ISLOMGA QANDAY DOXIL BO’LGANLIKLARI
Hazrati Ali kunlardan bir kuni Rasululloh. alayhissalomning hovlilariga kirdilar.
Kirgan paytlarida uyda Rasululloh bilan birgalikda asllari Xadicha hamda kichkina
qizlari Fotima birga edilar. Hazrati Ali Rasululloh hamda Xadicha onani birga ruku’ va
sajda qilayotganlarini, yonlaridagi qizchaning ham ularga o‘xshab yotib-turganini ko‘rib
hayratdan qotib qoldilar. To‘xtab turib, Rasulullohning xazin va yoqimli talaffuzda
o‘qiyotgan so‘zlariga quloq sola boshladilar. Tugatganlaridan keyin Ali u zotdan
nima qilayotganlarini so‘radilar. Va nimani o‘qiganliklarini aniq tushuntirib bering
deya o‘tina boshladilar. Rasuli akram hazratlari hazrati Aliga o‘qigan narsalari
Ollohning kalomi ekanligini va hamda yangi din kelganligini, bu din basharga
qismatga qadar baxtlarini ta’minlashga layoqatli ekanligini tushuntirib berdilar.
Keyin esa «agar xohlasangiz mana shu buyuk ne’mati ilohiy bo‘lgan dinni qabul
etish va hamma oshkoru-muhfiydan xabardor va ko‘rib turadigan, o‘zing esa hech
qachon ko‘zlar ko‘rolmaydigan yakka ulug‘ xalloqu olamga ibodat qiling», deb so‘z
yuritadilar. Rasulullohdan bu gaplarni eshitib hazrati Ali dedilar: «Siz menga bir
necha kun muhlat bering, toki men otam bilan bir maslahatlashib kelay»,
dedilar. Rasululloh, «Mayli, maslahatlashib keling», dedilar. Keyin Ali Rasulullohni
uylarida qoldirib, otalari ila maslahatlashgani jo‘nab ketdilar. Lekin uylariga otalari ila
maslahatlashgani bormay, balki amakilari uylarida kechasi bilan o‘ylab fikr etib
tonggacha uxlamay bezovta bo‘lib chiqdilar. Erta saharda o‘rinlaridan turib
xonadan tashqariga chiqib ketayotganlarida bir necha yosh yigitlarga yo‘liqdilar.
Ular Alini qattiq ovoz bilan chaqirayotgan edilar. Ulardan bittasi turib: «Ey, Ali,
erta turib shoshib baytullohni ziyorat etgani ketayapsizmi?» deb so‘raydi. Yo‘q, men
boshqa yerga ketayapman», deya javob beradilar. Yana bittasi «agar biror ishingiz
bo‘lmasa biroz fursatdan keyin biz ham tavof qilgani boramiz, biz bilan borarsiz»,
deganiga javoban: «meni o‘z holimga qo‘y», deb rad javobini beradilar. Bunday ters
javobni eshitgach: «Ey Ali, onang seni sanamlar uyida tuqqan bo‘lsa, sen esa
borishdan bo‘yin tovlasang, bu qanaqa gap?» dedi. Ali esa uning so‘zini bo‘lib: «balki
Ibrohimning uyida tuqqanlar, ammo sizlar talpinadigan butlarga kelsak, men unga
yuzimni ko‘rsatishdan or qilaman», dedilar. Ular o‘z yo‘llariga ketaverdilar. Ali esa darhol
Rasulullohning oldilariga keldilar va shunday dedilar: «Ey amakivachcham, men siz
aytgan hamma gaplaringizni eshitdim va hammasini dilimdan qabul qildim, hamda men
Ollohdan o‘zga hech bir loyiqi ibodat zot yo‘q deb, siz — Ollohning barhaq
payg‘ambarisiz, deb Islom shahodatini beraman». Keyin esa: «yo Rasululloh, men
otamga eshittirishni va dinni qabul qilishligimda maslahatlashishni istamadim. Tahqiq,
Olloh, meni yaratishlikda otam bilan maslahat qilmagan-ku, albatta men, yo Rasululloh,
Olloh tomonga yetaklandim. Men bu dinga faqat Ollohning roziligi, istaganim uchungina
kirdim», dedilar. Hazrati Ali uch yilga qadar Rasulullohga ergashib, boshqa ergashgan
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |