Microsoft Word xulafoi roshidiyn ziyouz com doc


USMONNING XALIFALIK DAVRLARIDAGI ALINING TUTGAN MAVQELARI



Download 380,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet95/125
Sana01.01.2022
Hajmi380,59 Kb.
#282950
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   125
Bog'liq
Rizouddin ibn Faxriddin. Xulafoi Roshidiyn

USMONNING XALIFALIK DAVRLARIDAGI ALINING TUTGAN MAVQELARI 

 

Hazrati Alining Umar bilan aloqalari eng go‘zal soflikda va eng yetuk hamkorlikda 



davom etdi. Bunday holat to Islomning eng iste’dodli xalifasi va eng adolatli hokimini 

xoinona o‘ldirmoq uchun yahud va forslar tuzgan suiqasd kengashining ta’siri tufayli 

Mug‘iraning qo‘li bo‘lgan Abu Luluani qo‘lida shahid topgunlariga qadar davom etib keldi. 

Umar ibni Hattob nobakor din dushmanlari tuzgan maxfiy fitna orqali shahid bo‘lgan 

paytlarida sahobalar: «Yo Umar, o‘zingizdan keyin kim xalifa bo‘lishligini vasiyat 

etib keting», dedilar. Bu so‘zni eshitib Umar: «Agar buni o‘zingizga havola etib 

qoldirsam, mendan avval qoldirgan mendan yaxshiroq zotga, ya’ni Rasulullohga 

ergashgan bo‘laman. Mabodo, vasiyat etsam, unda ham mendan avvalroq vasiyat 

qoldirgan zotga, ya’ni Abu Bakrga ittibo ko‘rgizgan bo‘laman», dedilar. Oxirida ish 

Rasululloh rozi bo‘lgan hollarida vafot etgan olti kishini xalifalik masalasida vakil qilib 

qoldirdilar. Bular Usmon ibni Affon, Ali, Talxa, Zubayr, Abdurahmon ibni Avf va Sa’d ibni 

Abu Vaqqoslardan iborat edilar. Mazkur olti janobdan Usmon ibni Affon tanlanib 

xalifalik mansabiga qo‘yildi. Shundan keyin ham Ali avvaldagi kabi dinlarini 

o‘rganmoqchi bo‘lib murojaat etadiganlarga din o‘rgatuvchi kishi bo‘lib qolaverdilar. 

Ayrim musulmonlar yangi saylangan xalifaning ko‘ngli yumshoq, saxiy ekanliklarini oz 

vaqt o‘tmay sezib qolishib, fursatni g‘animat bildilarda, Umar joriy etgan qattiq 

qo‘lliklardan qutulishganiga suyunib dunyo matolariga berilishga havas qila ketdilar. 

Oqibatda hatto xalifadan sovg‘alar tama’ eta boshladilar. Odamlarning ishtahalari juda 

ochilib ketganidan Usmon ularning barchalarini barobar xursand etishga yarolmay 

qoldilar. Diddagi istagan sovg‘asini ololmagan odamlar esa u janobga qarshi har xil 

ig‘volarni tarqatdilar. Xalifaning qarindosh-urug‘lariga ko‘proq narsa berayotganlarini 

ko‘rganlarida achchiqlari chiqadigan bo‘ldi. Natijada odamlar Usmon xaqlarida har xil 

gaplar tarqatib masxara qilishni ham boshladilar. Hazrati Ali u janobning Islomga qilgan 

xizmatlarini va hamda o‘zlarining Islomda barqarorliklarini juda yuksak qadrlar edilar. 

Shu bilan birga yuz berayotgan xato ishlarga ham befarq emas edilar, xususan hazrati 

Ali xalifaning qarindoshlari bo‘lgan bani Umayya qabilasi odamlarining mehribonliklari va 




Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

71

nuqsonlarni suistemol qilib yuksaklikni istayotgan musulmonlarning g‘azablariga ham 



parvo etmay davlat ishlarida nafs bandalariga aylanib qolayotganlarini ko‘rgan paytlarida 

Usmonning oldilariga borardilar. U kishiga qarindoshlari to‘g‘risida odamlardan eshitgan 

shikoyatlarini yetkazdilar. O’zaro suhbatlashib turib goho ittifoq bo‘lishadi, gohida esa 

tortishib ham qolishadi. 

Ish qiziganidan qizib, oxiri tarix eshitmagan buyuk fitna yuz beradi. Ya’ni jinoyatchilar 

eshitsa badanlari titraydigan jinoyatni sodir etib, u zotning hovlilariga xoinona bostirib 

kirib ablahona tarzda o‘ldirishlari sodir bo‘ladi. Buning tafsilan bayoni Usmon Zinnurayn 

xalifalik davrlari haqida so‘z yuritgan qissada aytib o‘tilgandur. 




Download 380,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish