Microsoft Word xulafoi roshidiyn ziyouz com doc


ISLOM G’ALABASI YO’LIDA QILGAN MEHNATLARI



Download 380,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet91/125
Sana01.01.2022
Hajmi380,59 Kb.
#282950
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   125
Bog'liq
Rizouddin ibn Faxriddin. Xulafoi Roshidiyn

ISLOM G’ALABASI YO’LIDA QILGAN MEHNATLARI 

 

Hazrati Ali shajoatli, jasur, juda ham pahlavon kimsa edilar. Badr jangida mardlarcha 



kurashib quraysh mushriklarining bahodirlaridan bo‘lgan Valid ibni Utaybani jang 

asnosida kallasini tanasidan judo qilganlar. Va mana shu ulug‘ Badr jangida amakilari 

Hamza bilan birgalikda Utba ibni Rabiaga sherdek tashlanib iflos ruhini do‘zax tomonga 

jo‘natganlar. Shuningdek, Hunayi g‘azotida ham bahodirlarcha jang qilganlar. Ushbu 

jangda Alining shijoatlari namoyon bo‘lgan va mushriklar qo‘rg‘onini vayron etishda 

mohirliklari oshkor bo‘lgan. Jonlarini hech ayamay, achinmay, qo‘rqmay, Ollohning dinini 

olam uzra hukmron bo‘lishligi yo‘lida risolat sohibiga fido etib yuboroldilar. Rasululloh 

hazratlari haybar yahudiylariga qarshi jang qilayotgan vaqtida ularning Naim qo‘rg‘onini 

qo‘lga olishda bir necha ulug‘ sahobalarga bayroqni berganliklari, biroq qo‘rg‘on qo‘lga 

olinmay barchalarini ham qo‘llaridan bayroq yerga tushganligi rivoyat qilinadi. Rasululloh 

hazratlarining oldilariga kelib bo‘lgan voqea xabari aytilgan paytda, Rasululloh 

hazratlari: «Men ertaga bayroqni shunday kishi qo‘liga topshiramanki, u kishi Ollohni 

hamda Rasulini sevadi, Oloh va Rasul ham u kishini sevadi», dedilar. Sahobai kirom 

barchalari eshitgach, mana shunday kishi kim bo‘larkin, deb har birlari kutib yotdilar. 

Tong otgach, Rasululloh hammadan ilgari «Ali qaerda?» deb so‘rardilar. «Ko‘zlari og‘rib 

qolibdi», deb javob berildi. 

Rasululloh Alini chaqirtirib olib keldilar va ko‘zlariga muborak tupuklaridan surtib 

qo‘ydilar. Ollohning izni bilan o‘shal onda ko‘zlari butunlay tuzalib qoldi. Keyin Alining 

qo‘llariga bayroqni berdilar va duo qildilar. Shundan keyin haybar yahudiylari bilan 

sherlarcha olishib, ularni butunlay tor-mor etib, ulkan g‘alabaga erishib qaytib 

keldilar. Haybarda o‘zlaridan bir necha barobar sonda ortiq bo‘lgan yahudiylar ustidan 

musulmonlar hazrati Ali qo‘mondonliklari ostida mardonavor jang qilib zafar quchganlar. 

Bu jangda Alining o‘zlari shijoatda hammaga shaxsiy namuna ko‘rsatib, Ollohning 

dushmanlarini butunlay tor-mor keltirganlar. Ali, karamallohu vajxahu, 

shijoatliklaridan tashqari yana shariat asrorlariga olim, dinni juda puxta biladigan 

huquqshunos, uning usul va maromlarini chuqur tushunadigan va hujjatlari sobit 

bo‘luvchi bilimdon, dunyo matolaridan yuz o‘girgan zohid ham edilar. Doim xalloqu 



Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

68

olam, Olloh taolo va taborakning fikriga cho‘mib yurardilar. Rasululloh hazratlarini 



«Men ilmning shahariman, Ali esa uning eshigi", deganlari sahih hadislarda kelgandur. 

Islom millatining eng hushyor bilimdoni bo‘lgan Abdulloh ibni Abbos: «biror narsani Ali 

aytganlari bizga isbot bo‘lgan chog‘da boshqa kishi nima derkin deb turmas edik», 

deydilar. Amiral mo‘‘minin Umar ibni Hattob ham hazrati Alidan ko‘p masalalarda 

maslahat qilardilar. U kishining aytgan maslahatlari qanchalik yuksakka parvoz 

etganliklarini hamda din va shariat hukmlarini bag‘oyat yaxshi bilishliklarini ko‘rsatib 

turibdi. Umar kabi bir zot ham Aliga diniy masalalarda murojaat etib, keyin esa 

aytgan fikrlariga amal qilishliklari, albatta bu o‘z-o‘zidan Alining qanchalik maqomga 

ega ekanliklarini ko‘rsatib turmoqda. 

 


Download 380,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish