) Yetkazib berish hizmati bo’lishi kerak: Jome

Uchta filtrdan foydalanib bozor aniqlandi.

Jome bozoriga borib kelish uchun 2 * 5 = 10 km yuradi.

2. a) Kiyim olishi kerak: Abu saxiy yoki O’rikzor.

b) Kiyim arzon bozor kerak: O’rikzor.

Ikkita filtrdan foydalanib bozor aniqlandi.

O’rikzorga borib kerlish uchun: 2 * 13 = 26

Ikkita bozorga borib kelish uchun jami yo'l: 10 + 26 = 36

To’g’ri javob: D

Tanqidiy Fikrlash Yechimi 🩺

Og’ir samolyotlarni boshqaradigan uchuvchilar yengil samolyotlarni boshqarganda qiynalishadi. Nega? 🤔

Yengil samolyotlarni boshqarganda shamolni ta’sirini hisobga olishmaydi. Bundan kelib chiqadiki, ular og’ir samolyotlarni boshqarganda shomol haqida e’tibor bermaslika o’rganib qolgan. Sababi shamol og’ir samolyotlarga deyarli ta’sir qilmaydi. Ya’ni, ularni boshqarish yengil samolyotlarga qaraganda uchuvchi uchun oson ekan.

To’g’ri javob: D

Tanqidiy Fikrlash Yechimi 🩺

/ mantiqiy xatolik/

Izquvar o’ylaydiki omborga tushgan o’g’rini allakim aniq ko’radi. Lekin o’g’ri hech kimga ko’rinmay ham o’g’irlik qilgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun ombor yaqinida hech kim ko’rmagani Baxtiyorni to’liq aybsiz ekanligiga dalil bo’la olmaydi.

To’g’ri javob: B

Tanqidiy Fikrlash Yechim 🩺

Koronavirus bo’lmasilik uchun ikki shartdan bittasi bajarilsa bo’ldi. Agar ikki shartdan bittasi bajarilmasa, ikkinchi shart bajarilishi imkoni mavjud bo’lgani uchun hali ham koronavirusga chalinmaslik ehtimoli bo’ladi.

1.Yunus O’tkirning maska taqmaganidan, u virusga chalinishi 100% aniq demoqda. Lekin uning virusga chalinishi muqarrar emas. Vaksina yordamida unda hali ham virusga chalinmaslik imkoniyati saqlanib qolagan. Shuning uchun Yunusning fikri xato.

2. Hilola O’tkir vaksina oldi, lekin u baribir virusga chalinadi demoqda. Lekin bizga dastlabki shartda aytilganki, vaksina olsa bo’ldi, kasal bo’lmaydi. Shuning uchun Hilolaning fikri ham xato.🙅‍♀️

To'g'ri javob: D 🗝

Tanqidy Fikrlash Yechimi🩺

Muhokama mantig’ida umumiy bir turkumdagi narsalarni xavfli ekanligiga xulosa qilinmoqda. Sababi unga tegishli kichik bir qismning zararli.

Robotlar – kichik bir qism Aqlli mashinalar – robotlar kiradigan umumiy turkum
Xuddi shunday fikrlash B javobda uchratiladi.

Qo’y dumbasi – kichik bir qism Yog’li ovqatlar – qo’y dumbasini o’z ichiga olishi mumkin bo’lgan umumiy turkum.

Qo’y dumbasi zararli deb butun yog’li ovqatlarni zararli deyilyapti.

To’g’ri javob: B

Muammoni Hal Qilish Yechimi

Kaltakesak har kuni jami 1 metr yuqorilab boradi. Shunda u 7 kunda 7 metr yuqorilaydi. 8 – kun bo’lsa, yana 4 metr yuqoriga chiqqanida, u allaqachon daraxt tepasiga chiqqan bo’ladi. Demak, u 8 kunda daraxt uchiga yetib oladi.🌴

To’g’ri javob: B

Tanqidiy Fikrlash Yechimi

/ kuchaytiruvchi fikr /

Shifokor to’yib uhlamaslik o’quvchilarda muammolarga sabab bo’ladi deb o’ylaydi. Buning yechimi sifatida bo’lsa, u maktabda bolalar o’qish soatlarini o’zlari belgilab o’qishlari kerak degan fikrni taklif qiladi.

Shifokorning bu xulosasining to’g’riligini kuchytiruvchi fikrni topish kerak.

B javob kuchaytiruvchi bo’la oladi.

O’quvchilar o’qish vaqtlarini o’zlari tanlasalar, to’yib uhlay oladilar. Bu shifokor taklifini ro’yobga chiqishiga yordam beradi.

Tanqidy Fikrlash Yechimi

Bu muhokamada bitta qarama-qarshilik mavjud.

Bu qora ayiqlar qo’ng’ir ayiqdan kamroq hamla qiladi.

Lekin Chotqolda aynan qora ayiq ko’proq hujum qilgan.



Bu qarama-qarshilikning sababini topishimiz kerak. Bunga javob oddiygina – bu yerda qora ayiqlar qo’ng’ir ayiqlardan haddan tashqari ko’proq.

To’g’ri javob: C

Muammoni Hal Qilish Yechimi

Bu yerda 1 – qavatga chiqishda zina bo’lmasligini inobatga olish kerak.

3 – qavatga chiqish uchun faqatgina ikki qavat uchun zina bo’ladi. 1 dan 2 gacha , 2 dan 3 gacha. Ikkita zina deb tasavvur qilib turamiz.

9 – qavatgacha bo’lsa, 8 ta zina bo'ladi. Birinchi qavatdan boshqa hamma qavatga zina kerak bo’ladi.

Yakuniy javob: 8 : 2 = 4

To’g’ri javob: C

Tanqidiy Fikrlash Yechimi

Dalil 1: Isroil toʻrt karra jahon chempionini yutdi.

Dalil 2: ….kuchaytiruvchi fikr………………….

Xulosa: Isroil qattiq tayyorgarlik koʻrgan.

Biz nimaga asoslanib, Isroilning qattiq tayyorgarlik koʻrganini tushuntirishimiz kerak. C javobda aytilyaptiki, Isroil FAQATGINA kuchli tayyorgarlik koʻrsagina Taysonni yuta oladi.

Bu gapni dalil 2 oʻrniga qoʻysak, xulosaning toʻgʻriligi kuchayadi.

Agar bu oʻringa boshqa javoblarni qoʻysa, mantiqan toʻgʻri kelmaydi.

Toʻgʻri javob: C



[В ответ на Siz - Lidersiz! 🎯]

Muammoni Hal Qilish Yechimi 🩺

Toʻrtburchakda ikkita eni va boʻyi boʻlgani uchun, birinchi navbatda 22 ni ikkiga boʻlamiz. 11 chiqadi va bu bitta eni va boʻyini yigʻindisini bildiradi.

Eni + Boʻyi = 11

Siz yaxshi bilasizki, toʻrtburchakning yuzi eni va boʻyini koʻpaytirish orqali topamiz. Bu eng katta son boʻlishi kerak.

Eni * Bo'yi = ...... ( eng katta qiymat)

Eslab qoling: Ikki son berilgan boʻlib, ularning eng katta koʻpaytmasini topish kerak boʻlsa, bu son yigʻindini ikkiga boʻlib, qismlarni bir-biriga koʻpaytirganda kelib chiqadi.

Bizning holatda 11 ni ikkiga boʻlsak, bu 5.5 chiqadi. Lekin Gugurt choʻplari butun boʻlgani uchun biz bitta boʻlakni 5, ikkinchisini boʻlsa 6 deb olamiz. Ularning koʻpaytmasi esa 30 boʻladi.

Toʻgʻri javob: B

[В ответ на Siz - Lidersiz! 🎯]

Tanqidiy Fikrlash Yechimi 🩺

1.Tog'larda yashovchi ba'zi odamlar barlos qabilasiga mansub; boshqa ba’zilar alplar qabilasiga tegishli.

2.Hech bir barlos dehqonchilik qila olmaydi.

3.Barcha alplar dehqonchilik qiloladi.

4.Shuning uchun alplar barloslar emas.

5.Barlos bo'lmaganlarning barchasi - chavandoz.

Bu muhokamada bir narsaga e’tibor berish kerak: tog’lardagi ba’zilar BARLOS, boshqa ba’zilar ALP. Bu degani tog’larda faqat bu ikki qabila mavjud emas, ulardan boshqa qabilalar ham yashashi mumkin. Faqat ba’zilar barlos va ba’zilar alp, ba’zilar esa X qabila, boshqa ba’zilar bo’lsa Y qabila.

A Dehqonchilik qila oladigan YAGONA odamlar ot minadigan alplardir.

Alplar dehqonchilik qiladi to’g’ri, lekin ular YAGONAMI? Biz X va Y qabilalar haqida hali bilmaymiz. ❌

B Alplar qabilasiga tegishli bo'lmagan HAR BIR KISHI barlos qabilasiga tegishli.

Bu yerda ham X va Y qabilalarini hisobga olmagan. Alp bo’lmaganlar X va Y ga tegishli bo’lishi ham mumkin. ❌

C BARCHA CHAVANDOZLAR dehqonchilik qiloladilar.

Bu yerda ham alp va barloslardan tashqari qabilani hisobga olmagan. To’g’ri alplar ham dehqonchilik qiladi, ham chavandoz. Lekin X chavandoz bo’lgani bilan dehqonchilik qilmasligi mumkin.❌

D Alplarning hammasi chavandoz.

BU to’g’ri. 5 – shartda aytilyaptiki, barlos bo’lmaganlarning bari, ya’ni Alp,X va Y lar chavandoz. Bu degani barcha alplar chavandoz ekan. ✅

To’g’ri javob: D

Umuman olganda, yashil ustunga ko’ra soya uzunligi : ustun balandligi = 2:1

Agar devor bo’lmasa, qizil ustun soyasi 12 bo’ladi. Lekin devor bor, yuqoridagi rasmda ko’rsatilgandek.

x: 8 = 1: 2

x ni ham ustun deb o’ylasak, uning soyasi ikki barovar uzun boladi. Demak

x = 8:2 = 4

To'g'ri javob: C

[В ответ на Siz - Lidersiz!

Muammoni Hal Qilish Yechimi

1. 3 – 9 betlar uchun 7 ta raqam ishlatiladi

2. 10- 99 betlar, ikki xonali sonlardagi betlar jami 90 ta bo'ladi va har bir betga ikkita raqamdan 180 ta raqam ishlatiladi.

3. Qolgan betlarga uchta raqamdan ishlatiladi.

Jami raqamlardan bir xonali va ikki xonali betlarni betlash uchun ishlatilgan raqamlar sonini ayiramiz.

1423 – 7 – 180 = 1236 ( uch xonali sondagi betlarga ishlatilgan raqamlar)

Endi 1236 ni uchga boʻlamiz. 1236 : 3 = 412

Yaʼni Tanqidiy Fikrlash kitobida 412 ta uch xonali bet mavjud ekan. Bu degani 100 va undan yuqori 412 bet bor.

Jami betlar 99 bet + 412 bet = 511 bet

( haqiqatdan ham Siz Lidersiz kurslarining Tanqidiy Fikrlash kitobi 511 bet 😊)

Toʻgʻri javob: B

[В ответ на Siz - Lidersiz! ]

Tanqidiy Fikrlash Yechimi

Muhokamada kofe iste’molining kamayishiga sabab undagi kafein moddasining zarari haqida maqolalarda ko’p yozilganligidan degan xulosaga kelingan.


Biz kofe iste’moli boshqa sababga ko’ra pasayganligini ko’rsatib beradigan javobni topishimiz kerak.

Buni D javobdagi ma’lumotda ko’rishimiz mumkin. Ya’ni, kofe oxirgi yillarda qimmatlab ketgan. Tabiiyki qimmat narx kofe iste’moliga ta’sir qilishi mumkin. Va bu kofening zarari haqidagi ma’lumotlardanda ko’proq kofe iste’moliga ta’sir qilgan deb xulosa qilamiz.

To’g’ri javob: D

[В ответ на Siz - Lidersiz! ]

Tanqidiy Fikrlash Yechimi

Ikki guruhga berilgan kolalar bir xil edi. Lekin bitta farq shunda ediki, faqat ikkinchi guruh a'zolari “Cola Extra” ichida maxsus sirka borligini bilardi.

Natajada, 1 – guruhning aksariyati “Cola Extra” ni tanladi, ikkinchi guruh esa uni tanlamadi. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, kola ichida qanaqa modda bor ekanligi kola ichuvchilarning koladan zavqlanshiga ta’sir qilgan.

To’g’ri javob: A

[В ответ на Siz - Lidersiz! ]

Tanqidiy Fikrlash Yechimi

Dalil: 1990 yildan oldingi kemalar undan keying kemalarga qarganda kamroq sifatini yo’qotdi.

Xulosa: 1990 yildan oldingi kemalarda sifatga ko’proq e’tibor berilgan.

Bizning vazifamiz: Yuqoridagi xulosa to’g’ri emasligini ochib beradigan fikrni topish.

B javobda aytilyaptiki, 1990 yildan keying ishlab chiqarilgan kemalar ko’proq vaqt dengizda yuradi va ko’proq, og’irroq yuklarni tashiydi. Bu degani bu kemalar oldingilardan aslida sifatliroq bo’lsada, o’g’irroq ishlarni bajargani uchun sifatiga zarar yetgan.

Xulosada aytigandek ular 1990 yillardan oldin chiqarilganlarga qaraganda sifatsiz emas, aksincha sifatliroq bo’lishi mumkin.

To’g’ri javob: B 🎯



[В ответ на Siz - Lidersiz! 🎯]

Muammoni Hal Qilish Yechimi 🩺

Biz har bir jamoaning yiqqan balini tezda tahlil qilib chiqamiz.

28 => 6 ta to’g’ri va 1 ta xato 6*5 – 1*2 = 28

18 => 4 ta to’g’ri, 1 ta xato va 2 ta javobsiz 4*5 – 1*2 + 2*0 =18

16 => 4 ta to’g’ri, 2 xato va 1 ta javobsiz 4*5 – 2*2 + 1*0 = 16

12 => buni xisoblash imkonsiz



-1 => 1 to’g’ri, 3 ta xato va 3 ta javobsiz 1*5 – 3*2 +3*0 = -1

To’g’ri javob: D
Download 8,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish